1.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
Ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishdan maqsad mutaxassislik fanlarini o‘qitish va o‘rgatish xususiyatlarini o‘rganish, samarali metodlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash, pedagogik samaradorligini aniqlash, ta’lim jarayoniga didaktik vositalarini qo‘llashga doir masalalarni echishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o‘qituvchidan mutaxassislik fanining mazmunini chuqur bilishi talab etiladi. Ko‘pchilik bo‘lajak pedagoglar talabalik davrlaridanoq pedagogik izlanishlar bilan shug‘ullanadilar. Ma’lum bir mutaxassislik fani bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar tayyorlaydilar. Ilmiy anj uman va seminarlarda ma’ruzalari bilan qatnashib o‘zlarining pedagogik mahoratini oshirib boradilar.
Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1. O‘qituvchining mutaxassislik faniga oid adabiyotlarni o‘rganishi va amali y ishlari asosida muammoni aniqlashi.
O‘qituvchi adabiyotlarni o‘rganishi davomida quyidagilarni aniqlashi kerak:
- o‘rganilayotgan muammo to‘g‘risida adabiyot muallifining fikr mulohazasi;
- o‘rganilayotgan muammo to‘g‘risida an’anaviy metoddan farqliroq kiritgan takliflari;
- qanaqa asosiy masalalar adabiyotlarda yoritilmagan;
- muammoni echishda keyingi olib boriladigan izlanishlar tartibi aniqlab olinadi.
O‘qitish jarayonida yuzaga keladigan muammoga quyidagilar kiradi:
- o‘qituvchining dars jarayonida qanday qiyinchilikka duch kelishi;
- kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari.
2. Farazni tuzish va o‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. Dalillar va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni beradi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o‘quv jarayoniga qo‘llash.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasida ilmiy tadqiqotlarning umumiy va maxsus metodlari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |