Ushbu savol orqali bugungi oʻyinimizga start beramiz


Download 25.38 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1549795
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
To\'garak Maktab 16.05.2023

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

I tur


1. Ushbu savol orqali bugungi oʻyinimizga start beramiz.
Juda noqulay ob-havo sharoitida o‘tgan yugurish bo‘yicha musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchidan jurnalistlar intervyu olishadi. Sportchidan “musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritishingizda qanday qiyinchilikka duch keldingiz?” degan savolga sportchi “yugurish davomida hech qanday qiyinchilik tug‘ilmadi, faqatgina BIRINCHIni IKKINCHIdan farqlab olishim g‘olib bo‘lishimda muhim ahamiyat kasb etdi” deya javob beradi.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHI o‘rnida almashgan so‘zlarni yozib bering.
Javob: Start to‘pponchasi va Chaqmoq ovozi.


2. Bu personajning familiyasi Shvetsiyada juda mashhur bo‘lib eng keng tarqalgan familiyalar orasida 3-oʻrinni egallaydi. Bundan bir necha yil oldin Rossiya teatrlaridan birida aktyor uning rolini oʻynayotganda arqonlar yaxshi bogʻlanmaganligi sababli yiqilib tushadi.
Savol: Qaysi personaj ekanligini yozib bering.
Javob: Karlson.


3. Ushbu qurilma 1920-yillarning boshida AQShda ixtiro qilingan. O‘z nomini togʻlardan vodiyga qarab esadigan issiq va quruq shamol nomidan olgan. U birinchi marta kokteyl mikserlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va tezda aholining katta qismi orasida mashhurlikka erishgan. 30-40-yillarda isitish darajasi va tezligini tartibga soluvchi modellar paydo bo‘ldi.
Savol: bu qanday qurilma ekanligini yozib bering.
Javob: Fen.
Izoh: Fyon bu tog‘lardan vodiylarga esadigan issiq va quruq shamoldir. Keyinchalik talaffuzda fen deb aytila boshlandi.


4. Qadimda Rimliklar qabristonga ko‘milmagan va har kecha odamlarni ta’qib qilib qo‘rqitadigan odamlarning ruhlarini U deb atashgan. U primatlar turkumiga kiruvchi sutemizuvchi bo‘lib, gala va oila boʻlib hayot kechiradi, oilaga esa kuchli erkak boshchilik qiladi.
Savol: 2005-yilda Dream works animation kompaniyasi tomonidan ishlangan animatsion filmda Ularga boshchilik qilgan qirolning ismini yozib bering.
Javob: Julian.
Izoh: ular deganda Lemurlar nazarda tutildi. Ular asosan Afrika hududlarida keng tarqalgan. 2005-yil Dream works animation tomonidan Madagaskar nomli animatsion filmda Lemurlarning qiroli Julian ismli lemur boʻladi.


5. Afrikaning Suaxili qabilasi afsonalariga koʻra birinchi odam yerga osmondan tushgan. Afsonaga ko‘ra uning osmondan tushishiga U yordamlashgan. Bir necha oy oldin chiqqan xabarga ko‘ra, Anomal sovuq tufayli Oʻzbekistondagi Maksim ismli soʻnggi U nobud boʻldi.

Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling