Ushbu savol orqali bugungi oʻyinimizga start beramiz
Savol: Uni nima ekanligini yozib bering. Javob
Download 25.38 Kb.
|
To\'garak Maktab 16.05.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: Uni nima ekanligini yozib bering.
Javob: Jirafa. 6. Ma’lumotlarga AQShning sakkizinchi Prezidenti Martin Van Buren o‘ta ketgan manman va oʻziga koʻp e’tibor beradigan inson ekanligi bilan mashhur boʻlgan. Uning bu xususiyati haqida siyosiy raqiblari oq uyda yozilgan gilamning aynan IKS oʻrnatilgan joyida koʻproq oxori to‘kilganidan sezishadi. Savol: IKS deganda nima nazarda tutilganligini yozib bering. Javob: Koʻzgu. Izoh: oʻziga koʻp eʼtibor beradigan insonlar oyna oldida koʻproq vaqt oʻtkazishi barchamizga maʼlum. Prezidentning raqiblari ham uning xonasidagi gilamning oxori oʻchishiga qarab qanday inson ekanligini aniqlashgan ekan. 7. XXI asr ilm-fan texnologiyalar asridir. Yaqinda Ruminiya bosh vaziri Uni oʻziga maslahatchi qilib tayinladi. U koʻzguda oʻrnatilgan boʻlib aholining fikrini oʻrganish va tahlil qilishdan iborat. Endi mening vazifam xalqning fikrini siz koʻzguga boqqaningizda namoyon qilib beraman deb aytgan edi uchrashuv chogʻida. Savol: Uni 2 soʻzda yozib bering. Javob: Sunʼiy intellekt. Izoh: Ruminiya bosh vaziri Bot Ion deb nomlangan sunʼiy intelektni koʻzguga oʻrnatgan boʻlib u mustaqil ravishda xalqdan kelgan shikoyat va murojatlarni tahlil qilib uni bosh vazirga yetkazib turadi. 8. Yaqinda Kembridj universiteti bioinjenerlari inson tanasining miya bilan boshqariladigan robotlashtirilgan qismini yaratishdi. Unga koʻra bu qurilma bilan endi insonlar maishiy va kasbiy yumushlarda oʻz imkoniyatlarini oshirishi mumkin boʻladi. Bu qurilma ayniqsa ofitsiantlarga foydali boʻlishi ta’kidlab oʻtilgan. Savol: Bizda odatda tabiiy ravishda bu “qurilma” bilan tugʻilgan chaqaloqlarga qanday ism qoʻyilishini yozib bering. Javob: Ortiqboy yoki Ortigʻoy. (Mazmunan yaqin javoblar) Izoh: ushbu qurilma inson miyasi bilan boshqariladigan sunʼiy oltinchi barmoq edi. Oltinchi barmoq ayniqsa ofitsiantlarga qoʻl kelishi ta’kidlab oʻtilgan. Odatlarimizga koʻra bizda oltinchi barmoq bilan tugʻilgan chaqaloqlarga Ortiq yoki Ortigʻoy deb ism qoʻyib kelinadi. 9. As-sulton al-a’zam val xoqon al-muqarram muhammad jaloliddin podishohi g‘oziy. Siz yuqorida bir insonning to‘liq taxt unvonini eshitdingiz, biz uning barchamiz biladigan mashhur ismini qoldirib ketdik. Download 25.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling