1- mavzu: Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Download 74.15 Kb.
bet8/9
Sana16.02.2023
Hajmi74.15 Kb.
#1204488
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazi

Elektromiografiya – harakatlanuvchi muskullarning elektrik potensialini yozishdir. Istalgan muskul harakati bosh miyadan elektrik impuls ko‘rinishida uzatiladigan ta’sirlar natijasida ishlaydi. Muskullarning elektrik faolligi uning qisqarish kuchini aniqlaydi. Muskullarning elektrik potensiali maxsus elektrodlar yordamida kuchaytirgichga, o‘zidan -o‘zi yozgichga uzatiladi va u erda miogramma – elektrik signallarning qog‘ozda yozilishi qayd qilinadi.
Elektrokardiografiya – yurak tomirlarining elektrik potensiallarini qayd qilishdir. YUrak tomirlari ham muskullar kabi bosh miyadan keluvchi elektrik signallar ta’siri ostida qisqaradi. Ularni qayd qilish elektrokardiografiya deb aytiladi.
Elektrodermografiya – terining elektrik potensialini qayd qilishdir. Inson tanasidan ter oqib chiqishi ham miyaning elektrik signallari ta’siri ostida amalga oshadi. Elektrodermogramma birinchi navbatda insonning ish jarayonidagi emotsional holati ko‘rsatkichi hisoblanadi. Markaziy asab tizimining funksional holatini aniqlash uslubi o‘quv mehnat faoliyatining talaba organizmi holatiga ta’sirini o‘rganish uchun qo‘llaniladi, masalan, diqqat darajasi, ish jarayonida toliqishning rivojlanishi, mashqlar ta’siri ostida markaziy asab tizimida sodir bo‘ladigan siljishlar va hokazo.
Ko‘pincha shartli reaksiyalar usuli qo‘llaniladi, ya’ni talabalarga nurli, tovushli yoki boshqa xildagi signallar uzatiladi. Unga javob tariqasida talaba uncha murakkab bo‘lmagan qandaydir holatni amalga oshirishi kerak, masalan, tugmachani bosish. Bu harakatni bajarish vaqti bo‘yicha va xarakteri bo‘yicha ushbu vaziyatda talaba markaziy asab tizimining holati va turli mezonlar ta’siri ostida undagi o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin.


  1. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

O‘qitish qonuniyatlari o‘z aksini o‘qitish tamoyillarida topadi. Ular o‘qitish tamoyillarini ilmiy asosda o‘zaro bog‘lanishda qo‘llash ko‘nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.


Ta’lim tamoyillari - ta’lim beruvchi faoliyatini va ta’lim oluvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Ular ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatining muhim ichki tamonlarini aks ettiradi hamda turli shakl, mazmun va yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun ta’lim tamoyillari ta’lim berishning muayyan ob’ektiv qonuniyatlarini aks ettiradi.
Ta’lim tamoyillari tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining xarakteri, yo‘nalishi, ta’lim oluvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga ta’lim tamoyili ikkita faoliyatni, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim oluvchining faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. SHunga ko‘ra, o‘qitish tamoyili ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari deb – ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga o’quv reja va o’quv dasturlari talablari asosida u yoki bu fandan bilim berish, malaka hosil qildirish hamda iqtidorli qilishga qo’yiladigan asosiy qoidalar majmuiga aytiladi.
V.Disterverg, K.D.Ushinskiy va boshqalar o‘z asarlarida ta’lim (didaktika) tamoyillarini asoslab bergan edilar. Ta’lim tamoyilari tizimi o‘qitish jarayoni qonuniyatlarini ifodalaydi va tarbiya maqsadlari bilan belgilanadi. SHunga ko‘ra, o‘qitish tamoyili ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. M.N.Skatkin ta'lim tamoyillarini quyidagicha belgilaydi: ilmiylik, har tomonlamalik, hayot bilan aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, o'quv fanlari orasidagi o'zaro aloqadorlik, joriylilik . M.G.Ogorodnikov esa o'z tadqiqotlarida ilmiylilik, g'oyaviylik, tarixiylik, tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta'limning hayot bilan aloqasi kabilarni tamoyillar sifatida ajratib ko'rsatgan.



  1. Download 74.15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling