ketma-ket bajariladi. Olingan natijalarni ish jurnalidan boshqa varaqchalarga yozib
olish qatiyan man etiladi. Asboblar bilan ishlaganda ularning rasm va sxemasini
chizish lozim.
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
institutining Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash kafedrasiga
tegishli bo’lgan laboratoriya xonalari bugungi kunda 10
tani tashkil etib ular,
yonilg'i moylash materiallari, ichki yonuv dvigatellari, traktor va
avtomobillar tuzilishi, qurilish va melioratsiya mashinalari, qishloq xo'jaligi
mashinalari, gidromeliorativ mashina va jihozlaridan foydalanish va texnik
xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi mashinalariga texnik xizmat ko'rsatish va
ta'mirlash, yo’l harakati va harakat xavfsizligi, ichki yonuv dvigatellarini
chiniqtirish va tormozlash laboratoriyasi, tajriba tenzometr kanali kabi
laboratoriya ishlarini bajarish uchun imkoniyatlar tashkil ettirilgan. Bundan
tashqari:
1. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan hamkorlikda YoMM fani bo’yicha
darslar o’tilishini yo’lga qo’yish.
2. Q va MM va QXM fanlaridan laboratoriya hamda malakaviy amaliyotlarni
samarali tashkil qilish uchun yonilg’i va moylash materiallari
hamda traktorlarga
TXK ko’rsatish uchun 67,3 mln.so’m miqdorida mablag’ni institut smetasiga
kiritish.
3. Buldozerni texnik soz holatga keltirish hamda dars jarayonida samarali
foydalanish.
4. Ichki yonuv dvigatelini chiniqtirish va sinash stendini to’liq ishga turish.
5. Yengil va yuk avtomobillar hamda traktorlarni boshqarish kurslarini tashkil
qilish va haydovchilik huquqini beruvchi guvohnomalar berishni yo’lga qo’yish
amaliyotlari rejalashtirilgan bo’lib yangi laboratoriya
va dars xonalarini tashkil
etish istiqbolli rejalarga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: