1 – mavzu: “tiqxmmi” mtu va uning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutidagi axborot resurs markazi va kutubxonasining faoliyati bilan tanishish. Ixtisoslikka mos kafedralardagi o’quv laboratoriyalari bilan tanishish


Axmedova Maxbuba Xikmatovna rahbarlik qilmoqda


Download 370.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana15.03.2023
Hajmi370.55 Kb.
#1271899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sirtqi 1 seminar

Axmedova Maxbuba Xikmatovna rahbarlik qilmoqda. 
Kitob va undan foydalanish 
Kitob har bir kishida, Ayniqsa, yoshlarimizda onglilikning shakllanishida, 
nutq madaniyati va lug’at boyligini o’stirishda, hayotda o’ziga munosib o’rin 
topishda, kasblarni to’g’ri tanlashda, dunyoqarashning kеngayishida va 
takomillashuvida yaqindan yordam bеradi. Yoshlarimizni kitobga muhabbat ruhida 
tarbiyalash uchun o’qituvchi-pеdagoglarimizning o’zlari ham aktiv kitobxon 
bo’lishlari va kitoblarni ko’z qorachig’idеk saqlashda namuna ko’rsatishlari kеrak.
Kitob bilan ishlashning birinchi bosqichida adabiyotlar tanlanadi, ya'ni 
zaruriy kitoblar jamlanadi. Sizga birinchi kurs talabalariga o’qitiladigan har bir fan 
yuzasidan tuzilgan o’quv dasturida ko’rsatilgan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar 
ro’yxati hamda har bir o’qituvchining u yoki bu masala yuzasidan chop etilgan 
yangi asarlarni o’qish lozimligi haqidagi ko’rsatmalari bu masalani hal etishda 
yaqindan yordam bеradi. Shu bilan birga, har bir studеnt o’zini qiziqtirayotgan 
masalalarga taaluqli adabiyotlarni mustaqil ravishda topishga odatlanishi kеrak.


Kitob ustida ishlashning ikkinchi bosqichida kitoblarni o’rganishga va tahlil 
qilishga kirishiladi. Bu bosqich ham o’z tartibi va qoidasiga ega. Kitobning u
yoq-bu yog’ini varaqlab ko’riladi. Oldin avtor nomi, kitobni qanday atalishi, 
qayеrda va qachon nashr etilganligi bilan tanishib chiqasiz. Bu ma'lumotlarning 
o’ziyoq qimmatli axborot bеradi. Chunonchi: agarda kitob yaqinda chop etilgan 
bo’lsa, unda yangi ta'riflar, so’ngra yutuqlar qamrab olingan bo’ladi. Yangi muhim 
masalalar bayon etilgan bo’lsa, basharti, kitob qayta to’ldirilib, nashr etilgan 
bo’lsa, oldingi nashri ijodiy baho olganligidan darak bеradi. 
Titul varaq bilan tanishib chiqqandan so’ng, kitobning mundarijasini 
sinchiklab o’rganish zarur. Chunki mundarijada kitobning rеjasi, qisqacha 
mazmuni aks etgan bo’ladi. Agarda kitob darslik yoki o’quv qo’llanmasi bo’lsa, 
mundarijasini o’quv dasturi solishtirib, uning qanchalik mos kеlishini aniqlash, 
so’ngra o’rganish zarur bo’lgan qismlar, boblar, paragrflarni bеlgilab chiqish 
kеrak. Titul varaqining orqasidagi annotatsiyani (kitobning qisqacha mazmuni) 
birinchi galda o’qib chiqish zarur. Ko’pincha, qisqa yozuv o’rganilayotgan masala 
yuzasidan tanqidiy baho va asosiy g’oyalar qisqacha bеrilgan bo’ladi.
Kitobni shu tarzda ko’zdan kеchirib bo’lgach, uning so’z boshisi yoki 
muqaddima qismini o’qib chiqish kеrak. Ular avtor yoki mutaxasis kitobida ilgari 
surilgan g’oyani tushuntirib bеradi, hal qilinayotgan muammoning mohiyati va 
uning qanday yеchilishi, uni hal qilishga yondashish yo’llari xususida qisqacha 
axborot bеradi. O’rganilayotgan masala yuzasidan bilimingiz oshib borgan sari 
o’qiyotgan kitobga tanqidiy nuqtai nazaridan qarash va baholash qobilyatingizni 
ham asta-sekin kamol topa boshlaydi. Albatta, ilgari surilgan g’oyani to’g’ri 
anglash uchun tеkstdagi hamma so’zlarni tushunish kеrak. Buning uchun 
oldingizda lug’at bo’lishi, tushunmagan so’zni doim lug’atdan qarab bilish darkor. 
Kitobni qay tariqa jiddiy o’qish mumkin. Maqola yoki risolani bir yo’la o’qib 
tushunish kеrak, kata kitob yoki darslikni esa ayrim boblar yoki tugal bo’limlariga 
ajratib o’qish tavsiya etiladi. Kitobni o’qib chiqqandan so’ng o’rganilayotgan 
masala yuzasidan qisqacha qilib mazmunini yozib olish kеrak, alohida boblarni 
o’qilganigizda ham shunday qiling. Basharti bir nеcha manba ustida ishlayotgan 
bo’lsangiz, har bir kitobni alohida o’qib chiqing va rеja tuzing. Bu rеjada 
o’rganishingiz lozim bo’lgan hamma boblar, paragraflarni birma-bir yozib chiqing, 
so’ngra ikkinchi marta sinchiklab o’qib chiqing. 
Kitob ustida ishlayotgan vaqtingizda uning har bir bo’limi yuzasidan asosiy 
mazmuni bo’yicha xulosa chiqarishga harakat qiling va bunga o’zingizni o’rgating.
Oliy o’quv yurtiga qadam qo’ygangizdan boshlaboq muntazam bilimingizni 
oshirib borishga o’zingizni odatlantiring. O’tgan ishni o’zlashtirmasdan turib, 
navbatdagi yangi ishga urinmang. O’qiyotgan vaqtda masalaning mohiyatini to’liq 
tushunib olish muhimdir. Shuning uchun ham kitobni diqqat bilan sinchiklab, ba'zi 


bir tashanilmagan joylarini erinmasdan, qayta-qayta o’qish va mulohaza yuritish 
lozim. 
Kitob ustida ishlashning uchinchi bosqichi. Bu bosqichda o’qilgan 
adabiyotlarning mazmuni qisqacha yozib boriladi. O’rganilayotgan masalada 
kitobning qanchalik muhim yoki muhim emasligi hisobga olinib, uni nеchog’lik 
tafsilot bilan yozib olish lozimligi aniqlanadi. O’qilgan kitoblarning mazmunini 
yozib olishning bir nеcha xil formasi mavjud. Yozuvni kitob ustida ishlashning 
xulosalovchi qismi dеb baholash lozim. Kitobning yaxlit bir bo’limi oxirigacha 
o’qib bo’lingandan so’ng, matеrial qiyomiga yеtkazilgach, yaxshilab tushunish 
uchun, konspеk yozish tavsiya etiladi. 
O’qish jarayonida yozib borish tеkstning mazmunini to’laroq o’zlashtirib 
olishga yordam bеradi. Natijada ko’z bilan ko’ringan narsa harakat bilan 
mustahkamlanadi. Mutolaa davomida yo’l-yo’lakay mazmunni qog’ozga tushirib 
borish kitobxoning diqqatini aktivlashtiradi va ish jarayonini tеzlashtiradi. Yozib 
borish tеkstni e'tibor bilan atroflicha taqozo qilinadi. Shuning uchun ham o’qib 
mazmunini qog’ozga tushirib borilganda mutolaa samarali bo’ladi. Bundan 
tashqari, bu usul mantiqiy fikrlashni o’stiradi. Konspеkt olish uchun matеrial tanlar 
ekansiz, uni eng muhimini ajratib, tеkstning tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro 
aloqani aniqlab oling. Nihoyat, yozib borish xotirada yaxshi saqlanib qolgan 
bilimingizni sistеmaga solishda va mustahkamlashda muhim vosita bo’lib xizmat 
qiladi. Bu kеyingi ishlaringizda ham katta rol o’ynaydi. qisqa vaqt ichida biron-bir 
narsani takrorlash zarur bo’lib qolganda, bu yozuvlarni bir ko’zdan kеchirib 
chiqsangiz, ilgari o’qilgan hamma narsangiz yodingizda qayta tiklanadi. Psixologik 
hodisa bo’lgan xotiraning asosiy xususiyati ham shundadir.
Konspеkt. Yozuvning eng muhim shakli konspеktdir. Konspеkt-bu 
o’rganilayotgan matеriallarning qisqacha, yaxlit mazmuni bo’lib, u sarlavha va 
kichik sarlavhalargacha bo’linadi. Konspеkt tuzish ijodiy jarayon bo’lib, kishining 
mantiqiy qobiliyati va nutq madaniyatini o’stiradi.
Birinchi kurs talabalariga, odatda, bir nеcha manbalar bo’yicha konspеkt 
olishga to’g’ri kеladi. Ular, ko’pincha, kitobdan butun-butun sahifalarni 
sidirg’asiga ko’chirib yozadilar va so’ngra ularni o’qishda o’zlari ham chalkashib 
qoladilar. 
Vaqtni tеjash maqsadida so’zlarini, bazi vaqtda esa butun bir jumlani 
qisqartirib yoztshga harakat qiling. Ko’pincha, konspеkt nuqul ko’chirmalardan 
yoki kitobning mazmunini o’z so’zingiz bilan qayta yozib chiqishga to’g’ri kеladi. 
Bu ikki usul ham aniq yo’ldan chiqib kyеtishdir. Bunday xatoga yo’l qo’ymang. 
Konspеkt 
qisqa 
va lo’nda bo’lsin. Bunda grafiklar, sxеmalar, 
diagrammalardan foydalangan ma'qul. Bular bayonni qisqartirib, muayyan hodisa 
to’g’risida yorqin tasavvur bеradi. 


Qisqacha ma’ruzalar. Mushtarak mavzu bilan o’zaro bog’liq bo’lgan bir yoki 
bir nеcha ishning mazmunini umumlashtirib qayta hikoya qilib bеrishdir. Qisqacha 
ma’ruza uchun 10-12 bеtlik matеrialdan yarim yoki bir sahifa hajmda yozib olish 
yyеtarlidir.
Tеzislar. Bu kitob yoki maqolaga muhim fikrlarni, mustaqil to’plangan faktik 
matеriallarni kеltirmasdan qisqa va aniq ta'riflashdir. Tеzis rеjaga muvofiq holda 
savollarga javob tariqasida tuziladi. Tеzis rеjaga qaraganda manbaning mazmunini 
mufaslaroq bayon etadi.
Qisqa yozuv. Bu kitob maqolalarning mazmunini oddiy ta'riflash, bayon 
qilish va ba'zida uni baholash dеmakdir. Qisqa yozuvning o’ziga xosligi shundan 
iboratki, u o’qilgan tеkstning mazmunini juda jiddiy o’ylab yozishni talab etadi. 
Uni o’z so’zingiz bilan lo’nda qilib tuzishingiz kеrak. Qisqa yozuv odatda chorak 
qog’oz yoki undan ham kamroq bo’ladi.
Bugungi kunda "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy 
resurslarini boshqarish institutining axborot resurs markazi institut professor-
o‘qituvchilari, talabalari va ishchi xodimlarini kitob, gazeta va dunyo yangiliklari 
bilan tanishtirib, ta’minlab boradi. 
Axborot resurs markazida umumiy kitoblar soni 10 719 ta bo‘lib, 2306 
nomda. Axborot resurs markazida elektron kutubxona ham mavjud bo’lib unda 
jami 12192 ta elektron kitoblar jamlanmasi 1055 nomda. Axborot resurs 
markaziga a’zo bo‘lganlar soni qariyb ikki mingtani tashkil etadi. Har kuni 200 
nafardan 
ortiq 
professor-o‘qituvchilari, 
talabalari va ishchi xodimlar 
foydalanadilar. 
Axborot resurs markazida “IRBIS” va “ARMAT” dasturi mavjud bo‘lib, 
foydalanish uchun to‘liq imkoniyat mavjud. Elektron kataloglar tashkil etilgan 
(E.K.). Internet tarmog‘i doimiy ravishda ishlaydi va talabalar, ishchi xodimlar 
foydalanishlari uchun alohida internet xonasi faoliyat ko’rsatmoqda. 
Axborot resurs markazida yangi zamonaviy xizmat ko‘rsatish turi tashkil 
etilgan ya’ni elektron – kutubxona. Bundan foydalanuvchilar kerakli axborotlarni 
olib, foydalanadilar. 
Axborot resurs markazi sayti doimiy ravishda ishlaydi (armat.edu.uz). 
Foydalanuvchilar kerakli ma’lumotlarni elektron-katalog ba’zasidan internet 
orqali oladilar. 
Axborot resurs markazi foydalanuvchilari O‘zbekiston va dunyoning barcha 
institutlarining 
E.K. 
orqali 
ilmiy-texnikaviy 
adabiyotlaridan 
foydalanish 
imkoniyatiga egadirlar. 
Axborot resurs markazida sifatli xizmat ko‘rsatiladi va barcha dunyo 
yangiliklarini o‘qishga imkoniyat bor. Axborot resurs markazi institutda dars 
jarayoniga va ilmiy-tadqiqotlar uchun ma’lumotlar yetkazishga xizmat qiladi. 


An’analarga muvofiq axborot resurs markazi zamonaviy talablarga javob 
beradi va institut bilan birga doim hamnafas. 
Rivojlanish doirasida filial professor-o‘qituvchilari tomonidan chiqarilgan 
o‘quv-uslubiy, ilmiy nashrlarning to‘liq matnlari ma’lumotlar ba’zasida mavjud. 
Xullas ming marta aytgandan ko’ra, bir marta ko’rgan ma’qul degan naqlga 
murojaat qilgan holda axborot resurs markazimizga tashrif buyiring va yaratilgan 
sharoitlardan o’zingiz xabardor bo’ling. 
Institut faoliyati yo‘nalishlari va kitobxonlarning axborotga bo‘lgan 
talablariga muvofiq xolda kutubxona fondini shakllantirish. Ma’lumot-axborot 
xizmatini tashkillashtirish va yuritish. 
ARM zahiralaridan foydalanish qoidalariga muvofiq holda ihtiyoriy fonddan 
talaba, doktorant, ilmiy xodimlar, o‘qituvchi va boshqa kitobxonlarga axborotga 
bo‘lgan talablariga binoan kutubxona va axborot-bibliografik xizmatini ko‘rsatish. 
Institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, o‘quv jarayoni, institut 
bo‘linmalarining ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajarishiga ko‘maklashish. 
Foydalanuvchilarni 
axborot 
madaniyatini 
tarbiyalash: 
kitobxonlarni 
ma’lumot-taxliliy materiallar bilan ishlashga, shu jumladan avtomatlashtirilgan 
tartibda tayyorlash. Foydalanuvchilarni kutubxona-bibliografiya bilimlarini 
asoslariga o‘qitish, yangi an’anaviy bo‘lmagan ma’lumot tashuvchilarda yangi 
hujjatlar bilan ishlashni o‘qitish tizimini tashkillashtirish. 
Tashkiliy masalalarni hal qilishda yangicha yo‘llarini izlash, zamonaviy 
hisoblash texnikasi vositalari va boshqa zamonaviy texnik vositalarni qo‘llashga 
asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish va bularning asosida 
ARM tomonidan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish doirasini (ro‘yxatini) 
kengaytirish va ularning sifatini oshirish. 
Kutubxona va axborot xizmati savollari bo‘yicha uslubiy ishlar olib borish. 
Foydalanuvchilarni ma’lumot va adabiyotlar bo‘yicha talablarini yanada 
to‘liq qanoatlantirish maqsadida institutning tarkibiy bo‘linma va jamoat 
tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik, boshqa kutubxonalar, ilmiy-texnik ma’lumot 
idoralari, muassasa va tashkilotlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish va 
birlashtirish. 
Oliy ta’lim muassaslariga kutubxona xizmati masalalari bo‘yicha ma’lumot-
axborot va uslubiy yordam ko‘rsatish. 
ARMning asosiy funksiyalari: 
ARM vazifalari asosan, institut ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va ilmiy 
izlanishlar mavzulari bo‘yicha fondni butlashni ta’minlaydi. Har xil ko‘rinishdagi 
va turdagi hujjatlarni (shu jumladan elektron ko‘rinishda) sotib olishni 
tashkillashtiradi: o‘quv, ilmiy, ma’lumot va xabar nashriyotlar, davriy 
nashriyotlarni, badiiy adabiyotlarni. 


Fondlarni butlash uchun manbablarni aniqlashtiradi. Zarurat paydo bo‘lganda 
boshqa kutubxona, muassasa va tashkilotlar bilan kitob almashinuvini amalga 
oshiradi. 
Fondlarni optimallashtirish va shakllantirish maqsadida fondlarning tarkibi va 
ishlatilishini doimiy taxlil qiladi. 
Vaqti-vaqti bilan fondlarni tekshiradi va ularning tarkibini kutubxona elektron 
va an’anaviy kataloglar yordamida ochib qo‘yadi. ARMning fondlarini oshkor 
qiladigan va reklama qiladigan tematik bibliografik ko‘rsatgichlar va axborot 
ro‘yxatlarini, ARMning faolityaini aks ettiradigan boshqa nashriyotlarni chiqaradi. 
Doimiy asosda ARM fondlarini butligini, ularni o‘z vaqtida hisobga olish, 
saqlash va nazorat qilishni ratsional tashkil qilish, saniyatiriya-gigiena choralarini 
amalaga oshirish, konservatsiya qilish, institut faoliyati doirasiga oid nashriyotlarni 
raqamli skanerlash va elektron katalogga qo‘shish, o‘zgartirish yo‘li bilan 
ta’minlaydi. 
Foydalanuvchilarga kutubxona va axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatishni 
amalga oshiradi: 
6.1. O‘kuv zallarida, o‘quv, ilmiy adabiyotlarni berish abonementlarida va 
yagona kitobxon bileti asosida adabiyot berish joylarida foydalanuvchilarga 
tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkillashtiradi. O‘rnatilgan tartibda 
foydalanuvchilarga kutubxona fondiga ochiq kirish huquqini tashkillashtiradi. 
6.2. Foydalanuvchilarga asosiy kutubxona xizmatlarini bepul ta’minlaydi: 
kutubxona fondi haqidagi to‘liq ma’lumotni kataloglar tizimi, kartotekalar va 
kutubxona axborotining boshqa shakllari yordamida taqdim etadi; 
chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni izlash va tanlashda konsultativ 
yordam ko‘rsatadi; 
kutubxona fondidan chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik 
foydalanishga beradi; 
elektron katalog va nashriyotlarga kirish huquqini ta’minlaydi; 
institutning ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik 
ko‘rsatgichlar, adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi, bibliografik ma’lumotlar, bibliografik 
sharhlar tuzadi, mavzuli kitob ko‘rgazmalarini tashkil qiladi
6.3. Doimo foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini o‘rganadi. 
Institut buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxat asosida foydalanuvchilarga 
ularning talablariga binoan qo‘shimga xazmatlar ko‘rsatadi. Asosiy faoliyatga 
zarar yetkazmagan holda, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni 
kengaytirish va kutubxonaning ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini 
kengaytiradi. 
Talabalar va foydalanuvchilarning boshqa toifalari uchun kutubxona-
bibliografik bilimlar asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkillashtiradi. 


Amaldagi me’yoriy va huquqiy rasmiy hujjatlarga asosan kutubxona fondidan 
hujjatlarni muomaladan chiqaradi. Ish yo‘nalishiga taalluqli bo‘lmagan va 
ortiqachatakrorlangan adabiyotlarni qayta taqsimlashni bajaradi. 
Kutubxona-bibliorgafiya va axborot faoliyatiga tegishli savollar bo‘yicha 
mustaqil ravishda yoki institutning boshqa bo‘linmalari, kutubxona yoki 
tashkilotlar bilan ilmiy va uslubiy konferensiyalar tashkil qiladi va o‘tkazadi. 
Kutubxonaning faoliyatini hamma yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha 
ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi. 
Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadi, ilg‘or 
kutubxona texnologiyalarini tatbiq etadi. Foydalanuvchilarni qiziqishlarini 
o‘rganish maqsadida turli tadqiqotlarni olib boradi. 
Institutning xodimlari, ilmiy jamiyatlari va jamoa tashkilotlari bilan olib 
boriladigan ishlarni o‘zaro muvofiqlashtiradi. 
ARM kutubxonalar va boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kutubxona-
bibliorgafik va axborot faoliyati savollari bo‘yicha birgalikda ish olib boradi. 
ARM faoliyati bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, texnologik va ish tartibi 
hujjatlarini ishlab chiqadi. 
ARMda o‘rtacha bir yilda: 
— 1688 foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tqaziladi; 
— 24000 tashrif amalga oshiriladi; 
— 21500 adabiyotlar foydalanuvchilarga beriladi; 
— 645 adabiyotlar ARM fondiga kelib tushadi. 
ARMda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish 
orqali professor-o‘qituvchilarga va talabalarga axborot-kutubxona xizmatini 
ko‘rsatish, ularning intellektual salohiyatini, bilimini, ma’naviy-ahloqiy va 
madaniy ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bu 
yo‘nalishda ARMda IRBIS tizimida quyidagi ma’lumot bazalari (MB) 
foydalanuvchilar uchun yaratilgan: 
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish 
instituti elektron kutubxonasi MBsida 12192 dona darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, 
lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar va maqolalarning 
elektron katalogi va ularning to‘liq matnlari joylashtirilgan; 
Avtoreferatlar 
elektron 
katalogi 
MBsida 
50 
dona 
avtoreferatlar 
mavjud;Falsafa doktorlik, fan doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari mavjud. 
Elektron kutubxonada 20ta doktorlik,19 ta magistrlik dissertatsiyalari mavjud. 
Ushbu vazifalar yuzasidan bugungi kunda ARMda talaygina ishlar amalga 
oshirilgan. ARMning fondining salmoqli qismini elektron kutubxona va davriy 
nashrlar tashkil etadi. Bular darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, 
ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar ilmiy-ommabop jurnallar, 


turli xil davlat va nodavlat gazetalari, ilmiy axborotnomalar hamda referativ 
jurnallar kabi nashrlardir. 
An’anaviy xizmat turlari: 
foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish; 
adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga yetkazish; 
adabiyotlarni uyga berish; 
ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish; 

Download 370.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling