1. Diqqat, savolda tushirib qoldirilgan so’z bor! Tomas Mann romani voqealari sil kasalligi sanatoriysida boʻlib oʻtadi. Epizodlardan birida qahramon ayol qahramon tasvirini oʻpadi. Savol matnida qaysi bitta soʻzni tushirib qoldirdik?


Download 14.06 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi14.06 Kb.
#1793172
Bog'liq
Savol


1. Diqqat, savolda tushirib qoldirilgan so’z bor!
Tomas Mann romani voqealari sil kasalligi sanatoriysida boʻlib oʻtadi. Epizodlardan birida qahramon ayol qahramon tasvirini oʻpadi. Savol matnida qaysi bitta soʻzni tushirib qoldirdik?
Javob: Rentgen [tasviri].
Izoh: Sil kasalligiga chalingan oʻpkaning rentgen tasviri.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%92%D0%BE%D0%BB%D1%88%D0%B5%D0%B1%D0%BD%D0%B0%D1%8F_%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0%B0
2. Aytishlaricha, eng mashhur “FENDER” elektrogitarasi konstruktori Leo Fender BUNI QILISHni bilmagan ekan. Nimani bilmagan?
Javob: Gitara chalishni.
Manba: https://dzen.ru/media/sea_music_travel/sozdatel-super-populiarnyh-elektrogitar-fender-ne-umel-igrat-na-gitare-i-esce-7-faktov-o-leo-fendere-62eba44652cec8053e1bd185
3. Bu mahsulot supermarketlarda odatda maishiy kimyo bo'limidan topiladi. Italiyada ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotning reklama afishasida: "Makarondan tarkib topmagan" deb yozilgan. Ushbu mahsulotni toping.
Javob: Tish pastasi.
Izoh: "Italyan pastasi. Tarkibida makaron yo'q", deb yozilgan Prezident tish pastasi plakatida.
4. Arab an'analarida maymun xunuklikning ramzi hisoblanadi. Arab maqolida maymun, ohu va ko‘zlar tilga olinadi. Savol: kimning koʻzlari?
Javob: Onalar.
Izoh: Maymun xunuklik timsoli bo'lsa, ohu go'zallik va nafosat ramzidir. Tarjimada maqol shunday yangraydi: “Onalarning koʻzlarida maymun ham ohu”.
Manba: http://www.slovar-axaz.org/component/content/article/7-gnezda/1884-ain.html
5. Taniqli shoir Erkin Vohidovga muxbir savol berdi:
– Kelinoyi bilan salkam ellik yil yashayotgan ekansizlar, qanday qilib tanishgansizlar?
Shoir javob berdi:
– Men taqdirimni uzoq-uzoqlardan qidirib yuribman. Buni qarangki, o‘zimizning mahallada, o‘zimizni ko‘chamizda, qo‘shni ekan! Shuni aytadilar-da deb shoir yana bunga bitta mashhur iborani keltiradi. Savol: Oʻsha iborani yozib bering.
Javob: "Falokat oyoq ostida", deb shuni aytishadi-da, deydi shoir.
6. Poyafzal ustasi Jeyms Smit 1792-yilda ishlab chiqarish hajmi va mahsulot sotuvini keskin darajada oshirgan bir narsani oʻylab topadi. Uning yangiligi shu kungacha barchamizga foyda keltirib keladi. Jeyms Smit qanday yangilikni oʻylab topgan?
Javob: Poyafzal o'lchamlari.
Manba: https://m.vk.com/wall-40780036_439
7. Bitta dengiz sohilidagi besh yulduzli mehmonxonaga joylashgan bir sayyoh mehmonxonada suzish uchun oyoqqa kiyiladigan lastik va suvostiga shoʻngʻish uchun niqoblar yo‘qligidan shikoyat qiladi. U dam olish uchun borgan mamlakatni yozib bering.
Javob: Isroil. Qabul: Iordaniya.
Izoh: O'lik dengiz.
Manba: https://provereno.media/2021/07/29/pravda-li-chto-v-mertvom-more-nelzya-utonut/
8. Diqqat, savolda almashtirish bor.
"Osmondagi lochin qanotlarsiz kuchsizdir. Yerdagi odam esa ALFAsiz ojiz", - Vasiliy Yanning "Chingizxon" romani shu so'zlar bilan boshlanadi. Qaysi so'zni "ALFA" bilan almashtirdik?
Javob: Ot.
Manba: Vasiliy Yan, “Chingizxon” asari, 5-6-betlar.
9. Sintoizm diniga koʻra, Izanaki uchta xudoning ajdodi hisoblanadi: quyosh maʼbudasi Amaterasu uning chap koʻzidan, oy xudosi Tsukuyomi oʻng koʻzidan, xudo Susanu uning burnidan tugʻilgan ekan. Susanu nimaning xudosi ekanligini yozib bering.
Javob: Shamol.
Manba: https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D1%83%D1%81%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D0%BE
10. Albert Eynshteyn fikri: Hayot – BU ISHga o'xshaydi. Muvozanatingizni saqlash uchun, harakat qilishda davom etishing kerak. Mashhur rus adibi Lev Tolstoy esa BU ISHNI 67 yoshiga kelganida o’rgangan. BU ISHni yozib bering.
Javob: Velosiped haydash.
Manbalar: 1. https://aforisimo.ru/deystvie/32225.html
2. https://www.culture.ru/s/vopros/velosiped/
Download 14.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling