1 – mavzu: Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va ularni ishlash qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatgichlar Reja


Download 355.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi355.68 Kb.
#1461668
1   2   3
Bog'liq
1 – mavzu Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va u

Ikkinchi guruh detallari barcha detallarning 30 – 50 foizini tashkil etib, ularni 
ta’mirlamasdan yana ishlatish mumkin. Bu guruh detallariga ish sirtlari joiz 
chegarada eyilgan detallar kiradi. 
Uchinchi guruh detallari barcha detallarning 40 – 45 foizini tashkil etadi. 
Ulardan ta’mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruhga ancha 
qimmat va murakkab bazali detallar, masalan, silindrlar bloki, tirsakli val, 
uzatmalar qutisining karteri, orqa ko‘prik, taqsimlash vali kiradi. Bu detallarni 
tiklash narxi ularni tayyorlash narxining 10 – 50 foizidan oshmaydi. 
Harbiy avtomobil texnikalarini ta’mirlash iqtisodiy samaradorligini 
oshirishning asosiy manbai ikkinchi va uchinchi guruh detallarining qoldiq ish 
muddatidan foydalanishdan iborat. 
Detallarni tiklash katta ahamiyatga ega. Detallarni tiklash uchun sarflanadigan 
mablag‘ ularni tayyorlash xarajatlaridan 2-3 marta kam bo‘ladi. CHunki, detallarni 
tiklashda ashyolar, elektr energiyasi va mehnat resurslari sarfi ancha qisqaradi. 
Detallarni tiklash samaradorligi va sifati tanlangan usulga bog‘liq. Detallarni 
tiklashning quyidagi usullari keng ko‘lamda qo‘llaniladi: mexanik ishlov berish, 
payvandlash va metall suyultirib qoplash, purkab qoplash, galvanik va kimyoviy 
ishlov berish, bosim bilan ishlov berish, sintetik ashyolardan foydalanish. 
Mashinalarni va uskunalarni ta’mirlash texnologik jarayonida ularning 
detallari tozalanadi, yaroqli – yaroqsizlarga saralanadi va sozlash va tiklash ishlari 
bajariladi, shuningdek ba’zi hollarda tegishli sinovlardan ham o‘tkaziladi. 
Detalning geometrik shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik 
ta’sir etish ishlari tiklash ishlariga kiradi. Buning uchun quyidagi texnologik 
jarayonlar bajariladi: detalning eyilgan sirtini to‘ldirib qoplash, ish vaqtida 
egiluvchan deformatsiyalangan joylarni asl holatiga keltirish yoki eyilgan 
joylarning o‘lchamlarini tiklash maqsadida ashyoni qayta taqsimlash uchun plastik 
deformatsiyalash, detalning bir qismini almashtirish va qo‘shimcha elementlar 
o‘rnatish, detallarning sirtlariga biror usulda ishlov berish metallning bir qismini 
olib tashlash. 


Detallar ashyosining fizik–mexanik xossalarini tiklash bo‘yicha ishlarga 
makroskopik nuqsonlarni (masalan, darz ketgan, emirila boshlagan joylar) bartaraf 
etish va detalning eng muhim joylaridagi mikronuqsonlarning zararli ta’sirini 
kamaytirish uchun biror usulda (termik, termomexanik ishlov berib, plastik 
deformatsiyalab) 
ashyoni 
puxtalash 
kiradi.
2–jadval 
Detallarni tiklashda qo‘llaniladigan usullar 
 
Usullar guruhi 
Qo‘llaniladigan tiklash usullari 
Suyultirib 
payvandlash 
(suyultirib metall qoplash) 
Elektr yoy bilan payvandlash, elektr shlakli payvandlash, flyus 
qatlami ostida, himoya gazlar muhitida, suv muhitida 
payvandlash, tebranma yoyli, argon yoyli, gaz bilan, plazmali
quyma nurli (elektron, lazer nurlari bilan) payvandlash. 
Bosim bilan payvandlash 
Metall 
purkab 
(to‘zitib) 
qoplash 
Metallash 
Kavsharlash 
Elektrolitik usulda metall 
qoplash 
Sintetik 
ashyolardan 
foydalanish 
Bosim bilan ishlov berish 
CHilangarlik 
mexanik 
ishlov berish 
Elektr bilan ishlov berish 
usullari 
Puxtalaydigan ishlov berish 
usullari 
Elektr kontakt, ishqalash, portlatish, gorn (temirchilik o‘chog‘i) 
da, taxtakach ostida, diffuzion, ultratovush, sovuqlayin, induksion 
payvandlash. 
Plazmali, gaz plazmali usul bilan purkab qoplash. 
Gaz, elektr, yuqori chastotali, plazmali. 
YUmshoq, qattiq va alyuminiy kavsharlar bilan kavsharlash. 
Xromlash, nikellash. 
Soxta suyuq qatlamda, gaz plazmali usulida, bosim usulida quyish 
usulida, taxtakachlab qoplash. 
Kengaytirish, cho‘ktirish, aylanasiga yumalatib puxtalash, 
cho‘zish, qisman cho‘ktirish, elektr mexanik ishlov berish. 
SHaberlash, ishqalash, frezerlash, silliqlash, kengaytirish, shtift 
o‘rnatish, rezbani tozalash, tortib turuvchi va boshqa elementlarni 
o‘rnatish. 
Anod – mexanik, elektr kimyoviy, elektr - kontakt, elektr – 
impulsli. 
Termik, termik – mexanik, kimyo – termik, sitrqi plastik 
deformatsiyalash, olmosli asbob bilan ishlov berish. 

Download 355.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling