1 – mavzu: Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va ularni ishlash qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatgichlar Reja
Download 355.68 Kb. Pdf ko'rish
|
1 – mavzu Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va u
1 – mavzu: Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va ularni ishlash qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatgichlar Reja: 1. Transport vositalaridetallarini ish qobilyatini tiklash texnologiyalari faniningmaqsadi va vazifalari 2. Detallarni turnalishi, ishlash sharoitlari va ta’mirbopligi. 3. Transport vositalaridetallarida sodir bo‘ladigan qaytmas jarayonlar 4. Detal va uning ish qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatgichlar, o‘lchamlar, yuza shakli va joylanish aniqligi, yuza sifati, materialning fizik mexanik xususiyatlari va detal konstruksiyasining bikirligi. Tayanch iboralar: eyilish, korroziyalanish, toliqish, material magnit xossalarining yo‘qolishi, materialning strukturaviy o‘zgarishi, deformatsiyalanish, eyilish, sinish, korroziyalanish Hozirgi zamon sanoati uchun mashinalar tizimi zarur. Oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘g‘ri, sifatli va o‘z vaqtida hal etish uchun mashinalar ishonchliligini oshirish, mashinalarni tarkibini ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish hamda saqlash bazasini yaratish zarur. YUqorida ta’kidlangan mashinalar parki tarkibini doimo shay holda tutib turish va undan samarali foydalanish uchun milliardlarcha mablag‘ sarf bo‘lmoqda. SHu bois mashinalarning ishonchliligini oshirish, ta’mirlash sifatini yaxshilash va texnika sifatini hamda unga ko‘rsatiladigan texnikaviy xizmat, TXKga ketadigan sarflarni kamaytirish davlat ahamiyatiga ega vazifalardan xisoblanadi. Mazqur fan talabalarga quyidagilarni o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi: 1. Mashinalar ishonchliligini nazariy asoslarini, ularni oshirish yo‘llari va baxolash usullarini; 2.Ishlamay qolish, nuqsonlar paydo bo‘lish sabablari, ularni aniqlash va bartaraf etish usullari; 3. Mashinalarni buzilmay ishlashi va ta’mirlashga yaroqliligini oshirish yo‘llari; 4. Mashina va uskunalarni ta’mirlashning ishlab chiqarish jarayonlari; 5. Mashina qismlarini tiklashning zamonaviy texnologik jarayonlari; 6. Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda mexnat xavfsizligi qoidalari; 7. Ta’mirlashda mehnatni tashkil etishni zamonaviy shakllari; 8. Ta’mirlash va TXK sifatini baxolash usullari; 9. Ta’mirlash samaradorligini baholash va uni sifatini boshqarish usullari; 10. Ta’mirlashning maqsadga muvofiqligini va uni amalga oshirish shart – sharoitlarini aniqlash; 11.Ta’mirlash va TXK bazasini ishlab chiqish hamda loyihalash; 12. Muhandislik echim va qabo‘l qilingan qarorlarni texnik iqtisodiy jihatdan baholash; 13. Fanni nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida kolledj talabalariga o‘qita bilish. Ta’mirlash chog‘ida mashinalarning ishonchliligini oshirish maqsadida firmaviy va xususiy korxonalarda, xo‘jaliklararo birlashmalarda, turli vazirliklarga qarashli korxonalarda ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish bazalari rivojlantirilmoqda va mustahkamlanmoqda. YAngi ta’mirlash ustaxonalari, texnikaviy servis xizmati ko‘rsatish maskanlari, stantsiyalar, statsionlari ko‘rlib mavjudlari qayta ko‘rib chiqilmoqda, ular yangi ta’mirlash – texnologik uskunalar bilan jihozlanmoqda. Ta’mirlash texnologiyasini tashkil qilish, mashinalarning holati va konstruksiyasiga, ta’mirlashni talab qilishi, ularning ta’mirlashga yaroqliligi, ta’mirlashga sarf qilinadigan mehnat hajmi kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Mashinalar sanoat buyumi hisoblanadi va ularni to‘rt turga ajratish mumkin: –detallar; – yig‘ish birliklari; –majmualar; –butlashlar. Download 355.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling