1 – mavzu: Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va ularni ishlash qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatgichlar Reja
Download 355.68 Kb. Pdf ko'rish
|
1 – mavzu Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va u
Ikkinchi guruh detallari barcha detallarning 30 – 50 foizini tashkil etib, ularni
ta’mirlamasdan yana ishlatish mumkin. Bu guruh detallariga ish sirtlari joiz chegarada eyilgan detallar kiradi. Uchinchi guruh detallari barcha detallarning 40 – 45 foizini tashkil etadi. Ulardan ta’mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruhga ancha qimmat va murakkab bazali detallar, masalan, silindrlar bloki, tirsakli val, uzatmalar qutisining karteri, orqa ko‘prik, taqsimlash vali kiradi. Bu detallarni tiklash narxi ularni tayyorlash narxining 10 – 50 foizidan oshmaydi. Harbiy avtomobil texnikalarini ta’mirlash iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy manbai ikkinchi va uchinchi guruh detallarining qoldiq ish muddatidan foydalanishdan iborat. Detallarni tiklash katta ahamiyatga ega. Detallarni tiklash uchun sarflanadigan mablag‘ ularni tayyorlash xarajatlaridan 2-3 marta kam bo‘ladi. CHunki, detallarni tiklashda ashyolar, elektr energiyasi va mehnat resurslari sarfi ancha qisqaradi. Detallarni tiklash samaradorligi va sifati tanlangan usulga bog‘liq. Detallarni tiklashning quyidagi usullari keng ko‘lamda qo‘llaniladi: mexanik ishlov berish, payvandlash va metall suyultirib qoplash, purkab qoplash, galvanik va kimyoviy ishlov berish, bosim bilan ishlov berish, sintetik ashyolardan foydalanish. Mashinalarni va uskunalarni ta’mirlash texnologik jarayonida ularning detallari tozalanadi, yaroqli – yaroqsizlarga saralanadi va sozlash va tiklash ishlari bajariladi, shuningdek ba’zi hollarda tegishli sinovlardan ham o‘tkaziladi. Detalning geometrik shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik ta’sir etish ishlari tiklash ishlariga kiradi. Buning uchun quyidagi texnologik jarayonlar bajariladi: detalning eyilgan sirtini to‘ldirib qoplash, ish vaqtida egiluvchan deformatsiyalangan joylarni asl holatiga keltirish yoki eyilgan joylarning o‘lchamlarini tiklash maqsadida ashyoni qayta taqsimlash uchun plastik deformatsiyalash, detalning bir qismini almashtirish va qo‘shimcha elementlar o‘rnatish, detallarning sirtlariga biror usulda ishlov berish metallning bir qismini olib tashlash. Detallar ashyosining fizik–mexanik xossalarini tiklash bo‘yicha ishlarga makroskopik nuqsonlarni (masalan, darz ketgan, emirila boshlagan joylar) bartaraf etish va detalning eng muhim joylaridagi mikronuqsonlarning zararli ta’sirini kamaytirish uchun biror usulda (termik, termomexanik ishlov berib, plastik deformatsiyalab) ashyoni puxtalash kiradi. 2–jadval Detallarni tiklashda qo‘llaniladigan usullar Usullar guruhi Qo‘llaniladigan tiklash usullari Suyultirib payvandlash (suyultirib metall qoplash) Elektr yoy bilan payvandlash, elektr shlakli payvandlash, flyus qatlami ostida, himoya gazlar muhitida, suv muhitida payvandlash, tebranma yoyli, argon yoyli, gaz bilan, plazmali, quyma nurli (elektron, lazer nurlari bilan) payvandlash. Bosim bilan payvandlash Metall purkab (to‘zitib) qoplash Metallash Kavsharlash Elektrolitik usulda metall qoplash Sintetik ashyolardan foydalanish Bosim bilan ishlov berish CHilangarlik mexanik ishlov berish Elektr bilan ishlov berish usullari Puxtalaydigan ishlov berish usullari Elektr kontakt, ishqalash, portlatish, gorn (temirchilik o‘chog‘i) da, taxtakach ostida, diffuzion, ultratovush, sovuqlayin, induksion payvandlash. Plazmali, gaz plazmali usul bilan purkab qoplash. Gaz, elektr, yuqori chastotali, plazmali. YUmshoq, qattiq va alyuminiy kavsharlar bilan kavsharlash. Xromlash, nikellash. Soxta suyuq qatlamda, gaz plazmali usulida, bosim usulida quyish usulida, taxtakachlab qoplash. Kengaytirish, cho‘ktirish, aylanasiga yumalatib puxtalash, cho‘zish, qisman cho‘ktirish, elektr mexanik ishlov berish. SHaberlash, ishqalash, frezerlash, silliqlash, kengaytirish, shtift o‘rnatish, rezbani tozalash, tortib turuvchi va boshqa elementlarni o‘rnatish. Anod – mexanik, elektr kimyoviy, elektr - kontakt, elektr – impulsli. Termik, termik – mexanik, kimyo – termik, sitrqi plastik deformatsiyalash, olmosli asbob bilan ishlov berish. Download 355.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling