1 – mavzu: Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va ularni ishlash qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatgichlar Reja
Mashinalarning asosiy agregatlari quyidagilardan iborat
Download 355.68 Kb. Pdf ko'rish
|
1 – mavzu Transport vosita detallarini ishlash sharoitlari va u
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- jadval Mashinaning turlari va asosiy agregatlari
Mashinalarning asosiy agregatlari quyidagilardan iborat:
– kuzov va korpusni olib yuruvchi rama; – agregatlar (dvigatel, uzatmalar qutisi, ko‘priklar, tarqatish qutisi, asosiy va bort uzatmalari); – mexanizmlar (ilashma, bosh friksion, qo‘shimcha uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, differensial, rul mexanizmi, rul uzatmasi, burilish mexanizmi); – osma va tormoz tizimlari va detallari. Mashinalarning turlari va asosiy agregatlari 1- jadvalda keltirilgan. 1- jadval Mashinaning turlari va asosiy agregatlari Mashina (tip) turlari Asosiy agregatlari Ko‘p maqsadga mo‘ljal- langan avtomobillar Dvigatel, uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, oldingi etakchi ko‘prik, o‘rta ko‘prik, orqa ko‘prik, rama, kabina. Ko‘p o‘qli maxsus shassi va ko‘p o‘qli shatakchilar Dvigatel, gidrotransformatorli planetar uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, ko‘prik uzatmasi va reduktori, bort uzatmasi, g‘ildirak reduktori, rama, korpus, kabina. G‘ildirakli shatakchilar va traktorlar Dvigatel, bosh friksion, uzatmalar qutisi, burilish mexanizmi, asosiy uzatma, yurgizish dvigateli, rama, kabina. Engil avtomobil va avtobuslar Dvigatel, uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, oldingi etakchi ko‘prik, orqa ko‘prik, rama, kuzov. Agregatlarning tarkibiy qismlaridan uzellar va bazali detallar alohida ajratilib, ularga agregatlarning boshqa detallari o‘rnatiladi. Uzel – yig‘ish birligi bo‘lib, buyumning boshqa tarkibiy qismlariga nisbatan alohida yig‘iladi. Bazali detallar – dvigatelning bloklari va tirsakli vallari, yurish qismi transmissiya agregatlari karteri, elektr mashinalar agregatlarining korpuslari (generatorlar, startyorlar), nasoslar korpuslari va boshqalar. Avtomobil texnikalarini foydalanish va ishlatish jarayoni o‘ta intensiv ravishda kechganligi sababli, dvigatel mexanizmi va uzellari detallari eyiladi va ta’mirlanishga ehtiyoj seziladi. Eyilgan detallar nominal yoki ta’mirlash o‘lchamiga tiklanadi, unga to‘g‘ri geometrik shakl va ularga mos holdagi sirt xossalari beriladi, hamda turli xildagi mexanik shikastlanishlar bartaraf etiladi. Buning uchun ta’mirlash detallarini ishlatgan holda, hamda boshlang‘ich o‘lchamdagi detallardan foydalanib ularni tiklash mumkin. Eyilish darajasidan qat’iy nazar agarda, detal mustahkamligi etarlicha va tanlangan usul iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lsa, detalni turlicha usullar bilan tiklash mumkin. Detallarni ta’mirlash jarayonida mexanik ishlov berish, suyultirib qoplash, metall bilan qoplash, elektrolitik o‘stirish, bosim, polimer materiallar qoplash va boshqa usullar qo‘llaniladi. SHuningdek, ishlov berishning elektrofizik, elektrokimyo va murakkab usullari ham mavjud. Elektrofizik usulga ultratovush, plazma, lazer va elektron-nur yordamida ishlov berishlar kiradi. Elektrokimyo ishlov berish usuliga oqar elektrolitda o‘lcham berib, elektr kontaktli va anod-mexanik ishlov berishlar kiradi. Murakkab ishlov berish usuli elektroerozion-kimyoviy, ultratovush va elektrokimyoviy ishlov berishni o‘z ichiga oladi. Har bir usul ishlov berilayotgan yuzalarning mos holdagi aniqligini (6-dan 11-kvalitetgacha) va g‘adir-budirligini (R a, 0,02 dan 25 mkm gacha) olishga imkon beradi. Mashinalarni ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishda detallarning qoldiq ish muddatidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Mashinalarning barcha detallarini ish muddatiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga o‘z ish muddatini to‘liq o‘tagan va ta’mirlash paytida yangisi bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan detallar kiradi. Bunday detallar nisbatan oz bo‘lib, barcha detallar sonining 25 – 30 foizini tashkil etadi. Bu guruh detallarga porshenlar, porshen halqalari, podshipniklarning vkladishlari, turli vtulkalar, dumalanish podshipniklari, rezinotexnika buyumlari va boshqalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling