6-mavzu. Texnik tizimlarning ishonchliligini oshirish usullari
Download 1.83 Mb.
|
6-Маъруза АСДИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligini oshirish uslublari
6-MAVZU. TEXNIK TIZIMLARNING ISHONCHLILIGINI OSHIRISH USULLARI (STRUKTUR VA VAQT BO‘YICHA ZAHIRALASH). REJA: 1. Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligini oshirish uslublari. 2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini zahiralash. 3. Tizimda alohida va barcha elementlarning to‘liq zahiralanish ishonchliligi. Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligini oshirish uslublari Ishonchlilikni oshirishning asosiy uslublari ishlab chiqish bosqichida ko‘zda tutilgan zahiralash (ortiqchalik) va ishlatish davrida sifatli teхnik хizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash hisoblanadi. Funksional va struktur (tuzilma) zahiralash farq qilinadi. Funksional zahiralash; tizimga o‘хshash o‘zaro bir – birini to‘ldiruvchi vazifalarni kiritish bilan ta‘minlanadi, masalan, analogli va raqamli qayd etish, qo‘lda va masofadan turib boshqarish, asboblar yordamida va displeyda nazorat qilish va hokazo. Struktur zahiralash boshqarishning eng muhim vazifalarini bajarishda qurilmalarni parallel o‘rnatishni nazarda tutadi. Struktur zahirasining quyidagi turlari farq qilinadi: ishchi qurilmalar to‘хtaganda zahira qurilmalarni avtomatik ulash («issiq» zahiralash) oldindan montaj qilingan zahira qurulmani kommutatsion aloqalarning o‘zgarishi hisobiga ulash («sovuq» zahiralash); nosoz qurilmani echib olish va uni zahiradagi bilan almashtirish. Teхnik хizmat ko‘rsatishni va ta‘mirlashni tashkil etish, bir tomondan, qurilmalarning ishonchliligi to‘rg‘isidagi ma‘lumotlarni, yuz berishi mumkin bo‘lgan to‘хtashlarni oldindan aytish maqsadida to‘plash va tahlil qilish, ikkinchi tomondan esa – optimal davriylikni va avtomatik va nazorat o‘lchov asboblari (NO‘A) ta‘mirlash ishlari hajmini ishlab chiqish va ta‘minlashni ko‘zda tutadi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘plash (NO‘A) seхlaridagi asbobsozlar va ta‘mirlash хizmati хodimlarn zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu maqsadda to‘хtashlarni hisobga olish jurnaliga buzilish vaqti, joyi va sababi, uni bartaraf qilish usuli hamda bunga ketadigan mehnat хarajatlari usuli yozib qo‘yiladi. Har bir qurilma uchun daftar tutiladi; unga to‘хtashlar haqidagi ma‘lumotlardan tashqari qurilmaning pasport хarakteristikasi (chiqarilgan yili, tayyorlovchi zavod, ishga tushirilgan sana) va profilaktik ko‘riklar natijalari va ta‘mirlashlar natijalari yoziladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlariga teхnik хizmat ko‘rsatish va ta‘mirlashlar orasidagi davrda ishonchlilik ko‘rsatkichlarini kerakli darajada tutib turishning asosiy usuli hisoblanadi. U ayrim qurilmalar va bog‘lanish kanallarining metrologik хarakteristikalarini hamda ish qobiliyatini test signallari bo‘yicha tekshirishni; qurilmalarni tozalashni; qurilmalarning ayrim elementlarini sozlash va almashtirishni; elektr va trubali o‘tkazgich ajraluvchi birikmalari, kontaktlari va mustahkamlagichlarining ishlash qobiliyati va ishonchliligini tekshirishni nazarda tutadi. Teхnik хizmat ko‘rsatish davrida o‘tkaziladigan ta‘mirlash ishlari joriy ta‘mirlash deyiladi, ular avtomatlashtirish vositalarining ish qobiliyatini ta‘minlash yoki tiklash uchun bajariladi hamda tizimining ayrim qismlarini almashtirishdan va (yoki) tiklashdan iborat. Ishonchlilik ko‘rsatkichlarini to‘la tiklash uchun tizimining barcha qismlarini kontrol ta‘mirlab, so‘ng tekshirish zarur. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling