Ikki vektor orasidagi burchak deb ularning boshlari bir nuqtaga parallel ko‘chirib keltirib qo‘yilganda (vektorlarning ta’sir chiziqlari kesishganda) hosil qilgan burchakka aytiladi (1.4-rasm).
1.4-rasm
Bir vektorga ikkinchi vektorni qo‘shish uchun birinchi vektorning oxiriga ikkinchi vektorning boshi parallel ko‘chirib keltirib qo‘yiladi va birinchi vektorning boshidan ikkinchi vektorning oxiriga yo‘nalgan kesma yig‘indi vektor deyiladi (1.5-rasm).
1.5-rasm
Bir vektordan ikkinchi vektorni ayirish uchun ikkita vektorning ham boshlari bir nuqtaga parallel ko‘chirib keltiriladi va ikkinchi vektorning oxiridan birinchi vektorning oxiriga yo‘nalgan kesma ayirma vektor deyiladi (1.6-rasm).
1.6-rasm
Agar vektorlar orasidagi burchak bo‘lsa, yig‘indi vektor va ayirma vektorlarning modullari (uzunliklari) o‘zaro teng bo‘ladi (1.7-rasm).
1.7-rasm
1.8-rasm
Ikki vektorni qo‘shganda koordinatalari ham mos holda qo‘shiladi (1.8-a,rasm).
Ikki vektorni ayirganda koordinatalari ham mos holda ayiriladi (1.8-b,rasm).
vektorni λ songa ko‘paytiganda vektor hosil bo‘lsa, vektorning koordinatalari vektorning koordinatalaridan λ marta katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |