1- mavzu: умумий физика (механика) фанига кириш reja
Download 299.94 Kb.
|
1-Taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 baho «yaxshi»
- O‘lchov birliklar sistemasi, o‘chov birligi va o‘lchamlik. Fizik kattaliklar.
II. Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talab, umumiy yuklama va baholash mezoni. III. Fizika fanining rivojlanish tarixi. Fizikaning boshlangich asoslari qadimgi yunon faylasuflari Aristotel, Demokrit, Epikur, Lukretsiy tomonidan yaratildi va rivojlantirildi. Bu urinda Urta Osiyo mutaffakir olimlari Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Axmad al-Fargoniy, Ulug’bek kabi allomalarning tabiatshunoslik faniga kushgan munosib xissalarini ta’kidlamok lozim. Italiya olimi G.Galiley (1564 -1642), ingliz olimi I.Nyuton (1643-1727) ning olamshumul ishlaridan boshlab tajribaga tayanib tarakkiyot eta boshlagan fizika fani keyingi 3 - 4 asr mobaynida jadal rivojlanish yulini bosib o’tdi. XIX asrni ikkinchi yarmida yoruglikni elektromagnit nazariyasini yaratilishi bilan fizika fani muayyan darajada yakunlangan fan ko’rinishini - klassik fizika nomini oldi. XIX asrning oxiriga kelib klassik fizika qonunlari atomning ichki tuzilishini, katta tezlikda harakatlanuvchi jismlarda yuz beradigan hodisalarni va boshka ko’p hodisalarni tushuntirishga ojizlik qilib koldi. XX asr boshida A.Eynshteyn (1879-1955) tomonidan yaratilgan maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalariga tayangan, yoruglikni kvant nazariyasi, mikrozarralar mexanikasiga asoslangan zamonaviy fizika yuzaga keldi. Bu fizika modda va maydon xossalari, atom, molekulalar, yadro va elementar zarralar tarkibi va xossalarini urganishda ulkan natijalarga erishdi. Elementar zarralar fizikasi, plazma fizikasi, kvant xromodinamikasi, yadro fizikasi, Qattiq jismlar fizikasi, kvant optika, nochizigiy optika, golografiya va boshka soxalar vujudga keldi. Fizikaning tarakkiyoti unda ochilgan xar bir tabiiat qonuni nazariy axamiyatga ega bo’libgina kolmay balki texnika tarakkiyoti jarayoniga katta xissa kushdi, inkilobiy uzgarishlarga sabab buldi. jismni Yer tortish kuchi maydonida tushishini urganishda xavo karshiligi yuzaga keltiradigan ta’sirni ikki yul bilan kamaytirish mumkin: 1) jism o’lchamlarini kichraytirish, 2) xar xil o’lchamli jismlarni bushlikda tushishini tekshiriladi. Ikkala xolda xam jismlarning Yer tortish kuchi ta’sirida erkin tushishni "sof" xolda urganishga sharoit yaratiladi. Tajribani yuksak aniqlikda kayta-kayta takrorlanishi eng muxim talablardan biridir. Bu degani tajribani boshka joyda boshka asboblar bilan aynan avvalgidek sharoitlarda takrorlanganda ilgari olingan natijalar muayyan aniqlikda takrorlanishi zarur demakdir. Xar qanday fizik hodisani xam tajribada kayta amalga oshirib bulavermaydi. Shu sababli bunday hodisalarni fakat tabiiy kuzatish yuli bilan urganiladi.
Fizikada 7 ta (uzunlik, vaqt, massa, temperatura, modda miqdori, tok kuchi va yorug‘lik kuchi) fizik kattalik asosiy birlik sifatida, 2ta (yassi burchak va fazoviy burchak) fizik kattalikl esa qo‘shimcha birlik sifatida ishlatiladi. Qolgan barcha kattaliklar hosilaviy birliklardir. “Xalqaro birliklar sistemasi” – SI (Sisteme Internationale) fan va texnikaning barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal sistemasi bo‘lib, u 1960 yilning oktyabr oyida o‘lchov va tarozilar XI bosh konferensiyasida qa’bul qilingan. Bu konferensiyaning qaroriga binoan Xalqaro birliklar sistemasida ettita asosiy, ikkita qo‘shimcha kattalik hamda shularga mos ettita asosiy, ikkita qo‘shimcha birlik hamda juda ko‘p hosilaviy birliklar qabul qilingan. Bu sistemani qisqavha XBS deb ataladi. Yassi va fazoviy burchaklar o‘z o‘lchamligiga ega bo‘lmagani uchun, ular Xalqaro birliklar sitemasining qo‘shimcha kattaliklar qatoriga kiradi. Yettita asosiy birliklarga metr, kilogramm, sekund, mol, kelvin, amper, kandela o‘lchov birliklari hamda qo‘shimcha birliklarga esa radian va steradianlar kiradi. Bu o‘lchov birliklaridan metr, kilogramm, sekund, radian birliklarini mexanika bo‘limida, mol, kelvin birliklarini molekulyar fizika bo‘limida, amper birligini elektrodinamika asoslari bo‘limida va kandela, steradian birliklarini esa optika bo‘limida o‘tiladi. Metr (m) – kripton-86 izotopining 2P10 va5d5 sathlari orasidagi o‘tishga mos bo‘lgan vakkuumdagi nurlanishning 1 650 763 730 ta to‘lqini uzunligini 1 metr deb qabul qilingan. Kilogramm (kg) – kilogrammning xalqaro etalon massasiga teng bo‘lgan massa bo‘lib, bu etalon Parij shahri yaqinidagi Sevr shahridagi o‘lchov va tarozilarning xalqaro byurosida saqlanadigan platina-iridiy qotishmasidir. Sekund (s) – seziy-133 izotopi asosiy holatining ikki o‘ta nozik sathlari orasidagi o‘tishga mos bo‘lgan nurlanish davrining 9 192 631 770 tasiga teng bo‘lgan vaqtni 1 sekund deb qabul qilingan. Mol (mol) – Uglerod-12 ning 0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng element (atom, molekula, ion,...) lardan tashkil topgan sistemadagi modda miqdori 1 mol deb qabul qilingan. Kelvin (K) – suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273,16 ulushini 1 Kelvin deb qabul qilingan Amper (A) – vakkuumda bir-biridan 1 metr masofa-da joylashgan ikki parallel cheksiz uzun va kesimi juda kichik to‘g‘ri o‘tkazgichlardan tok o‘tganda o‘tkazgichning har bir metr uzunligida 2∙10-7 N o‘zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchidir. Kandela (kd) – 101325 Pa bosim ostidagi platinaning qotish temperaturasiga teng temperaturadagi to‘la nur-langichning 1/600000 m2 yuzidan perpendikulyar ravishda chiqarilayotgan yorug‘lik kuchi 1 kandela deb qabul qilingan. Radian (rad) – radius uzunligiga teng bo‘lgan yoyni tutib turuvchi markaziy burchakka 1 radian burchak deb qabul qilingan. Steradian (str) – uchi sfera markazida bo‘lgan va shu sfera markazidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratadigan fazoviy burchakni 1 steradian deb qabul qilingan. Xalqaro birliklar sistemasida fizik kattaliklar bir-biridan 10 va 10 ning natural darajalari marta farq qilishi hisob-kitobni yengillatgani uchun dunyoning juda ko‘plab davlatlarida bu sistemadan foydalanishadi. Masalan, massaning milligramm, gramm, kilogramm, tonna kabi o‘lchamlari yoki uzunliknig millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr kabi o‘lchamlari bir-biridan 10, 100, 1000, ... martaga farq qiladi. Lekin, dunyoda o‘zining qadimiy o‘lchov birliklarini saqlab qolgan davlatlar ham bor. Bularga “Qo‘shma shtatlar an’anaviy sistemasi” yoki “Britaniya birliklar sistemasi” ni misol qilish mumkin. Bu birliklar sistemalarida hisob-kitob ishlarini olib borish biroz murakkablik tug‘dirib, kattaliklar bir-biridan 10 va 10 ning natural darajalari marta farq qilmaydi. Maslan, uzunlik birligi milya 5280 futga, 1 fut 12 dyumga teng bo‘lib, 1 dyum XBSda 25,4 millimetrga tengdir. Yuza va hajmni aniqlash uchun kvadratga yoki kubga ko‘tarish qo‘shimcha qiyinchilik tug‘diradi. Shunga o‘xshash massa birligida ham 1 stoun 14 funtga, 1 funt 16 unsiyaga, 1 unsiya esa XBSda 28,35 grammga tengdir. Download 299.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling