1-§. Moddiy nuqtaning


Download 391.11 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi391.11 Kb.
#1165862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KINEMATIKA

6-§. To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat



  1. Jism tekis tezlanuvchan harakatlanib, 6s davomida o‘z tezligini 0,1 m/s dan 0,4 m/s gacha oshirdi. Jism necha m/s 2 tezlanish bilan, harakatlangan?




  1. Avtomobilning tezligi 25 s davomida 36 km/soat dan 54 km/soat gacha ortgan bo‘lsa, uning tezlanishini toping (m/s2) .

3.20 s davomida tezligini 360 dan 900 km/soat gacha oshirgan reaktiv samolyot qanday tezlanish bilan harakatlangan(m/s2)?

4. Avtomobil qo‘zg‘algandan so‘ng 1 minut vaqt ichida 72 km/soat tezlikka erishgan bo‘lsa, uning harakatini tekis o‘zgaruvchan deb hisoblang va tezlanishini aniqlang (m/s2).
5. Uzoq masofaga uchayotgan kosmik kemaning tezligi harakat boshidan 1 soat o‘tgach 1000 km/s ga yetdi. Kemaning tezlanishini (m/s2) toping.


6. Tezligi 12 m/s bo‘1gan avtobusning tormozlanish yo‘li 54 m. Avtobus tormozlana boshlagandan to‘xtaguncha qancha vaqt o‘tadi (s)?

7. Shar tarnovdan yumalab borib 5,0 s da 75 sm yo‘1 o‘tgan. Shaming oxirgi tezligini toping (m/s2). Berilganlardan boshlang‘ich tezlikka ega bo‘1gan tekis tezlanuvchan harakat uchun tezlik formulasini toping.

8. Vagon tinch holatdan 25 sm/s2 tezlanish bilan harakatga keladi. Harakat boshlangandan 10 s o‘tgach, u qanday tezlikka erishadi (m/s)?

9. Poyezd harakatlana boshlangandan keyin 10 s o‘tgach, 0,6 m/s tezlikka erishdi. Harakat boshlangandan keyin qancha vaqt (s) o‘tgach poyezdning tezligi 3 m/s ga yetadi?




  1. Trolleybus 36 km/soat boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lib, 10 s ichida 80 m yo‘lni o‘tdi. Trolleybus qanday tezlanish bilan harakatlangan ( m / s2 ) va yo‘l oxirida qanday tezlikka ega bo‘lgan (m/s)?



  1. Quyidagi gapni to‘g‘ri mazmunda to‘ldiruvchi javobni belgilang: Tekis tezlanuvchan harakatdagi oniy tezlikni hisoblash uchun ...berilishi lozim.

23.Tramvay to‘xtash joyidan qo‘zg‘alib, 0,30 m / s tezlanish bilan harakat qiladi. Harakat boshlangandan qancha masofa o‘tgach (m). tramvayning tezligi 15 m/s ga yetadi?

24. Chang‘ichi uzunligi 135 m bo‘lgan qiya tekislikdan tushmoqda. Agar tezlanishi 40 sm/s2, boshlang‘ich tezligi 6,0 m/s bo‘1sa. U pastga qancha vaqtda tushadi (s)?

25. Tinch holatda tekis tezlanuvchan harakatlana boshlagan jism boshlang‘ich ikki sekund davomida yo‘lning chorak qismini o‘tdi. Yo‘lning hammasini u necha sekundda o‘tadi?

26. Chang‘ichi 0,3 m/s tezlanish bilan harakatlanib, uzunligi 100 m bo‘lgan qiyalikni 20 s ichida o‘tdi. Chang‘ichining qiyalik boshi va oxiridagi tezliklari yig‘indisi qanday (m/s)?

27. Lokomotiv turtib yuborgan vagon harakatga kelib, 50 s davomida 37,5 m yo‘1 o‘tdi va to‘xtadi. Vagon harakatini tekis sekinlanuvchan deb hisoblab, uning tezlanishini toping (m/s2)

28. Poyezd qiyalikdan pastga harakatlanib, 20 s da 340 m yo‘1ni o‘tdi va 19 m/s tezlikka erishdi. Poyezd qanday tezlanish (m / s ) bilan harakatlangan va qiyalik boshida uning tezligi qanday bo‘lgan (m/s)?

29.Trolleybus 36 km/soat boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lib, 10 s ichida 120 m yo‘lni o‘tdi. Trolleybus qanday tezlanish bilan harakatlangan ( m / s ) va yo‘l oxirida qanday tezlikka ega bo‘lgan (m/s)?


30. O‘qning miltiq stvolining o‘rtasidagi tezligi uchib chiqishdagi tezligidan necha marta kichik?

  1. Lokomotivning tezligi 500 m masofada 18 km/soat dan 36 km/soat ga yetishi uchun u qanday tezlanish bilan harakat qilishi kerak (sm/s2)?




  1. Tekis tezlanuvchan harakatlana boshlagan jisrn 4 s da 32 m masofani bosib o’tdi. Uning dastlabki 3 s da bosib o‘tgaia masofasini (m) toping.

33. Bronemashina qandaydir boshlang‘ich 0 tezlik bilan harakatlanib, biror paytdan boshlab 2 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Shu paytdan boshlab 5 s davomida 100 m masofani bosib o‘tgan bo‘lsa,  (m/s) ni aniqlang.




  1. Agar kater 5,0 s davomida 10 m/s o‘zgarmas tezlik bilan harakat qilib, so‘nggi 5,0 s da 0,50 m/s' o‘zganuas tezlanish bilan harakat qilsa, u qancha yo‘1 o‘tadi (m)?



  1. Motosiklchi va velosipedchi tinch holatdan boshlab bir vaqtda harakat qila boshladi. Velosipedchiga qaraganda motosiklchining tezlanishi 3 marta katta. Motosiklchi bir xil vaqtda necha marta katta tezlikka erishadi?

  1. Avtomobil 2,0 m/s2 tezlanish bilan harakat qilib, 5,0 s da 125 m yo‘l o‘tgan. Avtomobilning bosh1ang‘ich tezligi topilsin (m/s)?

  2. Tinch holatda turgan motorollyer 1,0m/s2 tezlanish bilan harakatlanib, 200 m yo‘lni o‘tgach, qanday tezlikka erishadi (m/s)?

  3. 16 m/s tezlik bilan ketayotgan poyezd tormozlangandan boshlab to‘xtaguncha 128 m yo‘1 bosadi. Harakatning tezlanishi m/s2 va poyezd to‘xtaguncha ketgan vaqt topilsin (s).




  1. Sharcha qiya novdan tinch holatidan boshlab dumalab tushib, birinchi sekundda 10 sm yo‘1 o‘tdi. U uch sekund ichida qancha yo‘1 o‘tadi (m)?




  1. Brone mashina qandaydir u0, doimiy tezlik bilan harakatlanib, biror paytdan boshlab 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi. Shu paytdan boshlab 5 s davomida u 100 m yo‘l o‘tdi. u0 ni aniqlang (m/s).




  1. Avtomobil 10 m/s boshlang‘ich tezlik va 2 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib 119 m masofani bosib o‘tganda, uning tezligi nimaga teng bo‘ladi (m/s)?

  2. Tekis tezlanuvchan harakat uchun yo‘l formulasini ko‘rsating.

  3. Tezlik 15 km/soat bo‘lganda avtomobilning tormozlanish yo‘li 15 m ga teng. Tezlik 90 km/soat bo‘lganda tormozlanish yo‘li qancha bo‘ladi (m)? Tezlanish ikkila holda ham bir xil.

  4. Poyezd 0,5 km masofani 20 sekund davomida

bosib o‘tdi. Bunda poyezdning tezligi uch marta ortgan bo‘1sa, uning boshlang‘ich tezligini aniqlang (m/s).

  1. Motosiklchi va velosipedchi tinch holatdan boshlab bir vaqtda harakat qila boshladi. Velosi- pedchiga qaraganda motosiklchining tezlanishi 3 marta katta. Motosiklchi bir xil yo‘lda necha marta katta tezlikka erishadi?

  2. Tekis harakat bilan borayotgan poyezdan uzib yuborilgan oxirgi vagon tekis sekinlanuvchan harakat qilgan va to‘xtaguncha 1,0 km yo‘l bosgan? Shu vaqt ichida poyezd qancha yo l bosgan (km)?




  1. Jism tekis tezlanuvchan harakat qilib, harakatining beshinchi sekundida l8 m yo‘1 bosdi. Jisimning boshlang‘ich 10 s da o‘tgan yo‘lini toping (metrlarda).




  1. 10 m/s boshlang‘ich tezlik va 3m / s2 tezlanish

bilan harakatlanayotgan jism 5—sekundda qancha masofani bosib o‘tadi (m)’?


  1. 20 m/s boshlang‘ich tezlik va 2m / s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan jism 10—sekundda qancha masofani bosib o‘tadi (m)



  1. Poyezd stansiyadan yo‘lga chiqib, 15 sekund tekis tezlanuvchan harakat qildi. Agar u 15—sekundda undan oldingi sekundlardagidan 2 m ortiq yo‘l o‘tgan bo‘lsa. poyezdning shu vaqt ichidagi yo‘lini toping (m).




  1. Tinch holatidan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning 10—sekundda bosib o’tgan yo‘li 4—sekundda bosib o‘tgan yo‘1idan necha marta farq qilad i.




  1. Tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning 10—sekundda bosib o‘tgan yo‘ li 7—sekundda bosib o‘tgan yo‘lidan necha marta farq qiladi‘?




  1. Tinch holatdan to‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchi harakat qila boshlagan jism o‘ninchi sekundda yettinchi sekunddagiga nisbatan 6 metr ko‘proq masofa bosib o‘tgan bo‘1sa, mazkur hurakatıııtı tezlanishi (ın /s ) va yigirmanchi sekundda bosib o'tgan yo‘lini toping (m).




  1. Avtoinobil to‘xtash joyidati tekis tezlanuvchan harakat qilib, birmuncha yo‘l o‘tgach, 25m/s tezlikka erishdi. Bu yo‘1ning o‘rta nuqtasida uning tezligi qancha bo‘lgan (m/s)?




  1. Bola chanada uzunligi 40 m bo‘lgan tepalikdan 10 s da tushdi va to‘xtaguncha gorizontal uchastkada yana 20 m o‘tdi. Harakatning umurniy vaqtini (s) va butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezlikni toping (m/s).




  1. Tezlik o‘lchovchi asbob shkalasining uzunligi 20 sm ga teng. U avtomobil tezligini 0 dan 150 km/soat gacha oraliqda o‘1chaydi. Agar avtomobil 2,5 m / s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan bo‘1sa,

  2. asbob ko‘rsatkichining tezligi qanday (m/s) bo‘ladi?




Download 391.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling