1. … Moskvada O’zbek adabiyoti va san’ati dekadasi bo’lib o’tdi?


Download 21.31 Kb.
Sana14.07.2020
Hajmi21.31 Kb.
#123751
Bog'liq
2 5409250995639159166



2-variant

1. … Moskvada O’zbek adabiyoti va san’ati dekadasi bo’lib o’tdi?

A) 1956-yili B) 1955-yili C) 1951-yili D) 1952-yili

2. Qachon Namangan viloyati, Pop tumanida Chodak oltin koni ochildi?

A) 1953 yil. B) 1965 yil. C) 1968 yil. D) 1959 yil.

3. SSSR hukumatining “1946-1953-yillarda O’zbekistonda paxtashilikni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosan …

A) O’zbekistonda paxtani qayta ishlash sanoatini vujudga keltirishga qaratilgan.

B) O’zbekistonda paxta ekin maydonlarini keskin ko’paytirishga qaratilgan.

C) O’zbekistonda paxta savdosiga butunlay chek qo’yishga qaratilgan.

D) O’zbekistonda paxta monokulturasini uzil-kesil joriy qilishga qaratilgan.

4. Quyidagi voqealardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq sodir bo’lgan?

A) O’zbekiston metallurgiya zavodida yangi prokat sexi ishga tushirildi.

B) O’zbekistonda yetishtirilgan paxtaning miqdori 2 222 000 tonnaga yetdi.

C) Respublikada 218 000 gektar sug’oriladigan maydon faqat paxta ekish uchun bo’shatildi.

D) Tashselmash zavodi paxta terish mashinalarining dastlabki partiyasini ishlab chiqardi.

5. ….O’zbekiston FA Yadro fizikasi instituti tashkil etilgan?

A) 1956-yili B) 1958-yili C) 1969-yili D) 1961-yili

6. 1949-yildan qaysi zavodda traktor pritseplari (tirkagichlari) ni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan?

A) ”Tashavtomash”. B) “Tashselmash”. C) Toshkent traktor zavodi. D) “O’zbekselmash”.

7. Qachon Qozog’iston SSR Oliy Soveti Prezidiumining buyrug’i bilan Janubiy Qozog’iston o’lkasi hududining bir qismi O’zbekiston SSR tarkibiga berildi?

A) 1947-yili dekabr. B) 1957-yili sentabr. C) 1963-yili yanvar. D) 1966-yili sentabr.

8. 1964 yil 5 noyabr…

A) Hunarmandlar kooperativ artellarga birlashtirildi.

B) Hunarmandchilik kooperatsiyasi tarkibida bir necha yuz artellar faoliyat ko’rsatardi.

C) Yakka tartibda hunarmandchilik bilan shug’ullanishga ruxsat berildi.

D) Qoraqalpog’iston televideniyesi ish boshladi.

9. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimida ishlagan shaxslarni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Nuritdin Muhitdinov 2) Usmon Yusupov 3) Sobir Kamolov 4) Amin Niyozov

A) 2,4,3,1. B) 2,3,4,1. C) 3,2,1,4. D) 2,4,1,3.

10. Sobir Kamolov necha yoshida O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga saylangan?

A) 42 yoshida. B) 47 yoshida. C) 51 yoshida. D) 35 yoshida.

11. 1956-yili 25-fevralda qaysi majlisda Nikita Xrushchev shaxsga sig’inish va uning oqibatlari to’g’risida ma’ruza qilib, Stalin shaxsiga sig’inish qoralandi?

A) KPSS Markaziy Komitetining XXI plenumi. B) KPSS XX syezdining yopiq majlisi.

C) Kompartiya Markaziy Komitetining XII plenumi. D) KPSS XIX syezdining yopiq majlisi.

12. Qaysi majlis va unda qabul qilingan qarorlar O’zbekistonning ma’naviy hayotiga kuchli zarba bo’lib tushdi?

A) Kompartiya Markaziy Komitetining X plenumi. B) KPSS XX syezdining yopiq majlisi.

C) Kompartiya Markaziy Komitetining XII plenumi. D) KPSS XIX syezdi.

13. Quyidagilardan qaysi biri KPSS MK ideologiya sekretari lavozimida ishlagan?

A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov. C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.

14. O’zbekistonda rahbarligi davrida kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila boshlangan (1) va islom diniga erkinliklar berilgan (2) siyosiy arboblarni ko’rsating.

A) 1-Sobir Kamolov; 2-Sobir Kamolov. B) 1-Amin Niyozov; 2-Sobir Kamolov.

C) 1-Nuritdin Muhitdinov; 2-Amin Niyozov. D) 1-Sobir Kamolov; 2-Amin Niyozov.

15. Amin Niyozov haqidagi xa’to ma’lumotni ko’rsating.

A) U Marg’ilonda tug’ilgan. B) U 1947-1950-yillari O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi lavozimida ishlagan.

C) Uning davrida O’zbekiston ziyolilariga nisbatan qatog’onchilik siyosati olib borildi.

D) 1950-1955-yillarda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimida ishlagan.

16. Qaysi O’zbekiston rahbari o’zbek ziyolilari oqlanishida tashabbuskorlik ko’rsatdi?

A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov. C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.

17. 15 oy davomida respublika partiya tashkilotini boshqargan rahbarni ko’rsating.

A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov. C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.

18. Paxta xarid bahosini oshirishni markaz oldiga talab qo’yib buni uddalagan rahbar kim edi?

A) Amin Niyozov. B) Nuritdin Muhitdinov. C) Sobir Kamolov. D) Usmon Yusupov.

19. Nuritdin Muhitdinov (1) va Sobir Kamolov (2) qayerda tug’ilgan?

A) 1-Qo’qon; 2-Marg’ilon. B) 1-Marg’ilon; 2-Samarqand. C) 1-Samarqand; 2-Buxoro. D) 1-Marg’ilon; 2-Toshkent.

20. Toshkentda “Paxtakor” markaziy stadioni …….qurildi?

A) 1953-1957-yillar. B) 1951-1953-yillar. C) 1957-1961-yillar. D) 1955-1960-yillar.

21.Qoraqalpog’istonni Qozog’iston bilan to’g’ri bog’lab, O’rta Osiyodan Markazga olib boradigan ikkinchi poyezd yo’lini aniqlang.

A)Chorjo’y-Qo’ng’irot B)Qo’ng’irot-Beynov C)Nukus-Mang’it D)Taxiatosh-Nukus

22.Toshkent katta halqa avtomobil yo’li qachon loyihalashtirildi va qurildi?

A)1960-1973-yillarda B)1947-1950-yillarda C)1959-1968-yillarda D)1955-1966-yillarda

23.O’zbekiston havo yo’llarida qachondan boshlab yuksak tezliklar va parvozlar davrini ochib bergan

TU-104 rusumli yo’lovchi tashuvchi samolyotlar paydo bo’ldi?

A)XX asr 50-yillari o’rtalaridan B)XX asrning 60-yillaridan C)XX asrning 70-yillari boshlaridan

D)XX asrning 50-yillari boshlaridan

24.Urushdan keyin temir yo’llar va avtomobil yo’llari qaysi hududlardan o’tkazilishi SSSR parchalangach, mintaqada mustaqil davlatlar tashkil topgandan so’ng talay muammolarni keltirib chiqardi? 1)Ozarbayjon 2)Armaniston 3)Turkmaniston 4)Tojikiston 5)Qirg’iziston 6)Qozog’iston 7)Gurjiston 8)Ukraina

A)1,3,5 B)2,4,6 C)3,4,6 D)1,7,8

25.Urushdan keyin O’zbekistonga qanday rahbar lavozimlar Moskvadan yuborilgan vakillardan iborat bo’lib, ular katta huquq va imtiyozlarga ega bo’lgan hamda respublikadagi kadrlar taqdirini o’z ixtiyorlari bilan hal qilishgan? 1)O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi sekretarlari 2)O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi

3)O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisining birinchi o’rinbosarlari 4)Davlat xavfsizlik komiteti

5)ministrliklar rahbarlari 6)viloyat va shahar partiya tashkilotlarining ikkinchi sekretarlari

A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,2,3 D)1,2,3,4,5,6

26.Urushdan keyin rahbar lavozimlarga O’zbekistonga Moskvadan yuborilgan vakillar asosan qaysi xalq vakillaridan iborat bo’lgan?

A) slavyan va armanlar B) skandinav va gruzinlar C) tatarlar va ruslar D) ruslar va chechenlar

27. Kreml tavsiyasi bilan mahalliy millat vakillaridan tayinlangan lavozimlarni aniqlang.

1)O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari 2)respublika hukumati va davlat organlarining rahbarlari 3)viloyatlar partiya komitetlarining birinchi sekretarlari 4)viloyat ijroiya qo’mitalari raislari 5)Davlat xavfsizlik komiteti 6)viloyat va shahar partiya tashkilotlarining ikkinchi sekretarlari

A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,2,3,4 D)1,2,3,4,5,6

28. 1959-yilda respublika aholisi tarkibida o’zbeklarning salmog’i …….. bo’lsa ham undagi o’zbek ishchilarining miqdori atigi ……… ni tashkil etgan.

A)63 % ; 28 % B)80 % ; 59 % C)62 % ; 43 % D)65 % ; 40 %

29.Ittifoqqa bo’ysunadigan korxonalarning ish haqi mahalliy sanoat korxonalaridagiga qaraganda qanchaga farq qilgan?

A)2-3 marta va undan ham ko’proq B)3-4 marta va undan ko’proq

C)4-5 marta va undan ham ko’proq D)deyarli bir xil bo’lgan

30.Urushdan keyin O’zbekistonda amalga oshirilgan qanday siyosat mahalliy aholining moddiy va ma’naviy imkoniyatlariga zarar keltirib, respublikada ijtimoiy vaziyat keskinlashuvi hamda millatlararo munosabatlarning murakkablashuviga zamin yaratdi?

A)kadrlar siyosati B)ruslashtirish siyosati C)harbiy siyosat D)A va B

31.O’zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida mehnat qilgan shaxslarning shu lavozimda ishlagan yillari bilan moslashtiring.

1)Orif Alimov 2)Rahmonqul Qurbonov 3)Normuhammadi Xudoyberdiyev

a)1959-1961-yillarda b)1971-1984-yillarda c)1961-1971-yillarda

A)1-c, 2-b, 3-a B)1-b, 2-a, 3-c C)1-c, 2-a, 3-b D)1-a, 2-c, 3-b

32.Butun Sharqda parlament raisi bo’lgan birinchi ayol kim?

A)Sayyora Rashidova B)Yodgor Nasriddinova C)Indra Gandi D)Benazir Bxutto

33.Butun Sharqda parlament raisi bo’lgan birinchi ayol 1970-1974-yillarda qanday faoliyat bilan shug’ullangan?

A)SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi B)Qo’shilmaslik harakati rahbari

C)Yevropa Ittifoqi raisi D)Hindiston Bosh vaziri

34.Yodgor Nasriddinova qayerda tug’ilgan?

A)Qo’qon B)Jizzax C)Andijon D)Xorazm

35.O’zbekiston SSRda qachon avvalgi davrlarga nisbatan xalqning turmush darajasi nisbatan yaxshilandi, uning moddiy ahvolida ijobiy o’zgarishlar yuz berdi?

A)XX asrning 50-60-yillarida B)XX asrning 20-30-yillarida C)XX asrning 60-80-yillarida D)XX asrning 30-50-yillarida

36. XX asrning 60-80-yillarida qaysi cho’llarning o’zlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan?

1)Mirzacho’l 2)Usyurt 3)Surxon-Sherobod 4)Qorako’l 5)Qarshi 6)Zarafshon

A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,2,3 D)1,2,3,4,5,6

37.Oliy Sovetdan boshlab qishloq sovetlarigacha bo’lgan organlar kimlarning manfaatlarini himoya qilishlari kerak edi?

A)zodagonlar B)mehnatkashlar C)qashshoqlar D)ABC

38.O’zbekiston SSR hududida……. “Paxta bayrami” joriy qilindi?

A)1966-yil noyabr B)1956-yil avgust C)1959-yil mart D)1977-yil oktabr

39.Milliy respublikalar huquqini rasmiy cheklab, Markazga keng vakolatlar olib bergan SSSRning yangi Konstitutsiyasi kimning rahbarligida tayyorlandi?

A)Xrushyov B)Stalin C)Brejnev D)Gorbachyov

40.Leonid Ilich Brejnev yashagan yillarni to’g’ri belgilang.

A)1917-1983-yillarda B)1910-1978-yillarda C)1906-1982-yillarda D)1907-1989-yillarda

41.SSSRda rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surgan SSSR rahbarini aniqlang.

A)Xrushyov B)Stalin C)Brejnev D)Gorbachyov

42.SSSR Konstitutsiyasining nechanchi moddasida KPSSning sovet davlatidagi yetakchilik roli qonuniy mustahkamlab qo’yilib, kommunistik partiya jamiyatning rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuchi deb yozilgan edi?

A)16-moddasida B)9-moddasida C)6-moddasida D)12-moddasida

43.Partiya nomenklaturasi nima?

A)partiyani faqat slavyan va arman millatiga mansub shaxslar boshqarishi B)partiyadagi ko’pchilikning rus millatiga mansubligi

C)partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar D)joylarda partiya nomidan ish ko’radigan boshqarmalar

44.SSSRdagi ma’sul lavozimlarga faqat kimlar tayinlangan?

A)kommunistlar B)liberallar C)eserlar D)demokratlar

45.Turli darajadagi Sovetlar, komsomol hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari qaysi partiya tarkibiga kiritilgan?

A)Liberalistik partiya B)Demokratik partiya C)Kommunistik partiya D)hech qanday partiya tarkibiga kiritilmagan

46.Dalvarzintepadan …..oltin buyumlar xazinasi topildi.

A.1961 yil B.1965 yil C. 1970 yil D 1972-yil

47.Muruntov oltin konida dastlabki (999,9 probali) sof quyma oltin nechanchi yili tayorlandi?

A.1963 yil B.1964 yili C.1965 yili D.1966 yili

48.Toshkentda …..Shoirlar xiyoboni ochildi

A.1968 yil B.1969 yil C.1972 yil D. 1973 yil

49.XX asr 70-80 –yillarida respublikada har yili taxminan necha tonna atrofida sof oltin quymasi tayyorlangan?

A.40 tonna B.50 tonna C. 60 tonna D.70 tonna

50.XX asr 70- 80 –yillarida O’zbekistonda yer osti konlaridsan taxminan necha dollir baxolik foydali qazilma olingan?

A.5 mlrd dollor B. 5,5 mlrd dollor C.6 mlrd dollor D.6,5 mlrd dollor

51. XX asrning ikkinchi yarmida yurtimiz dunyoda oltin zaxiralari bo’yicha nechanchi o’rinni egallagan edi?

A.4 o’rin B. 5 o’rin C. 6 orin D. 7 o’rin

52 .Ko’plab yangi shaharlar va posyolkalar (shaharchalar) qurildi, ayniqsa ittifoqqa bo’ysinuvchi va “yopiq shaharlar” deb ataluvchi Navoiy, Zarafshon va Uchquduq kabi shaharlar vujudga keldi. Bu shaharlar nima uchun yopiq shaharlar deb yuritilgan edi?

A . faqat mahalliy xalqlar uchun bu shaharlar ochiq bo’lgan va boshqa hudud aholisi kiritilmagan

B.bu shaharlar nomi shunchaki yopiq shahar deb yuritilgasn

C.yopiq shaharlar mahalliy hokimiyatga bo’ysunmagan bu joylarda maxfiy karxonalar joylashgan bo’lib, ular faqat Markazga hisob berardi shuning uchun yopiq shahar

D.hamma javoblar to’g’ri

53.XX asr 60-80- yillarida O’zbekistonda qancha millat va elatlar yashagan?

A.127 ta B.129 ta C 130 ta D. 131 ta

54.Hozirgi vaqtda Orol dengizi necha bo’lakka bo’linib ketgan?

A.2 bo’lak B 3 bo’lak C. 4 bo’lak D. 5 bo’lak

55.Paxtachilik va chorvachilik 1980-1985- yillarda har yili necha mln rubildan ortiq zarar ko’rdi?

A 10 mln rubil B. 15 mln rubil C.20 mln rubil D.30 mln rubildan ortiq

56.Orolbo’yi mintaqasida vujudga kelgan og’ir vaziyat yerli xalq ahvolini nihoyatda tang qilib qo’ydi bu yerda turli xil kasalliklar ko’paydi, yosh bolalar o’limi ortib bordi, majruh tug’ilgan bolalar soni ham ortib bordi, bir yoshgacha bo’lgan bolalar orasida o’lim har ming bolaga nisbatan 1980- yildagi 46,5 nafardan 1986- yilda qanchaga yetdi?

A.50 nafar B.60 nafar C .65,5 nafar D.72 nafar

57.Orol mintaqasida vujudga kelgan og’ir vaziyatdan ayollarning necha foizi kamqonlik kasaliga uchragan edi?

A.60% B.70% C.75% D.79%

58.Orol bo’yida qorin tifi kasalligi necha marotaba ortdi?

A.10 marta B.20 marta C.30 marta D.40 marta

59.Orolbo’yida sariq kasalligi necha marotaba ortdi?

A.6 marta B 7 marta C. 8 marta D .9 marta

60.Orolbo’yi mintaqasida vujudga kelgan og’ir ekalogik vaziyatda ayniqsa dengizga yaqin bo’lgan Mo’ynoq, Qo’ng’irot , Chimboy shaharlari va atrofdagi ovular aholisi ko’p aziyat chekdi. Baliqchilik bilan nom chiqargan mo’ynoqliklarning ko’pchiligi necha yil ichida ishsiz va nochor ahvolga tushdi?

A.5-10 yil B.10-15 yil C.20 yil D. 21 yil

61.Orolcho’l (Orolqum) qay tarzda vujudga kelgan?

A.Orol dengizining 40 000 km kvadrati dan ziyot qismi quruqlikka aylanish natijasida

B. O’rta Osiyoda sug’orishning tez suratlar bilan rivojlanish munosabati bilan

C.Amudaryo va Sirdaryo suv hajmining kamayib borishi va tabiy bug’lanishning yuqoriligi tufayli

D hamma javoblar to’g’ri

62. 1988-1989 yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi?

A)Rafiq Nishonov B) Inomjon Usmonxo‘jayev C) Rustam Saidov D) Murod Ismoilov

63. Qachondan boshlab sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xo‘jalik yuritish usullari o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshladi

A)XX asrning 60-yillariga kelganda B)XX asrning 70-yillariga kelganda

C)XX asrning 80-yillariga kelganda D)XX asrning 90-yillariga kelganda

64.O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida ……. bo‘lgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol o‘ynadi.

A)1982-yil 24- mayda B)1983 –yil 12 aprelda C)1984-yil 18-iyunda D)1984-yil 23-iyunda

65. -1984-yil 23-iyunda bo’lgan Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari kim edi?

A) Y.K.Ligachev B) A.N. Ribashev C) A.A. Makarov D) D.S. Kalinin

66.Nechanchi yida bo’lib o’tgan plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi?

A) 1982-yil 24-Mayda XIV pleniumda B) 1983-yil 12 aprelda XV pleniumda

C) 1984-yil 18-iyunda XVI pleniumda D) 1984-yil 23-iyunda XVII pleniumda

67.Paxta ishi deb atalgan siyosiy qatag’onlar davrida 1983-yilda tuzulgan tergov guruhining rahbarlari kim edi?

A) T.X. Tuxugov. N.V. Ivanov B) T.X.Gdlyan va T.X.Tuxugov

C) T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov D) T.X.Gdlyan va A.D.Molotov

68.1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan qancha “desantchi” O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi

A)800 nafarga yaqin B)900 nafarga yaqin C)1000 nafarga yaqin D)1000 nafardan ziyod

69.1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami qancha kishi tergov qilindi?

A)30 000 B)20 000 C)50 000 D)40 000

70.1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami qancha kishi soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi?



A) 3000 nafar kishi B) 5000 nafar kishi C) 6000 nafar kishi D) 4000 nafar kishi

71. Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O‘zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek xalqiga qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo kimga qarshi ko‘tarildi?

A) Rafiq Nishonov B) Inomjon Usmonxo‘jayev C) Rustam Saidov D) O‘zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi

72. Izolyator – bu

A) (qo’shib olmoq) Mag’lub davlatning hududini qo’shib olish

B) (ajratmoq, yakkalamoq) kazarma, lager, yuqumli kasal saqlanadigan va shu kabi vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, joy

C) (taqsimlamoq) maglub davlatning boyliklarini taqsimlab olmoq.

D) bo’lib tashlamoq. Mag’lub davlatning hududlarini bo’lib olish

73. Sanksiya – bu..?

A) (lot. – qat’iy, o‘ta jiddiy qaror) hujjat, qarorlarning oliy organ tomonidan tasdiqlanishi, shunday tasdiq natijasida hujjat, qarorning qonuniy kuchga ega bo‘lishi

B) (ajratmoq, yakkalamoq) kazarma, lager, yuqumli kasal saqlanadigan va shu kabi vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, joy.

C) (taqsimlamoq) maglub davlatning boyliklarini taqsimlab olmoq.

D) (bo’lib tashlamoq) Mag’lub davlatning hududlarini bo’lib

74.Nechanchi yilda Quvasoyda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi. U Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga tarqalib, xavfli tus oldi.

A)1989-yil may-iyun oylarida B)1989-yil sentabr-oktabr oylarida C)1990-yil may-iyul oylarida

D)1990-yil aprel-may oylarida

75.1989-yil 7-8-iyunda qayerda bo’lgan mahalliy aholining tinch namoyishi harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 50 dan ziyod namoyishchilar halok bo‘ldi.

A) Andijon shahrida B) Qo‘qon shahrida C) Marg’ilon shahrida D) Bo’ka shahrida

76.1989-yil 7-8-iyunda Qo‘qon shahrida bo’lgan mahalliy aholining tinch namoyishi harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida necha kishi halok bo’ldi

A)40 dan ziyod B)60 dan ziyod C)50 dan ziyod D)100 dan ziyod

77.Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1989-yil 3 – 12-iyunda Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida necha kishi halok bo‘lgan?

A)103 nafar B)105 nafar C)110 nafar D)125 nafar

78.Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1989-yil 3 – 12-iyunda Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va namoyishchilarning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida necha kishi jarohatlangan va necha xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan?

A)1020 kishi jarohatlangan va 750 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan.

B)1011 kishi jarohatlangan va 757 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan.

C)1050 kishi jarohatlangan va 765 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan.

D)1080 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron etilgan.

79.1989-yil 21-oktyabrda respublika Oliy Sovetining XI sessiyasi qanday qonunni qabul qildi

A)“O‘zbekiston SSR nind hududi haqida” Qonunni B)“O‘zbekiston SSR davlat ramzlari haqida” Qonunni

C)“O‘zbekiston SSR qurolli kuchlari haqida Qonunni D)“O‘zbekiston SSR davlat tili haqida” Qonunni

80.Qachon Farg‘ona vodiysining O‘sh va O‘zgan shaharlarida (qo‘shni Qirg‘iziston hududida) qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi.

A)1989-yil mayda B)1990-yil iyunda C)1991-yil aprelda D)1991-yil iyulda

81.Internatsionalizm – bu

A) Xalqlar va ijtimoiy guruhlarning millatlar ozodligi, mustaqilligi, huquqiy tengligiga asoslangan birdamlik va o‘zaro hamkorlik tamoyili.

B)(ajratmoq, yakkalamoq) kazarma, lager, yuqumli kasal saqla- nadigan va shu kabi vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, joy.

C)(taqsimlamoq) maglub davlatning boyliklarini taqsimlab olmoq.

D)bo’lib tashlamoq. Mag’lub davlatning hududlarini bo’lib olish

82..Partokratik – bu ---

A). diniy erkinlika qarshi qaratilgan B) partiya hukmronligiga asoslangan

C) Saylov erkinligiga qarshi qaratilgan D) Xalqlar va ijtimoiy guruhlarning millatlar ozodligi, mustaqilligi, huquqiy tengligiga asoslangan birdamlik va o‘zaro hamkorlik tamoyili.

83. Birinchi bosqich 1990-yil mart – oktyabr oylarini tashkil etadi va bu bosqichda qanday islohotlar amalga oshirildi?

1. Prezidenti lavozimini ta’sis etish 2. Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 3. 1991-yil 29-dekabrda birinchi marta yashirin ovoz berish yo‘li bilan I.Karimov prezidentlikka saylandi. 4. 1990-yil iyun oyida O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. 5. “O‘zbekiston Respublikasining vitse-prezidenti lavozimini tugatish

A)1,3,5 B) 3,4,5 S) 1,2,4 D) 1,2,5

84. SSSR Xalq deputatlarining navbatdan tashqari III syezdida SSSR Prezidenti lavozimi qachon ta’sis etilidi.

A) 1990-yil 12 – 15-martda B)1990-yil 22-23 martda S) 1991-yil 24-25 martda D) 1992-yil 12-13 dekabr

85. 1990-yil 1-noyabrda “O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, O‘zbekistonda prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya boshqaruv hokimiyati , O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Bu islohotlar qaysi bosqichda amalga oshirildi.

A) Ikkinchi bosqich B) Birinchi bosqich S) uchinchi bosqich D) A va B

86. Islom Karimov ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining raisi lavozimda nechanchi yilgacha ishlagan edi?

A) 2004-yil yanvargacha B) 2005-yil fevralgacha S) 2005-yil yanvargacha D 2006-yil martgacha

87. Qachon O‘zbekiston SSR Oliy Soveti o‘n ikkinchi chaqiriq II sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.

A) 1990-yil 20-iyulda B) 1991-yil 20-iyulda S) 1990-yil 20-iyunda D) 1991-yil 25-iyulda

88. O‘zbekiston SSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston ASSR suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya qachon qabul qilindi.

A) 1990-yil 20-iyulda B) 1991-yil 20-iyunda S) 1990-yil 14-dekabrda D) 1991-yil 15 dekabrda

89. Sovet Ittifoqi tarkibidan 1990-yil mart – may oylarida qaysi davlatlar chiqib ketdi.

A) Litva, Latviya, Estoniya B) Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya

S) Moldova, Litva, Gruziya D) Estoniya, Ukraina, Belorussiya

90. 1990-yil 12-iyunda qaysi davlatning suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi.

A) RSFSR B) Belorussiya S) Ukraina D) Zakavkaze

91.Qachon birinchi marta SSSRda umumxalq referendumi o‘tkazildi.

A) 1991-yil 18 mart B) 1991-yil 17-mart S) 1992-yil 21- mart D) 1992-yil 17-mart

92. 1991-yil 23-aprelda Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovoda “Mamlakatdagi ahvolni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida qo‘shma bayonot” qabul qilindi. Bu bayonotda nechta davlat ishtirok etdi.

A) “9+1” B) “8+1” S) “9+2” D) “7+2”

93. “Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi qaysi davlat matbuotida 28-iyun va 16-avgust kunlari e’lon qilindi.

A) Qozog’iston B) O‘zbekiston S) Qirg’iziston D) Turkmaniston

94.Moskvada 1991-yil 19 – 21-avgustda yuz bergan voqealar natijasi qanday oqibatlarga olib keldi.

1. M.S.Gorbachyovning hokimiyatdan chetlashtirildi, 2. Favqulodda Holat Davlat Komiteti SSSRning kelajagi yo‘qligidan dalolat berardi.3.Vitse-prezident Gennadiy Yanayev boshchiligidagi oliy eshelon rahbarlari tomonidan Favqulodda Holat Davlat Komiteti (GKChP) tuzildi, 4. RSFSR prezidenti etib Boris Yelsin saylandi .

A) 1,2 B) 1,3 S) 2,4 D) 3,4

95.KPSS siyosiy partiya sifatida qachon o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

A) 1991-yil 29-avgustda B) 1992-yil 28 avgustda S) 1991-yil 1-sentabrda D) 1992-yil 29 avgustda

96. …. O‘zbekiston–Turkiya do’stlik jamiyati ta’sis etildi?.

A) 1990-yil 24-martda B)1990-yil 22-martda S) 1991-yil 23 yanvarda D) 1992-yil 12 dekabr

97. Qachon Toshkent shahrida O’zbekiston xalq akademiyasiga asos solindi?

A) 1989 yil B) 1990 yil C) 1991 yil D) 1992 yil

98.Prezidentlik boshqaruvining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti Respublikada necha bosqichdan iborat.

A) 3ta B) 2ta S) 4 ta D) 5 ta

99. Qachon SSSR davlati xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi.

A) 1991-yil 25-dekabrda B) 1991-yil 29-avgustda S) 1992-yil 28 avgustda D)1991-yil 1-sentabrda



100. Toshkentda diniy bayram Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuni sifatida …..ilk marta nishonlandi

A) 1989 yil 10 avgust B) 1990 yil 12 mart S) 1991 yil 22 iyun D) 1991 yil 3 noyabr
Download 21.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling