Kimyo yoʼnalishi 4 – kurs 19. 53-guruh talabasi Isroilova Dilnozaning 2022 yil 12 sentyabrdan 2023 yil 18 martgacha oʼtkazilgan malakaviy amaliyoti haqida hisoboti
Download 17.22 Kb.
|
4-курс талаба хисоботи намуна
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotchi: Isroilova Dilnoza
Kimyo yoʼnalishi 4 – kurs 19.53-guruh talabasi Isroilova Dilnozaning 2022 yil 12 sentyabrdan 2023 yil 18 martgacha oʼtkazilgan malakaviy amaliyoti haqida HISOBOTI 12.09.2022 kuni soat 12.20da 214-xonada bizga pedagogik amaliyotning ochilish konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda Tabiiy fanlar fakulteti dekani – K.A.Asqarov, dekan muovinlari – Q.Sherg’oziyev, D.Qosimov, M.Tursunov, kimyo kafedrasi mudiri – M.Nishonov hamda pedamaliyot rahbarlari va guruh murabbiylari qatnashdilar. K.Asqarov so’zga chiqib, pedamaliyot buyrug’i bilan bizni tanishtirdi. O‘quv jarayonining uzluksiz davom etishini ta’minlash, talabalarda olingan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish, bu borada ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida, Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2022–yil 30-avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Farg‘ona davlat universiteti talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga, universitet bilan ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va tabiiy fanlar fakulteti dekani K.Asqarovning bildirishnomasiga asoslanib, 2022-2023-o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq, Kimyo yo‘nalishi talabalari 2022 yil 12-sentabrdan 24-dekabrgacha, 23-yanvardan 4-fevralgacha haftaning juma, shanba kunlari, 2023-yil 6-fevraldan 18-martgacha haftaning payshanba, juma, shanba kunlari quyidagi ta’lim muassasalariga malakaviy pedagogik amaliyotga yuborilish haqidagi Universitet rektorining …-sonli buyrug’iga asosan biz o’zimizga biriktirilgan joylar bilan tanishtirildik. Unga muvofiq: biz 2022-2023-o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq, Kimyo yo‘nalishi 147 nafar 4-kurs talabalari 2022-yil 12-sentabrdan 24-dekabrgacha (15 hafta) va 23-yanvardan 4-fevralgacha (2 hafta) haftaning juma, shanba kunlari, 2023-yil 6-fevraldan 18-martgacha (6 hafta) haftaning payshanba, juma, shanba kunlari (jami: 23 hafta) o’zimiz biriktirilgan ta’lim muassasalariga malakaviy pedagogik amaliyotga yuborilshimizni aytib o’tdi. Unga ko’ra biz talabalarga biriktirilgan kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan amaliyot rahbarlari tayinlangani va biz bevosita ular bilan uzluksiz bog’lanib amaliyot o’tashimiz tushuntirildi. Shundan keyin Tabiiy fanlar fakulteti umumiy amaliyot rahbari va kimyo kafedrasi mudiri – M.Nishonov bizga pedamaliyot davrida bajarishimiz kerak bo’lgan vazifalarni tushuntirib berdilar. Bundan tashqari FDU mehnat muhofazasi bo’limi vakili tomonidan havfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirildik. Keyin o’zimizga biriktirilgan amaliyot rahbarimiz – M.Imomova bilan amaliyot rejalari haqida aloxida gaplashib oldik. U kishi bizga pedamaliyot davrida o’rganishimiz kerak bo’lgan xujjatlar haqida va faoliyatimiz uchun maslahatlar berdilar. 16.09.2022 kuni esa amaliyot joyim Fargʻona viloyati Kimyo va Biologiya faniga ixtisoslashtirilgan maktab-internat va amaliyot rahbarim – M.Imomova bilan birga keldik. Bunda maktab-internat direktori - I.R.Rahmonov, o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini -G.Rozikova, ma’navi-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor muovini - maktab kimyo fani o’qituvchisi J.Ermatovlar bilan tanishdik. M.Imomova meni fan o’qituvchisiga biriktirib qo’ydilar. Shu kuni maktabda kimyo fani o’qituvchisidan dars uchun zaruriy xujjatlarni olib, Kundalik.com da ishlashni o’rgandim. Shundan boshlab amaliyot rahbarim, maktab rahbariyati va kimyo fani oʼqituvchisi nazorati ostida malakaviy amaliyotini oʼtab keldim. Men ushbu maktablarning 8-9-10-11-sinflarida dars oʼtish jarayonini kuzatib bordim va darslar oʼtdim. Maktab rahbariyati bizga topshiriqlar berib, ularning natijasini nazorat qilishdi, oʼquvchilarning ota-onalari bilan ishlash, oʼquvchilarning salomatligi, darsdan keyingi bilim olishini nazorat qilish, kimyo fanidan qoʼshimcha maʼlumotlarni berib borishni oʼrgatishdi. Kimyo fani xonalari va laboratoriya xonalari holati, jihozlari va reaktivlari, ularni nomeratsiya qilish va tartiblash bilan tanishib chiqdim. Malakaviy amaliyot dasturiga binoan tegishli taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonini tashkillash va oʼtkazish bilan tanishuvni amalga oshirdim, shu bilan bir qatorda sinfdan tashqari tadbirlar (fan oyliklari, toʼgarak, sinf rahbari maʼnaviyat soati va hokazolar) tashkillash va xujjatlashtirishni ham oʼrgandim. Аmaliyot davrida amaliyot raxbarim faoliyatimni, amaliyot jarayonini, davomatini nazorat kilib bordi. Barcha amaliyot xujjatlarining yuritilishi, topshiriqlarning bajarilishi, amaliyot davridagi faoliyati va amaliyot joyidagi berilgan tavsifnomalar boʼyicha malahatlar oldim. Bundan tashqari …..sanada amaliyot rahbarim-M.Imomova bilan maslaxatlashib, kimyo kechasi tashkilladim. Bunda maktab ma’muriyati, pedagog – xodimlar, amaliyot rahbarim va -8-9-sinf o’quvchilari qatnashdi. Bunda Kimyo o’qitish metodikasi, Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fanlarida egallagan bilimlarim, tuzgan ssenariyimiz va metodlarim qo’l keldi. …sanada esa ga bag’ishlangan bayram tadbirida qatnashdim. Bunda 8-sinf o’quvchilarini tadbirga tayyorlashda sinf rahbari J.Ermatovga yordam berdim. Tuzilgan ssenary asosida she’r, raqs, qo’shiq va sahna ko’rinishi tayyorlash bilan shug’ullandim. Amaliyot mobaynida fanlaridan ustozlarning darslarini kuzatdim. Darsda ustozlar metodidan foydalandi va men tegishli xulosalar chiqardim. ... sanada 9-sinfda va ... sanada 8-sinfda mavzularida ochiq darslar o’tdim. Darsda amaliyot rahbarim M.Imomova va kimyo fani o’qituvchisi J.Ermatov maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini nazoratchi sifatida qatnashdilar. Har darsimdan keyin darsimdagi yutuq va kamchiliklarni taxlil qilib, o’z maslahatlarini berib bordilar. Men amaliyot davrida dars o’tib borib, tajriba orttirdim: maktab tizimi, dars xujjatlari, kundalik.com, ota-onalar bilan ishlash, o’quvchilar psixologiyasi, o’qituvchi etikasi, pedagoglarning pedtexnologiyalar va hokazolarni o’rgandim. 28.03.2023 kuni soat 12.20da 214- xonada 1-potok: 19.53, 19.54, 19.55-guruhlarga, ya’ni bizga pedagogik amaliyotning yopilish konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda Tabiiy fanlar fakulteti dekani – K.A.Asqarov, dekan muovinlari – M.Mirzaxalilov va A.Akramov, kimyo kafedrasi mudiri v.b. – S.Mamatqulova, pedamaliyot rahbarlari va guruh murabbiylari qatnashdilar. K.Asqarov so’zga chiqib, pedamaliyot yakuni natijalarida topshirilishi kerak bo’lgan xujjatlarni topshirish tartibi va tuzilgan komissiya tarkibi bilan tanihtirib, yuritilgan xujjat tekshirilishida komissiya e’tiborga olishi mumkin bo’lgan omillar haqida gapirib o’tdi. Malakaviy amaliyot bo‘yicha attestatsiya komissiyasi quyidagicha bo’lib, ularga hujjatlarimizni taqdim etishimiz topshiriq etib belgilandi: 1. K.Asqarov - tabiiy fanlar fakulteti dekani, rais; 2. M.Nishonov- fakultet amaliyot rahbari- a’zo; 3. Sh.A.Mamajonov- dotsent- a’zo; 4. S.M.O‘rmonov- dotsent- a’zo; 5. O.O‘rinova- o‘qituvchi- a’zo; Shundan keyin barcha talabalar o’z amaliyot rahbarlariga tayyorlagan xujjatlarini komissiyaga taqdim etishdan avvalgi nazoratdan o’tkazildi va amaliyot yakunlandi deb hisoblandi. Amaliyotchi: Isroilova Dilnoza Download 17.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling