2-§. Haqiqat tushunchasi, uning turlari va mezonlari
Har qanday bilishning maqsadi – bilinayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlar to‘g‘risida haqiqatni topishdan iboratdir.. «Haqiqat» nima? Bu savolga javob topish unchalik ham oson emas. Masalan, pragmatizm tarafdori (amerika falsafiy oqimi) bo‘lgan V.Djems amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa haqiqatdir deb faraz qiladi. Garchi, haqiqatning klassik konsepsiyasi keng tarqalgan va tan olingan bo‘lib, unga binoan, haqiqat – bilimning voqelikka, o‘z predmetiga mos kelishidir. Unday bo‘lsa yanglishish – bu bilimning o‘z haqiqiy predmetiga mos kelmasligidir.
Fan va falsafada haqiqatning bir nechta: mutlaq, nisbiy, obyektiv va subyektiv kabi turlarini qarab chiqish qabul qilingan. Ularning bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqamiz.
Mutlaq haqiqat – bu biron narsa to‘g‘risida har tomonlama to‘liq, aniq,mukammal,kelgusida tuzatilmaydigan, to‘ldirilmaydigan, tugallangan bilimlardir. Bunday bilim bo‘lishi mumkinmi? Mutloq haqiqatni bilish – dialektika qonuni bo‘yicha kechadigan abadiy ma’naviy jarayonlardan biri hisoblanadi. Bir tomondan odamga dunyo to‘g‘risidagi bilimini kengaytirish va chuqurlashtirishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Boshqa tomondan, odam dunyoni mutlaq bilish nuqtasiga yaqinlashaolmaydi, shunday ekan hamma vaqtda ham bilinmagani mavjud bo‘ladi. Mutloq haqiqat ( agar gap murakkab obyekt to‘g‘risida ketsa) – bu «gorizont» u hamma vaqtda uzoqda turadi. Agar gap oddiy obyektlar yoki hodisalar to‘g‘risida ketsa – mutlaq haqiqatga to‘la erishish mumkin. Masalan, morfologik normal odamning qo‘lida barmoqlar soni to‘g‘risida mutlaq haqiqatni o‘rnatish mumkin - ular beshta.
Nisbiy haqiqat –bu bizning borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri,lekin to‘liq bo‘lmagan bilish jarayonida tuzatilib,to‘ldirilib borilishi lozim bo‘lgan bilimlardir. Masalan, yer shar shaklida deyiladi. Nisbatan bu to‘g‘ri. Lekin, bunday deyish unchalik ham aniq emas. Agar aniqroq qilib aytganda yer planetasi – bu ellipsoid (yopiq sirt), sal yalpoqli shardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |