1-§. O’zbek xalqi madaniyati tarixiga qisqacha sharq. Og’ir madaniyatdagi taraqqiyot


Download 315.5 Kb.
bet1/6
Sana04.01.2023
Hajmi315.5 Kb.
#1078392
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-m XX – asrning 50 – 80 – yillarda O’zbekistonda madaniy hayot





1-§. O’zbek xalqi madaniyati tarixiga qisqacha sharq. Og’ir madaniyatdagi taraqqiyot.
Madaniyatimiz tarixi mamlakatimizda, xonadonimizda asrlar davomida yashab kelayotgan qadimiy qadriyatlarda o’z aksini topgan. Ular go’zallikni his qilish muhitini yaratgan, xalqimizning buyuk tarixini o’zida aks ettirgan bo’lib, o’sib kelayotgan avlod ongiga tarixiy idrok urug’larini qadab, qalbiga esa Vatanga muhabbat g’oyalarini singdirib, ularni yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalab kelgan. Shuning uchun ham keyingi 130 yildan ortiq davr mobaynida madaniyatimiz boshdan kechirgan fojialarni butun teranligi bilan tasavvur qilish qiyin. Lekin bu fojealar o’z tarixchilarini davom etmoqda, o’z tarixini yozilishini talab etmoqda.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, mustamlakachilik eng avvalo bosib olingan xalq millatni ma’naviy qashshoqlikka duchor etish yo’lidan borganlar. Bunday yo’l istilochilarning tarix sinovidan o’tgan, sinalgan, ayni paytda ularning ma’lum siyosatlarini yashirib turuvchi yo’ldir.
Bu jihatdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi mulohazalari diqqatga sazovordir. “Xoh o’tmishda, xoh bugun bo’lsin, boshqa millat, davlatni o’ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish undan judo etish misol kerakmi?
Sovet davrida o’zbek millati tarixini buzib ko’rsatishdan, uni chalkashtirib yoritishdan, ba’zi sahifalarni umuman ko’rsatmaslikdan maqsad nima edi? Сhor Rщssiyaning Sxobelev degan generali shunday deb yozgan edi: “Millatni yo’q qilish uchun uni qurish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi.” Xo’sh, shu gaplarni tarixchilarimiz biladimi? Afsuski, ko’p olimlarimiz ongida eski tuzum asoratlari mahkam qolgan. Ular hozir mustaqillik sharoitida ham kimdandir qo’rqib, cho`chib gapiradilar. Nazarimizda, niqoblangan mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatini bundan aniq va lo’nda qilib tushuntirib berishning imkoni bo’lmasa kerak.
Rossiya mustamlakachilari va kommunistik mafkura “alloma”larning boy o’zbek madaniyatini kishilar ijtimoiy ongidan shuuridan siqib chiqarishga undagan narsa nimada? Nima uchun ular o’zbek milliy – madaniy boyliklarini yurtimizdan zo’ravonlarcha olib ketishga harakat qildilar? Buni tushunish uchun tarixga nazar tashlab, e’tiborini quyidagi muhim nuqtalarga qaratish lozim.
Ma’lumki Turon, Turkiston o’lkasi qadimdan jahon sivilizatsiyasining asosiy beshiklaridan bo’lgan,bunda qadimshunos olimlarimizning ilmiy izlanishlari, ular qo’lga kiritgan natijalar guvohlik beradi. Darhaqiqat, Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Fayoztepa, Sopollitepa, Ayritom saroylarning hashamatli devor bezaklari va ularning betakrorligi o’tmish me’morlarining nozik didi, yuksak bilimini namoyon etish barobarida o`lkamiz hukmdorlarining qadimgi davrlardagi hayot va turmush tarzi juda dabdabali bo’lib, ular behisob boylikka ega bo’lganlarini ko’rsatadi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Markaziy Osiyo qadim - qadimdan Urartu, Misr,Yunoniston, Bobil, Rim kabi Yaqin Sharq va G’arb davlatlari bilan o’zaro savdo – sotiq ishlarini olib borgan. Turondan o’tgan “Buyuk ipak yo’li” esa Sharqiy Osiyo va Hindistonni O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan bog’lar edi. Bu yo’l ustidan Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv kabi jahon sivilizatsiyasiga o`lkan hissa qo’shgan shaharlar joylashgan
bo’lib, savdogarlar sotiladigan mollar qatorida turish madaniyat, san’at va fan sohalari bo’yicha yangiliklarni ham keltirganlar. Chunonchi, Xitoyga Sug’diyonadan gazlama, gilam, bezak buyumlari va qimmatbaho toshlar, Baqtriyadan tuyalar, Farg’onadan arg’um otlar, Badaxshondan la’l, Hindistondan Xitoyga kumush va fil suyagidan ishlangan buyumlar va ziravorlar va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Albatta, hududlarimizdan milliy – madaniy boyliklarning tashib ketilishi turli boqinchilik, istilochilik yurishlari davrida juda avj oldi. Biroq e’tirof etish joizki, turli savdo – sotiq jarayonlari, madaniy aloqalar davrida ham ko’plab madaniy boyliklarimiz begona yurtlarda qolib ketgan.
O’zbek xalqi milliy – madaniy boyliklarining talon – taroj qilinishi, xususan arab istilosi davrida avjiga chiqdi. Ushbu hududda azaldan yashab kelgan xalqlar mafkurasi va uning asosini tashkil etgan diniy aqidalarning bekor qilinishi va ular o’rniga yangi din - islomning majburan joriy etilishi o`lkadagi ijtimoiy – siyosiy, madaniy – mafkuraviy vaziyatni tubdan o’zgartirib yubordi. Bosqinchilar o’lkada amalda bo’lib kelgan mahalliy yozuvlarni, xususan xorazmiy yozuvini bekor qilganlar. Xorazmdagi ilm targ’uboti bilan shug’ullanadigan ziyolilarni qattiq ta’qib ostiga olganlar. Chunonchi Qutayba xattotlarni yo’qotgan, ruhoniylarni qatl ettirib, ularning kitoblari va o`rama xat yozuvlarini o’tda yondirgan, natijada xorazmliklar yalpi savodsizlikka mahkum etilganlar.
Beruniy va Narshaniy kabi allomalarning guvohlik berishlaricha, arab istilochilari xalqqa ham moddiy zarar yetkazdi, milliy hokimiyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar, kitoblar yondirilib, muhtasham me’moriy va san’at namunalari yakson qilindi.(1)
IX asrning ikkinchi yarmidan ahvol bir muncha yaxshilana bordi.
Somoniylardan so’ng keyingi asrlarda o`lkada Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlari vujudga keldi. Shu bilan birga Yaqin va O’rta Sharq shakllangan yosh musulmon davlatlari o’rtasida iqtisodiy – madaniy aloqalar jonlandi, madaniyat namunalarini ayriboshlash, o’zaro ma’naviy ta’sir kuchaydi.
Mazkur madaniy davr yuksalishining yorqin siymolari bo’lmish Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Rudakiy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib kabi daholar markaziy Osiyo madaniyatining rivojlanishda juda katta va sezilarli rol o’ynadilar. Arab xalifasi Ma’mun o’z vaqtida Markaziy Osiyolik allomalarni xalifalik markazi bo’lgan Bog’doddagi mashhur akademiyasiga olib ketganida, ular bu ilm – fan va ma’daniyat oliy dargohining ko’rki bo’lgan edilar. Qayd etish lozimki, bu ulug’ ma’naviyat darg’alari orasida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Javhariy, Ibn Mansur Marvaridiy kabi yirik allomalar ham bor edi. O`rta Osiyo xalqlari, xususan o`zbeklar orasidan yetilib chiqqan bu mutafakkirlarning nomlari jahon madaniyati tarixi sahifalariga oltin satrlar bilan bitilgandir. Bu yerda arab, fors va turkiy tillarda (bitilgan) muayyan tizimga solingan ijodiy jarayon yo`lga qo`yildi. Bu davr madaniyati o`zining kuchli vatanparvarlikka da’vat etishi, aql-zakovatni e’zozlashi bilan umuminsoniy qadriyatlar yuksakligiga ko`tarila oldi.
Qadimgi Fors, Hind, Arab, Yunon madaniy qadriyatlari negizida adabiyotlarda “musulmon madaniyati” deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi.Vatanimiz madaniyati tarixidagi bu uyg’onish davri, birinchi navbatda qaramlikdan qutilish, mustaqil mafkura, mustaqil ijod, mustaqil ma’naviyat samarasi bo’ldi.
Shuni qayd etish lozimki, uyg’onish davrining ilk bosqichi IX-XII asrlarda o’zbek milliy madaniyati juda chuqurlab rivoj topdi, o`sha davr allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi cheksiz bo’ldi. Biroq XIII asr boshlarida O’rta Osiyoga mo`g’ul istilochilarining bostirib kelishi o’lkaning boy madaniy me’rosini yakson qildi, boshlangan uyg’onish davri madaniyati rivojini izdan chiqardi.
Boshqa barcha istilochilar kabi mo`g`ul bosqinchilari o’lka madaniy va ma’naviy hayoti boshiga bitgan balo bo’ldi. Kutubxonalar talanib, kitoblar oyoq osti qilindi. Muqaddas kitoblar saqlangan sandiqlar otlar uchun oxur xizmatini o’taydigan bo’ldi. Ilk yulduzlari bo’lmish mullalar, shayxlar qullar qatori nufuzli mo`g`ul harbiylariga xizmatkor qilib berildi. Ko’pgina mo’tabar qizlar eshak va xachir boqishga majbur qilindi. Musulmon dunyosining markazlaridan biri bo’lgan Buxoro bosqinchi mo`g`ullarning dastlabki hammasidan so’ng ko’p dahshatlarni boshdan kechirdi.
Madaniyat va san’atning barcha turlari istilochilik davrida katta zarbaga uchradi. Yakson etilgan obidalar, madaniy inshootlar, talab ketilgan zargarlik buyumlari, yo’q qilingan yozma madaniyatimiz bularning barisi xalqimiz ma’naviy hayotining keyingi bosqichlarida o’zining ayanchli ta’sirini ko’rsatdi. “O’zlarining san’atlari va axloqlari, nozik tabiatlari ilm – ma`rifatlari bilan dong taratgan. Movaraunnahr aholisi baxtsizlikka uchrab masxara etildi. Buyuk bir el shamolday tarqab ketdi.” Xususan qochoq buxoroliklardan biri Xurosonga kelib o`z vatanining ahvolini quyidagi baytda keltirgan edi: Omadandu kunandu suhtondu xushtandu burdandu raftand (keldilaru, yemirdilaru, yondirdilaru, uldirdilaru, taladilaru, ketdilar)1
Markaziy Osiyo Amir Temur hokimiyati ostida birlashtirilib, mo`g`ul istilochilari o’lkadan haydab chiqarilgandan so’ng XIV asrning o’rtalaridan e’tiboran bu yerda madaniyat yanada yuksala boshladi. Temur olimlar, san’atkorlar, ilm – fidoiylarini o’ziga yaqin tutardi. U ulamo va fozillarga izzat – ikrom ko’rsatib, ularni har
qanday kishilar dan muqaddas bilardi. Amir Temurning Movaraunnahrda kutubxonachilik ishini rivojlantirishga dunyodagi eng yaxshi, qimmatli qo’lyozmalarni mamlakat kutubxonalarida saqlash yo’lidan qilgan sa’y – harakatlari, ayniqsa diqqatga sazovordir, xususan, uning shaxsan o’zi Samarqandda kutubxona tashkil qilishga bosh – qosh bo’ldi. Qo’lyozmalarni ko’chirish va kitob tayyorlash ustaxonalarida milliy kitob san’atining eng yaxshi ustalarini to’plagan.
Temuriy shahzodalardan Shohruh, Boygunqur va Xusayn Boyqarolarning kutubxonlari ham noyob va rang – barang adabiy – badiiy, ilmiy kitoblarga boyligi jihatidan Temurning Samarqanddagi sulolaviy kutubxonasidan qolishmas edi. Birgina Ulug’bek rasadxonasi qoshida boy kutubxona tashkil etilib unda fanning deyarli barcha sohalariga tegishli qariyb 15 ming kitob saqlangan.1 Ammo, afsuski,
Ulug’bekning o’ldirilishidan so’ng Temuriylarning sulolaviy kutubxonasi o’zaro feodal urushlar natijasida asta – sekin talon – taroj
qilindi va dunyo bo’ylab sochilib ketdi.
O’zbekistonning Temuriylar davridan keyingi tarixi ongga tahlikali kechdi, o’lka ijtimoiy turmushda nochorlik bu yerda yashagan xalqlar hayotini belgilovchi xususiyatga aylandi. Biroq bunday qiyinchiliklarga qaramasdan, o’zbek milliy madaniyati rivoj topdi, uning yangidan – yangi yo’nalishlari paydo bo’la boshladi, o’zbek tilida yaratilgan asarlar ko’paya bordi. Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiy, Turdi, Abulg’ozixon, Mushfiqiy Saida Nasafiy kabi adib va shoirlar Ibn Bobo
Samarqandiy Muhammad Amiral-Munajjim al-Buxoriy, Abu Yoqib ibn Nasr Donish Buxoriy kabi munajjimlarning faoliyat ko’rsatganligi O’zbekiston hududida ilm – fan va madaniyat taraqqiy etganligidan
dalolat beradi.


O`rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi ma’naviy-madaniy sohada ham murakkab jarayonlarni keltirib chiqardi. Chorizm madaniyat siyosatining markaziy yo`nalishi O`rta Osiyo xalqlarini ma’naviy jihatdan asoratga solishga islom dinining ta’sirini susaytirib, milliy o`zlikni anglashni bartaraf etishga qaratilgan edi.1
Shu bilan birga Chor ma’muriyatining intilishlariga zid ravishda o`lkaning ma’naviy hayotiga madaniy taraqqiyotiga ob’ektiv ravishda yordam beruvchi yangi ijtimoiy-madaniy hodisalar kirib keldi. Turkiston, Buxoro va Xivaga rus teatr gruppalarining ular qatorida V.M.Samarin kabi buyuk rus sahna ustalarining kelishi mashhur rus yozuvchilari asarlarining o`zbek tiliga tarjima qilinishi, ommaviy kutubxonalarning ochilishi, gazeta, telegraf, grammafon, fotografiya, kinomotografiya, bosmaxonalarning paydo bo`lishi mahalliy xalqlar hayotiga yangiliklar kirita boshladi.2
Umuman olganda ikki mustabid tuzum davrida siyosiy va mafkuraviy jihatdan nihoyatda og`ir sharoitda o`zbek milliy madaniyati ma’lum darajada rivojlandi, ayrim sohalarda esa yuqori natijalarga ega bo`ldi, lekin unga bu siyosiy tuzumlarning yetkazgan talofatlari cheksiz bo`ldi va fojealarga olib keldi.

Download 315.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling