1-§. O’zbek xalqi madaniyati tarixiga qisqacha sharq. Og’ir madaniyatdagi taraqqiyot
Download 315.5 Kb.
|
16-m XX – asrning 50 – 80 – yillarda O’zbekistonda madaniy hayot
II-BOB. Respublikada 1950-1980 yillardagi ma’naviyat, madaniy qaramlik va uning oqibatlari. Qatag’onlikning yangi to’lqini.
1§. Respublikamiz madaniy – ma’naviy hayotiga “rivojlangan sotsializim” g’oyasining singdirilishi. Ikkinchi jahon urushini g’alaba bilan tugallagan SSSR o’zini yanada mag’rur tuta boshladi. Oliy siyosiy rahbariyat fashizm ustidan qozonilgan bu g’alabani “sotsializmning imperializm – kopitalizm ustidan qozongan g’alabasi”, marksizm – leninizm – stalinizm1 g’oyasining “mardonavor tantanasi”, kommunistik mafkuraning yengilmas kuchi sifatida izohladilar. Sovet qo’shinlari fashistlardan ozod qilgan bir qator Yevropa mamlakatlarida (Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya va boshqalar) “Sovetlarga” yangi hukumatlar tashkil qilinib, ular sotsialistik yo’ldan bora boshaladilar. Bu jarayonni kommunistik mafkura rahnamolari sotsializmning jahon miqyosida g’alabasi, “sotsializmning bir necha mamlakatlarda birdaniga g’alaba qilishi”, “sotsialistik sistemaning yuzaga kelishi” deb baholadilar. Urushdan keyingi yillardan boshlab kommunistik mafkura o’zining xalqaro va ichki miqyosidagi barcha targ’ibot-tashviqot, ommaviy – siyosiy ishlar olib boruvchi ulkan mexanizmni ana shu g’oyani xalq ommasi ongiga singdirishga safarbar qildi. Natijada urush tufayli bir oz bo’lsada susaygan g’oyaviy siyosiy tazyiqlar, cheklashlar yana avj ola boshladi. Shunisi hayratlanarliki har bir tarixiy bosqichda kommunistik g’oyafurushlar yangi – yangi aqidalarni o’ylab topardilar. 50- yillarning oxirlarida SSSRda sotsializmning to’la va uzil-kesil g’alaba qilganligini KPSS XXI syezdi (1959 yil yanvar - fevral) tantanali ravishda e’lon qilindi. Shu bilan birga siyosiy rahbariyat ________________________ 1. Сталиннинг хақиқий исми – Жугашвили Кобаю Авторхонов А. “Кремлъ салтанати” Тошкент. 1993 йилб 15 бет. “80- yillarda sovet xalqi kommunizmda yashaydi” deb va’da berdi. Hatto bo’lajak kommunizm kishisining “Ahloq kodeksi” ham ishlab chiqildi. Barcha madaniy – ma’rifiy, ommaviy – siyosiy, ishlar xalq ommasini “Ahloq kodeksi” ruhida qayta tarbiyalashga safarbar qilindi. Biroq mustabid tuzum o’z mohiyatiga ko’ra unitary (qo’shma) davlat bo’lganligi uchun ham bunday “Erkin jamiyatni yarata olish mumkin emasdi”. 60- yillardayoq jamiyat taraqqiyotida kundan - kunga sekinlashish mexanizmi tobora kuchayib, ijtimoiy – iqtisodiy sohalarda ham beqaror rivojlanish ko’zga tashlandi va SSSRda 80-yillarga kelib “va’da qilingan kommunizm” bo’lmasligi yaqqol sezilib qoldi. Shu boisdan ham markaz siyosiy rahbariyati sovet xalqlarini kommunizmda yashashiga ishontirgan N.Xurishchevga barcha aybni qo’yib, “Kommunizmga erishish uchun yana bir bosqich – “rivojlangan sotsializm” boshqichini bosib o’tish zarurligi, busiz kommunizmga o’tib bo’lmasligi” aytib o’tildi. Shu asosda “kommunizm g’oyasi” o’rniga navbatdagi aqida – “rivojlangan sotsializm” g’oyasi sovet jamiyatining ijtimoiy – siyosiy hayotiga sun’iy ravishda kiritildi. Bu partiyaning navbatdagi g’oyaviy – siyosiy o’yini xalq ommasini e’tiborini mustabid tuzumning illatlari oqibatida yuzaga kelgan jamiyat taraqqiyotiga bo’layotgan muhim muammolardan chalg’itish edi.1 60-80 yillarda partiya “rivojlangan sotsializmga” erishish uchun o’zining barcha imkoniyatlarini ishga soldi, Ommaviy axborot, targ’ibot – tashviqot bosmalari xalq ommasi ongiga, rivojlangan sotsializm “bosqichida sotsializm o’zining eng yuqori” fazasiga erishadi, bu davrda san’at, qishloq xo’jaligi, fan va texnika, madaniyat – ma’rifat imkon darajasida rivojlanadi, xalqning turmush darajasi muntazam olib boradi, sovet kishilarning yangi “sotsialistik ______________________ 1. O’zbekistonning yangi tarixi. “O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida” 2-kitob, “Sharq”, Toshkent. 2000 yil 570bet. turmush tarzi” shakllanadi, degan soxta, amalga oshirib bo’lmaydigan, g’oyalarni singdirishga harakat qildi. 1946-1985 yillar oralig’ida Markaz ideologlari tomonidan o’ylab topilgan ana shu xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakatda bo’lganidek, O’zbekistonda ham maorif oliy ta’lim, ilm – fan, san’at o’ta siyosiylashgan holda rivojlanishga majbur qilindi. Yana eng muhimi shundaki, bu davrda barcha milliy respublikalar va millatlar madaniyatini o’ziga mujassamlashtirgan yagona “sovet madaniyati” yaratilganligining e’tirof etilishi SSSRga birlashtirilgan barcha xalqlar ma’naviyatining bundan keyingi yo’nalishini belgilab berdi. Ushbu davra madaniyatga xos, uning rivojlanishi uchun muhim omil bo’lgan. Erkinlik demokratiya1 batamom yo’q qilindi. Madaniyat, ayniqsa milliy madaniyatning “rivoji” maxsus qalbiga solindi. Siyosiy o’lchovlarga, kommunistik mezonga javob bermagan har qanday asar yo’qqa chiqarildi, uning muallifi jamiyatga yaroqsiz shaxs sifatida “chetga surib” qo’yildi. Ayni paytda, 1946-1983 yillarni o’zbek madaniyati to’liq tushkunlik davri deyish ham xato bo’lur edi. Chunki bu davrda mafkuraviy tazyiqlar qolipga solishlar kuchaygan bo’lsada madaniyat ma’lum darajada rivojlandi. Bu yillarda yaratilgan ijobiy ishlar, omma orasida olib borilgan madaniy – ma’rifiy tadbirlar o’ta siyosiylashgan va mustabid tuzum uchun xizmat qilgan bo’lsa ham, u baribir o’zbek xalqining shu davrdagi milliy madaniyati bo’lib qoldi, xalqning madaniy – ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qildi. Xususan, maorif oliy ta’lim muassasalariga tegishlidir. Respublika xalq urushidan keyingi yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri keldi. Urush yillarida ta’lim tizimiga e’tibor berilmadi. Ana shu “odat” urushdan keyingi dastlabki ______________________ 1. “Demokratiya” lotincha so’z bo’lib, uning lug’aviy “xalq hokimiyati” degani. Azizxo’jayev A. “Davlatchilik va ma’naviyat” Toshkent, 1997,68-bet. yillarda ham davom etdi. Urush davrida urushga jalb etilmagan maktab yoshidagi bolalarni urushdan keyingi dastlabki yillarda ta’lim tizimiga tortish juda muhim masala bo’lib qoldi. Bundan tashqari, urush yillarida ta’lim sifati ham juda pasayib ketgan bo’lib, 20-yillardagi qoloq uslublarda olib borildi. Bu esa o’quvchilarni o’qishdan bezdirar, o’qishni tashlash va sinfdan qolish hollari ko’paymoqda edi. Masalan, 1945-1946 o’quv yillarida O’zbekiston maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1mln.10 ming kishi o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda qolgan o’quvchilar soni ham ko’p bo’lib, 1946 yilda u barcha o’quvchilarning 37%ini tashkil etardi. Ayniqsa qiz bolalarni maktabga jalb qilish, ularni o’qishni tugatguncha ushlab turish alohida muammo sifatida ko’ndalang bo’lib turdi. O’qituvchi xodimlar masalan urushdan keyingi yillardagi eng jiddiy muammolardan biri edi. Chunki malakali o’qituvchilar asosan urushga yuborilgan ularning ko’pchiligi halok bo’lgandi. Xususan 1947 yilda Respublika maktablarida mavjud bo’lgan kamchiliklar berilayotgan bilimlar fan – texnika taraqqiyoti darajasiga to’g’ri kelmasdi. Shuning uchun ham 1959 yil martda O’zbekiston oliy soveti “Mamlakatning hayot bilan aloqasini mustahkamlashga va respublikada xalq ta’limi tizimining yanada rivojlanishi to’g’risidagi” yangi qonun qabul qilindi. Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bo’lgan boshlangan ishni oxiriga yetkazmaslik odati bu gal ham muammoni hal qilish yo’lida to’g’anoq bo’lib xizmat qildi, oqibatda xalq ta’limida ahvol o’zgarmadi. 60- yillar O’zbekistonda “ rivojlangan sotsiolizm” bosqichi deb e’lon qilindi. Jamiyat mamlakat rahbariyatidan ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy – ma’rifiy sohalarda jiddiy sifat o’zgarishlarini amalga oshirishni kutmoqda edi. Biroq amalda unday bo’lmadi. Lekin uning o’rniga siyosiy rahbariyat aqidaparastlikni ommaviy – siyosiy ishlarni avj oldirdi. Xalq ta’limi tizimi ham ana shu “girdobga” tashlandi. Rasmiy hokimiyat soxta praletor baynalminalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o`qitishga urg`u berdi. Chunonchi “Xurushchevning topshirig`iga ko`ra Sudlov rahbarligida mafkuraviy mahkama SSSRning urush bo`lmagan millatlarni o`rislarga qo`shib yuborishga tayyorlash bo`yicha mufassal dastur tayyorladilar. Bu dasturda to`g`ridan-to`g`ri zo`ravonlik belgilari yo`q masxaraomuz va muloyim qilib: “Millatlarning gullab yashnashi va yaqinlashuvi” deb ataladi. Biroq “gullab yashnash” degan boshqa millatlarga o`ris madaniyatini singdirish, anglashlar, yaqinlashish” deganda esa “qo`shilib ketish” tushunilar edi. Dasturning o`zagi – yagona kommunistik millatni yaratishning dastlabki sharti bo`lgan o`ris bo`lmagan millatlar uchun tilini ona tiliga aylantirishdan iborat edi.1 Natijada 60-yillarda O`zbekiston tarixi, o`zbek tili va adabiyoti, chet tillari, musiqa va qo`shiqchilik darslari hajmi keskin qisqardi va ular o`quv rejasida belgilanganidan haftasiga 16,5 soatga kamayib ketdi. Masalan, o`quvchilar “XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o’zbek adabiy – badiiy muhiti”, “Milliy madaniy jarayonlar” to’g’risidagi mavzularda dars o’tishi lozim bo’lgan soatlarda rus madaniyatining “progressiv” ahamiyatini ko’rsatib berishga majbur bo’ldilar. Nihoyatda boy va ko’hna o’zbek xalqi tarixini o’rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang’ich maktablarda rus tili va adabiyoti predmetlari uchun 1600 soat ajratildi.2 70-80 yillarda O’zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan ________________________ 1.Avtorjonov A. “Kreml saltanati”. “Chulpon”, Toshkent. 1993 yil, 46-bet. 2. Нъсытов Р. «Социалъное ризвите села Ўзбекистона» (1965-1985) Тошкент 1994. С.27-28. o’zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika va o’qitish vositalaridan foydalanmadi. To’g’ri bu ishlarda maktablar, o’quvchilar soni yildan – yilga ortib bordi, son ko’rsatkichlari kishini hayratga solar darajada ortdi. Masalan, O’zbekistonda 1945-1946 o’quv yilida jami 4525 maktab bo’lib, qariyb 998 ming o’quvchi o’qigan bo’lsa, 1970-1971 o’quv yilida respublikaning umumiy umumta’lim maktablari soni 7012 taga, ularning o’quvchilari esa 3mln164 ming kishiga yetdi. Biroq ularning sifat darajasi (ayniqsa qishloq maktablari) ancha past edi. Chunki ko’klarga ko’tarib maqtalgan “rivojlangan sotsializm” bosqichi ham 20-30 yillarda shakllangan “qoldiq prinsipi”ning ijtimoiy oqibatlarini yo’qota olmagan edi. 1970-1980 yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’ 11% dan 8% ga kamayib ketdi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi maktablarning 20-60% zarur o’quv qurollari, asbob – anjomlar bilan jihozlanmay qolaberdi, 50%dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan guruhlar ishi ayniqsa o’lda – jo’lda qoldi. 70-80 yillarda 1-8 sinf o’quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruhlarda jalb etilgan edi xolos.1 Umumta’lim maktablarning faoliyati “rivojlangan sotsializm” g’oyasini o’quvchilarga singdirish, ularni “kommunistik ruhda” tarbiyalashdan iborat bo’ldi, “Kommunistik tarbiya”dan ko’zlangan maqsad esa yoshlarni “proletor internatsianalizm”ga “katta og’aga” sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat edi. Milliylik esa o’zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi. Maktablardagi tarbiya Yevropa tarixi misolida olib borildi. Yevropa madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talqin ___________________________ 1.Эрагашев Н. «Разватие обшеобразователъное школы в Ўзбекистоне» 70-е-90е ги: проблемы и тенденций . Ташкент 1996 с-20 etildi. Natijada o’zbek o’quvchilarida milliy o’zlikni anglash, urf-odat, milliy an’analarga sodiqlik kayfiyatidan ajralish hollari ro’y bera boshladi. Maktab o’quvchilarining o’quv rejasidagi soatlarini uzaytira olmasligi odatiy hol bo’lib qoldi. Bu ularning paxta va qishloq xo’jalik ishlariga ko’proq jalb qilinishi bilan izohlanadi. O’quv yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar bilan band bo’lishga ketar edi. Bu esa o’zbek o’quvchisini jahon standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy fan sohalarini o’zgartirishga imkon bermasdi. Ikkinchi jahon urushidagi katta yo’qotishlar oliy ma’lumotni xodimlarning son va sifat jihatdan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida urushdan keyingi yillardanoq oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqozo etardi. 1950 yilda respublika xalq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashda 26 ta oliy o’quv yurtlari, shuningdek, 2 ta universitet faoliyat ko’rsatadi. Shu bilan birga 92 ta texnikum, o’rta maxsus ta’lim tizimida ish olib bordi. 1950-1953 yillarda respublika oliy o’quv yurtlarida 16,600, o’rta maxsus bilim yurtlarida 19 ming mutaxassis tayyorlandi. Biroq o’zbek qishloqlari va shaharlaridagi og’ir iqtisodiy ahvol mahalliy aholi yoshlarini oliy maktablarda o’qishga imkon bermas, ulardan yuqori malakali mutaxassis xodimlar tayyorlashiga to’sqinlik qilardi. Xususan, 1950-1953 yillarda oliy o’quv yurtlarini bitirganlarning atigi 30%ini, o’rta maxsus o’quv yurtlari bitiruvchilarining esa 33%ini o’zbeklar tashkil qildi xolos.1 O’zbek millatiga mansub yoshlarni oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanlariga bunchalik kam jalb etilishining yana boshqa o’zga o’ziga xos sabablari ham bor edi, albatta. Bulardan birinchisi, o’quv yurtlariga kiruvchi yoshlar o’rta maktablarda ommaviy – siyosiy tadbirlarga, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga (ayniqsa qishloq ____________________________ 1. Советская интеллигенция Ўзбекистана Кн-II – Т. 1979. с-89. yoshlari) asossiz ravishda ko’plab jalb qilinishi oqibatida ular oliy o’quv yurtlariga kira olishlari uchun talab qilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo’lmasdilar. 60 yillardan boshlab oliy o’quv yurtlari qoshida maxsus tayyorlov kurslarining tashkil qilinishi va ularga asosan qishloq yoshlaridan jalb qilinishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Yana muhim sabablardan biri, oliy o’quv yurtlariga kirish uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtihon qo’yilishi va talabalarga rus tilida (80-yillardan boshlab) dars o’tilishi edi. Natijada respublika oliy o’quv yurtlarida qishloq yoshlari salmog’i kamayib ketdi. Chunki qishloq maktablarida na tarixiy tillar, na rus tili (bu soha o’qituvchilarining yetishmasligi yoki ularning qishloq maktablarida ishlashni xohlamasliklari natijasida) yetarli darajada, ayrim maktablarda esa umuman o’qitilmas edi. Bu hol oliy maktablarda shaharlik yoshlarning ko’payib borishiga qishloqlarda esa oliy ma’lumotli mutaxassislar muammosining yuzaga kelishiga olib keldi. Ayni paytda aytilishi lozimki, respublikada yildan – yilga oliy o’quv yurtlari soni ham ortib bordi. Yangi institutlar – Andijon meditsina instituti, Toshkentda fizkultura va elektrotexnika institutlari ochildi. 1959 yilda respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 31 ta oliy o’quv yurtlari mavjud bo’lib, ularda 88 ming kishi ta’lim olgan bo’lsa, 1985 yilga kelib oliy o’quv yurtlari soni 42 taga, talabalar soni esa 285,5 ming kishini tashkil qildi. Shuningdek respublikadagi 249 o’rta maxsus bilim yurtlarida 281,7 ming o’quvchi bilim oladi. Biroq bular miqdor ko’rsatkichlardagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati oliy ta’lim muassasalarini sifati chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko’plab muammolar mavjud edi . Sotsializmning afzalligini “ko’z-ko`z” qilish maqsadida asosiy e`tibor oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning son ko’rsatkichlariga qaratildi. Bu esa mutaxassislarning jahon talablaridan jiddiy ortda qolishga xalq xo’jaligi uchun keraksiz mutaxassislarning tayyorlanishiga mablag’larning behuda sarflanishiga, mutaxassislardan ishlab chiqarishda samarasiz foydalanishga olib keldi. Shu bilan birga, oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida o’quv tarbiyaviy ishlarni mafkuraviy andozalarga solish kuchaydi; Mutaxassislik bo’yicha asosiy fanlarni o’qitishni takomillashtirish o’rniga barcha oliy o’quv yurtlarida kommunistik mafkuraning shakllantiruvchi KPSS tarixi marksizm – leninizm falsafasi, siyosiy iqtisodiy ilmiy kommunizm, jamiyatshunoslik fanlarini o’qitishni yanada yaxshilash to’g’risida tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. O’quv jarayoni uchun muhim bo’lgan demokratik va ijodiy jihatlar inkor etildi. Natijada oliy ta’lim tizimida ma’suliyatsiz, tashabbussiz, loqayd, “O’rtamiyona mutaxassislar tayyorlash mexanizmi” yuzaga keldi. Markaziy hukumat siyosiy rahbariyatni xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini, hatto ilm – fanni ham mustabid tuzumni mustahkamlash va uni takomillashtirish uchun safarbar qildi.1 Ittifoq xalq xo’jaligi majmuida barcha milliy respublikalarning alohida vazifasi belgilab berilgandek, har bir respublikaning ilm – faniga ham alohida yo’nalishlar ko’rsatildi, ular respublikaning ittifoq miqyosida vazifasidan kelib chiqqan edi. Jumladan urush yillarida tashkil etilgan O’zbekiston SSR fanlar akademiyasi zimmasiga qishloq xo’jaligi tarmoqlarining, eng avvalo paxtachilikning mahsuldorligini oshirish uni mexanizatsiyalash, g’o’zani parvarish qilish agromexanikasini, urug’chilikni yaxshilash, chorva mollarining zotini yaxshilash suv resurslaridan ratsional foydalanish kabi muhim va dolzarb muammolarni hal qilish vazifasi yuklandi. Respublika olimlari xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan 230 dan ko’proq mavzuni ishlab chiqish bilan shug’ullandilar. Shuningdek fan va texnika yutuqlarini sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga jalb qilish ishlari yo’lga qo’yildi. Masalan, ipakchilik sanoati ilmiy - tadqiqot institut xodimlari tomonidan kashf etilgan. Pilladan ipak olishni tezlashtiradigan avtomatik stanok qisqa muddatlarda o’zlashtirildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Shu asosda pilladan ipak olishda ishlatilib kelgan qo`l mehnati mashina (texnika) bilan almashtirish vazifasi jahonda birinchi bo`lib O`zbekiston olimlari tomonidan hal etildi. 50 - 60 yillarda O`zbekistonda yadro fizikasi kimyo, o`simlik xom ashyosi va paxta suv problemalari hamda gidrotexnika, neft va gaz, o`lka meditsinasi, astronomiya, bioximiya, kibernetika, elektrotexnika seysmologiya, falsafa va huquq, san’atshunoslik, arxeologiya, Qoraqalpog`iston kompleks ilmiy tadqiqot instituti kabi katta ilmiy tadqiqot dargohlar tashkil qilindi. 1959 yilda O`zbekistonda birinchi atom reaktori ishga tushirildi. Bu institutlarda ilmiy tadqiqotlar bilan bir qatorda ilmiy kadrlar tayyorlash ham yo`lga qo`yildi. Aspirantlar soni yildan-yilga oshib bordi. Birgina Fanlar Akademiyasida ularning soni 1958 yilda 370 bo`lgan bo`lsa, 1973 yilga kelib 839 kishiga yetdi. Biroq fan doktorlari tayyorlash 1956 yilda respublikada Doktorontura tizimining bekor qilinishi natijasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda jiddiy qiyinchiliklar tug`dirdi. O`zbekiston olimlarining hisoblash matematikasi va texnikasi, radiotexnika, qattiq jismlar fizikasi va chala o’tkazgichlar sohasidagi tadqiqotlarni muhim natijalarga ega bo’ldi. Yadro fizikasi problemalarini, kosmik nurlarni, samoviy jismlarni ehtimollik nazariyasi va matematik statistikani o’rganishda, geofizikaning turli sohalarida O’zbekiston olimlari katta yutuqlarga erishdilar. Akademiya olimlari geologiya fanining nazariy masalalarini hal etishga ma’lum darajada hissa qo`shdilar. Yer bag’rida yonilg’i va metall qazilmalar paydo bo’lishi va joylanishning qonuniyatlarini ochib berishda geologlar erishgan yutuqlar, gazli hududda tabiiy gazning katta konlarini, Chotqol – Qurama tizma tog’larida, Shimoliy Nurota tizmalarida va shu kabi joylarda rangli va nodir metallar konlarini topish uchun asos bo’ldi. 70-80 yillarda mineralogiya va geoximiya, matematika, alkaloidlar kimyosi (nazariy) va boshqa fanlar sohasidagi tadqiqotlar muvaffaqiyatli davom ettirildi. Akademiya olimlari tomonidan urug’chilik chigitni ekishdan oldin tuklarini batamom tozalab beradigan mashina yaratilganligi, o’g’itlarning yana turlarini ishlab chiqarish yo`lga qo’yilganligi va mahalliy xomashyodan foydalanib, sementning har xil turlarini hosil qilish usullarini ishlab chiqilganligi qimmatli samaralar beradi. Bu yillarda O’zbekistonda ilmiy – tadqiqot muassasalarining soni ham ortib bordi. Ular 1960 yilda 64 taga, 1970 yilda 90 taga yetdi, 80-yillar o’rtalarida esa ular soni 100tadan ortdi. Ularda fanning turli sohalri bo’yicha tadqiqotlar olib borildi, yuqori malakali, jahon tan olgan olimlar yetishib chiqdi. Biroq mustabid tuzum illatlari fan taraqqiyotiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmay qo’ymadi. Bu narsa erkinlik, ijodiy muhit yaratish o’rniga, ma’muriy – buyruqbozlik usulini qo’llashda fanga ham yuqoridan turib ko’rsatma berishda, ayniqsa olimlar tomonidan yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qilinmaslikda yaqqol ko’rinadi. Qancha - qancha, katta iqtisodiy samaralar beradigan ilmiy kashfiyotlar amaliyot bilan ilmiy muassasalar o’rtasida o’zviy bog’liqlik bo’lmaganligidan ishlab chiqarishga joriy qilinmadi. Ayniqsa bu davrda ijtimoiy – gumanitar fanlarga nisbatan “Zo’ravonlik” ularni kommunistik mafkura “andozasiga” solish yanada kuchaydi. O’zbek xalqining boy o’tmishi tarixini, milliy madaniyatini va qadriyatlarini kamsitish ularni sohtalashtirish aynan shu yillarda avj olgan edi. Qadimiy tariximizni o’rganish, “o’tmishga sajda qilish” deb qaralardi. Ijtimoiy – gumanitar fan olimlariga “rivojlanga sotsializm davrini, uning tarixiy ahamiyatini”, “afzalliklarini” urganish haqida maxsus “ko’rsatma” berildi.Natijada bu yillarda ijtimoiy – gumanitar fan olimlari tomonidan “rivojlangan sotsializmni” madh etuvchi ko’plab ilmiy - ommabop asarlar yaratildi. Lekin, barcha olimlar ham partiya1 “kursatmalari”ga amal qilavermas, vijdon amri bilan ish tutadiganlar ham yo’q emasdi. O’zbekistonda arxeologiya ilmining otasi Yaxyo G’ulomov ana shunday olimlar toifasidan edi. Tarixiy yodgorlik sifatida hisobga olingan tepaliklarning paxta maydonlariga aylantirilishiga, ajdodlari- miz yaratgan madaniy va me’moriy obidalarning qarovsizlik oqibatida vayronaga aylanishiga qarshi turib respublika siyosiy rahbariyatiga xalqimizning madaniy – ma’naviy boyligini asrab – avaylash zarurligini ochiq aytgan olim edi.2 1946-1985 yillar orasida o’zbek adabiyoti o’z taraqqiyotining murakkab va turli bosqichlardan iborat davrni bosib utdi. Bular ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish yillarini (1956-1964): Stalin shaxsining Fosh etilishi va Xurshevga “iliqlik” yillarini (1956-1964): “Rivojlangan sotsializm g‘oyasi” olg’a surilgan yillarni (1964-1985) o’z ichiga olgan va har uchala bosqich shu yillarda ro’y bergan ijtimoiy voqialarga ko’ra nomlangan bo’lib, o’zbek adabiyotining taraqqiyot yo’li va tamoillari ham shu davrda turlicha ko’rinishga ega bo’ldi. O’zbekiston adiblari urushdan keyingimamlakatning xaqiqiy ahvolini yaxlit bilganliklari uchun ham ayrim shartlarning lirik she’rlarida ma’yusona ohanglar, yozuvchilarning ocherk va hikoyalarida mamlakat kechirayotgan qiyinchilik tasviri yo’q emas edi. Partiya 1946-1948 yillar- ____________________ 1. Partiya – lotincha so’z bo’lib, qism ma’nosini anglatadi. S.Nasirxo’jayev. “Siyosatshunoslik fani bo’yicha qisqacha lug’at – ma’lumotnoma”. Toshkent. “O’qtuvchi” 1997 yil, 34 bet. 2. Karimob I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” “Sharq”. Toshkent, 1998 yil, 27-28 betlar. da san’at va adabiyotga oid necha qarorlar qabul qilib yozuvchilarga voqiylikdagi ijobiy ko’rinishlar, kishilarning xursandchilik holatlari va kayfiyatlari haqida asarlar yozish sovet voeyligi uchun tiniq bo’lmagan nuqsonlar va qiyinchilik tasviridan qochish, hayotni “gulgun” ranglar bilan aks ettirish vazifasi topshirildi. Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qilgan o’z lovozimiga partiya da’vatiga “labbay” deb javob bergan Oybek 50-yillar arafasida “Oltin vodiydan shabadalar” ramanini yozdi. Bu asar urush tufayli xo’jaligi izdan chiqqan kolxoz hayotining ayrim manzaralarini aks ettirdi. Ammo roman nashr etila – etilmas, taniqli munoqqid V.Zohidovning “Sharq yulduzi” jurnali (1950yil 11-son) va “Qizil O’zbekiston” (1950 yil 10,15,17 dekabr sonlari) gazitasida tanqidiy maqolalari e’lon qilindi. Munaqqid usha davrning mafkuraviy talablaridan kelib chiqqan holda asarda partiyaning “Dohiyona rahbarlik nomi” yetarli ko’rsatilmaganini, ilg’or qizlarning ozgina ug’it uchun talashishlari tasvirlangan epizodda” real hayot qiyshiq oynada kursatilganligini qattiq tanqid qiladi. O’sha kezlarda sovetlar mamlakati bo’ylab yangi qatog’on pallasi boshlangan bo’lib Shayxzoda Mirzakalon, Ismoiliy, Shuhrat, Said Ahmad, Shukurullo singari yozuvchilarni “temir parda” orqasiga tashlashga V.Zohidovning “Oltin vodiydan shabadalar” romanini har tamonlama yaroqsizga chiqargan maqolalari Oybek taqdiriga fojiali rol o’ynashi tabiy edi. 40- yillar oxiri 50- yillar boshlari stalinizm davrida mustabid tuzumi o’z xalqiga qarshi o’tqazgan ommaviy qatag’onlarining navbatdagi bosqichi bo’ldi. Bu qatag’onlar SSSRda 1933 yildan 1953 yilgacha 3.778.234 kishiga dahldor bo’ldi. Ular huquq organlari tomonidan “aksilinqilobchi” va “xalq dushmani” sifatida ayiblangan edilar, ulardan 786.098 kishi otib tashlandi.1 ___________________________________ 1.“Известия”1990, 14 феврфля. Mustabid tuzumining qonli sururchisi usha davrda O’zbekiston bo’ylab supurib o’tdi. 1937 yildan 1953 yilgacha respublika NKVD “uchligi” tomonidan 100 ming kishi quloqq olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlanadi.1 Stalinizm qurbonnlari orasida rurli darajadagi rahbar xodimlar, adabiyot va fan arboblari o’qituvchilar va jurnalistlar, ishchilar va dehqonlar, turli qatlamlar va millatlar vakillari bor edi. Bu daxshatli holatni ta’riflab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasining ochilishiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqida “zo’lim va zuravonlikka qo’rilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o’zligini, millat qadr – qimmatini teran anglagan, ijtimoiy – siyosiy onggi yuksak xalqni o’yg’otishga, xalqni boshqarishga qodir bo’lgan ma’rifat va ma’naviyat yo’lida fidoyilik ko’rsatgan barcha aql – zakovat sohiblarining”2 qancha – qanchalari jismoniy yo’q qilindi. “Mana shular qatorida siyosatdan mutloqa o’zoqlikda bo’lgan, ming –minglab oddiy dehqonlar, hunarmand kosiblar ishchi – xizmatchilarning begunoh qurbon bo’lib ketgani tasavvurga ham sig’maydigan ayanchli bir holder.”3 deb kommunistik rejim qatog’onlarining asl mohiyatini ochib bergandi. Urushdan keyingi davrda Abdulla Qahhorning “Qushchinor –chiroqlari”, Rahmat Fayziyevning “Chulga bahor keldi”,Parda Tursunning “O’qtuvchi”, IbrohimRahimning “Hayot buloqlari”, Oybekning “Nur qidirib” qissasi va romonlari yaratilganini va o’zbek adabiyotida bunday “mo’l hosil” ilk marotaba bo’lganligini aolhida qayd etish joizdir. To’g’ri ba asarlarning birortasini “O’tgan kunlar”(Abdulla Qodiriy) yohud “Navoiy” (Oybek) bilan yonma – yon _________________ 1. “Правда Востока” 1991, 15 сентября. 2. “Xalq so’zi” 2000 yil, 13 may. 3. O’sha joyda. qo’yish mumkin emas. Lekin yaqin – yaqingacha o’zbek adabiyotining nochor sohasi bo’lib kelgan yirik nasrda miqdor o’zgarishlari bo’layotganining o’ziyoq ijobiy hodisa edi. She’riyatda esa G’ofur G’ulomning “Vatan”, “Sog’inch”, Oybekning “Ramsa” singari mag’zi to’q she’rlari maydonga keldiki, ular ham, o’z navbatida, she’riyatimizning ertasiga umid o’yg’otmay qo’ymasdi. Ana shunday sharoitda kommunistik partiyasining XX se’zdi o’tkazilib, unga Stalin shaxsning fosh etilishi sovetlar mamlakati tarixiga “Xrushchevga iliqlik yillari” deb kirgan yangi davr boshlandi. Bu davrning o’ziga xos xususiyati shunda ko’rindiki N.S.Xrushchev, Stalin shaxsiga sig`inish davri illatlarini fosh etibgina qolmay, mamlakatda biroz bo`lsa-da, demokratik normalar tiklanishi, inson huquqlari muhofazalanishi va boshqa ijtimoiy muhim hodisalar ro`y berishiga kafolat berdi. Qatag`on etilgan yozuvchilarning tirik qolganlari ozodlikka chaqirilib, ular boshiga tushgan kulfatlar ham matbuot sahifalarida yoritila boshladi. 50- yillarning ikkinchi yarmida she’riyatda “Qoraqalpoq daftari” turkumining Shayhzoda, Zulfiya, Shukrullo, M.Boboyev qalamigamansub she’rlarning yuzaga kelishi, nasrda “Quyosh qoraymas” romani (Oybek) dramaturgiyada “Shohi suzana” (Abdulla Qahhor), “Yurak sirlari” (B. Ramonov) pessalarining paydo bo’lishi bilan o’zbek adabiyoti taraqqiyoti tarixida yangi davr boshlandi. Bu asarlarda inson, uning ruhiy olami, insoniylik mohiyati, quvonchi va qayg’u – alamlari butun murakkabligi bilan ifodalana boshlandi. Abdulla Qahhorning “Sinchalak”, Asqad Muhtorning “Qoraqolpoq qissasi”, Pirimqul qodirovning “Uch yulduz”, O.Yoqubovning “Muqaddas” kabi qissa va romanlarida o’zgarib borayotgan sovet jamiyatidagi yangi hayotiy tamoyillar o’z ifodasini topdi. Xrushchevga iliqlik yillarida sovet jamiyatida paydo bo’lgan o’zgarishlar o’zbek adabiyoti va sa n’at boblarini sotsialistik “rializm” sari borishga undagi Oybek sovet davri o’zbek adabiyotidagi birinchi bo’lib amir Temur va Zaxriddin Muhammad Boburga bag’ishlangan dostonlarni yozishga kirishdi. Afsuski, bu har ikkala asar tugallanmay qoldi. Ammo, hatto adib vafotidan keyin uning 20 jildlik “Mukammal asarlari to’plami”ning sunggi jildida (1985y) ham kommunistik mafkura bu tugallanmay qolgan asarni bosib chqarishga yo’l qo’yilmadi. Sovet jamiyatida o’ta qiyinchilik bilan bo’layotgan ba’zi ijtimoiy o’zgarishlar ta’sirida Abdulla Qahhor 1967 yil “Tavalludining 60-yilligiga bag’ishlangan yubliy kechasida nutuq so’zlab, “Men partiyaning oddiy soldati emas, balki ongli a’zosiman” degan so’zlarni aytdi”. Aslida har bir insonning fuqarolik huquqlari zamirida yotgan bu haqiqiy kommunistik partiyaning O’zbekistondagi rahbarlari nazarida partiyaga qarshi isyon shakkoklik edi. Shuning uchun ham ular A.Qahhorga bo’lgan munosabatlarini keskin ravishda o’zgartiradilar. Uning asarlarini nashr va targ’ib etilmay qo’yildi. Usha kezlarda bosmadan chiqqan “Yoshlar bilan suhbat” kitobi esa taqiqlandi.1 Umuman siyosiy ta’qib va tahdid yana partiyaning san’at va adabiyotiga bo’lgan siyosatining asosiy belgilaridan biri sifatida qayta tiklandi. 20-yillar arafasida va keyin ham yashagan shoirlarning asosan, oktyabr va partiya olqishlovli she’rlaridan iborat. “Tirik satrlar” almanaxida Chulponning – xafli nomli tilga olingani uchun u kitob dukonlaridan yig’ishtirilib olindi. “O’zbegim” qasidasini yozgani va butun xalqining milliy o’yg’onishga turtki bo’lgani uchun Erkin Vohidovni tahdid va tazyiqlar ostida qoldi. “Men endi kimga suyanganman birinchi muhabbatim” degan satrlari bilan guyo partiyaning ulug’vor rolidan ko’z yumgani uchun A.Oripovning ___________________ 1. O’zbekistonning yangi tarixi “O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida”. Toshkent 2000 yil 580bet. “Birinchi muhabbatim” she’ri siyosiy xatodan iborat deb topildi. Uning usha davr “ruhiga” to’g’ri kelmagan “Jannatga yo’l” dramatik dostoni,butun umri davomida siyosiy nazorat ostida yashagan adib Maqsud Shayxzodaning so’nggi “Abu Rayxon Beruniy” tarixiy tragideyasi sirli ravshda qo’lyozma holida “yo’qoldi”. To’g’ri A.Oripovning asari keyinchalik qaytarib berildi. Ammo Shayxzodaning yo’qolgan asari hanuzgacha tipilgan emas. Sovet jamiyatidagi ijodkorni haqiqat etuvchi ana shunday voqial adabiyot va san’atning shu davrdagi taraqqiyotiga moniylik qilmay qolmagan albatta. 60-yillarning boshlariga kelib o’zbek yozuvchilari sotsialistik realizm “ochiq sistemaga aylangandagina badiy baquvvat asarlar berishga ishongan edilar. Shuning uchun ham adabiyotimizning iste’dodli vakillari M.M.Brejnev tomonidan “olg’a surilgan-rivojlangan sotsializm” g’oyasini badiy asarlari qatoriga singdirishga ortiqcha extiyoj sezmadilar.Faqat Sh.Rashidov va V.Zohidovning publistik chiqishlaridagina bu “g’oya” o’z aksini topdi. Shuningdek, Asqad Muxdorning”Amu” va Ibrohim Rahimning “Oqibat romanlaridagi Afg’oniston voqealari va Rossiyaning noqora toproq zonasidagi yerlarning o’zbek melioratorlari tomonidan o’zlashtirilishi tasvirlangan lavhalar bu g’oyaning bevosita aks – sadosi eshitilib turdi. 60 yillarning ikkinchi yarmi 70-yillarda yaratilgan o’zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari mavjud tuzumga nisbatan muxolifat maqolida maydonga kelgan. Shuning uchun ham bu davrda aksar asarlar hali o’z qimmatini yo’qotgan emas. O’zbekiston san’ati urushdan keyingi yillarda o’zining murakkab va ziddiyatli davrni bosib o’tdi. Ayniqsa, bu teatr san’atidayaqqol namoyon bo’ldi. Sotsialistik “realizmuslubining toboro mustaxkam o’rganib boorish teatr sahnasining milliy an’anaviy asoslarda rivojla- nishga imkon bermadi. To’g’ri, bu yillarda “Tohir va Zuhra”, “Farhod va Shirin”, “Alpomish”, “Ravshan va Zulxumor”, “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Navoiy Astraobodda”, “Muqimiy” kabi milliy – tarixiy asarlar sahna yuzini ko’rdi. Lekin bular “partiyaviylik”, sinfiylikka moslashtirilgan Ezuvchi sinf yaqqol ko’rsatgan holda namoyish etildi1 Lekin shular bilan bir qatorda “Oltin devor”, “Tosh bolta oshi”, “Kelinlar quzg’oloni” va boshqa bir qator milliy ruhdagi sahna asarlari ham yaratildi, ular xalq e’tiboriga sazovor bo’ldi. San’atdagi “Ijtimoiy buyurtma” amaliyati ayniqsa o’zbek teatr taraqqiyotida turg’unlik holatini yuzaga keltirdi. Bu ayniqsa, O’zbekiston NPMQning 1983 yilda qabul qilingan, “Teatr san’atining ahvoli va uni yanada takomillashtirish hamda respublika mehnatkashlarining kommunistik ruhda tarbiyalashda uni rolini oshirish tadbirlari to`g`risida”gi qarorida aniq ifodalandi. Qarorga binoan teatr san’ati xodimlari, dramaturglar, rejissorlar zimmasiga eng avvalo inqilobiy sovet turmush tarzini ulug`lovchi asarlar sonini ko`paytirishga ustuvor ahamiyat berish vazifasi yuklandi. Milliytarixiy mavzularga e’tabor berish esa “burjua mafkurasiga sajda qilish” deb baholanadi. “Ijtimoiy buyurtma” natijasida o’zbek teatr sahnalarida N.Pogodinning “Qora Qushlar”, A.Ostroveskiyning “So’nggi Qurbon”,M.Gorkiyning “Dushmanlar”, A.Golstoyning “Shoh feodor Ivanovich”, A.Arbuzovning “Yomon o’yinlar” kabi asarlarni qo’yila boshladi. Lekin bu asarlar o’zbek milliy turmush tarzidan uzoq bo’lganligi uchun mahalliy tomashabin tomonidan qabul qilinmadi. Natijada, xalqning teatr san’atidan bezishi kuchaydi. Faqat xalqqa yaqin, milliy ruhdagi sahna asarlaigina o’zini tomoshabinini topa oldi, baynalmilal va siyosiy ruhdagi asarlarga ega partiya tashkilotlarining “ko’rsatmasi” va “topshirig’i” bilan tashkilotlar muassasalar va korxo- ________________________ 1.O’zbekistonning yangi tarixi 2 kitob “O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida”. Toshkent. 2000 yil, 581 bet. nalar kasaba uyushmalari hisobidan ishchi va xizmatchilarning jamoa bo’lib teatrga tushishlari tashkil qilinib shu yo’l bilan ularni moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlash odat tusiga kirdi. O’zbek ma’naviy madaniyatining muhim tarmog’i bo’lgan qo’shiqchilik san’ati urushdan keyingi yillarda o’ziga xos yo’nalishda rivojlandi. Bu davrda san’atkorlarning yangi – yangi avlodlari voyaga yetdi. Ular milliylikka qarshi baynalmilallikni qo’yishiga qaramay,o’zbek milliy an’anaviy qushiqchilik san’ati rivojiga katta xissa qo’shdilar. Biroq, hukumron mafkura qo’shiqchilik (imkoniyati bilan) san’atida milliy ruhni yo’q qilishga bor imkoniyatlari bilan harakat qildi. O’zbek bastakorlari o’z ijodlarida zamonaviy qo’shiqlar yaratish yo’li bilan ularda milliylik uslublarini saqlab qolishga intildilar, biroq bunga erisha olmadilar. Masalan: M.Burxonov, S.Yudakov, M.Levievlarning “lekin”, “Kommunistik partiya” hamda “sotsialistik vatan”ga bag’ishlangan asarlari o’z tinglovchilarini toa olmadi. 50-60 yillarda o’zbek qo’shiqchilik san’atining rivoji 1951 yil 8aprelda respublika hukumati tomonidan qabul qilingan, “O’zbekistonda musiqa san’atining ahvoli va uni yanada rivojlantirish to’g’risida”gi qaror bilan bevosita bog’liq bo’ldi. Unda rus mumtoz va sovet musiqasining ustuvor suratda rivojlantirish masalasi qo’yildiki bu narsa o’zbek qo’shiqchilik san’atida uning an’anaviy milliy turlaridan asta – sekin voz kechib, zamonaviy janrlarga alohida e’tibor berishni ta’minlab berdi. Natijada respublika tashkilotlari va xo’jaliklarida “yuqori”ning topshirig’I bilan xor jamoalari hamda turli yevropa janrlarga asoslangan guruhlar paydo bo’la boshladi. Bular qoshida 1946-1955 yillar 700ga yaqin “Zamonaviy qo’shiq” asarlari, ayniqsa xor qo’shiqlari paydo bo’ldi.1 Har bir o’zbek qishlog’ida xor jamoalarini tashkil etish uchun ___________________________ История Узбекской ССР.Т. IV-Т, 1968. С.214. maxsus topshiriqning berilishi “sovet turmush tarzi”ni ulug’lash sotsializm xayrihoxlarini ko’pattirish, “rivojlangan sotsializm” g’oyasini ijtimoiy zaruriy ehtiyojlarga aylantirishga bo’lgan majburiy harakatdan bo’lak narsa emasdi. Yaratilgan bu asarlar son jihatdan juda katta raqamlar bo’lsa-da, biroq ulardagi mazmunning nomutanosibligi, milliy ruhga to’g’ri kelmasligi, bunday asarlar xalqning ehtiyojini qondira olmasligi yaqqol sezildi. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik san’ati Yunus Rajabiy nomi bilan bevosita bog’liqdir. Bu o’lkan sanatkor O. Hoshimov bilan hamkorlikda “Nodira”, Qo’chqor Turdiyev musiqali drammalarini “Fabrika allasi”, “Tong navosi”, “Bahor keldi”, “Ofarin’ kabi 100dan ortiq qo’shiqlarni yaratdi. Uning ijodiy faoliyatida, ayniqsa maqomlar muhim urin tutadi. U 5 jildli “O’zbek xalq musiqasi” to’plamini “Shashmaqom”ning 6 jildini nashr ettirdi. Uning “Musiqa merosimizga bir nazar” asari mazkur kitoblarga izoh tarzida yozilgan edi. O’zbek qo’shiqchilik san’atida Otavali Nuriddinov, Nabijon Xasanov, Komiljon Jabborov, Fahriddin Sodiqov, Saidjon Kolonov kabi bastakorlarning asarlari ham urin tutadi. Ularning milliy mumtoz san’ati zamonaviylik bilan o’yg’unlashganligi uchun ham xalq e’zozida bo’lib kelmoqda. O’zbek qo’shiqchilik san’atidagi bu yutuqlar hech bir muammosiz qo’lga kiritildi, degan xulosani bermaydi. Rivojlangan sotsializm g’oyasi 60-yillarning o’rtalaridan boshlab o’zbek qo’shiqchilik san’atini to’liq o’z iskanjasiga oldi. Qo’shiqchilik san’ati sovet madaniyatidagi “shaklan milliy, mazmunan sotsializm” tamoillariga majburan buysundirildi. Kino, radio, televideniya mehnatkashlarini “Kommunistik” ruhda tarbiyalashda, xalq ongiga rus madaniyatini singdirishda katta rol o’ynadi. Mustabid tuzumning siyosiylashgan ommaviy axborotlari muntazam ravishda respublika matbuoti orqali xalq ommasiga yetkazib berildi. Shuningdek sovet motbuoti “sotsialistik madaniyatning” faol targ’ibotchisi, siyosiy tashviqotchisi sifatida partiyaning “o’tkir” mafkuraviy “quroliga” aylandi. Bu vazifani respublikada million – million nusxada chiqarilib, xalq orasida arzon narxda tarqatilayotgan 130 dan ortiq nomdagi gazitalar va 60ga yaqin nomdagi jurnallar bajardi. 1946-1985 yillardagi O’zbekiston madaniyatining rivoj topishiga madaniyat va san’at sohasini moddiy – iqtisodiy jihatdan ta’minlashda yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar ham salbiy ta’sir kursatdi. Xususan, 1940 yildan boshlab surunkali ravishda mazkur soha uchun davlat buyudjetidan mablag’ ajratish kamayib bordi: 1940 yili Respublika aholi talab – ehtiyojlari uchun ijtimoiy – madaniy tadbirlar respublika byudjeti umumiy xarakatlar qismining 67,9% ni tashkil etgan bo’lsa bu raqam 1970 yilda 49,9% ni tashkil etdi, 1975 yilda 48,6% ni, 1980 yilga kellib 46,9 % ni tashkil etdi.1 Fan va madaniyat uchun ajratilgan mablag’ning muntazam kamayib borishga sabab davlatning bu soha uchun mablag’ ajratishni istamaganligidan emas, balki sovet davlati iqtisodiy aholini tobora yomonlashib borayotganligidan ikkinchi yarmiga kelib keskin tus ola boshladi. Shunday bo’lsa-da mustabid tuzum o’zining mafkuraviy cheklashlaridan, kommunistik g’oyaga zid bo’lgan qarashlarga murosasiz bo’lishdan voz kechmadi. Aksincha, ijtimoiy – iqtisodiy turg’unlik yillarida siyosiy aqidaparaslik yanada kuchaydi. Bu yillarda namoz o’qish, islom farzlariga rioya qilish, musulmonchilikning barcha kurinishlari yana bir karra “eskilik sarqiti” sifatida qoralandi. (Bunday hol, ayniqsa, 80 yillarni) Download 315.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling