Inson dunyoga kelar ekan, bolalikdan orzular girdobida yashaydi. Ulg’aygani sari dunyoni, borliqni anglash-tasavvur olamiga shung’ib ketar ekan


Download 13.83 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi13.83 Kb.
#1046174
Bog'liq
ESSE


ESSE
Inson dunyoga kelar ekan, bolalikdan orzular girdobida yashaydi. Ulg’aygani sari dunyoni, borliqni anglash-tasavvur olamiga shung’ib ketar ekan. Har bir inson hayoti davomida umid bilan yashaydi: oldiga qo’ygan maqsadlar sari intiladi. Mening tasavvurimda mana shular hayotfalsafasi bo’lsa kerak.
Dunyo eng soda-aql o’rgatish esa murakkab narsa hamsuxbat, dilkash inson toppish ekan. Meni kelajagimga bolaligindan zamin yaratgan insonlar: bobom, otam va onamlardirlar. Ularning kasblari muallimchilik edi. Menga ularning donoligi, bir-birlariga nisbatan bolgan samimiy munosabatlari, dunyoqarashlari havasimni keltirar edi. Balki shuning uchun ham men pedagog kasbini tanlagandirman. Ha, shak-shubhasiz, shunday yana bir haqiqat borki, shu zaminda, kindik qoni to’kilgan Vatanda yashagan har bir inson, albatta, uning istiqboli, porloq kelajagi uchun o’z hissasini qo’shishi kerak. Men shu ta’moyijga amal qilgan holda ayni paytda Bo’stonliq tumanidagi 7-sonli rusiyzabon ta’lim muassasasida texnologiya fanidan o’quvchilarga dars bermoqdaman. Bolajonlarning kelajagi uchun qarg’uraman: bor mahoratimni ishga solib ularga tikuvchilik, zardo’zlik, kashtachilik sirlarini o’rgataman. Ishonchim komilki, bu sa’y-harakatlarim bolajonlarga kelajakda kasb-hunarli bo’lishlariga zamin yasaydi.
Xalqimizda bir maqol bor: “O’tirgan bo’yra, yurgan-daryo”. Doim izlanishdaman. Ayni paytda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)” mutaxassisligi magistratura talabasiman. Shu bilan bir qatorda “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’llashda milliy an’analardan foydalanish texnologiyalari” mavzusida magistrlik ilmiy ish olib bormoqdaman. Oldimga qo’ygan maqsadlarim amalga oshsa, kelajak avlodga, o’z bo’lsada nafim tegsa, men o’zimni dunyodagi eng baxtli inson deb hisoblayman.
Download 13.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling