Mehnat migratsiyasi va uning salbiy oqibatlarini qanday bartaraf etish yoʻllari bor?
Download 64.26 Kb.
|
Fayzullokh011
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat migratsiyasi: sabab va oqibatlari
Mehnat migratsiyasi va uning salbiy oqibatlarini qanday bartaraf etish yoʻllari bor?Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda.Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqinig oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir muammolarini uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Oʻzbekiston ham XX asrning fenomeni – mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi. Mehnat migratsiyasi: sabab va oqibatlari Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq tub oʻzgarishlar birinchi navbatda mehnat munosabatlariga benihoya kuchli taʼsir koʻrsatdi. Natijada iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning ajralmas qismi va doimiy yoʻldoshi boʻlgan ishsizlik fenomeni yuzaga keldi. Iqtisodiyotda kechgan obyektiv jarayonlar oqibatida minglab, millionlab kishilar ishsiz qoldi, oʻzlarining daromad manbaidan ajraldi. Endigina mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy taʼlim tizimi mamlakatda shiddat bilan shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga talab oʻrtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va bozor munosabatlari oʻrnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila daromadining yakkayu-yagona manbai boʻlgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani taʼminlash choralarini izlashga majbur qildi. Oʻzbekistonda ishsizlikning yuzaga kelishi va keskin tus olishining hamda sobiq ittifoqdosh respublikalariga nisbatan yana-da asoratliroq kechishining inkor etib boʻlmaydigan oʻziga xos jihatlari va chuqur sabablari bor edi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Sobiq sovet tizimidan meros boʻlib qolgan ijtimoiy sohaning beoʻxshovligi; sovetlar hukumatining sunʼiy yaratilgan, lekin ish haqi oʻta past, turmush darajasini taʼminlashning xalqaro standartlariga batamom mos kelmaydigan ish oʻrinlari tashkil etish vositasida aholining toʻla bandligini taʼminlash siyosati; sovetlar imperiyasining yemirilishi oqibatida respublikalararo lateral (gorizontal) iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi; murakkab demografik vaziyat; oila tarkibida boqimandalar ulushining kattaligi; bozor munosabatlariga oʻtish davri qiyinchiliklari taʼsiri ostida ishlab chiqarish mutlaq hajmining qisqarishi; iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarning sodir boʻlishi; eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushining yuqoriligi; bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ekstensiv omillarning intensiv omillarga almashuvi natijasida ishchi kuchi nisbiy ortiqchaligining yuzaga kelishi va hokazolar. Iqtisodiy islohotlar jarayonida Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻtish davrini boshidan kechirdi. Download 64.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling