1-§. "Qishloq hovlisi" mavzusidagi manzarani yaratish g`oyasini tug`ilishi va uning kompozitsiyasi ustida izlanishlar
Download 183.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-§. "Qishloq hovlisi" mavzusidagi manzarani yaratish g`oyasini tug`ilishi va uning kompozitsiyasi ustida izlanishlar. Tabiat go`zalliklarini sevish har bir kishiga xos xususiyat. Ayniqsa tasviriy san`atni rangtasvir turidagi manzara asarlarida aks etilgan tabiat ko`rinishlari insonda ma`naviy go`zalliklarning shakllanishida muhim rol o`ynaydi. Manzara janrida kompozitsiya–asarni tuzish uning qismlarini mazmunga javob byera oladigan qilib moslashtirish katta ahamiyatga egadir. Rassom uchun eng asosiy bo`lgan markaz, kompozitsiya tuguni, ikkinchi darajali qismlarning unga bo`ysundirishdir. Kompozitsiya ustida ishlash badiiy obraz yaratish yo`llari va vositalarini izlash, bu rassom g`oyasini eng yaxshi gavdalantirish yo`li va vositalarini izlashdir. Bu mavzuni tanlash, syujetga mos o`lchamli sath (tasvir ishlanadigan yuza) tanish, masshtablar va nisbatlarni moslash, asarga to`g`ri tus va rang byerishdir. O`zbek manzarachi rassomlarining ishlarida ko`proq jonajon yurtimizni go`zal tabiati va qishloqlari tasvirlanadi. O`zbek manzarachi rassomlari uchun tabiatni boricha tasvirlash, uning eng go`zal, rang–barang qismlarini aks ettirish xosdir. Insonda tabiatga muhabbat uni tushunishdan uning go`zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. Zero tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik kabi tuyg`ularni uyg`otadi, inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o`rganadi. Tabiat insonda Vatan tuyg`usini uyg`otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko`p tuyg`ularni kamol toptiradi, hamda ko`p narsalarni talab qiladi. Madaniyatli, ma`naviy kamol topgan inson uchun o`z yurti tabiatining muhofaza qilishi hayotini va faoliyatini uzviy qismiga aylanishi kyerak. Bugungi kunda manzarachi rassomlar oldida turgan vazifalardan biri yuqoridagilarga asoslanishi lozim. Rassom rang vositasi yordamida ona tabiatni tasvirlash bilan birga, o`zini ezgu g`oyasini insonparvarlik g`oyalariga xizmat qilinishini ham ta`minlashi zarur. Download 183.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling