Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geoekologik kartalashtirish
Download 52.87 Kb.
|
Geoekologik kartalashtirish 300322193826
Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geoekologik kartalashtirishAtrof - muhit holatini kartada tasvirlash muhim masala, uning ilmiy va ahamiyati barchaga ma`lum. ekologik kartalashtirish deganda faqat birgina «Ekologik karta‖ni tuzishni nazarda tutmaslik kerak. ―Ekologiya‖ tushuncha- siga ko`ra tirik organizmlarning bir-birlari va atrof muhit bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini o`zgarish deb qaralsa, u holda bu yo`nalishda bir necha bir-birlari bilan bog’liq bo`lgan mavzuli kartalar yaratish mumkinligi ravshan bo`ladi. Tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar, inson bilan tabiat munosabatlarining geografik va ekologik aspektlariniqamrab olganlari tufayli bu borada ko`plab turli mavzuli analitik va sintetik kartalar tuzish taqozo etiladi. Ekologik kartalarni mazmuni, funktsional vazifasi (biror maqsadga yo`naltirilganligi), undan foydalanish turiga ko`ra uch tipga: 1) umumekologik, 2) aniq maqsadga yo`naltirilgan, 3) amaliy kartalarga ajratish mumkin. Umumekologik kartalarga mazmunan keng qamrovli, ko`pgina ekologik hodisalar va jarayonlarni majmuali umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu guruhdagi kartalar sintezlashgan toifaga mansubligi tufayli kartografik mazmuni ancha murakkab tuzilmaga ega va shuning uchun ham boy ma`lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. ―Tabiatdan foydalanish kartasi‖, ―Ekologik karta‖, ―Geoekologik karta‖, va boshqa shu toifadagi kartalar umumekologik kartalar deb atash mumkin. Aniq maqsadga yo`naltirilgan ekologik kartalar maxsus kartografik mazmuniga ega bo`lib, biror ekologik yoki tabiat muhofazasiga oid hodisalarni tasvirlashga qaratilgan bo`ladi. Bu jihatdan qaraganda Ushbu toifadagi kartalar mazmuni, ma`lum maqsadga yo`naltirilganligi tufayli tabiat komponentlari yoki resurslaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan ekologik vaziyatni tavsiflaydi. Bu borada, masalan, suv resurslaridan foydalanish borasida xududda tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog’liq boshqa jarayon va hodisalar umumlashgan holda kartada aks ettiriladi. Albatta, asosiy kartada suv resursidan foydalanish va uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim karta-kesmalarda asosiy kartani mazmunini to`ldirish maqsadida ba`zi hodisalar tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik kartalar ma`lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog’liq boshqa jarayon va hodisalar umumlashgan holda aks ettiriladi. Albatta asosiy kartada suv resurslaridan foydalanish va uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim karta-kesmalarda asosiy kartani mazmunini to`ldirish maqsadida ba`zi hodisalar tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik kartalar ma`lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan ahvol (vaziyat)ni tasvirlashga qaratilganligi tufayli mutaxassislar uchun u integral baholashga xizmat qiladi. Amaliy ekologik kartalar mazmunan tegishli ekologik vaziyatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Kartografik jihatdan va o`z oldiga qo`ygan aniq maqsadiga ko`ra bu toifadagi kartalar sintetik va analitik guruhlarga bo`linadi. Sintetik ekologik kartalar mazmunan ancha boy, ularda hisob-kitob natijalari olingan ko`rsatkichlar, mezonlar, me`yoriy ma`lumotlar, kuzatish asosida erishilgan jamlama ma`lumotlar, tajribaviy va dala axborotlari maxsus kartografik shartli belgilar asosida tasvirlanadi. SHuni alohida ta`kidlash lozimki, bu guruhdagi kartalar ko`proq qayta ishlangan, ya`ni tahlil qilingan miqdoriy va sifatli ko`rsatkichlarni tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik kartalardan keskin farq qiladi. Download 52.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling