Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geoekologik kartalashtirish
Ekologik kartalarni tuzishning metodologik asoslari
Download 52.87 Kb.
|
Geoekologik kartalashtirish 300322193826
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ekologik kartalashtirish.
- Ekologik monitoring natijalari asosida kartalashtirish.
Ekologik kartalarni tuzishning metodologik asoslari. Tabiat murakkab
geotizimlardan iborat, binobarin, ularni o`rganishni tizimli yondashuv asosida amalga oshirish samarali ekanligi fanda asoslangan. Tizimli yondoshuv umumiliy tamoyilga aylanadi. Tizimli yondashuv o`rganilayotgan xududini tizim sifatida qaraydi, uni o`rganish esa uslubiyot asosda amalga oshiriladi. A.G.Isachenko(1991)ni ta`kidlashicha, tizimli tamoyilni kartografiyada qo`llanilishini eng qulay yo`li tuziladigan bir turkum mavzuli kartalar asosida geotizimlarni ifodalanishi eng qulay va samarali usul bo`lib xizmat qiladi. Asosiy tadqiqot usullari sifatida landshaft, aerokosmik, landshaft indikatsiyasi, kartografik, miqdoriy, solishtirish va boshqalar. qo`llaniladi. ekologik kartalar asosini landshaftlar tashkil qiladi. Amaliy ekologik kartalashtirish. Amaliy ekologik kartalashtirish xududlarida tabiat muhafazasi, vujudga kelgan qaltis vaziyatlarni yumshatish, aholi uchun qulay va juda qulay tabiiy muhit yaratish, falakat keltiruvchi tabiat hodisalarini oldini olish, tabiiy muhitni optimallashtirish va boshqa yumushlarda kurashning taktika va strategiyasini aniqlash, loyiha ishlarini amalga oshirishda negiz vazifasini o`taydi. Amaliy kartalar guruhida baholash, prognoz, chora-tadbirlar majmuasi, tabiatni muhofaza qilish bo`yicha rayonlashtirish, ekologik rayonlashtirish va boshqa turdagi mavzuli kartalar tuziladi. Kartalar amaliy turdagi ustuvorlikka ega bo`lganliklari uchun ularni tayyorlashda me`yoriy, taxlil natijasida aniqlangan ko`rsatgichlar, kuzatish, dala-tajribaviy ishlar (eksperiment) natijalaridan keng foydalaniladi. Ekologik monitoring natijalari asosida kartalashtirish. Atrof muhitni, xususan suv va havo xavzalari, tuproqni ifloslanishi, yaylov, o`rmonzorlarni buzilishi, er resurslarini muomaladan chiqib ketayotganligi muntazam faoliyat ko`rsatuvchi ekologik monitoringni joylarda amalga oshirishni talab qiladi. Bu borada mamlakatimizda ma`lum darajada ekologik kuzatish va nazorat ishlari olib borilmoqda. Ekologik monitoring natijasida jonli va jonsiz tabiat bo`yicha har yili ko`plab kuzatish va nazorat ma`lumotlarini yig’ iladi. Ayniqsa, suv va havo xavzalarini ifloslanishi, tuproqlarni qashshoqlanishi, sug’orilgan erlarni sho`rlanishi, eroziya va boshqa jarayonlarni harakati bo`yicha ko`plab ma`lumotlar yig’ iladi. Ular asosida ma`lum yo`nalishlar bo`yicha ekologik kartalar tuzish fond materiallaridan foydalanish samaradorligini bir necha barobar oshiradi. Karta ko`plab turli ko`rsatkich, miqdoriy ma`lumot- larni o`zida mujassamlashtirgani tufayli, ulardan amaliy foydalanishni osonlashtiradi. Bunday kartalar ma`lum erlar uchun muntazam tuzib borilishi natijasida ularni ko`p yillik dinamik o`zgarishidagi qonu- niyatlarni aniqlashga imkon beradi. ekologik kartalarni tuzishda aero- kosmik uslubiyotidan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Koinotda olingan suratlar asosida tuzilgan kartalar loyihachilar, turli mutaxassis- lar, olimlarni tabiat muhofazasi, ekologik vaziyatni yumshatish, tabiiy resurslarni mahsuldorligini oshirishdagi ishlarni tez bajarilishi, si- fatli qilib amalga oshirishda va ko`zlangan maqsadga erishishda negiz bo`ladi. Download 52.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling