7 mavzu. Tuproqlar tasnifi, turlari va tuproq unumdorligi reja tuproqlarni tasniflash. Tuproq unumdorligini elеmеntlari
Download 159.93 Kb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU (2)
7 MAVZU. Tuproqlar tasnifi, turlari va tuproq unumdorligi REJA 1. Tuproqlarni tasniflash. 2. Tuproq unumdorligini elеmеntlari. 3. Tuproq unumdorligining katеgoriyalari. 4. Tuproq unumdorligini yaxshilashning asosiy tadbirlari. Yer yuzasi tuproq qoplami, o‘zining murakkab tuzilishi va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni o‘rganishda va ulardan oqilona foydalanishda, ulami to‘g‘ri aniqlash, ya’ni tasniflash muhim ahamiyatga ega. Tuproqlarni o‘xshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga ko‘ra muayyan guruhlarga birlashtirishga tuproq tasnifi deyiladi. Tuproqlarni tasniflashda ekologik — genetik, morfogenetik, evolyutsion - genetik, tarixiy - genetik hamda g‘arbiy Yevropacha yondoshuvlar mavjud. Tuproqlarni ilmiy jihatdan tasniflash ulaming genetik xossalariga asoslangan boiib, bu tasnif quyidagilami: tuproq paydo bo‘lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlaming hududlar bo‘yicha tarqalishini va tuproqlaming ishlab chiqarish vositasi jihatidan ahamiyatli bo‘lgan (biologik, fizik va kimyoviy) xossalarining umumiy tavsifmi aks ettirishi lozim. Tuproqlarni tasniflash muammolari tuproqlar geografiyasidagi dolzarb va munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Fanning rivojlanishi va yangi ilmiy dalillaming to‘planishi natijasida ilgari tuzilgan, bunday qaraganda ilmiy asoslangan tasniflarga ayrim qo‘shimchalar kiritish yoki ularni qayta toidirish zarur bo‘ladi. Bu muammolar qishloq va o‘rmon xo‘jaligi talablari asosida ham yuzaga keladi. Ilmiy tasnif fanning hozirgi holatini aks ettiradi. Ilm-fanning rivojlanishi bilan tuproqlar tasnifi ham murakkablashib borishi tabiiy hol. V.V.Dokuchayevning tavsiya etgan tasnifida, asosiy birlik sifatida tuproqlaming genetik tiplari olingan. 1890-yilda V.V.Dokuchayev tomonidan ishlab chiqilgan tuproqlar tasnifi geografiks genetik tamoyil asosida tuzilgan boiib, bunda tuproqlar uchta sinfga boiinadi va har bir sinf, o‘z navbatida tuproqlaming qator genetik tiplarini o‘z ichiga oladi. Bunda: A - meyoriy yoki zonal tuproqlar sinfi, unda yettita tuproq tiplari ajratiladi; Б - о ‘tuvchi tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari; С - anormal (meyoriy bolmagan) tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari ajratiladi. V.V.Dokuchayevning tuproqlar tasnifi, uning shogirdi N.M.Sibirsev tomonidan rivojlantirildi. N.M.Sibirsev barcha tuproqlami zonal, intrazonal va azonal kabi tuproq sinflariga bo‘lishni tavsiya etadi. Bu tasnifdagi tuproq sinflari ham tiplarga, tipchalarga va guruhlarga ajratiladi. V.V.Dokuchayev va N.M.Sibirsevlaming genetik tasnifi hozirga qadar o‘z mohiyatini yo‘qotmagan va jahonning barcha mamlakatlarida qabul qilingan hamda shu asosda qator yangi tasniflar ishlab chiqilgan. Tuproqlami tasniflash muammolari mashhur tuproqshunoslar: P.S.Kossovich (1910), K.D.Glinka (1925), S.S.Neustruev (1925), K.K.Gedroys (1927) va keyinchalik Ye.N.Ivanova va N.N.Rozov, I.P.Gerasimov, A.A.Zavalishina va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi va yangi tasnifni ishlab chiqishda S.A.Shuvalov, N.V.Kimberg, B.V.Gorbunov va A.Z.Genusovlarning ham xizmatlari katta boidi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligining yanada rivojlanishi, vatanimizning yer fondlarini atroflicha o‘rganish, har bir xo’jalik uchun mukammal tuproq xaritalari hamda yagona umumdavlat yer kadastrini tuzish vazifalarini qo‘yadi. Bu yangi vazifalar tuproqni tasniflash masalalarini qayta ko‘rib chiqish va yangi tasnif ishlab chiqish masalasini qo‘ydi. Tuproqshunos olimlarimizning ko‘p yillik izlanishlari, tajribalari natijasida 1967 yilda tuproqlaming yangi tasnifiga taalluqli „Tuproqlami tasnifi va diagnostikasi”ga doir qoilanma nashr etildi, keyinchalik esa 1977 yilda nashr etilgan ,,MDH tuproqlarining tasnifi va diagnostikasi” qoilanmasida tasniflashning yangi tizimi berildi. Unda MDH dagi 80 ga yaqin tuproq tiplarining taksonomik (tuproq taksonomiyasi - turli tuproqlaming guruhlarga boiinish birliklari tizimi) birliklari asosida bo‘linishi va tashxisi diagnostikasi berilgan. Qo’llanmada tuproqlar genetik tiplarining ro‘yxati, tuproq tiplarining ancha kichik taksonomik birliklari, tuproq tipchalarining fatsial (iqlim sharoitiga ko‘ra) bo‘linishi va tuproqlar tashxis belgilarining qisqacha tavsifi yoritilgan. Tuproq tasnifini o‘rganishning qulay bo‘lishi uchun qo‘llanmada har bir tuproq tipining qaysi genetik qator va ekologik - genetik sinfga kirishi ko‘rsatilgan. Bu yangi tasnifda ham tuproqning genetik tiplari asos qilib olingan. Download 159.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling