7 mavzu. Tuproqlar tasnifi, turlari va tuproq unumdorligi reja tuproqlarni tasniflash. Tuproq unumdorligini elеmеntlari


Download 159.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi159.93 Kb.
#1526567
1   2   3   4
Bog'liq
7 MAVZU (2)

2.3. Tuproq unumdorligi 
V.R. Vilyams (1939) bo‘yicha unumdorlik deganda tuproqning o‘simliklami suv va oziq 
elementlar bilan bir vaqtning o‘zida, uzluksiz ta’minlab tura olish qobiliyati tushuniladi.
Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida tuproqda kechadigan ko‘plab 
kimyoviy, fizik va biologik jarayonlarga bog’liq. Unumdor tuproq o‘simliklarni zarur oziq 
moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olishi, mo‘tadil reaksiyaga ega bo’lishi, har xil zararli 
moddalar saqlashi zarur. Buning uchun tuproqning suv-fizik xossalari va tartiblari, ozuqa va tuz 
tartiblari, tuproqda kechadigan biokimyoviy, oksidlanish jarayonlari qulay bo‘lishi kerak.
Insonlar yerdan uzoq muddat foydalanganda tuproqda kechadigan tabiiy jarayonlar, 
jumladan tuproqning qator xossalari va tartiblari o‘zgarib, yangi madaniy tuproqlar paydo bo‘ladi.
Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar 
tomonidan tuproqning tabiiy xossalarini o‘zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirilishi 
deyiladi.
Tuproqlami madaniy lashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlar tizimi, ekinlardan barqaror 
va muttasil yuqori hosil olishni ta minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi. 
Tuproqlami madaniylashtirishda biologik, kimyoviy va fizikaviy usullardan foydalaniladi.
Biologik usul tuproqda gumus va azotning ko‘proq to‘planishiga imkon beradigan 
tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Shu maqsadda ko‘p yillik o‘tlar ekiladi va mahalliy organik 
o‘g‘itlardan foydalaniladi.
Kimyoviy usul yerga mineral o‘g‘itlar solish yo‘li bilan tuproqda o‘simliklar uchun zarur 
va tez o‘tadigan oziq elementlari miqdorini ko‘paytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalarini 
yaxshilashga qaratiladi.
Fizikaviy usullarga fizik-mexanikaviy va meliorativ tadbirlarni qo‘llash, ya’ni yemi 
ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihatdan qimmatli tuzilma yaratish, tuproqning suv-fizik, 
issiqlik xossalari va tartiblarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Tuproq qanchalik madaniylashtirilmasin sun’iy unumdorlik bilan bir qatorda, doim tabiiy 
unumdorlikka ham ega bo'ladi. Demak, bu har ikkala unumdorlik turlari bir-biri bilan bog‘liq. 
Yerlar qanchalik uzoq muddatda foydalanilib, uning madaniy holati yaxshi lanib, yuqori 
agrotexnik tadbirlar qo‘llanilsa, tuproqning sun’iy unumdorligi ham yuqori bo‘ladi, Madaniy 
o‘simliklar tomonidan tabiiy va sun’iy unumdorliklar foydalanilganda, bular haqiqiy samarali 
unumdorlikka aylanadi. Bundan tashqari samarali unumdorlik tabiiyga nisbatan ancha yuqori 
bo‘lib, insonlarning yerga sarflanadigan mehnati va moddiy mablag’ sarfiga bog‘liq.
Yo‘naltirilgan holda madaniy tuproqlaming yaratilish jarayonlari o‘z navbatida tuproq 
unumdorligining muayyan darajasi (modeli)ni yuzaga keltirish imkonini beradi. Tuproq 
unumdorligi modeli deganda, ekinlardan ma’lum darajadagi hosilni olish uchun zarur shart-
sharoitlarga javob beradigan va agronomik nuqtayi nazardan ahamiyatga ega bo‘lgan tuproq 
xossalari yig‘indisi tushuniladi.
Tuproq xossalarining optimal parametrlari asosida unumdorlik modellari tuziladi. Mexanik 
tarkibi va gumus miqdori tuproqning barcha muhim agronomik xossalari va tartibiga ta’sir etadi.
Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilmaxildir. Tuproqqa maqbul 
darajada ishlov berish, o‘g‘it!ar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish


yerdan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etish, tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari 
tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi.
Tuproqqa ishlov berishning asosiy maqsadi, uning suv-havo va ozuqa tartiblarini 
muvofiqlashtirishga qaratilgan. Ishlov berishning 62 maqbul turlardan foydalanishda tuproqning 
gumusli qatlami qalinligi, tuproqni haydalma osti qatlamlarining xususiyatlari, mexanik tarkibi, 
har xil tuz saqlaydigan qatlamning joylashuv chuqurligi va boshqa xususiyatlarga e’tibor beriladi. 
Tuproqdagi o‘simlikka o‘tuvchi, harakatchan shakldagi oziq moddalar miqdoriga ko‘ra mineral 
o‘g‘itlar meyorlari aniqlanadi. Organik o‘g‘itlardan foydalanilayotganda ham tuproqning gumusli 
holati xossalari e’tiborga olinadi.
Tuproqning tuz tartibi va suv-fizik xossalarini e’tiborga olmaslik sug'orma yerlarning qayta 
sho‘rlanishiga yoki botqoqlanishiga sabab boiadi.
Ekinlarni joylashtirayotganda tuproqning sho‘rlanish, sho‘rtoblanish hamda eroziyalanish 
darajasi, joyning relyef sharoitlari katta ahamiyatga ega, chunki bu omillar tuproq 
unumdorligining ko‘plab shart-sharoitlarini belgilaydi.
Almashlab ekish joriy etilmagan va faqat mineral o‘g‘itlar solinadigan dalalarda, 
tuproqdagi gumus va oziq moddalar miqdori keskin kamayib, tuzilma holati yomonlashadi hamda 
unumdorligi pasayadi.
Ma’lumki, har yili bir tonna paxta hosili olish uchun 300-400 kg miqdorda gumus 
sarflanadi. Buning o£mini qoplash uchun esa gektariga 20 tonna go‘ng yoki boshqa organik 
o‘g‘itlar solish kerak boiadi.
Markaziy Osiyoning bo‘z va o‘tloq tuproqlaming 0,4 m li qatlamida unumdorligi yuqori 
tuproqlarda 70 t/ga dan ko‘p, o‘rtacha unumdor tuproqlarda 50-60 t/ga, kam unumdor tuproqlarda 
40 t/ga dan oz gumus bo’ladi.
Tuproq bonitetini bir darajaga oshirish uchun gumusning umumiy miqdorini gektariga 10-
15 tonnaga ko‘paytirish talab qilinadi, buning uchun esa gektariga 200-300 t go‘ng yoki 150-2001 
boshqa organik o’g‘itlar kerak boiadi. Beda almashlab ekishni joriy qilmasdan bu vazifani amalda 
hal qilib boimaydi.
Gumus qoramtir tusi bilan ajralib turadi va tuproqning eng muhim qismi hisoblanadi. 
Tuproqning unumdorligi gumusga bog‘- liqdir.
Gumus borligidan tuproqning ustki qavati qoramtirroq boiib, pastki qavatlardan ancha 
yaqqol ajralib turadi. Tuproqning ustki qavati tashqi ko‘rinishi jihatidangina emas, kimyoviy 
tarkibi va o‘zida tarmoq otgan o‘simlik ildizlarining ko‘pligi bilan ham farq qiladi. Tuproqning 
gumusli ustki qavatini tuproqning chirindili qatlami deyiladi.
Tuproqning chuqurroq qavatida gumus aytarii ko‘p boimaydi, biroq bu qavatda eruvchan 
moddalaming yuvilib ketganini ko‘rsatuvchi belgilar bir qadar yaqqol ko‘rinadi. Tuproqning ana 
shu qavatini yuvilish qatlami deyiladi.
Tuproqning yanada chuqurroq qavati - uchinchi qatlami shu bilan ajraladiki, unda birinchi 
va ikkinchi qatlamlardan yuvilib tushgan moddalar to‘planadi, shuning uchun uchinchi qatlamni 
yuvindilaming to‘planish qatlami deb atasa boiadi.
Uchinchi qatlamning ostida ona jins yoki tub jins boiadi, uni tuproq osti qavati (podpochva) deb 
ham ataydilar. Hatto bir tipdagi tuproqda ham uchchala gorizontdan har birining qalinligi 
turlicha boia oladi. Qatlamlaming qalinligi odatda santimetr bilan oichanadi.

Download 159.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling