Glossariy Soliqlarning fiskal funksiyasi


Download 8.97 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi8.97 Kb.
#1832425
Bog'liq
5 soliq va soliqqa tortish


Glossariy
Soliqlarning fiskal funksiyasi - fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish
Soliq subyekti - soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar
Soliq agenti - yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar.
Soliq obyekti - soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi.
Soliq bazasi - soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori.
Soliq stavkasi - obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir.
Soliq imtiyozlari - soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin.
Soliq yuki - soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi.
To‘g‘ri soliqlar - to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi,
Egri soliqlar - huquqiy to‘lovchilari mahsulot yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin soliq og‘irligini haqiqatan ham budjetga to‘lovchilari tovarni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.
Soliq auditi - bu yuqori darajada riskka tushgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama o‘rganish hisoblanib, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash xavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq to‘lovchilarga nisbatan o‘tkaziladi. Tanlab olingan soliq to‘lovchilarda soliq auditi barcha soliq va yig‘imlar bo‘yicha, shuningdek bitta yoki bir nechta soliqlar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Soliq to‘lovchining muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarning hisoblanishi hamda to‘lanishining to‘g‘riligini tekshirish maqsadida, uning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlari o‘rganiladi va taqqoslanadi.
Sayyor soliq tekshiruvi - soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshiradi.
Kameral soliq tekshiruvi - soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa maʼlumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvidir.
Download 8.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling