Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat. Reja. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi Kimyoviy muvozanat
Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat.
REJA.
1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi
2. Kimyoviy muvozanat.
3. Kataliz.
Xulosa.
Tayanch iboralar: Kimyoviy kinetika, tezlik, faktorlar, koncentratsiya, vaqt katalizator, aktivlanish energiyasi Vant-Goff qoidasi, temperatura koeffitsienti, qaytar va kaytmas jarayonlar, kimyoviy muvozanat, Le-Shatele prinsipi, geterogen, gomogen jarayonlar, adsorbciya, absorbciya, desorbciya.
1. Kimyoviy reaksiyalar tezligi
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi haqidagi ta’limot kimyoviy kinetika deyiladi .
Reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar koncentratsiyasining vaqt birligi ichida o‘zgarishi bilan o‘lchanadi.
ν = mol/l
Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi faktorlar: reaksiyaga kirishuvchi moddalar koncentratsiyasi, temperatura va katalizator
Reaksiyaga ta’sir etuvchi moddalar koncentratsiyasining reaksiya tezligiga ta’siri. Massalar ta’siri qonuni.(1867 yil).
Kimyoviy reaksiyaning tezligi o‘zgarmas temperaturada reaksiyaga kirishuvchi moddalar koncentratsiyalarining ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporcional.
M: A+V=AV ν =k[A][V]
Agar A va V moddalar koncentratsiyasi birga teng, ya’ni [A]=[V]=1 bo‘lsa u holda ν =k bo‘ladi. Demak, kimyoviy reaksiya tezligining konstantasi reaksiyaga kirishuvchi har qaysi moddaning koncentratsiyasi 1 mol/l bo‘lganda reaksiya tezligiga son jixatidan teng.
M: 1) H2+I2=2HI ν =k[H2][I2]
2) 2H2+O2=2H2O ν =k[H2]2[O2]
Do'stlaringiz bilan baham: |