7 mavzu. Tuproqlar tasnifi, turlari va tuproq unumdorligi reja tuproqlarni tasniflash. Tuproq unumdorligini elеmеntlari
Download 159.93 Kb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Taksonomiya
Tuproq taksonomiyasi. Tuproq tipi asosiy taksonmik birlik. Har qanday boshqa tabiiy
obyektlar singari, tuproqlarni tizimli ravishda ta’riflash va o‘rganishda tadqiqot ko'lamiga bog’liq bo‘lgan u yoki bu obyektni qanday darajada aniqlashga erishishni oldindan belgilash zarur. „Tuproq” so‘ziga yana nimanidir, ya’ni ushbu holatda aynan qanday tuproq ekanligini belgilaydigan qandaydir tushunchani qo‘shish lozim. Tuproq tizimining ushbu vazifasi taksonomik birliklar tizimi yoki bilish (ко4rib chiqish) darajasi yordamida yechiladi. „Taksonomiya” so’zi grekcha „taxis” - tuzilma, tartib yoki lotincha „takso” - baholayman va „nomos” - qonun demakdir. Taksonomik birliklar (taksonlar)- bu qandaydir obyektlar tizimida sinf, daraja yoki o’mini ko’rsatadigan, ulaming batafsillik yoki aniqlik darajasini belgilaydigan, tasniflash yoki tartibga solish birliklaridir. Tuproqshunoslikda taksonomik birliklar - tabiatda mavjud tuproq guruhini tasvirlaydigan, ketma-ketlikda bir-biriga teng tobe bo’lgan (bo’ysunilgan) tizimli toifalaridir. Hozirgi zamon taksonomiyasining negizida tuproq tipi to’g’risidagi Dokuchayevning ta’limoti yotadi, keyinchalik bu tuproq tipi va tuproq paydo bo’lish jarayonining tipi haqidagi ta’limotlarda o’z rivojini topgan. Tip - deyarli bir xildagi tuproq paydo bo‘lish jarayonlari kechadigan hamda o’xshash tabiiy - geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan aniq tuproqlardir. Tuproq tiplarining eng muhim belgilari: 1) tuproqda to’planadigan organik moddalar va ular parchalanish, o’zgarish jarayonlarining deyarli bir xil bo’lishi; 2) tuproqdagi mineral va organik-mineral moddalar sintezidagi jarayonlarning bir xilligi; 3) moddalar migratsiyasi; 4) tuproq kesmasi tuzilishining bir xilda bo’lishi hamda 5) tuproq unumdorligini oshirish va saqlab qolishga qaratilgan tadbirlaming yagona yo'nalishda olib borilishi kabilar hisoblanadi. Tabiiy sharoitga bog’liq boigan tuproqning ichki asosiy xossalariga qarab tiplar odatda ekologik-genetik sinflarga birlashtiriladi. Ana shunday xossalarga tuproqning issiqlik tartibi, tuproq paydo boiishining bioenergetik xususiyatlari va atmosfera yoginlariga ko‘ra tuproq - suv tartibining o‘zgarishi singarilar kiradi. Tuproqning ekologik - genetik sinflari bilan dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligining o‘ziga xos geografik xususiyatlari bog‘liq boiadi. Har bir ekologik - geografik tiplar sinfidagi tuproqlar 4 ta genetik qator (avtomorf, yarimgidromorf, gidromorf, qayirallyuvial)ga boiinadi. Tuproqlaming gidrologiyasiga asoslangan bu qatorlar qishloq xo‘jaligida tuproqlardan samarali foydalanishda katta amaliy ahamiyatga ega. Hozir O’zbekistonda tuproqlaming 22 tiplari va 59 tipchalari (B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, 1962) ajratilgan. Ulaming ba'zilari avvaldan ma’lum va yaxshi o‘rganilgan bo’lsa- da, ayrimlari kam tadqiq qilingan. Tuproqlar tizimi i tartibida tuproq tipidan quyi (past) boigan taksonomik birliklar: tipcha, avlod (rod), tur, xil va razryadlar ham ajratiladi. Tipcha - tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik boiib, asosiy hamda qo‘shimcha tuproq paydo qiluvchi jarayonlaming borishida ayrim sifatiy farqlar bilan xarakterlanadi. Tipchalarga boiayotganda tuproq paydo qiluvchi jarayonlaming zonal (shimoldan janubga qarab) o‘zgarishi bilan birga fatsial (sharqdan g‘arbga qarab) o‘zgarishi ham e’tiborga olinadi. Masalan, g‘arbdan sharqqa borgan sari tuproqning issiqlik, suv tartibi keskin o'zgaradi va bu o‘z navbatida tuproqning agronomik xossalariga ta’sir qiladi hamda ekinlarning turlarini tanlab ekishni va maxsus agrotexnikani qoilashni taqozo etadi. Avlod - tipchalar orasida tuproq guruhlarini o‘ziga birlashtiradi. Tuproqlaming genetik xususiyatlari ko‘plab mahalliy sharoitlaming tuproq paydo boiish jarayonlariga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ona jinslarning tuzilishi va xossalari, sizot suvlarining kimyoviy tarkibi kabi omillar natijasida tuproqlarda sho‘rxoklanish, sho‘rtoblanish va karbonatlanish singari jarayonlarning borishi ro‘y beradi. Tur - avlodlar orasida ajratiladigan tuproq guruhlari boiib, tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga ko'ra ajratiladi. Masalan, podzollanish jarayonlarida gumus to'planishining jadalligi va uning chuquriigi, sho‘rlanish, eroziyalanish darajasi singarilar turlami belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Demak, tur tuproq paydo boiish jarayonining miqdor jihatlarini aks ettiradi. Masalan, o‘rtacha va kam gumusli oddiy qora tuproq atamasida avlod ifodalangan. Download 159.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling