7-Ma'ruza. Elektr energetik tizimlarida avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv. Reja: Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi deganda nimani tushunasiz? Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining vazifasi
Download 173.86 Kb.
|
7-Ma`ruza
7-Ma'ruza. Elektr energetik tizimlarida avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv. Reja: Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi deganda nimani tushunasiz? Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining vazifasi. Elektr stansiya agregatlari hamda elektr stansiyalar aro aktiv quvvatni tejamli taqsimlash prinsipi nimadan iborat? Energosistemada chastota va aktiv quvvatni avtomatik rostlashda EXMning vazifasi nimadan iborat?Energotizimning dispetcherlik boshqaruvida elektr tarmoqlari bilan qamrab olingan butun xududda tizimning holati va rejimi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, o‘zgartirish, uzatish, qayta ishlash va aks ettirish; tizim tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr va issiqlik energiyalari bilan ishonchli va kam xarajatlarda ta’minlash ishlarini bajarish maqsadida yig‘ilgan ma’lumotlar asosida boshqarish komandalarini uzatish va amalga oshirish ishlari bajariladi. Bu ishlar ierarxik tartibda qurilgan inson-mashina tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunday tizim avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi (ADBT) deb yuritiladi. Birlashgan va alohida energotizimlar darajasida ADBTning asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib tezkor-informatsion boshqaruv majmuasi (TIBM) hisoblanadi. TIBM yordamida dispetcher boshqariluvchi energotizimning joriy holati (sxemasi, holati, boshqaruv vositalari)ni nazorat qilish, o‘tgan jarayonlarni tahlil qilish, istiqbolli holatlarni baholash kabi ishlarni amalga oshiradi. Umumiy holda tizimiy TIBM ning tuzilmasi 11.3- rasmda tasvirlangan.Telema’lumotlarni kiritish nusxalangan markaziy qabul qilish – uzatish stansiyalari (MQUS)da amalga oshiriladi.Mikroprotsessorli MQUS telemexanika qurilmalari va boshqa MQUSlar orasida telema’lumotlar almashinuvi, dispetcherlik shchiti (DSH)ni boshqarish hamda telema’lumotlarni real vaqt jarayonida (ON LINE rejimida) qayta ishlash va boshqa siklik vazifalarni, jumladan FS fayl-serverlarda real vaqt ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlarini, bajarish uchun xizmat qiluvchi ikkita PEHMlarning biri (B) bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. TIBM tarkibiga kiruvchi barcha PEHM Ethernet (LAN) lokal tarmog‘i bilan birlashtiriladi va ular quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: - turli vazifalarni bajaruvchi serverlarni o‘z ichiga oluvchi (odatda EHM zalida joylashtiriluvchi) tizim PEHMlari; - dispetcherlar, muhandis-texnologlar va boshqalarning avtomatlashtirilgan ish joylarini o‘z ichiga oluvchi foydalanuvchilar PEHMlari.Download 173.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling