7-Ma'ruza. Elektr energetik tizimlarida avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv. Reja: Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi deganda nimani tushunasiz? Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining vazifasi


Download 173.86 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi173.86 Kb.
#1186525
1   2   3   4
Bog'liq
7-Ma`ruza

Tizim guruhining zarur bo‘lgan minimal tarkibi yuqorida eslatib o‘tilgan PEHM-ko‘priklar B va dasturlarning asosiy hajmi hamda ma’lumotlar bazasi BD ni saqlash uchun ikkita o‘zaro bir-birini takrorlovchi fayl-serverlar FS ni o‘z ichiga olishi zarur. B va FS lardan tashqari bu guruhning tarkibiga boshqa boshqarish darajalaridagi TIBMlar bilan ulanuvchi telefon va telegraf a’loqa kanallari orqali ishlab chiqarish – texnologik ma’lumotlar almashinuvini ta’minlovchi kommunikatsion serverlar KK ham kirishi lozim. Bulardan tashqari tizim guruhiga lokal tarmoqqa bevosita yoki print-server orqali ulanuvchi tarmoq printerlari ham kiritiladi. Taraqqiy etish jarayonida serverlar soni oshib borishi shart. Masalan, ma’lumotlar bazasini funksional vazifalari bo‘yicha (tezkor-dispetcherlik, ishlab chiqarish-statistik, tijoriy ma’lumotlar va boshqalar) taqsimlash uchun bir nechta juft FS larni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Reglamentanmagan ma’lumotlar almashinuvi uchun pochta serveri Em o‘rnatilishi mumkin. Tizim guruhiga dispetcherlik suhbatlarini qayd etuvchi serverlar (masalan, EXO+ tipidagi); nutqiy ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash uchun nutq pochtasi serveri Vm; siklik hisoblashlarni amalga oshirish serverlari; eng muhim dastur va ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun xizmat qiluvchi arxiv serverlari kabilar kiritilishi mumkin.

Generator yuklanishi kamayganda statizm chulg`amidagi tok va MYUKlar ham kamayadi. Buning oqibatida 1AL va 2AL kuchaytirgichlarining muvozanati tiklash uchun U2 va U1 boshqarish chulg`amlarining MYUKlar ayirmasi kamroq qiymatga ega bo`lsa ham bo`ladi, ya`ni U2 boshqarish chulg`amidagi tok ham kamroq bo`lishi mumkin. Bu esa chastota ƒ dastlabki qiymatdan bir oz kattaroq bo`lganda. Ya`ni generatorning kamroq quvvatiga yuqoriroq chastota mos kelyapti. Bu degani, rostlagich tavsifi haqiqatdan ham statik ko`rinishga egadir. Potensiometr rp-da o`rnatgich joyini o`zgartirish hisobiga 3T transformatoriga beriladigan kuchlanishning qiymatini va ishorasini o`zgartirish mumkin. Bunda transformatorning ikkilamchi kuchlanishi o`zgarishi hisobiga 1VS va 2VS to`g`rilovchi ko`prikchalarga beriladigan kuchlanishlarning o`zaro nisbatini o`zgartirish mumkin. Bu o`zgarishni rostlagich generator yuklanishining o`zgarishi kabi qabul qiladi va uning chastotasini o`zgartiradi. Bunda rostlagich tavsifi o`zi-o`ziga parallel joyini o`zgartiradi. Potensiometr o`rnatgichining joylashuvini tezlikni o`zgartirish dvigateli yordamida masofadan boshqarish mumkin.


Download 173.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling