7-Ma'ruza. Elektr energetik tizimlarida avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv. Reja: Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi deganda nimani tushunasiz? Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining vazifasi


Download 173.86 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi173.86 Kb.
#1186525
1   2   3   4
Bog'liq
7-Ma`ruza

Energosistemada chastotani rostlashda bir nechta generatorlar ishtirok etadi. Ular orasida quvvatni taqsimlash mahsus algoritmlar yordamida bajariladi, masalan, ulushiy statizm usuli bo`yicha. Bu usulni yuqoridagi sxemada bajarish uchun, S2 statizm chulg`amlariga (ular S1 statizm chulg`amlaridan farq qilmaydi) EXM yordamida generator uchun belgilangan, quvvatga proporsional qarshi kuchlanish beriladi. Bunda rostlashning o`tkinchi jarayoni chastota EXM belgilagan qiymatdan farq qilmaganda, ya`ni chastota og`ishi Df=0 bo`lib, har bir generator unga belgilangan sistema quvvatining ulushini olganda tugaydi. Energosistemada ishlab chiqarilayotgan va iste`mol qilinayotgan quvvatlar balansi tiklanganda Df nolga teng bo`ladi. Shunda U1 va U2 boshqarish chulg`amlaridagi toklar va MYUKlar tenglashadilar. Generator quvvati unga belgilangan sistema quvvatining ulushiga teng bo`lganda, S1 va S2 statizm chulg`amlaridagi toklar va MYUKlar ham tenglashadilar. Natijada 1AL va 2AL magnit kuchaytirgichlarning o`zaklar to`yinishi bir xil darajada bo`lib, YOS va OS solenoidlaridagi toklar ham tenglashadi.

2-chi nuqta transformator T ikkilamchi chulg`amining o`rtasida joylashganligi sababli U12 va U23 biri biriga tengdir. Bu transformator ta`minoti generator chiqishidagi TV kuchlanish transformatoridan olingan, shuning uchun (b) rasmda ko`rsatilgan diagrammadagi kuchlanishlar generator kuchlanishiga proporsionaldir: U12 = U23 = K1Ug. Generator zanjiridagi TA tok transformatoridan J toki R qarshiligiga beriladi. J tokining vektori generator kuchlanishidan j burchagiga orqadadir. J toki R qarshiligida u bilan faza bo`yicha bir xil kuchlanish tushuvi K2J hosil qiladi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, bu kuchlanish 2 va 4 nuqtalari orasidagi kuchlanishdir. 1 va 4 nuqtalari orasidagi kuchlanish U14 to`yinuvchan drosselь 1Dga, 3 va 4 nuqtalari orasidagi kuchlanish U34 drosselь 2Dga beriladi. Trigonometriya formulalariga asosan:


Download 173.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling