1- seminar mashg‘uloti Mavzu


Download 22.73 Kb.
bet4/4
Sana07.02.2023
Hajmi22.73 Kb.
#1175861
1   2   3   4
Bog'liq
1-seminar mashguloti (1)

Deduksiya va induksiya tadqiqot ob’ektini o’rganishda mantiqiy xulosalashda o’ziga xos «tahlil va sintez» hisoblanadi. Deduksiya umumiydan xususiyga bo’lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. Bu usul matematika va mexanikada umumiy qonunlar yoki aksiomalarda xususiy bog’liqliklar chiqarilayotganda keng qo’llaniladi. Deduksiyaga qarama-qarshi bo’lib induksiya hisoblanadi. Bu mantiqiy xulosalash xususiydan umumiyga tomon amalga oshadi. Bu ikki usul ham tahlil va sintez usullari singari ilmiy-tadqiqotda bir-biri bilan bog’liq va bir-birini to’ldiradi.
Empirik va nazariy tadqiqotlarda yuqorida ko’rib o’tilgan usullardan tashqari abstraktlashtirish usuli ham keng qo’llanadi. Bu usulning mohiyati shundaki, tadqiq etilayotgan ob’ektning ahamiyatsiz tomonlari, qismlaridan ajratib olishdan iboratdir, bu uning mohiyatini ochib beruvchi xossalarini ajratish maqsadida qilinadi.
Abstraksiyalash yordamida boshqa hodisa kontekstidan fikran ajratilgan fikrlashning umumlashtirilgan natijalari shakllanadi, bu ular o’zaro bog’liqligini kuzatishga imkon beradi.Abstrakt fikrlash ijodiy yondashishning zaruriy shartlaridandir.
Matematik abstraktlash ilmiy-tadqiqot — formallashtirish usulining asosi hisoblanadi. Mazkur holda ob’ektning e’tiborli tomonlari (xossasi, belgisi, bog’liqligi) matematik termin va tenglamalarda ifodalanadi, bular bilan keyinchalik ma’lum qoida bo’yicha amallar bajariladi.
Ilmiy bilishda ko’pincha modellashtirish usuli qo’llaniladi. Buning mohiyati tadqiqot ob’ekti (asli)ni uning asosiy xossalarini ifodalovchi sun’iy sistema (model) bilan almashtirishdan iboratdir.
Nazariy tadqiqot ko’pincha mavhumdan konkretga borish usuliga asoslanadi. Mazkur holda bilish jarayoni ikki nisbatan mustaqil bosqichga ajraladi.
Birinchi bosqichda konkretdan uning abstrakt ifodalangan haqiqiysiga o’tiladi. Tadqiqot ob’ekti qismlarga ajratiladi va ko’plab tushuncha va mulohazalar yordamida tavsiflanadi, ya’ni u fikriy qayd etilgan mavhumlar majmuiga aylanadi. Bu — abstraksiya darajasida tadqiqot ob’ektining tahlilidir.
Fan metodologiyasi ilmiy tadqiqotning tuzilishi, mantiqiy tashkiloti, metodlari, vositalari, usullari va algoritmlarini tadqiq qiladi, ilmiy bilish jarayonida ijodiy faollikniig ko’p qirrali tomonlarini o’rganadi va hozirgi zamon postklas­sik falsafa fanining muhim elementi hisoblanadi.
Metodolo­giya ijodiy ilmiy tadqiqot faoliyatining falsafiy negizlari haqidagi tasavvurlar majmuini qamrab oladi, bilimning ijo­diy tashkilotining ichki mexanizmini va harakat mantig’ini ko’rib chiqadi.
Kreativlikni, ya’ni bilish sub’ektining ham tabiatni, ham ijtimoiy tartibni, odamlarning ijodiy faoliyati jarayonida sivilizatsiya madaniyatini sifat jihatidan o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ijodiy yaratuvchi qobiliyatini o‘rganish ilmiy bilish­ning hozirgi zamon falsafiy epistemologiyasining muhim jihatlaridan biridir.
Hozirgi zamon ilmiy ijod epistemologiyasi bilishda ijod­ning faoliyat ko’rsatish va rivojlanish mexanizmini, ilmiy tasavvurlar va nazariyalarning vorisiylik va almashish qonunlarini, ilmiy ijodga nisbatan har bir tarixiy davrda mavjud stereotiplar, paradigmalar, yondashuvlarni, postklassik, postmodernistik sivilizatsiyaning «uchinchi to’lqini» (E. Toffler, S. Xantington), hozirgi zamon postindustrial axborot jamiyati sharoitlarida rivojlanayotgan hozirgi za­mon ilmiy bilishining metodologik xususiyatlarini ochib berishga harakat qiladi.
Topshiriqlar:
1.Turli muhitda yashaydigan, o‘sadigan bir turga mansub bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining morfologik jihatlari bo‘yicha farqli tamonlarini yuqorida ko’rsatilgan biologik tadqiqot usullari yordamidaaniqlash.
2. Suv muhiti omillariga organizmlarning moslanish belgilarini o’rganish.
3. Chuchuk suv xavzasining biotsenozlari va suv havzasining moddalar aylanishi haqida ma’lumotlar to’plash.
4.Bajargantopshiriqlaringiznidaftarhamdaalbomingizga tushuring.
IZOH:Ushbuberilgantopshiriqlarharbirtalabauchunalohidatopshiriqhisoblanadi.


Adabiyotlar ro‘yxati:

      1. «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Toshkent, 2002 y. 20 fevral.

      2. Каримов А.З. Лекции по методологии научного исследования в сфере права. -Т.: Зиё, 2003, 176 с.

      3. Перегудов Л.В., Саидов М.Х., Аликулов Д.Е. Илмий ижод методологияси. – Тошкент, “Молия” нашриёти, 2002.

Download 22.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling