Ona tili 5 – sinf
1- сhorak
1. Qaysi qatorda hajm – o’lchovni ifodalovchi so’zlar berilgan?
A) Katta, kichik, uzun B) Shirin, achchiq, qisqa
C) yashil, mazali, nordon D) Katta, shirin, mazali
2.Egalik qo’shimchasi qo’shilganda bir –y tovushi qo’shib aytiladigan
va yoziladigan so’zlar qatorini aniqlang.
A) Sinf, xona,uy B) Obro’, avzo, parvo C) Hikoya, asar, ertak D) Obod,oila,ona
3. Berilgan gapni to’ldiring. “Xamsa” Alisher Navoiyning … asarlaridan
A) Katta B) Eng birinchi C) Uzun D) Keng
4. “Oftob yaxshimi, odob yaxshimi?”she’rini kim yozgan?
A) Hamid Olimjon B) Oybek C) Po’lat Mo’min D)Elbek
5. Shakl- ko’rinishni bildiruvchi sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A) Ko’rkam,bino,shahar B)Chiroyli,tekis,imzo C) Novcha, past, hashamatli D) Ko’cha, baland, keldi
6.Nuqtalar o’rnini to’ldiring. … ko’chani kesib o’tayotganda ehtiyot bo’ling.
A) Kichik B) Novcha C) Katta D) Uzun
7. Dona sonlar sanoq sonlarga -… qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi.
A) -tadan B) –da.. C) - ta D) - tacha
8.O’tgan zamon aniq fe’li qaysi qatorda berilgan?
A) O’qidik, yozdim, bordim B) O’qiyapmiz, boryapmiz, yozyapmiz
C)Sakramagan, dam olgan edi D) Olib kelmagan, yozmagan
9. Qaysi qatordagi so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’yilgan?
A) Xotirada,maydonda,uzoqni B) Ukamning,bog’da,olmani C
) Do’stimga,ukamga,quloqqa D) O’rikka,qushlarni,olib
10. Rang – tusni ifodalovchi so’zlar qatnashgan qatorni toping.
A) Kitobni ko’k javonga qo’ydim B) Mebel do’konida mebel sotiladi.
C) Xona o’rtasida stul turibdi D) Oynaga parda osilgan.
11.Shahrimiz ko’chalari keng va tekis. Gapda sifatning qaysi ma’no turi ishtirok etgan?
12. Abu Nasr Forobiy nechanchi yil va qayerda tug’ilgan?
13. “Iqlim” so`zining to`g`ri tarjimasini yozing?
Do'stlaringiz bilan baham: |