1- sinf husnixat daftarini kuzatish va taqriz yozish
Download 39.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq5.1- sinf husnixat daftarini kuzatish va taqriz yozish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish.
- Darsning maqsadi: Oquvchilami daftarning chiziqlari bilan tanishtirish va nuqtalami koz bilan chamalashga orgatish. Birinchi vazifa.
1- sinf husnixat daftarini kuzatish va taqriz yozish Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish bir muncha murakkab bo'lib, u bir necha davrlarga bo'linadi va bir necha xil vazifalami o'z ichiga oladi. Bolalar o'qituvchining so'zini tinglaydilar doskaga yozgan harf va so'zlarni ko'rib boradilar, ayrim matnlarni ko'chirib yozadilar, so'z va bo'g'inlarni tahlil qiladilar nuqtalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo'yaydilar. Ayrim vaqtlarda o'qituvchi o'quvchilarni yozdirishga boshlashdan oldin to'g'ri o'tirish qoidalarini tushuntirib beradi, ammo dars o'rtalariga borib bu narsa ularning esidan chiqib qoladi, shuning uchun o'qituvchi o'quvchilarga to'g'ri o'tirish qoidalarini eslatib turishi kerak. Tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. Birinchi sinf o'quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to'g'ri olib boorish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak: Partada to'g'ri o'tirishga, ruchkani to'g'ri ushlashga va daftarning holatini to'g'ri tuitishga o'rgatish; O'quvchilarning husnixatga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish; Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o'stiruvchi mashqlarni bajarish; 4. Qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stirish; Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o'quvchilami qora va rangli qalamlar, flomaster hamda yozuv daftari ta'minlash lozim. Birinchi gruppa mashqlari. Darsning maqsadi: O'quvchilami daftarning chiziqlari bilan tanishtirish va nuqtalami ko'z bilan chamalashga o'rgatish. Birinchi vazifa. O'quvchilarga bir xil masofada nuqtalar qo'yishga o'rgatish. Ikkinchi vazifa. O'quvchilarga "Baravar masofa", "Yaqin", "Uzoq" kabi tushunchalami berish. Ikkinchi gruppa mashqlari. Darsning maqsadi: Chiziqlarni qiya shaklida yozilishini ko'rsatish hamda chiziqlar orasidagi masofani to'g'ri topishga o'rgatish. Vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasida qiya tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish. O'qituvchi bu mashqni doskada namuna qilib ko'rsatib beradi. O'quvchilar esa qizil qalamda qiya tayoqchalarni chizadilar. O'quvchilar bir qator yozib bo'lganlaridan so'ng tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi. Agar nuqtalar barovar masofada bo'lsa o'quvchi vazifani to'g'ri bajargan, barovar masofada bo'lmasa, xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. O'quvchilar alifbega -tayyorgarlik davrida ayrim mashqlami bajargan bo'lishlariga qaramay, o'qituvchi navbatdagi darsni quyidagi darsni e'lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini qayta tekshirib chiqishi lozim. Barmoq va qo'l muskullarining harakatin I o'stiruvchi gimnastika mashqlarini o'tkazish. Doskada mashqni yozib ko'rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni tushuntirish. Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish. Partada to'g'ri o'tirish, ruchkani to'g'ri ushlash, daftarni to'g'ri tutish qoidalarini eslatib o'tish. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o'quvchilarning yozuvini muntazam kuzatib borish. Ishning birinchi qismi tugagandan so'ng o'quvchilarning yozuvlarini doskada namuna bilan solishtirib yo'l qo'ygan xatolarini topishga o'rgatish. Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o'quvchilardagi kamchiliklarni yo'qotish. Jismoniy mashq daqiqalarini o'tkazish. Ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlashga o'rgatish. 10.Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish zarur bo'lsa qo'shimcha ko'rsatmalar berish. Alifbe davrida o'quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so'z tuzishga, so'z va gaplarni o'qishga hamda ayrim elementlar harflar ishtirokida so'z va gaplarni yozishga o'rganadilar. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat bo'lishi kerak: Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. Bo'g'in va so'zlarda harflarni qo'shib yozish. Qo'l harakatini uzmay yozishga o'rgatish. Harflaming qiyaligini va enini to'g'ri saqlashga o'rgatish. O'qituvchilar ayrim harflaming elementini noto'g'ri yozayotgan o'quvchilarga shu elementni to'g'ri yozilishini ko'rsatib berishi lozim. Bu davrda o'quvchilarda harflarni to'liq yozmaslik yoki almashtirish yozish kabi xatolami aniqlash mumkin. Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling