1- sinov 2022- 2023–o'quv yili
Download 61.7 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-sinov. 2022-2023-o\'quv yili.
1- sinov 2022- 2023–o'quv yili. 1. Odam irsiyatini o'rganishning qaysi usulida xramasomalar soni va tuzilishi mikroskop yordamida qiyosiy o'rganiladi? A) sitogenetik usul. B) molekular genetek usul. C) biokimyoviy usul. D) taqqoslash usuli 2. Noto'g'ri ma'lumot keltirilgan javobni aniqlang. A) Lola, Zarafshon, Sanzor – shaftoli navlari. B) Omad, Samarqand-3, Yulduz – g'o'za navlari C) Bargi, Umurboqi, Zarmiton – qovun navlari. D) Gultish, Hiloliy, Daroyi – uzum navlari 3. Barglari novdada qarama-qarshi (a), navbat bilan (b), halqasimon (c) joylashgan o‘simliklarni aniqlang. A) a - dalachoy; b - atirgul; c - kiyiko‘t B) a - gazanda; b - nastarin; c - qumrio‘t C) a - marmarak; b - pomidor; c - qirqbo‘g‘im D) a - yalpiz; b - chinnigul; c - qumrio‘t 4. Cho'l toshbaqasi uchun mantiqiy bog'liq bo'lgan tushunchalarni aniqlang. 1) tashqi urug'lanish; 2) uch kamerali yurak; 3) o'rta quloq; 4) uchinchi qovoq; 5) metamarfoz; 6) kloaka A) 1,4,5. B ) 2,3,5. C) 2,3,4. D) 1,2,6 5. Bitta oilaga mansub guli va mevasi o'xshash (a) hamda poya va bargi o'xshash (b) turlarni aniqlang. 1) tok va partenatsissus; 2) liftok va tok; 3) olma va nok; 4) archa va saur; 5) dala va sershox qirqbo'g'im; 6) zuhrasoch va suv qirqqulog'i; 7) lola va boychechak. A) a-1,7; b-4. B) a-2,3; b-5,6. C) a-3,7; b-2,5. D) a-1,3; b-4,7. 6. Tritikale qanday yaratilgan? A) bir-biridan uzoq turlar: bug'doy va bug'doyiq duragayi. B) bir-biriga yaqin turlar: bug'doy va bug'doyiq duragayi C) bir-biridan uzoq turlar: bug'doy va javdar duragayi D) bir-biriga yaqin turlar: bug'doy va javdar duragayi 7. Barg yaprog'i butun (a) va patsimon bo'lingan (b) o'simliklarni aniqlang. A) a- bo'tako'z; b- kungaboqar. B) a- kungaboqar; b- shuvoq. C) a- na'matak; b- qarag'ay. D) a- shuvoq; b- kungaboqar 8. Quyidagi berilgan belgilardan qaysilari ham marvariddorlar, ham chuhuk suv shillig'i uchun hos? A) qon aylanish, nerv va jinsiy sistemasi rivojlangan, nafas a'zosi- jabralar B) qon aylanish sistemasi tutashmagan, yuragi bor, germafradit C) qoni ichki organlari orasidagi bo'shliqqa quyiladi, mantiya va tanasi orasida mantiya bo'shlig'i hosil bo'ladi D) mantiya tashqi tomonidan chig'anoqni hosil qiladi, bosh miyyasi kuchli rivojlangan 9. Taksanomik birlik uchun xos bo'lgan to'liq fikrni toping. A) boshqa taksanomik guruhdan tuzilishi bilan farq qiladigan organizmlar guruhi B) boshqa taksanomik guruhdan tuzilishi bilan o'xshash bo'lgan organizmlar guruhi C) kelib chiqishi jihatidan bir biriga o'xshash turlar yig'indisi D) kelib chiqishi jihatidan ma'lum darajada bir-biriga yaqin va boshqa taksanomik guruhlardan tuzilishi bilan farq qiladigan organizmlar guruhlari 10. Notog'ri fikrni aniqlang. A) ko'rinadigan nurlar o'simliklarda fotosintez jarayonining amalga oshishida katta ahamiyatga ega B) o'simliklarda fotosintez jadalligi yorug'likning to'yinishiga bog'liq, optimal darajadan o'tganda fotosintez sekinlashadi C) shumtol, qarag'ay, eman, paporotnik daraxtlari soyaga chidamli o'simlik hisoblanadi D) tirik organizmdagi fiziologik jarayonlar faolligining yoruq kun uzunligiga bog'liqligi fotoperiodizmdir 11. Organizmlarning jinsiy ko'payishi haqidagi misollarni aniqlang. 1) gidraning kurtaklanishi; 2) baliqlarning uvuldiriq tashlashi; 3) oddiy amyobaning binar bo'linishi; 4) yomg'ir chuvalchangining regeneratsiyasi; 5) dafniyalarda partenogenez; 6) kapalakning zigotadan rivojlanishi; 7) olmani kurtak payvand qilish; A) 4,5,6. B) 2,5,7. C) 2,5,6. D) 1,3,4 12. Quyida keltirilgan ta'riflarni ularga mos keluvchi sutemizuvchi hayvonlar bilan juftlab yozing. a) go'shti uchun ovlanadi; b) in qazib tuproqni yumshatadi; c) jag'ida popukli muguz plastinkalari mavjud; d) oyoqlari kalta, tanasi ingichka A) a- ohu; b- yumronqoziq; c- kashalot; d-latcha. B) a- sayg'oq; b- ko'rsichqon; c- ko'k kit; d- norka C) a-tuvaloq; b-tipratikan; c-oqbiqin delfin; d-tong'iz. D) a-karakatitsa; b-jayra; c-ko'k kit; d-olaqo'zan 13. Nafas olish organlari va ularga hos tuzilish belgilarini juftlang a) hiqildoq; b) burun bo'shlig'i; c) o'pkalar; d) kekirdak; e) bronxlar; f) bo'g'iz 1) ichki devorida tog'aylar o'tasida ovoz paylari joylashgan; 2) ikki qavat plevra bilan qoplangan; 3) suyak va tog'ay to'siq bilan ikkiga ajralgan; 4) unga burun bo'shlig'i, halqum va tamoq yo'li ochiladi; 5) juda ko'p naychalarga shoxlanadi; 6) oldingi devori yarim halqa tog'aydan, orqa devori yumshoq to'qimadan iborat. A) a-1; b-3; c-2; d-6; e-5; f-4. B) a-1; b-3; c-2; d-5; e-6; f-4. C) a-1; b-3; c-2; d-4; e-6; f-5. D) a-3; b-1; c-2; d-6; e-5; f-4 14. Epistaz irsiylanishga xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. 1) fenotipik jihatdan ajralish 9:7, 9:3:3:1, 13:3 nisbatda bo'ladi; 2) ota-onada yo'q belgining avlodlarda namoyan bo'lishi; 3) tovuq tojlari shaklining irsiylanishi; 4) tovuq pati rangining irsiylanishi; 5) to'ti pati rangining irsiylanishi; 6) belgining rivojlanishiga bevosita emas, balki bilvosita ta'sir etuvchi genning ishtirok etishi. A) 1,6. B) 3,5. C) 4,6. D) 5,6 15. Daltonizm va shabko'rlik X-xromosomaga brikkan holda nasldan-naslga o'tadi. Otasi daltonik, onasi shabko'rlik bilan kasallangan sog'lom ayol shabko'rlik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqdi. Bu genlar orasidagi krosongover 40% ni tashkil qiladi. Erkaklarda krosingover kuzatilmaydi. Shu oilada daltonizim bilan kasallangan qiz tug'ilish ehtimolligi qanday? A) 110. B) 0. C) 10. D) 50 16. Yosh bolalarning ovoz paylari uchun xos bo'lgan xususiyatlar? 1) erkaklarnikiga nisbatan kalta; 2) tebranishlar soni kam; 3) erkaklarnikiga nisbatan uzun; 4) ovoz tembri past bo'ladi; 5) tebranishlar soni ko'p bo'ladi; 6) ovoz tembri baland bo'ladi A) 1,5,6. B) 1,2,4. C) 2,3,5. D) 2,3,4 17. Yagona quruqlik- Pangeyani ikki qismga ajralish davrida ... . A) kordaitlar paydo bo'lgan. B) birinchi sutemizuvchi hayvonlar paydo bo'lgan C) arxeopterikslar paydo bo'lgan. D) yo'ldoshli sutemizuvchilar paydo bo'lgan 18. Ulotriksning jinssiz ko'payishi (a), laminariyaning jinssiz ko'payishi(b) ... yordamida amalga oshadi. A) a- zoospora; b- gameta. B) a- gameta; b- zoospora C) a- zoospora; b- zoospora. D) a- gameta; b- gameta 19. Ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarni toping. a) toshbaqa; b) planariya; c) omar; d) langust; e) bitiniya; f) perlovitsa g) midiya; h) leshmaniya A) a,b,c,d. B) a,b,f,g. C) a,c,d,h. D) a,b,f,d 20. Ma'lum bir organizmni embrional davrining maydalanish bosqichida 5 martta meridianal bo'linish sodir bo'lgandan so'ng jami hujayralardagi autosomalar bilan jinsiy xromosomalar sonidagi farq 10752 tani tashkil qilsa, u holda 4-meridianal bo'linish sodir bo'lgandan keyingi jami blostomerlardagi xromosomalar sonini aniqlang. A) 2944. B) 5632. C) 2816. D) 5304 21. Yo'ldosh hujayralar floemaning qaysi qismlari orasida joylashgan? A) lub parenximasi<—> yog'ochlik parenximasi. B) lub tolsasi<—> lub parenximasi C) elaksimon nay<—> lub parenximasi. D) yog'ochlik parenximasi<—> elaksimon nay 22. Vixuxol uchun mos kelmaydigan ta'riflar berilgan javobni aniqlang. 1) tipratikan bilan bir turkumga mansub; 2) kar, tustovuq va xashaki tovuqlar bialn bir biogegrafik viloyatda uchraydi; 3) yer yuzida hozirda ikkitadan turi mavjud; 4) ko'k sug'ur bilan bir turkumga mansub; 5) biologik regress holatida; 6) o'pka venasida kislorodga to'yingan qon bo'ladi A) 2,4 B) 2,6. C) 4,5. D) 1,3 23. Moychechakdoshlar oilasiga mansub soxta tilsimon (a) va voronkasimon (b) gullari bo'lgan o'simliklarni toping. A) a- sachratqi; b- shuvoq. B) a- shuvoq; b- andiz C) a- kungaboqar; b- bo'tako'z. D) a- bo'tako'z; b- kakra 24. Tog'ayli baliqlarga xos bo'lgan belgilarni aniqlang. a) jabra qopqog'i bo'lmaydi; b) suzgich pufagi bo'lmaydi; c) jabra qopqog'i va suzgich pufagi bo'ladi; d) ko'pchiligi tirik tug'adi; e) skeleti suyakdan iborat; f) faqat tuxum qo'yib ko'payadi; g) vitaminli moyi uchun ovlanadi A) a,b,d. B) c,e,f. C) c,d,e. D) a,d,g 25. Tut ipak qurtining xromosomalar soni Drozofila xromasoma to'plamidan 7 marta ko'p. Drozofila pashshasi tuxum hujayrasi (a) va tut ipak qurti spermatazoidlaridagi(b) xromosomalar sonini aniqlang. A) a- 3 autosoma va 1 X- xromosoma; b- 27 autosoma va 1 Y-xromasoma yoki 1 X-xromasoma B) a- 3 autosoma va 1 X-xromasoma yoki 1 Y-xromosoma; b- 27 autosoma va 1 X-xromasoma C) a- 3 autosoma va 1 X- xromosoma; b- 27 autosoma yoki 1 X- xromosoma D) a- 3 autosoma va 1 X-xromasoma yoki Y-xromasoma; b- 27 autosoma va 1 Y-xromasoma yoki 1 X xromasoma 26. Odam organizmida tashqi muhitdan qabul qilingan moddalarning hujayralar tomonidan o'zgartirilishi ya'ni oddiy moddalardan murakkab moddalar hosil bo'lish jarayoni nima deb ataladi? A) dissimilatsiya. B) moddalar almashinuvi. C) assimklatsiya. D) energiya almashinuvi 27. Turli xil holatlar va ularga mos keladigan qon bosimini juftlab ko'rsating. a) yurak muskullari bo'shashganda; b) kapillarlarda; c) yurak muskullari qisqarganda; 1) 15 mm; 2) 110-120 sm. 3) 70-80 mm A) a-3, b-2, c-1. B) a-3, b-1, c-2. C) a-1, b-3, c-2. D) a-2, b-1, c-3 28. Ichburug‘ amyobasi va foraminiferalar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. A) qisqaruvchi vakuolaga ega, embrionda maydalanish bosqichi blastulaning hosil bo‘lishi bilan tugaydi B) osmotik bosimni saqlovchi organoidga ega emas, geterotrof organizm C) chuchuk suvda uchraydi, parazit organizm D) dengizda erkin yashaydi, ko‘p hujayrali organizm 29. DNK fragmentining bir zanjiri 1050 ta nukleotiddan iborat bo‘lsa, shu fragment asosida sintezlangan oqsil molekulasining molekular massasini (a) hamda peptid bog‘lar sonini (b) aniqlang. (Oqsil tarkibidagi bitta aminokislota qoldig‘ining molekular massasi 120, i-RNK ning barcha kodonlariga t-RNK ning antikodonlari komplementar.) A) a - 21000; b - 350 B) a - 21000; b - 349 C) a - 42000; b - 349 D) a - 42000; b - 350 30. Berilgan o'lchov asboblarini vazifasi bilan juftlang? 1) sfigmomonometr; 2) spirometr; 3) memzurka; 4) erkograf; 5)EKG; 6) barometr a) suyuqlik hajmini; b) o'pkaning tiriklik sig'imini; c) yurak ishini; d) muskul ishini; e) atmosfera bosimini; f) qon bosimini A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a, 5-f, 6-e. B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-f, 5-a, 6-e C) 1-e, 2-a, 3-f, 4-c,5-b, 6-d. D) 1-f, 2-b, 3-a, 4-d, 5-c, 6-e Download 61.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling