1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari


Download 282.5 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi282.5 Kb.
#102751
Bog'liq
Karimova Zilola ped tex


1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang

  1. Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari

Ta‘lim-tarbiyaning maqsadi-kishi shaxsining modeli sifatida qoida mavjud. Ammo pedagogik texnologiyada maqsad va unga erishish kafolatli butun pedagogik jarayon, texnologiya jarayonining mezoni, kalitidir. Avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan kelib chiqadigan ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga asoslaniladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashh Milliy dasturi ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan islox qilishhdek tashkiliy tadbirlarda bevosita ta‘lim-tarbiya vazifalarini qo‘yadi.

Shuningdek, ta‘lim mazmuni asosida maqsad qo‘yish; pedagogik faoliyati asosida; o‘quvchilarning qobiliyati, xissiy ta‘sirlanishi asosida, ichki jarayon asosida, o‘quvchini o‘rganishh faoliyati asosida, maqsad qo‘yish texnologiyasini tavsiya etadi.

Maqsadga bosqichma-bosqich erishilganiga qarab, u muvofiqlashtiriladi, maqsadga to‘la erishish uchun o‘ziga xos texnologik yo‘l qo‘llanadi, yangi-yangi o‘quv maqsadlari qo‘yiladi.

Demak, pedagogik texnologiyaning odatdagi didaktik maqsaddan farqi diagnostika asosida maqsad qo‘yilishidir. Sinf, guruh yoki alohida o‘quvchiga qo‘yilgan diagnoz qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, qo‘yilgan maqsad shunchalik to‘la va oson bajariladi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek pedagogik texnologiya maqsadga to‘la erishish printsipi etakchilik qiladi. Shuning uchun M.V.Klarin maqsadga erishish texnologiya”sini alohida taxlil qiladi. Uni uchga bo‘lib o‘rganadi: etalon maqsadga “mezoniy baxolash”, “ta‘limiy jarayon” va “maqsadga to‘la erishish”.

Maqsadga to‘la erishish uchun natijani bosqichma-bosqich baxolash zarur bo‘ladi. Bugungi kunda test nazoratini joriy etilishi, bu didaktik vazifani amalga oshirishga qo‘l keladi. Ma‘lumki, testda ta‘lim maqsadi, erishiladigan mezon o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir bosqichda test orqali natijani aniqlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta‘lim maqsadini testga tushirish muhim masaladir.

O‘qitishda takrorlovchi bosqich texnologik jarayonda alohida o‘rin tutadi. Takrorlashda: ta‘limning umumiy maqsadi; umumiydan ma‘lum aniq maqsad belgilanishi va har bir bosqichda o‘quvchining o‘zlashtirishi dajarasini aniqlash; shunga asosan ta‘lim jarani muvofiqlashtiriladi, boshqariladi.

Ta‘lim jarayonida takrorlash texnologiyasi.

Masalan, darsning tuzilishini texnologik jihatdan tahlil qilinadigan bo‘lsa:

A)o‘quvchilar diqqatini tashkil etishh;

B)didaktik maqsad haqida axborot berish;

V)zaruriy bilim-malakalarni rag‘batlantirish;

G)ma‘lum ta‘sir etadigan o‘quv materialini ko‘rsatish;

D)o‘quvchilar javobini aks sadosini (reaktsiyasi) rag‘batlantirish;

E)o‘zaro xamkorlikni ta‘minlash;

J)olingan mustaxkam bilim malakani rag‘batlantirish;

Z)o‘quvchilar faoliyatini baholash; kabilar.

O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanchalik tezligini va mukammaligi bilan belgilanadi. Ularning o‘zlashtirish bo‘yicha qobiliyati uch guruhga bo‘linadi:

Iqtidorli ,ular tez o‘zlashtirishi mumkin-30%.

Oddiy o‘rtacha o‘quvchilar-50 %.

Qobiliyati past o‘quvchilar-20 %.

Maqsad qo‘yishda barcha o‘quvchilarni o‘zlashtirishi hisobga olinadi. To‘la o‘zlashtirishi maqsadi, uni amalga oshirish metodikasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1.Kirish qism-o‘quvchilarni to‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirish;

2.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirishga erishish;

3.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish darajasini baholash;

4.Har bir o‘quvchi bahosini tashkil qilishh.

Keyin o‘qituvchi har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish imkoniyati bilan tanishtirad

Sinf to‘la o‘zlashtirish uchun yangi metodika bilan o‘qitadi.

Har bir o‘quvchi oxirida, fanni o‘zlashtirib bo‘lganda baholanadi.

O‘quvchilar qiyosiy baholanmaydi, balki o‘quv matni etalon, mezoni bilan baholanadi.

“Etalon darajasiga” erishgan o‘quvchi “a‘lo” baxo oladi.

A‘lo baxolar cheklanmaydi.

Har bir o‘quvchiga istagancha yordam ko‘rsatadi.

Xar bir o‘quvchi fanni o‘zlashtirish jarayonida diagnostik kuzatiladi.

Agar o‘quvchi ma‘lum topshiriqdan qiynalsa boshqa yo‘l qo‘llaniladi.

Shunisi xarakterliki, pedagogik texnologiyaning printsipi kafolatli to‘la o‘zlashtirish ekan unda o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, izchillik metodikasi asos bo‘ladi. Aslida sharq, aniqrog‘i, O‘zbekiston maktablarida o‘rta asrlardan boshlangan metodikadir. Tarixdan ma‘lumki, fanning o‘zlashtirishda izchillik va uzluksizlik printsipiga asoslanilgan. Ya‘ni har bir fan o‘rganib bo‘lingandan keyin musobaqa metodi orqali bilimlar tekshirilgan va to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng undan keyingi fanga (yoki bosqichga) o‘tilgan.

Bir sinf (guruh)dagi talabaga o‘zlashtirish darajasiga qarab har xil ta‘lim mazmunida tahsil olgan. Pedagogik texnologiya tizimida AQSH tajribasida individual “brigada-andividual” ta‘lim XX asrning 60-yillarida keng qo‘llaniladi.

Har bir o‘quvchining qobiliyatiga o‘zlashtirish darajasiga qarab ta‘lim maqsadi va metodikasi belgilanadi. Masalan bu tizimni quyidagicha amalga oshirish mumkin.

1.Har bir o‘quvchi mazkur fan bo‘yicha bilim rejasini test orqali tekshiriladi.

2.So‘ngra ma‘lum bo‘lim bo‘yicha tekshiriladi, qanday bilimga ega ekanligi aniqlanadi.

3.Natijaga asosan har bir o‘quvchi uchun mazmun belgilanadi.

4.O‘quvchi bo‘lim-bo‘limlarga bo‘lib topshiriq oladi.

5.Qo‘yilgan maqsad amalga oshirilgandan keyin yakuniy test topshiradi va fan bo‘yicha baholanadi.

6.Agar maqsadga erishilmagan, yoki ma‘lum qism o‘rganilmagan bo‘lsa takrorlanishiga qaytiladi.

To‘la va yakka (brigada-individual) ta‘lim 80 yillarda AQSHda joriy etila boshlagan. Bunda yakka o‘quvchilar va kichik guruhlar bilan ishlash tizimi yaratilgan. Ya‘ni o‘quvchilar 4-5 kishilik guruhlarga bo‘linadi, unda iqtidorlilar va qoloqlar, qizlar va boshqa etnik vakllar bir xil bo‘limi maqsadga muvofiq. Har bir guruh berilgan topshiriqni tez bajarishiga e‘tibor beriladi. Guruhdagi o‘quvchilar bir-birini tekshiradi, yordam beradi. Haftani oxirida yakun yasaladi, baholanadi. O‘zaro yordam va bir kishi hamma uchun printsipiga amal qilinadi. Bu metodda o‘zlashtirish darajasi oshishi bilan birga o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholash malakasi ham rivojlanadi, o‘quvchi o‘rtasida do‘stlik, o‘rtoqlik darajasi ham oshadi.

Texnologik jarayon ishlab chiqarilgan texnologik hujjatlar asosida amalga oshiriladi, bu hujjatlarning asosiy tarkibiy qismi esa texnologik xaritalar hisoblanadi. Texnologik hujjatlar, qayta takrorlanadigan ishlab chiqarish siklining qancha mahsulot kerak bo‘lsa, uni shuncha marta amalga oshirish imkonini beradi.

Shunga o‘xshash, pedagogik texnologiya doirasida qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini amalga oshirish uchun, uning yakunlovchi bosqichida pedagogik-texnologik xaritalar ishlab chiqiladi. Uning asosida o‘qitish jarayonini bir necha marta tashkil etish mumkin, ya’ni qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini ro‘yobga chiqarish mumkin. Pedagogik texnologik xaritalar, pedagogik texnologiyani ko‘p nusxada ko‘paytirishga va o‘quv yurtining qayerda joylashganligidan qat’iy nazar ko‘zlangan o‘qitish natijalariga erishishga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologik xarakterlarning shakli va mazmuni – jadvalda keltirilgan.

Pedagogik texnologik xarita har bir mavzu modul uchun alohida tuziladi. Ularning majmuasi pedagog texnologik xaritalar albomini tashkil etadi.
Pedagogik texnologik xarita – pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanadigan o‘qitish siklini tashkil etuvchi hujjatlaridan biridir.

Qayta takrorlanadigan o‘qitish sikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:



    1. O‘quv fanining umumiy maqsadini o‘rnatish. O‘quv rejadagi har bir fan mutaxassisning shakllanishi uchun ma’lum bir maqsadga ega. Bu maqsad aniq ifodalanishi va fanni o‘rganishdan oldin har bir talabaga yetkazilgan bo‘lishi kerak.

    2. Har bir mavzuni o‘zlashtirishi uning o‘rganishdagi o‘quv maqsadini to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq. O‘quv fanini to‘la o‘rganishdagi mavzuning ahamiyati o‘quv maqsadi toifasini belgilaydi.

    3. Dars boshlanishida o‘quv maqsadi, uning boshqa mavzular bilan, mutaxassisning kelajakdagi amaliy faoliyati bilan bog‘liqligi talabalarga yetkaziladigan bo‘lishi kerak.

    4. Har bir mavzu (bo‘lim va modul) bo‘yicha tayanch iboralarni aniqlash (2.6. jadval). Pedagogik texnologiyada o‘qitishning moduli tizimini qo‘llash samaralidir, u fanning bir yoki bir necha fundamental tayanch iboralarini qamrab olgan axborotning tugallangan bloklariga tayanadi.

    5. Dars boshlanishida o‘quv maqsadi, uning boshqa mavzular bilan, mutaxassisning kelajakdagi amaliy faoliyati bilan bog‘liqligi talabalarga yetkaziladigan bo‘lishi kerak.

    6. Har bir mavzu (bo‘lim va modul) bo‘yicha tayanch iboralarni aniqlash (2.6. jadval). Pedagogik texnologiyada o‘qitishning moduli tizimini qo‘llash samaralidir, u fanning bir yoki bir necha fundamental tayanch iboralarini qamrab olgan axborotning tugallangan bloklariga tayanadi.

    7. Har qaysi tayanch ibora, modullar uchun diagnostik testlar ishlab chiqish. Bu testlar talabalarning bilim olishini tashxislash maqsa­dida, joriy nazorat uchun ishlatiladi. Bilimlarning o‘zlashtiri­lish darajasiga ko‘ra, har bir tayanch ibora uchun testlar tuziladi.

    8. O‘qitish. Yangi o‘quv materialini bayon etish va uni ishlab chiqish, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari asosida amalga oshirish tavsiya etiladi. Butun o‘quv faoliyati, aniq va ravshan ifoda qilingan o‘quv maqsadlari asosida quriladi.

    9. O‘quv maqsadi toifasiga ko‘ra, o‘quv materialining birligi, tarkibi, turli xil bo‘lishi mumkin.

    10. Test o‘tkazish. Joriy test diagnostik xarakterga ega bo‘lib teskari aloqa vazifasini o‘taydi, Uni o‘tkazishdan asosiy maqsad tuzatishlar va qo‘shimcha o‘quv tadbirlar zaruriyatini aniqlashdan iboratdir.

    11. O‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash. U joriy test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Test sinovlari natijasiga ko‘ra talabalar guruhi ikkiga bo‘linadi:

  • Bilim va ko‘nikmalarni to‘la o‘zlashtirishga erishganlar.

  • Bilim va ko‘nikmalarni to‘la o‘zlashtirishga erishmaganlar.

O‘quv materialini to‘la o‘zlashtirmagan talabalar, o‘qituvchi rahbarligida shu materialni o‘rganishni davom etadilar. Ular bilan qo‘shimcha (tuzatish) o‘quv ishlari tashkil etiladi. Testlar natijalari asosida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanadi. Kamchiliklarni tuzatish uchun o‘quv materialini o‘zlashtirmagan talabalarning guruhi bilan mashg‘ulotlar olib boriladi. Materialni takroriy bayon qilishda boshqa yangi usullardan foydalanish lozim: birinchi marta ishlatilmagan ko‘rgazma qurollar, va o‘qitishning texnik vositalarini ishlatish, individual ishlardan foydalanish zarur. Shu yo‘llar bilan o‘quv materialining to‘la o‘zlashtirilishiga erishish lozim. Har qaysi talaba o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirish imkoniyatiga ega, chunki u davlat kirish test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandir.

U oliy ta’lim muassasida o‘qishga yaroqlilik tanlovidan o‘tgandir. Bilimlarni to‘la o‘zlashtirilishini ta’minlash muammosida alohida masala bo‘lib, o‘qitish sur’atlari turadi. Aynan shu bilan talabaning qobiliyati aniqlanadi. Iqtidorli talabalar uchun (ular taxminan 5 % ni tashkil etadi) o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun eng kam vaqt, «o‘rtacha» talabalar uchun ulardan ko‘ra ko‘proq vaqt, «bo‘sh» talabalar uchun eng ko‘p vaqt zarur bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalariga o‘tish dolzarbligi shu bilan asoslanadi. Bunda har bir talaba o‘quv materialini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida, o‘zining tabiiy qobiliyatlari darajasida o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Iqtidorli talabalarda chuqurlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni egallashga imkoniyat paydo bo‘ladi.

Mavzu (modul) bo‘yicha o‘quv materiali guruhning barcha talablari tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, keyingi mavzu (modul)ga o‘tiladi, ya’ni o‘quv jarayoni o‘rgatuvchi sikl shakliga ega bo‘ladi. O‘qitishning modul tizimida, o‘rgatuvchi sikllar soni, o‘quv fanining modullari soniga teng bo‘ladi.

Xulosa qilib, pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri aniq bajarishi mumkin bo‘lgan, kafolatli natijaga erishish maqsadi, texnologiyasidir deyish mumkin. Pedagogik texnologiya faqat ta‘lim mazmunini ifodalovchi maqsad emas, balki didaktik tizimni ham ko‘zda tutadi.

2.Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
Tаrbiya – shахsni mаqsаdgа muvоfiq tаkоmillаshtirish uchun uyushtirilgаn pеdаgоgik jаrаyon bo’lib, tаrbiyalаnuvchining shахsigа muntаzаm vа tizimli tа’sir etish imkоnini bеrаdi.

Tаrbiyaning mаqsаdi - ijtimоiy jаmiyat tаrаqqiyoti, uning rivоjlаnishi, yo’nаlishi, ijtimоiy munоsаbаtlаr mаzmunidаn kеlib chiqib bеlgilаnаdi. Bugungi kundа O’zbеkistоn Rеspublikаsidа tаshkil etilаyotgаn tаrbiyaning аsоsiy mаqsаdi kоmil shахsni tаrbiyalаb vоyagа еtkаzishdаn ibоrаtdir.



Tаrbiya jаrаyoni shахsning muаyyan mаqsаd аsоsidа ijtimоiy hаyotgа tаyyorlоvchi tаriхiy-ijtimоiy tаjribаgа suyangаn hоldа оlib bоriluvchi fаоliyat jаrаyonidir. Bоshqаchаrоq tаlqin etilgаndа, tаrbiya jаrаyoni yosh аvlоdni muаyyan mаqsаd yo’lidа hаr tоmоnlаmа vоyagа еtkаzish, undа ijtimоiy оng vа хulq-аtvоrni tаrkib tоptirshgа yo’nаltirilgаn fаоliyat jаrаyonidir.
Полотно 63


Tаrbiya jаrаyoni qоnuniyatlаri




Tаrbiyaning ijtimоiy muhitning оbьеktiv vа subьеktiv оmillаrgа bоo’liqligi.




Tаrbiyaning shахs tаrаqqiyoti (rivоjlаnishi) bilаn birligi o’zаrо аlоqаdоrligi vа bоo’liqligi.




Fаоliyat vа munоsаbаt birligining ijtimоiy ijоbiy fаzilаtlаrini shаkllаntirish nеgizi vа аsоsiy mаnbаi ekаnligi.




Tаrbiyalаnuvchining o’zаrо tаrbiyaviy tаьsirigа egа ekаnliklаri, ulаrning o’zаrо munоsаbаtlаri hаmdа fаоl fаоliyatlаri o’rtаsidаgi bоo’lаnish.



Тарбиявий таъсир этиш омиллари


Прямая соединительная линия 36

ўйин


меҳнат

ўқиш

спорт

бадиий ҳаваскор­лик



метод - юнонча айнан нимагадир йўл, усул орқали мақсадга эришиш йўлини.



Прямая соединительная линия 26

Кўргазмалик усули

Амалий намуна усули

Сўз орқали ифодалаш усули

Рағбатлантириш ва жазо усулига бўлинади


Баркамол авлодни тарбиялаб вояга етказишга қаратилган жараёнда қуйидаги вазифаларни ҳал этиш муҳим аҳамият касб этмоқда:




ёшларни ижтимоий ҳаётга тайёрлаш, уларда кенг дунёқарашни таркиб топтириш, ўз шахсий турмушига мақсадли ёндошиш, режа ва амал бирлиги ҳиссини уйўотиш



ўқувчиларни миллий ва умуминсоний қадриятлардан огоҳ этиш, чуқур билимга, тафаккурга эга ёшларни тарбиялаш малакаларини тобора бойитиш



умуминсоний ахлоқ меъёрларини англашни (одамийлик, камтарлик, ўзаро ёрдам, меҳр-муҳаббат, мурувват, адолатни ёқлаш, ахлоқсизликка қарши нафрат ва ҳоказолар), муомила одоби, юксак маданиятни ўқувчиларда қарор топтиришга эришиш




ҳуқуқий ва ахлоқий меъёрларга ҳурмат руҳида ёндашиш, ўқувчиларда фуқаролик туйўусини, ижтимоий бурчга масьулликни қарор топтириш



тарбияни муҳофаза қилиш, экологик мувозанатни юзага келтириш борасидаги масьулиятни таркиб топтириш



ватанпарварлик ва байналминаллик туйўусини шакллантириш, ўзга миллат ва халқлар қарашларига ҳурматни, ҳуқуқ ва бурчларни камситмаслик туйўусини қарор топтириш




мустақил давлат-Ўзбекистон Республикасининг ички ва ташқи сиёсатига тўўри ва холисона баҳо беришга ўргатиш



инсонни олий қадрият сифатида қадрлаш, унинг шаьни, ор-номуси, қадр-қиммати, ҳуқуқ ва бурчларини ҳимоя қилишга ўргатиш ва бошқалар

3.Ta`limga texnologik yondashuvning mohiyati va uning uzluksiz rivojlanishi


Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o’xshash) olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar to’plami tushunilib, qo’yilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul metodlari majmuasi tushuniladi. Agar metod bilish yo’li, tadqiqot yo’li yoki biror faoliyatdagi ma’lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashni harakatlar, operatsiyalar, usullar majmuasi deb tushunsak, pedagogik texnologiyaning ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi. Pedagogik texnologiyani an’anaviy o’qitish metodikasidan farqlovchi belgilari ko’p. Pedagogik texnologiya an’anaviy metodikadan, avvalo maqsadlarning qo’yilishi va unga erishishi bilan farqlanadi. Pedagogik texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta’limning umumiy maqsadlari (o’qituvchi va talabaning maqsadlari)ni ishlab chiqish, ta’lim maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga o’tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi. Loyihalashtirish faoliyati o’quvchi-talabalar bilan ishlashni tashkillashtirishning eng ommabop shakllaridandir. Loyihalash metodi – o’qitishning tashkillashtirilishi bo’lib, o’quvchi-talabalar rejalashtirish va amaliy vazifalarni bajarishlari orqali loyiha ko’rinishida bilim oladi. Loyihalashtirish metodini qo’llash natijasida loyiha (proyekt) ko’rinishidagi bilim o’zlashtiriladi. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi hamkorlik pedagogikasiga tayanib, talabalarning birgalikda ta’lim olishlari amalga oshiriladi. Talabalarni hamkorlikda ta’lim olishlari, ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyihalashtirish kabilar Pedagogiktexnologiyalarning asosiy metodlari hisoblanadi. O’quv-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar mazkur jarayonda Pedagogiktexnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Pedagogika fani va amaliyotida turli xil yondashuvlar qo’llaniladi. Ular og’zaki-ko’rgazmali, tadqiqiy, izlanuvchan, tizimli, funksional, kompleks, texnologik, faoliyatli yondashuvlardir. Texnologik yondashuv. Texnologiya tushunchasi – tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanadigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Texnologiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi. Ta’limga texnologik yondashuv o’quv jarayonini o’zaro uzviy bog’liq etaplar va amallarga ajratishni va bo’lishni; ta’limdan ko’zlangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; loyihalashtirilgan ish va amallarning barchasini bir xil tarzda bajarishni nazarda tutadi. Qayta takrorlanish xususiyati tufayli ushbu tizim modul shakliga ega bo’lib, mazmunlar bilan to’ldirilgan va umumiy tarkibga bog’langan birliklar, ya’ni ta’limning umumiy maqsadi va mazmuni, o’quv maqsadi, o’qitish va baholash jamlamalaridan tashkil topadi. Amalda bu pedagogning qayta-qayta takrorlanuvchan harakatining algoritmi hisoblanadi. Ushbu algoritmning yangi bo’limlarda qo’llanishi o’quv jarayoni ko’lamini qamrab oladi. Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, yetakchi pedagoglar pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy ashyolarni ishlab chiqish paytlarida yuqoriroq malaka talab etiladi. Loyiha tayyor bo’lgach, pedagog asosan tashkiliy va maslahatchi vazifalarini bajaradi. Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta’limga xosdir. Reproduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish - harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir. Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim – takror ishlab chiqiladigan konveyerli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O’quv materiali aniq ifodalangan o’quv maqsadiga mos qayta tuzilib, ishlab chiqiladi, ba’zi bo’laklari qismlarga ajratilib, har bir bo’lakni o’rganish mustaqil nazorat qilinib, xato va kamchiliklari tuzatilib boriladi. O’quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati – o’quv jarayonining so’nggi natijalari bo’lgan o’quv maqsadiga erishishga yo’naltirilganligini ham kuzatish mumkin. Texnologik yondashuvni qo’llash qo’yilgan o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi. Keng ko’lamda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari ta’lim jarayonining ilg’or texnologiyalarini o’rganish va o’quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqozo qiladi. Bu esa, o’z navbatida, pedagoglardan ta’lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egalashni, hududimizning milliy, ma’naviy-madaniy xususiyatlarini va an’analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo’llash hamda rivojlantirishni talab etadi. Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabat o’quv jarayonini samarali va ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi. Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv - boshqaruvchi, ya’ni o’qituvchining mavjud imkoniyatlari asosida tahsil oluvchilarga kerakli bilim, ko’nikma va malakalarni qo’yilgan maqsadga mos holda shakllantirish jarayonidir. Ta’limda boshqarish jarayoni turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishga turli texnologiyalar joriy etilmoqda. Ta’limning harakatchan modelini tuzish orqali boshqarish o’zining samaradorligini ko’rsatmoqda. Mo’ljallangan texnologiya tizimli yondashuvga asoslangan bo’lib, quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: o’rganilayotgan fan bo’yicha ma’lumotlarni tayyorlash; tayyorlangan ma’lumotlarni o’qitish uslubi va maqsadini e’tiborga olgan holda ma’lum ketma-ketlikka keltirish; o’rganilayotgan mazmunni qo’llamoqchi bo’lgan pedagogik usullar nuqtai nazaridan tahlil qilish; pedagogik texnologiyalarni yaratilishining dastlabki bosqichiga oid maqsadni aniqlash; pedagogik texnologiyalarni qo’llash jarayoni ketma-ketligini ishlab chiqish; texnologiyalardan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar tayyorlash; texnologiyalarni qo’llash va erishilgan natijalarni bilim, ko’nikma va malaka tizimlariga ajratish; olingan natijalar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini aniqlash; ko’zlangan maqsadga erishilganlik darajasini aniqlab, baholash; ta’limni boshqarish jarayoni to’g’risida tegishli xulosalar chiqarish va boshqalar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijodiy pedagogikaga, ijodkor o’qituvchiga ehtiyoj nihoyatda ortib bormoqda. Bugun ta’lim muassasalarida ijodkor o’qituvchilarning bo’lishi davr talabidir. Pedagogik faoliyat – inson shaxsi, uning dunyoqarashi, ishonchi, ongi, xulqini shakllantirishga bo’ysundirilgan cheksiz masalalarni yechish jarayonidir. Psixologikpedagogik adabiyotlarda pedagogik faoliyat turlari (ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, safarbarlik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik va boshqalar) qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Shu bilan birgalikda pedagogik faoliyat muntazam o’zgaruvchan, yangilanuvchan, rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini Pedagogiktexnologiyalar bilan ta’minlash vazifasi pedagogdan bevosita ijodiy faoliyatni hamda ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan soha bilimlarini talab etadi. Demak, texnologiya mavjud, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga singdirish shart ekan, bu jarayon qayerda kechishi mumkin, degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu esa, shaksiz, pedagogik korxonada, ya’ni pedagogik ishlab chiqarish jarayonida ro’y beradi. Tarbiyalash texnologiyasi nisbatan yangi atama bo’lishiga qaramay rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi pedagogikada yangi yo’nalish hisoblangan «ijtimoiy pedagogika» bilan birgalikda fuqarolik g’ururi, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyat hissi va boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishda jiddiy ta’sir qilmoqda. Ta’kidlash joizki, tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni va tarkibini emas, balki bu sohadagi respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqilgan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo’ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi. O’qituvchi (pedagog)larning o’zida muloqot, bahs olib borish madaniyatini shakllantirish maqsadida pedagogik ta’lim mazmuniga qo’yiladigan talablar, ayniqsa muhimdir. O’zaro hamkorlik pedagogikasi – o’qituvchi (pedagog) va o’quvchitalabalar orasida hamfikrlilik, ishonch, o’zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa, o’z navbatida, yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarni anglash va e’tirof etilishini kafolatlaydi. Prezident I.A. Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida so’zlagan nutqida: «Bizning oldimizda ozod fuqaro shaxsining ma’naviyatini, boshqacha aytganda, ozod, har tomonlama rivojlangan, o’z huquqlarini yaxshi biladigan, kuchi va qobiliyatiga ishonib tayanadigan, atrofdagi hodisalarga o’zining mustaqil fikr va munosabati mavjud, o’z manfaatlarini vatan va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi», deb ta’kidlagan edi. Milliy o’zlikni anglashni butun olam insonparvarlik g’oyasi va madaniyati, umuminsoniy qadriyatlar, ko’p millatli xalqimiz an’analaridan ajratib tiklab bo’lmaydi. Yoshlarning iqtidori va bilimga chanqoqligi ma’naviyatga erishishi va rivojlanishiga yordam beradi. Milliy mafkura, psixologik va pedagogik fanlardan foydalanib, maqsadlar ketma - ketligini to’g’ri «texnologik» tanlay bilish o’ta muhim. Nazariya nuqtai nazaridan tarbiya uslubiyatini ta’riflash yetarli. Lekin texnologik jihatdan barcha tarbiya maqsadlarining qismlarini aniqlash va ularni ro’yobga chiqarish yo’llarini belgilash zarur bo’ladi. «Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida bo’lg’usi mutaxassislarning umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha jamlama tarbiyaviy ishlar rejasi» tarbiyaviy ishlarni dasturlashga misol bo’la oladi. Ushbu dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’quv yurtlari olimlari va pedagoglari guruhining mehnati mahsulidir. Uning asosi qilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O’zbekistonning daxlsizligini mustahkamlash, uning buyuk kelajagini barpo etish, har bir talabani ko’p qirrali barkamol va Vatanning yuksak g’oyalariga sodiq shaxs sifatida tarbiyalash haqidagi ko’rsatmalari olingan. Dasturda asosiy tarbiyaviy yo’nalishlar va maqsadlar keltirilgan. Jumladan, fuqaro tarbiyasi, kasb egallash, shaxsiy mas’uliyat, yuqori malakali bo’lish va kasbiy mahoratga intilishni tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, talabani shaxs sifatida rivojlantirish kabilarga alohida e’tibor berilgan. Mazkur dastur talaba va pedagogning faoliyatlarini ayrim-ayrim holda ta’riflaydi, bu esa quyida keltirilgan tarbiya texnologiyasi va D. Kratvolning ruhiyatli qadriyat sohasidagi o’quv maqsadlari tasniflagichga mos keladi. U dunyoda tan olingan tarbiyaviy maqsadlarni va kutiladigan natijalarni rejalashtirishda keng qo’llaniladi. Uning asosida tarbiyaviy texnologiya yotadi. Ta’lim texnologiyasi kabi tarbiya vazifalarini shakllantirishda ta’lim oluvchilar xatti-harakatini aks ettiruvchi fe’llardan foydalaniladi

2- topshiriq Test savollariga javob bering

1. O'qitishning yetakchi tamoyillari deganda nimani tushunasiz?

A. Onglilik, faollik vaamaliyot bilan bog'liqligi

B.Tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi Ko'rsatmalilik, tushunarlilik, puxtalik va mustahkamlik

C llmiylik, tizimlilik, izchillik va o'qitishda individual yondashish

D Quyidagilarning barchasi to’g’ri
2. Ta'lim mazmuni deganda nimani tushunasiz?

A Davlat ta' lim standarti

B O'quv rejasi va dasturlar, darsliklar

C O'quv qo'llanma va tavsiyanomalar



D.Yuqoridagilarning barchasi

3. Ta'lim jarayoni deganda nimani tushunasiz?

A .Ta' limning maqsad, vazifalari, natijasi, nazorat va baholash uslublari

B .Ta' lim beruvchi va ta' lim oluvchi

C .Ta'lim metodlari, shakllari,vositalari va mazmuni

D .Yuqoridagilarning barchasi

4.Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi deganda nimani tushunasiz?

A . Maktabgacha yoshdagi pedagogika va maktab pedagogikasi

B . Katta yoshdagilar pedagogikasi, kasbiy va ijtimoiy pedagogika

C . Defektologiya (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika), innovasion pedagogika

D .Yuqoridagilarning barchasi

5. O'zbekistonda uzliksiz ta'lim tizimi deganda nimani tushunasiz?

A .Maktabgacha tarbiya, umumiy o'rta ta'lim, o'rtamaxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim

B .Maktabgacha tarbiya, boshlang'ich ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, maktabdan tashqarii ta'lim-tarbiya

C .Maktabgacha tarbiya, boshlang'ich ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, o'quv yurtlaridan keyingi ta' lim, maktabdan tashqari ta' lim-tarbiya .

D .Maktabgacha ta'lim-tarbiya, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim.oily ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim kadrlarning malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash, oiladagi ta' lim, mustaqil ta' lim

6. Optimallashtirish deganda nimani tushunasiz?

A .Ta’limda fanlararo o'qitish nazariyasi

B .Ta'lim berib, o'qitish nazariyasi

C .Muammoli o'qitish

D .Ko'p sonli imkoniyatlardan eng qulayini tanlab olish

7. Ta'lim metodlari deganda nimani tushunasiz?

A .Tushuntirish (muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda tadqiqot)

B .Og'zaki metodlar: hikoya, ma'ruza, suhbat

C .Ta’limda qiziqishni rag'batlantirish

D .Yuqoridagilarning barchasi

8. «Didaktika» termini yunoncha «didaktikos» degan so'zdan olingan bo'iib, qanday ma'noda tarjima qilinadi?

A .O'qituvchi

B .Ta'lim berish va o'qitish

C .Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi

D .Ta'lim oluvchi

9. «Buyuk didaktika» asarini kim yozgan?

A .Suqrot

B .Arastu



C .Ya.A.Komenskiy

D .J.J.Russo

10. O'qitish jarayoni tushunchasi va mohiyati, o’qitishning tamoyillari, ta'lim mazmuni, ta'lim metodlari, o'qitish jarayonini tashkil etish shakllari pedagogikaning qaysi bo'limiga tegishli?

A .Tarbiya nazariyasi



B .Didaktika

C .O'qitish vazifalari



D. Hamina javob to'g'ri
3-topshiriq. “ Tushunchalar tahlili” usulidan foydalanib jadvalni to`ldiring


Tushuncha

Ta`rif


O'qitish maqsadi

Davlat ta'lim standartlari asosida shakllaniirilib, bilim. ko'nikm a va malakalar hamda shaxsiy Masofaviy o'qitish - ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davn mahsulidir va ayni vaqtda uning rivojlanish katafizatori hamda 5.2. Masofaviy o'qitishning didaktik tizimi 174 fazilatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Bu iyerarxik tizim bo'lib: o'qitish maqsadi. o'quv fani maqsadi, mavzuning o'quv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari o'quv maqsadidan shakllanadi

O'qitish mazmuni

An'anaviy o'qitish tizimiga to'g'ri keladi. Masofaviy o'qitishda barcha mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash imkoniyati yo'q. O'qitishning bunday turida o'qitilishi taqiqlangan yo'nalishlar ro'yxati qonun dalolatnomalari bilan tasdiqlanib, bu yo'nalishlarda ushbu tizimni qo'llash taqiqlanadi.

O'qitish metodlari

«Methodas» so'zini yunon tilidan.tarjima qilsak, uning ma'nosi - o'zini tutish. yo‘1, ma'nosini anglatadi._0'qitish metodlari deganda o'qitish maqsadiga erishish uchun ta’lim oiuvchilaming faoliyatini tashkil etish va boshqarish. o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. Masofaviy o'qitish tizimida, xuddi an’anaviy o'qitish tizimidagidek, o'qitishning besh metodi qo'llaniladi: axborot175 retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va tadqiqot

O`qitish vositalari

O'qitish mazmuni va o ‘qitish vositalari bir-biri bilan bog‘liq. Har bir o'qitish vositasi o ‘z didaktik imkoniyatlariga ega, O'qituvchi bu didaktik imkoniyatiami bilishi va ulardan kerakli didaktik maqsadlarga erishish uchun kerakli o‘qitish vositalari majmuasini (keys) shakllantirish! kerak. 0 ‘qitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog‘oz va elektron shaklda): tizimdagi o‘quv materiallar; kompyuter o'quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o'quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; masofaviy bilim bazalari; geoaxborot va baholaydigan o’qitish tizimlari asosida didaktik materiallar. O'qitish vositalari - o‘qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi

Identifikatsion-nazorat tizimi

Masofaviy o ‘qitish tizimida nazorat qilishning xususiyati, o'qitish tizimida o ‘quvchi shaxsini aniqlash - identifikatsiya qilish va falsifikatsiya (boshqa shaxs o'rnida faoliyat ko'rsatish) uchun imkoniyat bermaslikdir. Shuning uchun bu tizimda bilim sifatini ko'p mezonii va obyektiv nazorat shakllarini videokonferensiyalar kabi turlarini o'tkazish ahamiyati ortadi.

Masofaviy o'qitish

bu masofadan turib o'qitish dir, y a ’ni o'quv mashg'ulotlarining barchasi yoki ko'p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalari asosida olib borUadi.

Interfaol tamoyili

Bu tamoyil tinglovchi va o'qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab qolmav, balki tinglovchilar o'rtasidagi aloqani ham ta’minlaydi. Tajribalar tinglovchi va o ’qituvchi o'rtasidagi aloqadan ko‘ra tinglovchilar o'rtasidagi aloqalar ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi.

Individuallik tamoyili

Real о‘quv jarayonida kirish va oraliq nazorat o ‘tkaziladi. Buiar natijasining tahlili asosida individual o‘quv rejalar tuziladi, shu jumladan oqsayotgan dastlabki bilimlar va ko'nikmalar bo‘yicha ham.

Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling