1 – topshiriq. Pedagogik vazifalar javob


Download 65.33 Kb.
bet4/4
Sana09.01.2022
Hajmi65.33 Kb.
#264581
1   2   3   4
Bog'liq
Ilyasova Dana

«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash mantiqiy shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g`oyalani, fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki shakllarda bayon qilish ko`nikmalarni rivojlantiradi. Mazkur interfaol usuli ta`lim bilan bir qancha tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: - jamoa bilan ishlash mahorati; - muomalalik; - ko`nikuvchanlik; - o`zgalar fikriga hurmat; - faollik; - раҳбарлик сифатларини шакллантириш; - ishga ijodiy yondashish; - o`z faoliyatini samarali bolishga qiziqish; - o`zini xolis baholash.

«Tarmoqlar» interfaol metodi – o`quvchi (talaba)ni mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishga o`rgatishga qaratilgan. Fikrlashning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo`lib, u o`quvchi(talaba)larning bir mavzuni chuqur o`rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushunchaga yoki aniq fikrni erkin va aniq ravishda ma`lum ketmaketlik bilan uzviy bog`langan holda tarmoqlanishlarga o`rgatadi. Mazkur interfaol metod bilan bir mavzuni chuqur o`rganishdan avval o`quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilish mumkin. Shuningdek, o`tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o`zlashtirish, umumlashtirish hamda o`quvchi (talaba)larni ushbu mavzu bo`yicha tasavurlarini chizma shaklda ifodalashga undaydi.

«Klaster» metodi yordamida o`zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash quyidagicha amalga oshiriladi: O`quvchi (talaba) lar guruhlarga bo`linadilar va ularga belgilangan vaqt ichida mavzu bo`yicha qanday tushunchalarni o`zlashtirgan bo`lsalar, ularni qog`ozga yozish vazifasi topshiriladi. Vazifani bajarish davomida fikrlarning tog`ri yoki noto`g`riligiga ahamiyat bermaslik, nimani o`ylagan bo`lsa, shuni yozib borish tlab etiladi. Yozuvning texnik jihatlariga e`tibor bermaslik aytib o`tiladi. Fikrlar tugagandan keyin guruh a`zolari tushunchalarni mantiqiy jihatdan bir biriga bog`lab chiqadilar.
Download 65.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling