Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayonlar to’plami (5-9-sinflar)
- Bayonni baholash mezonlari
- 5-SINF
- SHOH BAHROM HIKOYATI YOKI MASHQNING NATIJASI HAQIDA
- AHMAD AL-FARG`ONIY
- HADISI SHARIF
1
QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI TIL VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASI R.Toshniyozova, L.Mirzohidova Bayonlar to’plami (5-9-sinflar) Samarqand-2014 2
R.Toshniyozova, L.Mirzohidova. Bayonlar to’plami (5-9-sinflar). Uslubiy ko’rsatma. 36 bet, 2014-yil Taqrizchilar: T.Qurbonov - SamDU , f.f.n., dots.
D.O’rinboyeva – SamVPKQTMOI, f.f.n. dots.
Mazkur uslubiy tavsiyanoma Samarqand VPKQTMOI Ilmiy kengashining 2014-yil 27 -dekabrda bo’lib o’tgan yig’ilishida muhokama etilgan va -sonli qarori bilan nashr etishga ijozat berilgan.
3
Bayonni baholash mezonlari O’quvchilarning yozma nutqini shakllantirish va fikr doirasini kengaytirish uchun bayon, ayniqsa, ijodiy bayonlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Maktab amaliyotida yozma ishning bu turidan ko‘p foydalaniladi. Bayonlar badiiy asarni yoki berilgan matnni yozma ravishda qayta hikoyalash xarakteridagi yozma ish turidir. Bayonlardagi matnni qayta bayon qilish to‘liq bayon, qisqartirilgan bayon, kengaytirilgan ijodiy bayon tarzida o‘tkaziladi. Har uchala xil bayonning ham maqsadi boglanishli nutq o‘stirishdir. Lekin kengaytirilgan bayonning inshoga tayyorlashdagi ahamiyati katta. U o‘quvchining fikrlash doirasini, fantaziyasi va bayon uslubini o‘stiradi va takomillashtiradi. Ushbu bayonlar to’plamida o’quvchilar jamoasining imkoniyati, qobiliyati, iste’dodi inobatga olinib, turli qiyinlik darajasidagi matnlar to’plangan. Shuningdek, ijodiy bayon talabi bilan sinflar kesimida berilgan ba’zi matnlarga so’zlar miqdori kamaytirilgan. Bayonni baholash uchun quyidagicha me’yor va mezonni joriy qilishni ma’qul ko‘rdik. Matndagi so‘zlar miqdori: 5-sinf uchun 100-150; 6-sinf uchun 150-200; 7-sinf 250-300; 8-sinf uchun 300-350; 9- sinf uchun 400-450 va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin.
1)mavzu rejaga muvofiq bo‘lsa; 2) asar voqealari to‘gri bayon qilingan bo‘lsa; 3) bayon mantiqli va muntazam bo‘lsa; 4) so‘z boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talablariga mos bo‘lsa; 5) savodxonlikda qo‘pol bo‘lmagan bitta imlo yoki ishora xatosi bo‘lsa; uslubiy xato bo‘lmasa.
1) mavzu reja asosida yozilib, to‘liq yoritilsa, lekin kichik nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa: 2) fikr bayonida muntazamlik qisman buzilgan bo‘lsa: 3) so‘z tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo‘lsa; mazmun va ifodada 1-2 nuqsonga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; 4) savodxonlikda 2 ta imlo yoki ishorat va 1ta uslubiy xato mavjud bo‘lsa; umumiy xatolar soni 4 tadan oshmasa.
1) mavzu to‘liq yoritilmagan bo‘lsa, mavzudan qisman chetga chiqilgan bo‘lsa; 2) aniq voqealarga izoh berishda nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; 3) so‘z boyligi va ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa; 4) savodxonlikda 3 tagacha imlo va ishorat hamda 3 ta uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
Asar mazmunini yoritishda nuqsonlar ko‘p bo‘lsa, ish rejaga mos bo‘lmasa, fikr bayonida nuqsonlar bo‘lsa; so‘z boyligi juda kam bo‘lsa, mazmun va ifodada 4 5-6 tagacha nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, savodxonlikda 7 ta imlo, 7 ta gacha ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa. Bayonga 2 ta baho qo‘yiladi: 1 - mazmuniga: 2 – savodxonligiga. O’rta maktab dasturini, me’yoriy grammatika talablarini yaxshi bilgan, baholash mezonidan xabardor bo‘lgan mutaxassisgina yozma ishni talab darajasida tekshirishi va baholashi mumkin. Hozirgi kunda maktab dasturida xatolarni aniqlashning quyidagi usullari faollashganligi ma’quldir: 1. Xatolarni miqdori va sifati (tip yoki xarakteri) jihatidan aniqlash. 2. Xatolarning miqdori va xususiy (individual)ligini aniqlash. 3. Xatolarni o‘tilgan yoki o‘tilmagan qoidalarga oidligi jihatidan aniqlash. Xatolarni miqdor jihatidan aniqlash o‘quvchilarning umumiy savodxonlik darajasini belgilash uchun qulay bo‘lib, bilimini oshirishda amaliy qiymatga ega emas. O‘quvchilar bilimini oshirish va mustahkamlash, malakasini kengaytirishda esa xatolar sifati (tipi va xarakteri)ga e’tibor berish muhim ilmiy-metodik va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Har bir baho uchun me’yor va mezonni belgilashda xatolarning xarakteri, tipi va miqdori hisobga olinadi. Bu jihatdan ular quyidagicha guruhlanadi: a) qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan xatolar; b) bir xil yoki har xil tipdagi xatolar; v) takroriy yoki tasodifiy xatolar; g) o‘tilgan mavzuga doir yoki tegishli bo‘lmagan xatolar. Qo‘pol (jiddiy) va qo‘pol bo‘lmagan (juz’iy) xatolar quyidagi tamoyillar asosida belgilanadi: Qo‘pol (jiddiy) xatolar: 1. Dastur hajmi va talab darajasidagi ona tili qoidalarini yaxshi o‘zlashtirmaslik, har bir sinf uchun mo‘ljallangan va o‘tilgan orfografik, punktuatsion qoidalarni puxta bilmaslik, ulardan yozma ishlarda to‘gri foydalana olmaslik. 2. Sodir bo‘lgan xato tufayli so‘z ma’nosi va gap mazmunining jiddiy o‘zgarishi hamda farqlanishi (masalan, qattiq o‘rnida qatiq; davo o‘rnida da’vo, sur’at o‘rnida surat yozish kabi holatlar). 3. Juft so‘zlarni yozishda, satrdan satrga ko‘chirishda defis qo‘ymaslik, shuningdek, defis o‘rnida tire ishlatish va aksincha. Shuningdek, tire va defislarni grafik jihatdan ham farqlab ishlatish zarur. 4. Muayyan gapga xos tinish belgilarini qo‘llamaslik yoki noo‘rin ishlatish (masalan, gap oxirida qo‘yilishi shart bo‘lgan nuqta, so‘roq, undov, ko‘p nuqta, nuqtali vergul kabilarni tushirib qoldirish). 6. So‘z shakllarini qorishtirish, almashtirib qo‘llash: a) kelishik qo‘shimchalarini qorishtirish, farqlamaslik qo‘pol uslubiy xato sanaladi; b) yasovchi qo‘shimchalarni noto‘gri ishlatish: bevosita-bavosita, beobro‘-baobro‘; sinfdosh-hamsinf; Qo‘pol bo‘lmagan (juz’iy) xatolar: 1) dastur doirasidan tashqari va eslatmalarda berilgan qoidalarni bilmaslik va yozma ishlarda ularga amal qilmaslik; 2) sheva xatolari (ona o‘rnida oyi, aya, momo, chaqimchi o‘rnida chaqimboz, kiyik o‘rnida 5 kiyikcha; mol bozor o‘rnida hayvon bozor; to‘xtamoq o‘rnida bostirib to‘xtamoq kabi qo‘llashlar); 3) ko‘ngil, tongi, o‘zingiz kabi so‘zlarda ng va boshqa harfiy birikmalarni ajratib ko‘chirish: ko‘n-gil, sin-gil, yan-gi, ton-gi, o‘zin-giz kabi; 4) bir tinish belgisi o‘rinda ikkinchisini almashtirib qo‘llash yoki qo‘sh tinish belgilardan birortasini tushirib qoldirish (masalan, gap o‘rtasida kelgan undalmalar, undovlarni faqat bir tomondan ajratish; qavslar yoki qo‘shtirnoqlardan bir elementini tushirib qoldirish kabi; 5) ba’zi joy nomlari, shaxs otlari yoki personajlar ismini nuqsonli yozish (Xamrobibi- Xamrobuvi); 6) tinish belgilarning birgalikda ishlatilishidagi tartibning buzilishi yoki bittasining tushib qolishi:?! shaklda emas, !? shaklda qo‘llash, !... shaklda emas, ??? shaklda ishlatish kabi; 7) sostavli atoqli atamalarni yozishda bosh harflarni nuqsonli ishlatish: Xalqlar do‘stligi saroyi - Xalqlar Do‘stligi saroyi; Yangi Urganch - yangi Urganch kabi; 8) yarim qavsdan so‘ng nuqta ishlatish yoki undan keyingi so‘zni (turdosh otni) bosh harf bilan yozish; 9) tinish belgilarini nomuvofiq va ortiqcha ishlatish; 10) ba’zi so‘zlarni ikki xil ishlatish: oliy qimmat, olihimmat, hamma vaqt - hammavaqt, ob- havo - obhavo.
Bir xil va har xil tipdagi xatolar: Muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion va uslubiy qoida bilan bogliq bo‘lgan nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi besh o‘rinda h o‘rnida bir so‘zda x yozgan bo‘lsa, hammasi bitta orfografik xato hisoblanadi. Agar o‘quvchi kirish so‘zlarning yozilishida oltita punktuatsion xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, hammasi bitta xato hisoblanadi. Bordi-yu, o‘quvchi vergulning kirish so‘zlarda, uyushiq bo‘laklarda va boglovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida ishlatilish qoidalarini bilmasa, bularning har biri alohida-alohida xato sanaladi. Agar o‘quvchi yozma ishda qaratqich belgisini uch o‘rnida noto‘gri qo‘llagan bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi. Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ham uchrab turadi. Masalan, tushunmoq, qutulmoq, turgunlik, sukunat kabi so‘zlar barcha o‘rinlarda to‘gri yozilib, bir o‘rinda tushinmoq tarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi. Agar qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llansa, takroriy xato hisoblanadi. Shuningdek, bir so‘z nuqsonli shaklda bir necha o‘rinda ishlatiladi: zarar so‘zi zaral, tuproq so‘zi turpoq tarzida ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zan 1441 o‘rnida 1941 yozib qo‘yiladi. Bunday faktik xatolar ham keng ma’noda tasodifiy nuqsonlar tipiga kiradi. SHuni ta’kidlash zarurki, takroriy va tasodifiy nuqsonlar yozma ishda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, ya’ni baholash mezoni va me’yoriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Quyidagi nuqsonlar yozma ishlarni baholashda hisobga olinmaydi: 1. Maktab grammatikasi doirasiga kirmagan orfografik, punktuatsion va uslubiy nuqsonlar. 2. Xali o‘rganilmagan qoidalarga oid nuqsonlar. 3. Ilmiy-nazariy jihatdan maxsus tekshirilmagan va yozilishi joriy etilmagan nuqsonlar.
6 4. Individual (avtor) nutqqa xos punktuatsion holatlarning berilishidagi nuqsonlar. Yozma ish xatolari ustida ishlash o‘qituvchidan e’tibor va ijodkorlik talab qiladigan mashgulot turidir. Har bir o‘quvchiga yozma ishlardagi xatoni ko‘rsatib qo‘yishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu xatolarni bartaraf qilish uchun yozma ish muallifi bilan ishlash kerak bo‘ladi. O’qituvchi yozma ish xatolarini tasnif qilar ekan, har bir xatoning kelib chiqish sabablarini tasavvur qiladi. O’quvchilarning ko‘pchiligiga xos bo‘lgan va ayrim o‘quvchigagina xos bo‘lgan xatolarni hisobga olib, xatolar ustida ishlash boshlanadi. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalanish mumkin: 1. Har bir o‘quvchining o‘z xatolari ustida ishlashi. 2. Ko‘pchilikka xos (tipik) xatolar ustida yozuv taxtasida ish olib borish. 3. Taxtadagi so‘zlar vositasida gaplar tuzish musobaqasi. 4. Mavzuga doir lugat diktantlari o‘tkazib borish. 5. Doimiy va muvaqqat savodxonlik lavhalari va taxtalaridan foydalanish. 6. Berilgan gap yoki jumla variantlarini tuzish musobaqasini o‘tkazish. 7. Eng maqul epigraf topish konkursini o‘tkazish. 8. Imlo lugati bilan ishlash. 9. Berilgan so‘z sinonimlarini topish (sinonimik qator hosil qilish). 10.Berilgan so‘z antonimlarini topish. 11. Asar qahramonlariga yoki adiblarga sifatlashlar topish. 12. Ustunlarga ajratib yozish mashqlarini o‘tkazish. 13. Adabiyot daftarida eng qiyin so‘zlar imlo lugatini tuzib borish. 14. «Qiyin so‘zlar zanjiri» o‘yinidan foydalanish. 15. Insho goyasi va mavzusiga mos maqollar topish. 16. Biron inshoga yoki uning parchasiga sarlavha topish. 17. Mo‘jizalar maydoni, charxpalak, boshqotirma tipidagi o‘yinlardan foydalanib, qiyin so‘zlar yozilishini xotiraga singdirish. 18. Eng qiyin so‘zlarning rebusini tuzish. 19. Kompyuterda maxsus dastur asosida mashqlar o‘tkazish. 20. Matnlar vositasida savodxonlikni ko‘tarish va hokazo. Yozma ishdagi xatolar ustida ishlash jarayonida yozma ish matnlari uchun faol bo‘lgan leksika - 300-400 so‘z quyi sinflardan boshlab o‘quvchilarga singdirib borilishi, ularni to‘gri yozishga doir mashqlar uzluksiz va tadrijiy ravishda o‘tkazilib borishi yaxshi natija beradi. O’quvchining diqqati va xotirasini o‘yinlar va mashqlar vositasida savodxonlik tomonga yo‘naltirishning yangi usullarini o‘ylab topish va samarali qo‘llash ona tili va adabiyot fani o’qituvchilariga, mutaxassislarga havola.
5-SINF
7 Kunlardan bir kuni bir mutakabbir o’rgimchak ipak qurtiga: ”Men senga juda achinaman, birozgina ipak uchun shoshmasdan ishlab ko’p vaqt sarf etasan. Mana, menga qara, tez-tez ishlab ozgina vaqt ichida bu devorning boshidan oyog’igacha to’rt o’rab bitirdim. Menga o’xshab shoshib-pishib to’r o’rasang bo’lmaydimi?- dedi. Ipak qurti unga: ”To’g’ri, ishda sur’at, tezlik kerak, lekin sen singari apil-tapil ishlashdan foyda chiqmaydi, shuning uchun to’ring hech qimmatga ega emas, mening to’rim esa juda qimmatli to’r,”-deb javob beribdi. Hissa: Shoshma-shosharlik bilan hech foyda hosil bo’lmaydi. Ishning soniga emas, sifatiga diqqat qilish lozim. Har qanday ishga chin dildan-astoydil yondashish kerak. ”Oz ishla, soz ishla” deb bekor aytmaganlar. Bayt:
Shoshqaloqlik niholin o’tqazsang, Bergusi meva pushaymonlik.(100 so’z)
Shoh Bahrom o’zining go’zal va xushovoz kanizagi Fitna bilan kiyik oviga chiqdi. Ov vaqtida Bahrom kiyikni shunday ustalik bilan otdiki, bundan Bahromning o’zi ham bag’oyat hayratga keladi, ammo uning bu san’atiga Fitnaning tahsinlar o’qib hayratlanmaganligi Bahromni darg’azab etadi. Natijada u o’z sarkardasiga Fitnani o’ldirishni topshiradi. Qizning ko’p yolborib iltijo qilishi natijasida sarkarda uni o’zining shahardan tashqaridagi oromgohiga eltib qo’yadi. Fitna har kuni u yerda kichik bir buzoqchani zinadan ko’tarib boloxonaga boqqani olib chiqadi. Oradan ma’lum vaqt o’tadi va haligi kichik buzoqcha bahaybat novvosga aylanadi, lekin Fitna odatdagidek, uni hech bir qiyinchiliksiz boloxona zinalaridan ko’tarib chiqishda davom etaveradi. Kunlardan bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib, Bahromni o’z oromgohiga taklif etadi. Yuqorida aytilgan taajjub voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan shoh hayratga keladi-da, Fitnani tanib, uzr so’raydi. Shoh Bahrom va Fitnaga bo’lgan munosabatingizni bayon eting.(107 so’z) GO’ZALLIK Insonning aziz va mukarram qilib yaratilganligi ayon haqiqat va uning murakkab, tushunarsiz mavjudot ekanligi ham sir emas. Shu sababli bani bashar o’z hayotida ko’p qoqinadi, aksar yaxshilig-u yomonliklar ichida surinadi. Mirzakalon Ismoiliy bu nozik masalalar tegrasida nazokat va tabiiylik bilan qalam tebratadi. Binobarin, inson Olloh tomonidan yaratilgan jamiki suvrat-u siyratlarning mukammali ekan, u shunga monand ravishda fe’l-atvorga, go’zallikka ega bo’lmog’i lozim, lekin go’zallik deganda nimani tushunamiz? Shahlo ko’zlar, chiroyli kiyim-bosh, qimmatbaho taqinchoq-u bezaklarnimi? Menimcha, go’zallikning o’z qonunlari, qoliplari bor. Yuqorida sanalgan narsalar bilan ”chiroyli odam” bo’lish mumkin, lekin ”go’zal inson” bo’lish uchun esa uni odamiylik fazilatlari to’ldirishi kerak. ”Go’zallik ham bamisoli daraxt. Yaprog’i- axloq, ildizi-ichki dunyo, mevasi-yaxshi fazilat. Xulosa qilib aytganda, odam bolasidagi go’zallik tabiat ato qilgan husn-jamoldan tashqari, yana eng yaxshi xulq-atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiylikdan
8 iboratdir. Mana shunda go’zallik insonga husn beradi. Bu xil go’zallik yaproqlarsiz, ildizlarsiz qurishi muqarrar bo’lgan daraxtga sira-sira o’xshamaydi, qurimaydigan, boqiy go’zallikdir,-deydi M.Ismoiliy.(127 so’z)
Har bir inson uchun o’z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini ado etish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to’ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi. Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi. Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar va vazifalar sari yo’l ko’rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o’ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el ichida o’ylab, butun kuch va imkoniyatingni ishga solishadi. Muallim va ustozning vaqatlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu biron nimani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan qayta so’rashing zarur. Muallim va ustozing nima so’rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so’zlarni saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko’cha-ko’yda ularni ko’rib qolsang, ta’zim bajo qil, qo’lingni ko’ksingga qo’yib salom ber. (140 so’z)
AHMAD AL-FARG`ONIY Ahmad al -Farg`oniyning to`liq ismi Abul Abbos Ahmad Ibn Muhammad Ibn Kasir al-Farg`oniydir. U VIII asr oxilarida Qo`bo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. Qo`va shahri o`sha davrning madaniy-ilmiy markazlaridan bo`lgan, 20 yoshgacha Qo`va shahrida yashab, shu yerda ta`lim oladi. Uning nomi o`sha davrlardanoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif etiladi. Ahmad al-Farg`oniy nomi ko`p o`tmay shunchalik e`tibor qozondiki, 30-35 yoshlarda uni “Tinchlik shahri” d eb atalgan Bag`dodga “ Bilim uyi”, ya`ni ‘Xizonat-al hikma” yoki “Bayt –ul hikmat” ga taklif etishadi. Uning ko`pchilik asarlari Ma`mun huzurida yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur “Kitob javome’ ilm an nujum val - harakat as- samoviya” (“Astronimiaya va sayyoralar harakati “) kitobi ham o`sha davrda yaratildi.
9 Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda Germaniya universitetlarida o`qitila boshlandi. Bu davrda uning mashhur asarlari lotin tiliga, Ya’qub Onaduliy tomonidan ibroniy tiliga o`girildi. Ahmad al- Farg`oniy Yevropada Alfraganus nomi bilan mashhur bo`ldi. Uning qo`lyozmalari dunyo bo`yicha tarqalgandir. Amerikaning Priniston universiteti, Sankt-Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olim qo`lyozmalari mavjudligi ro`yxatga olingan. Al-Farg`oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o`zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo`ladi.(116)
HADISI SHARIF Islom shariatining asosiy manbalaridan ikkinchisi sunnatdir. Sunnat Rasulullohdan naql qilingan hadisi shariflar orqali shakllanadi. Hadisi sharifda Rasululloh alayhissalomning so`zlari, ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlariga munosabatlari haqida hikoya qilinadi. Shu uch xil uslubning har biri sunnat deyiladi.
Hadisi shariflarni yig`ib kitob shakliga keltirish, asosan, payg`ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Bu sharafli ish VIII asrga kelib keng quloch yoygan. Islom olamining o`sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan shaharlarida hadis bilan shug`ullanuvchi muhaddislar ko`p bo`lgan. Ular hadis to`plamlarini tuzishgan. Ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita bo`lib, bularni Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom abu Dovud , at-Termiziy , Imom an-Nasoiy va Imom ibn- Mojalar tuzishgan. Bu buyuk muhaddislarning to`rt nafari turonzaminlik bo`lgani bilan butun islom dunyosi miqyosida faxrlansak arziydi. Muhaddislik shu qadar sharafatli va sermashaqqat ishki, u kishidan zakovat, kuch- quvvat, fidoyilik, yuksak iqtidor va kuchli quvvayi hofizani talab qiladi.(100 so’z))
Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling