Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.10.2020
Hajmi471.08 Kb.
#133131
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bayonlar-to’plami (1)


ENG YAXSHI DORI 

 

Shunday xastalar bo`ladiki, ularni faqat so`z bilan davolamoq zarur. Abu Ali 



ibn  Sinoning  fikriga  qaraganda,  bemorni  dori-darmon  bilan  birga  so`z  bilan 

davolagan  ham  afzal,  chunki  so`z  shunchalik  sir-sinoatga  ega  bir  mo`jiza 

hisoblanadi. 

      Bir og`iz shirin so`z. Siz bu so`zning naqadar umidbaxsh va katta qudratga ega 

ekanligini  his  qilganmisiz?  Qiziq,  ba`zan  noyob  dori-darmonlar  –  u  zamonaviy 

meditsina  asbob-  uskunalari  ham  ojizlik  qilib  qolganda  ham  mana  shu  bir  og`iz 

so`z bemorga ruhiy dalda, jismoniy quvvat bag`ishlaydi! Chuniki so`z xoh yaxshi, 

xoh yomon bo`lsin, avvalo, bosh miyaga ta`sir qiladi. Bosh niya esa organizmdagi 

butun  jarayonlarni  boshqaradi  va  nazorat  qiladi.  Yomon  so`z  orqali 

asabiylashganda,  odamning  aft-angori  o`zgaradi,  rangi  o`chadi,  qo`l  va  oyoqlari 

titraydi, quloqqa so`z kirmaydi, faqat o’lishi va yurak urushi tezlashadi. Shu payt 

kishi o`zini bosib ololmasa , yomon kasallikka chalinishi mukin. 

     Rivoyat  qilishlaricha  bir  kuni  Luqmoni  Hakim  ko`chada  ketayotgan  ekan. 

Qarasa,  sal  oldinda  borayotgan  bir  qiz  dam-badam  qon  tuplarmish.  Hakim  qiz 

uyiga  kirib  ketgach,  uning  orqasidan  kirdi.  Luqmoni  Hakim  qizning  otasiga  : 

”Qizingiz  bedavo  dardga  uchrabdi,  afsuski  ,  muolajaning  iloji  yo`q”,  -  debdi. 

Uning bu so`zlarini haligi qiz eshik orqasidan eshitib turgan ekan . Birdan yuragi 

duk-duk  urib  qaltirab  yiqilibdi  va  hushidan  ketibdi.  Xullas,  shu  bir  og`iz  so`z 

oqibatida qiz ruhiy dardga giriftor bo`lib olamdan o`tibdi...  

         ...Kunlarning birida qizning otasi Luqmoni Hakimni uchratib qolibdi. Shunda 

ota: 

-Taqsir, qizim bedavo dardga chalinganini qanday bilib edingiz?-deb so`rabdi. 



Luqmoni Hakim debdi: 

-Qizingiz ko`chada kela turib, bot-bot qon to`planganini ko`rib edim. 

     Bu  javobni  eshitgan  chol  shart  etib,  o`z  peshonasiga  uribdi.  Keyin  o`ziga 

kelgach: 



 

26 


- E, attang, qizim o’sha kuni shotut yeb edi, siz ko`rgan tupig shotut sharbati edi-

ku! -debdi. 

 Hakim chol oldida tiz cho`kib , uzr so`rabdi: 

- Siz menga va bizdan so`nggi avlodlarga unutilmas saboq berdingiz. Bir so`z bilan 

soppa-sog`  odamni  o`ldirish  yoki  bemorni  oyoqqa  turg`izib  yuborish  mumkin 

ekan!  Yunonlar:”Dardni  bilmasang,  yaxshisi  sen  bemorni  tinch  qo`y”,  -deb  bejiz 

aytmagan ekanlar.(210) 

 

\                                 ASSALOM,  KELAJAK! 

Ey  sen,  shoshib,  hovliqib  ,  dam-badam  qo`lidagi  soatiga  qarab  borayotgan 

inson!  Bilarmisanki,  qo`lingga  bog`lab  olganing  soat  emas,  sendagi  sanoqsiz 

zanjirlarning biridir.  

     Zanjir  ila  sening  insoniyatga  tutashliging  bor.  Tomchi  bo`lib  daryo  bilan 

oqayotirsan,  zarra  bo`lib  koinot  bilan  charx  urayotirsan.  Bu  zanjir  ila  zamonga 

daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan.  

     Bashariyat  tarixi  koinot  umriningo`n  besh  daqiqasi  emish.  Bu  zamon  ichida  u 

ne qadar kamol topdi?  Mamont to`shini talashib bir –birini majaqlagan ajdod bilan 

din-u irq talashib, mansab talashib yashayotgan avlod o`rtasida tafovut qancha?  

      Bu  xayollar  va  bu  savollar,  yangi  mingyillikda  meni  qiynab  turgan    hislar, 

yozilmagan she`rlarimdir. 

      Cheksiz,  abadiy  makon  –u  zamon  ichra  mavjudlik  ulug`  baxtim  va  olam  –u 

o`zni anglamaslik ulug` dardimdir.  

      Men  zarraman.  Zarraning  koinot  bilan  bir  butunligi  va  tanholigi  bor. 

Sayyoralar kabi o`z osmon o`z hayoti , o`z mehvari, o`z darvozasi bor. Zamonim – 

asrim, makonim – vatanim. Shu makonning erki mening erkim , zanjirlari mening 

zanjirlarimdir. 

    Ey,  mening  buyuk  va  ozurda  yurtim,  qudratli  va  jafokash  Vatanim!  Sen  o`z 

zanjirlaring  ichida  eng  uqubatlisi,  eng  og`riqlisi  bo`lgan  tobelik  va  mutelik 

zanjiridan xalos bo`lding. Ozodlik kuning asr desa asr, mingyillik  desa mingyillik 

ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening yangi umrim boshlangan 

kun . 


      Ey mening suyukli O`zbekistonim ! Zamonlar kelarki, botiniy zanjirlaring ham 

yechilar.  Kelajak  haqiqiy  hur  dunyo  ichida  sen  ham  chinakam  ozod  mamlakat 

bo`larsan.  Zamonlar  kelarki  ,  insoniyat  mojarolarni,  qon  to`kishlarni  unutmas, 

olamda mehr-u saxovat, poklik va ezgulik g`olib bo`lar. 

    Bizning bu g`urbat to`la asrda matonat bilan yashagan avlodning uyg`oq ruhi ul 

zamon aytar : ”O`lmagan qul shunday kunga ham yerib keldi-ya!” 

   Shu umidbaxsh tuyg`u tufayli bugun ”Assalom, kelajak!” deya hayqirgim keladi. 

(210 so’z) 

 

AMIR TEMUR 

 

  Amir  Temur  1336  -  yilning  8  -  aprelida  Kesh  (Shahrisabz)  viloyatining 

Xo‘jailg‘or  qishlog‘ida  tug‘ildi.  U  yoshligida  xat-  savod  chiqarib,  tibbiyot, 

riyoziyot, falakiyot, tarix ilmi va me’morchilikni  o‘rgandi. 


 

27 


Amir  Temurni  yaqindan  bilgan  arab  faylasufi  Ibn  Xaldun  jahongirning  turk, 

arab,  fors  xalqlarining  tarixini,  diniy,  dunyoviy  va  falsafiy  bilimlarni  mukammal 

o‘zlashtirganini ta’kidlaydi. 

Amir Temurning hayoti va faoliyatini ikki davrga bo‘lish mumkin: 

birinchi  davr  (1360  -  1385)  -Movarounnahrning  mug‘ul  istilosidan  ozod 

qilinib, yagona markazlashgan davlat tuzilishi, o‘zaro urushlar barham topishi; 

ikkincni davr (1386 – 1405) esa boshqa mamlakatlarga ikki yillik, uch yillik, 

to‘rt yillik deb ataluvchi yurishlardan iborat. 

Atoqli  nemis  olimi  M.  Beberning  yozishicha,  “Amir  Temur  o‘z 

dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va 

qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi”. 

Amir  Temur  ilm–fan,  ma’naviyat  ahliga  alohida  e’tibor,  mehribonlik 

ko‘rsatgan.  U  davlat,  jamiyat  oldida  turgan  har  bir  muhim  masala  yuzasidan 

kengash  chaqirar  va  bu  kengashga  nafaqat  davlat  arboblari,  sarkardalar, 

temuriyzodalarni,  balki  sayyidlar,  shayxlar,  ilm  -  fan  arboblarini  ham  taklif  etar 

edi. 


Sohibqiron  bu  haqda  o‘z  qo‘li  bilan  bitgan,  muhim  tarixiy  manba  sanalgan 

“Tuzuklari”da bayon etgan. 

Mustaqillik  davrida  tarixni  xolisona  o‘rganish,  buyuk  ajdodlar  ruhini  yod 

etish yaxshi an’anaga aylandi. Xususan,  Amir Temur nomini tiklash borasida katta 

ishlar  qilindi.  1996-  yilning  Vatanimizda    Amir  Temur  yili  deb  e’lon  qilingani, 

Amir Temur ordeni ta’sis etilgani fikrimizning yorqin dalilidir. 

(214ta so’z) 

 

 

 

QALB GO`ZALLIGI - INSON ZIYNATI 

 

      Odamzod  hamisha  go`zallika  intilib  yashaydi.  Afsuski,  bunda  tashqi  ko`rk- 



tarovat,  husn-  malohatning  hamisha  qo`li  ustun.  Ma`naviy  pokdomonlik,  qalb 

go`zalligi  ko`pincha  e`tibordan  chetda  qolib,  o`z  bahosini  topavermaydi.  Vaqt 

o`tishi  bilan  yuz-  ko`zdagi  o`t-  olov  o`rnini  son-  sanoqsiz  ajinlar  egallaydi,  adl 

qomat esa kamondan to`n kiyadi. 

     Botiniy  malohat  esa  aksincha.  Xuddi  sharshara  ostidagi  gavharmijos  yillar 

davomida  sayqallashadi,  yangi-  yangi  qirralari  ochiladi,  tobora  tiniqlasib,  ruhiy 

kamolot sari ko`tariladi. 

       Biroq, inson inson-da, o`tkincha dunyoga aldangani yetmaganiday, ko`zga tez 

tashlanuvchi  ”yulduz”larga  umid  bog`laydi  va  tong  yorishib  quyosh  borliq  uzra 

zamin  nurlarini  sochgandagina  qalbida  son-  sanoqsiz  armonlar  ila  adashganini 

anglab  yetadi.  Kunning  haqligini,  kunduzi  barcha  barobarligini  tusunaveradi.  Bor 

hikmat shundaki, uning qudratini tundayoq his etmoqqa qodir tafakkur kerak.  

        Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali ofatlardan biri 

bu  komil  inson  qadr-qimmatini  vaqtida  baholay  olmaslik,  qadriga  yetmaslik,  iliq 

nafasiga quloq tutmay, g`animat damlarni g`aflatda, razolat va jaholat iskanchasida 

o`tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham hayotning oxiri emas. Hamma balo poklikni inkor 



 

28 


etish  bilan  nopoklar  yo`liga  poyandoz  to’shalishidadir.  Goho  hayratdan  yoqa 

ushlaysan: nahotki, ezgulikning peshonasi bu qadar sho`r  bo`lsa, oqillikning puch 

yong`oqchalik qadri sezilmasa, yaxshiliar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa? 

        Yo`q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog`atidan ortiq ne`mat bormi? 

Nega  gunohlarimizdan  pushaymon  bo`lish,  istig`for  aytish  ,  tavba-  tazarru  qilish, 

oxiratni  o`ylash  o`rniga  oxirgi  nafasga  qadar  moddiy  boylik,  mol-  dunyo  uchun 

o`zimizni  o`tdan  cho`qqa  uramiz,  dil  oynasini  xiralashtiramiz.  Hol  buki,  bu 

dunyoda  chinakam  qayg`urishga  arziydigan  bitta  yo`qotish  bor,  u  ham  bo`lsa 

imondan ayrilmoqdir.(177) 

 

 



ABU RAYHON BERUNIY 

Beruniy 973- yil 4-oktabrda Xorazmda tug‘ildi. Erta yetim qolgan bo‘lsa ham, 

u yaxshi odamlarning qo‘lida tarbiyalandi. Yoshligidanoq ilm-fanga juda qiziqdi. 

Ayniqsa,  matematika,  astronomiya,  geografiya  va  tibbiyot  fanlariga  doir  ko‘p 

kitoblar o‘qidi. Qadimgi Xorazm tilini, turkiy, fors va arab tillarini puxta o‘rganib 

oldi. Boshqa tillarda ham mashq qildi. 

So‘ngra o‘zi ham matematika va astronomiya, geografiya va tarixdan kitoblar 

yoza boshladi. Yulduzlarni kuzatdi, daryo oqimini o‘lchadi. Turli fanlar sohasida 

kuzatishlar olib borish maqsadida o‘zi ko‘pgina tajriba asboblarini ixtiro etdi. 

Beruniy  kamtar  va  odobli,  haqgo‘y  va  oliyjanob  inson  edi.  22  yoshida 

Xorazmni  tashlab  chiqib  ketishga  majbur  bo‘lgan.  Ancha  vaqt  Afg‘onistonning 

G‘azna  shahrida  yashadi.  So‘ng  Hindistonga  bordi.  Hindistonda  bo‘lganida  eski 

hind  tili  –  sanskrit  tilini  o‘rgandi.  Bu  uning  hind  madaniyati,  adabiyoti  va  o‘sha 

davr  olimlari  bilan  yaqindan  tanishuviga  imkon  berdi.  Hindiston  yeri,  tog‘lari, 

daryolari,  o‘simlik  va  hayvonlar  dunyosi,  xalqi,  dini  va  urf-odatlarini  ta'riflagan 

mashhur «Hindiston» asarini yozdi. 

Beruniy  har  bir  ishga  mas'uliyat  bilan  qarar,  boshlagan  ishini  oxiriga 

yetkazishga harakat qilar edi. 

Beruniy  O‘rta  Sharq  olimlari  orasida  birinchi  bo‘lib  Yerning  shar  shaklida 

ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan to‘g‘ri fikrga keldi. U 

Yer shari o‘lchamini aniqladi. Eni 5 metr keladigan globus yasadi, dunyo xaritasini 

chizdi.  Dunyoning  qaerida  qanday  boyliklari  borligini  aniqladi.  Dengiz  suvining 

har kuni ikki marta qalqib-qaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlarining sababini 

soddagina  qilib  izohlab  berdi.  Amudaryo  qaysi  vaqtda  toshib,  qaysi  vaqtda 

sayozlanib qolishi jadvalini tuzdi. 

Beruniy 75 yil umr ko‘rdi. Shu davr ichida turli sohalarga oid 160 ga  yaqin 

kitob va risolalar yaratdi. Asarlari matematika, astronomiya, geografiya, geologiya, 

farmakologiya,  kartografiya,  tarix,  til,  adabiyot  sohalariga,  shuningdek, 

etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga bag‘ishlangan. 

Beruniyning  jahon  fani  oldidagi  buyuk  xizmatlari  jamoatchilik  tomonidan 

e'tirof  etilgan  va  tavalludi  ko‘p  mamlakatlarda  nishonlangan.  Uning  tug‘ilgan 

shahri,  O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasining  Sharqshunoslik  instituti,  Toshkent 

Politexnika  instituti  Beruniy  nomi  bilan  ataladi.  Beruniy  nomidagi  O‘zbekiston 

Davlat mukofoti ta'sis etilgan. (298ta so’z) 



 

29 


 

ALISHER    NAVOIY 

 

 



Alisher  Navoiy  1441  -  yil  9  -  fevralda  Hirot  shahrida    tug‘ilgan.  U  bolalik 

davrida Temuriy shahzodalar bilan  birga tarbiyalandi. Uning otasi ma’rifatparvar 

kishi bo‘lib san’at  va  adabiyotga qiziqar   edi.    Navoiylar  uyida  shoirlar  tez  -  tez 

to‘planib,    she’rlar  o‘qib,    san’at  haqida  suhbatlashardilar.    Bu  Alisherda    katta 

taassurot qoldirdi. U 10 - 12 yoshlaridayoq she’rlar yoza boshladi.  

 

1472- yili  Navoiy amirlik (vazirlik) vazifasiga tayinlandi. Lekin bu mansab 



shoirni  qanoatlantirmadi.  Shu  tufayli  u  ijodiy  ishga  o‘tib,  o‘zbek  adabiy  tilini 

rivojlantirish,  bu  tilda  adabiy  asarlar  yaratishga    kirishdi.    U  xalq  manfaatiga 

qaratilgan  masalalarni  o‘zining  “Xamsa”  asarida  yoritdi.  Bu  asar  besh  dostondan 

iborat: “Hayratul abror” , “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, 

“Saddi  Iskandariy”.  Bu  ajoyib  dostonlarda    shoir  do‘stlik,  chin  muhabbat, 

odamlarga g‘amxo‘rlik, halollik, obodonchilik, mehnatga muhabbatni  kuylagan.  

  

Alisher  Navoiy  asarlarini  xalqimiz  sevib  o‘qiydi.  Uning  asarlari  asosida 



“Farnod va Shirin”, “Layli  va Majnun”, “Dilorom”, “Mehr va Suhayl” kabi  sahna 

asarlari yaratildi.  

 

Navoiy haqida ko‘plab ilmiy va adabiy asarlar  yozildi. Oybekning “Navoiy” 



romani, L.Batning “Hayot bo‘stoni” qissasi,  Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher 

Navoiy” dramasi  shular  jumlasidandir.  Ko‘pgina tumanlar, qishloq va ko‘chalar, 

teatrlar    o‘quv  yurtlari,  shahar  va  mahallalar  Navoiy  nomi  bilan 

atalgan.Toshkentda  Navoiy  nomli  Milliy  bog’  yaratilgan  va  u  yerda  Navoiyga 

haykal  o‘rnatilgan.    Ulug‘  shoir,  olim  va  mataffakkir  Navoiy    1501-  yilning  3- 

yanvarida Iroq shahrida vafot qilgan. (215ta so’z) 

 

 

 



KO'RLAR VA FIL 

 

Naql  qilishlaricha,  bir  guruh  ko'rlar  to'dasi  bir  sabab  bilan:  musofirlik  yoki 



asirlik  tufayli  Hindistonga  borib  qolishibdi.  So'ngra  falakning  gardishi  bilan  ular 

yana  o'z  yurtiga  qaytib  kelishibdi.  Bu  yerda  ulardan  bir  kishi:  "Filni 

ko'rdilaringizmi?"  —  deb  so'rabdi.  Ular  "Ha",-deb  javob  beribdilar.  "Ko'rgan 

bo'lsangiz, dalil keltiring",— debdi boyagi kishi. 

Ular aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olmagan edilar. 

Har  biri  filning  bir  a'zosini  paypaslab,  undan  bilim  hosil  qilib  olgan  edi.  Shu 

sababli  filning  qo'llarini  ushlagan  kishi  fil  ustunga  o'xshar  ekan,  desa,  qornini 

paypaslagan,  yo'q,  u  beustun,  dedi.  Xartumini  ushlagan,  fil  ajdahoga  o'xshash  bir 

narsa  ekan,  desa,  tishlarini  bayon  qiluvchi  kishi  esa,  fil  ikkita  suyakdan  iborat, 

dedi.  Quyrug'idan  xabar  bergan  kishi  filni  osilib  turgan  ilonga  qiyos  etdi.  Qo'li 

bilan Filning boshini paypaslagan kishi uni bir qoyaning tumshug'i deb sharh qildi. 

Filning  qulog'iga  qo'l  tegizgan  kishi  uni  qimirlatib  turgan  ikki  yelpig'ich  ekan, 

dedi. 


 

30 


Ularning  barchasi  shu  tariqa  ko'rlik  yuzasidan  turli  so'zlar  aytdilar.  Garchi 

ular  aytgan  so'zlarning  barchasi  to'g'ri  bo'lsa-da,  ularning  hammasi  nuqsonli  edi, 

ularda tartib mavjud emas edi. 

Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisoblangan yetuk faylasuf, o'zi hind 

naslidan  bo'lgan  kishi  ular  aytgan  so'zlarni  tinglab,  naql  qilganlarga  ta'na  so'z 

aytmadi va shunday dedi: 

-  Har  bir  kishi  fil  haqida  o'zi  bilganini  aytib,  u  haqda  nishon  berdi.  Ular  bir-

birlariga zid fikrlarni aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki ularning har biri o'z 

bilganicha  so'z  aytdi,  ammo  ulardan  hech  biri  filni  ko'rgan  emas  edi.  Lekin  ular 

aytgan  bu  sifatlarning  barchasi  bir  yerga  jam  qilinsa,  ulardan  fil  haqida  muayyan 

tasavvur hosil bo'ladi. 

Uzoqni  ko'ruvchi  kishiga  bu  aniq  bo'lgani  uchun  u  hech  bir  ikkilanmasdan 

ko'rlar aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi. (263ta so’z) 

 

MUQBIL VA MUDBIR 

Bir  yo'laro  ikki  o'rtoq  ketib  borardi.  Ulardan  biri  bilimsiz,  ikkinchisi  esa 

tariqat  bilimdoni  edi.  Biri  nuqsonli,  ikkinchisi  esa  komil  sifatlar  egasi  bo'lib, 

unisining  oti  Mudbir(baxtsiz), bunisining  oti  esa  Muqbil(iqbolli)  edi.  Ulardan  har 

birining ismi jismiga munosib bo'lganidek, jismi ham ismiga mos edi. Muqbil iloh 

ahllari  haqida,  dindagi  komil  va  ogoh  kishilar  to'g'risida  so'z  aytsa,  Mudbir  esa 

butni vasf etuvchi kofirlarga o'xshab faqat nuqson ahli haqida so'z yuritardi. Unisi 

dard-u  o'rtanishlardan  gapirsa,  bunisi  yaltiroq  tashqi  ko'rinishlar  haqida  valdirar 

edi. Shu tariqa ular bir-birlaridan hech bahra topmay, yo'lda davom etishardi. Ular 

qarshisida  bir  go'zal  shahar namoyon  bo’ldi.  Hamrohlar  uni  g'animat  bilib,  tezda 

bir-birlaridan  ajralib  ketdilar.  Muqbil  faqirlar  turadigun  ko'chaga,  Mudbir  esa 

ko'ngilochar joylarga yo'l oldi. 

Mamlakat  shohi  Muqbilga  yuz  hurmat  va  ehtirom  ko'rsatib,  uni  ko'rgani  keldi. 

Shoh  u  bilan  suhbatlashib  turganida  yomon  xulqli  Mudbirni  bir  guruh  odamlar 

sudrab kelishdi va uning qilmishidan arz etishdi. Aytishlaricha, bu kecha bir to'da 

bezorilar  ichib,  aysh-u  ishrat  qurishibdi.  Ulardan  biri  Mudbirga  "Sen 

badbasharasan"  degan  ekan,  shu  so'zi  uchun  bu  ablah  o'sha  odamga  xanjar  urib, 

halok qilibdi. 

Shoh  buni  eshitgach,  odillik  ko'rsatib,  Mudbirdan  qasos  olish  haqida  hukm 

chiqardi. 

Kamtar  kishi  (Muqbil)  ana  shu  tarzda  shoh  suhbatiga  musharraf  bo'lib,  oliy 

martabaga  erishdi.  Xudbin  (Mudbir)  esa  shu  yanglig'  jazosini  topdi.  Darhaqiqat, 

uchqun  yuksak  osmon  sari  ko'tariladi,  yaltiroq  chivin  bo'lsa  axlat  ustida  qoladi. 

(216ta so’z) 

OFTOB OYIM 

(Onam haqida) 

Ismingizni kim qo`yibdi, Oftob oyim ?! Ismingizday yuzingiz, ko`zingiz, so`zingiz 

issiq, nurli, haroratli. 

    Oftob  oyim,  Siz  bugun  momosiz.  Oppoq  sochlaringiz  oq  ipakdir,  ko`zlardagi 

mehr,  mehnatkash  qo`llardagi  saxovat,  bekalikdagi  mahoratga  ta`rif  yo`q.  Siz  bir 

paytlar  kelin  bo`lgansiz.  Sumbul  sochlaringiz  taqimini  o`pib  yelkalaringizga 



 

31 


sig`magan , o`smadan payvasta qoshlar parvozi, istarasi issiq bug`doyrang yuzlar, 

kulib turuvchi ko`zlar , ma`no mag`izli so`zlar sizniki bo`lgan.  

    Bolalar,  gul  -u  lolalar  ortingizdan  suq  bilan  qarayotgan  oq  gul  qizil  gullarni 

ko`rib, suyungansiz. Bag`ringiz   to`lib , yolg`izligingiz ham bilinmagan-da , fahm- 

farosat  sizda  naqd  edi.  Andishani  toj  deb  bilgansiz  .  Turmushda  tog`  bo`ldingiz  , 

bor-u yo`qqa ko`ndingiz. Dilbandlarni oq yuvdingiz, halol pand-u qand berdingiz. 

      Oftob  oyim,  siz  muloyim  begoyimsiz.  Hamon  farishtalisiz,  kulsangiz  dil 

yorishadi,  yursangiz  gul    ochiladi.  Gullaringiz  g`unchaladi,  chiroy  ochdi.  Gulga 

oshnosiz,  do`stga  tashnasiz.  Mehr  izlaysiz,  asta  so`zlaysiz.    Jonga  jonsiz,  butun 

imkonsiz.  

    Oftob  oyim,  siz  davlatim,  shifo  savlatim,  she`rim,  nafosatimsiz.  Keling  ,  issiq 

yuzingizga  yuzim  bosay,  hayot,  taft  olay,  mehnatkash  qo`lingiz  o`pay,  silab  bir 

suyay , poyingizga sajdalar qilay, umrlar tilay. Bizni  kutasiz, ilinasiz , sog`inasiz – 

yurak  bisotingiz,  boyligingizni.  Mehrlisiz,  mehr  berasiz,  mehrga  talpinasiz.  

Uyg`oq yashaysiz, g`amlar kelsa ham, ularga qilich solasiz , haromga yo`liqsangiz 

hazar qilasiz . Siz borki , darvozalar ochiq , gul-u rayhonlar xandon, quyosh ham 

kular, uylar ham to`lar . 

      Oftob oyim, siz kechirimli, bardoshli, jonsarak ona. Besh qiz- o`g`ilni yaratgan 

ona, ertaklar-u rivoyatlar yaratgan ona .  Tong saharlab uyqudan turib, oydin baxt-

u  risq  –ro`zlar  so`ragan  ona.  Ismingizni  so`rasalar,  xosiyatli,  insof-  diyonatli, 

qalbingiz go`zal. Siz  muhtaram, chin volidam, Makkatilloyimsiz, mening  onam  – 

Oftob oyimsiz.(200 so’z) 

 

8-SINF 

 

TURSUNBOYGA AYTAR SO`ZLARIM ! 



(Said Ahmadning ”Ufq” romanidagi Tursunboyga maktub) 

 

Qishloqning bir xonadonida “chiroq yoqildi”, ya`ni Jannat xola va Ikromjon 

tog`a  o`g`il  ko`rdilar.  O`g`lining  ismini  Tursunboy  atashdi.  Samimiy  odamlar 

xonadonida yoqilgan chiroq siz edingiz, Tursunboy! 

Siz  yoshligingizdan  ishyoqmas,  dangasa,  qo`rqoq  bo`lib  o`sdingiz.  Qarang, 

katta  yigit  ham  bo`lib  qolibsiz.  Afsuslar  bo`lsinkim,  Jahon  urushi  bo`lib  qoldi. 

Sizni  ham  urushga  chaqirtirishdi.  Ota-onangiz  ko`plar  qatori  yakka-yu  yolg`izini 

Vatan himoyasiga yuborishdi. Ular “O`g`limiz jang qilib, xalqimni ozod, yurtimni 

obod qiladi” deb  orzulagan edilar. Ammo, ammo.....Ota-ona orzusi havodek uchib 

ketdi.  Orzulari  og`zida  qoldi.  Siz  urush  qiyinchiliklariga  dosh  berolmay  qochib 

ketdingiz,  so’ngra  qishloqning  chetida,  to’qayzorlarda  berkinib  yotdingiz.  Buni 

onangizdan  boshqa  hech  kim  bilmas  edi.  Bechora  Jannat  xola....Har  kuni  o`y-

xayoli,  hayoti  to`qayzorda  bo’lib  qoldi.Otangizdan  berkitib  ovqat  olib  kelar  edi. 

Buni o’zgalar bilib qolishidan juda-juda qo’rqar edi. 

Sizga  maktub  bitmoqdaman-u,  xayolimga  quyidagi  misralar  kelaveradi. 

Jannat xola zorlanayotganga o’xshaydi nazarimda: 

 Chakka o’tgan tomga o’xshayman, 

Ko’zimdan yomg’irlar to’kilar tinmay. 



 

32 


Bu yorug’ dunyoda bormi, bilmayman, 

O’z o’g’lim yo’liga intizor menday...                          (M.Yusuf) 

 

Kunlar  o’tdi...  Onangiz  xastalana  boshladi,  chunki  uni  vijdon  azobi  qiynar 



edi.  Faqat sizni o’ylar edi. Kunlardan bir kuni ona sizga og’riyotganini aytdi, siz 

bu gapga parvo ham qilmadingiz. Qo’lidan ovqatni olib hayvonlarcha ovqat yeyar 

edingiz. Ha, siz faqat o’zingizni, qorningizni o’ylar edinginz. 

Siz  to’qayzordasiz...Ana  shunday  kunlarning  birida  ko’chadan,  tobut 

ko’tarib,  yig’i  bilan  mahalla-ko’yingiz,  qarindosh-urug’laringiz,  padaringiz 

Ikromjon  o’ta  borar  edi.  Yuragingiz  sezdi:  tobut  ichidagi  sizning  mushfiqqina 

onangiz Jannat xola edi. Yuragingizni g’am-alam bosdi, chunki shunda siz:”Endi 

menga  kim  ovqat  olib  keladi”,  deya  alam  chekdingiz.  O’shanda  ham  o’zingizni 

o’yladingiz. Onaizorga ozgina bo’lsa ham achinmadingiz-a!? 

Nahotki onangizni tuproqqa qo’yib kelishga ham yramagn bo’lsangiz? Yo’q! 

Sizni odam bolasi deya olmayman. 

Tursunboy!  Bir  umr  vijdon  azobida  qiynalishingizni  xayolingizga 

keltirdingizmi? Shu payt sizni haqoratlagim keldi. Yo’q! Yo’q! Unday demayman, 

chunki har bir qilayotgan ishimizning oxiratda javobi bor-ku axir!? Sizni yuraksiz, 

zabonsiz, dilsiz, bir quriyotgan daraxtga qiyoslayman, xolos. 

 


Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling