Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-SINF SHE’RIYATNING CHO’G’I
- KAMOLIDDIN BEHZOD
- SUVNING TOMCHISI HAM SUV
- TEMUR BOBOGA MUROJAAT
ABU NASR FOROBIY Abu Nasr Forobiy IX asrning 70-yillarida Sirdaryo bo‘yidagi Forob qishlog‘ida tug‘ildi. Forobiylar oilasi turkiy qabiladan edi. Forobiy Bag‘dodda o‘qidi, arab, grek, yana bir necha tillarni mukammal o‘rgandi. Falsafa mantiq, astronomiya, matematika, tabobat va musiqa bilan shug‘ullandi. «Sharq Arastusi» (Sharq Aristoteli) va Aristoteldan keyingi ikkinchi ustoz – «Muallim-as-soniy» nomlari bilan shuhrat qozondi. Forobiy Aristotelning «Metafizika», «Fizika», «Meteorologiya» va boshqa asarlariga sharhlar yozdi. (Buyuk alloma ibn Sino ham uning sharhlaridan foydalanganligini yozadi.) Forobiyning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tabobat, tabiat hodisalari, tilshunoslik, she'riyat, notiqlik san'ati, axloq, ta'lim-tarbiya va boshqa sohalarga oid asarlari keyinchalik boshqa tillarga ham tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan. Forobiy 160 dan ortiq asar yaratgan. Afsuski, ulardan bizga 40 ga yaqini etib kelgan, xolos. Forobiy olim bo‘lish bilan birga, mohir musiqachi va shoir ham edi. U kamtar va kamsuqum inson bo‘lib, faqirona kun kechirgan, saroy olimi bo‘lishni istamagan.
18
Umrining oxirida Misrda, so‘ng Damashqda yashab, o‘sha erda vafot etgan. Ulug‘ Sharq olimining merosi keyingi avlodlar uchun katta xazinadir. 1975 yili Abu Nasr Forobiyning 1100 yillik to‘yini butun taraqqiyparvar insoniyat tomonidan nishonlanishi ulug‘ olimning jahonshumul mavqeyidan dalolatdir. (174ta so’z)
ULUG‘BEK
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 1394-yilning 22-martida tug‘iladi. U yoshlik vaqtlaridayoq bobosi Amir Temur bilan juda ko‘p yurishlarda qatnashadi, ko‘p mamlakat va shaharlarni ko‘radi. Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulug‘bekning otasi Shohruh qo‘liga o‘tadi. Shohruh Xurosonda o‘zi hukmronlik qilib, Mavoraunnahrni o‘g‘li Ulug‘bekka topshiradi. Bu vaqtda Ulug‘bek 15 yoshda edi. Ulug‘bek 1417-1420 - yillar mobaynida ajoyib madrasa qurdiradi. Bu madrasa tarixda Ulug‘bek nomi bilan yuritiladi. U keyinchalik Samarqandda rasadxona ham qurdiradi. O‘rta asr fanining rivojida ulug‘ astronom Ulug‘bekning xizmatlari katta. Ulug‘bek yaratgan ilmiy ishlarning eng yirigi uning yulduz va sayyoralar harakatiga bag‘ishlangan «Astronomik jadval»i hisoblanadi. Ulug‘bekning yulduzlar haqidagi asari 1665-yili Oksfordda, 1853-yili Parijda, 1917-yili Amerikada, 1943 - yili Londonda tarjima qilinadi va bosilib chiqadi. Buyuk olim Ulug‘bekka Xo‘ja Ahror boshliq reaksion guruhlar qarshi chiqa boshlaydilar. Ularning tashviqoti bilan o‘g‘li Abdulatif 1449- yili otasini qatl qilishga farmon beradi. Qora guruhlar tomonidan buyuk olim Ulug‘bek o‘ldirilsa- da, uning nomi, o‘lmas ishlari butun dunyoda abadiy yashaydi. (157ta so’z)
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotida Navoiydan keyin eng katta meros qoldirgan shoir sifatida tan olinadi. Shoir, davlat arbobi, shoh, sarkarda Bobur 1483- yilda Andijonda dunyoga keldi. Otasi Umar shayx mirzo vafotidan keyin 12 yoshida Bobur Andijon taxtiga chiqadi. Bobur juda mazmunli va ayni paytda og‘ir hayot kechiradi. Taqdir taqozosi bilan Hindistonga borib, u yerda ulkan davlat qurdi. Bobur she’riyatida ona yurtga muhabbat mavzusi yetakchi o‘rin tutadi. Shuningdek, u chin insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Sevgi, oliyjanoblik, sadoqat kabi tuyg‘ularni tarannum etadi. Bobur o‘zbek adabiyotida birinchi memuar asar yozgan adib hamdir. “Boburnoma”da muallif o‘z ko‘rgan- kechirganlarini haqqoniy aks ettiradi. Bobur kishilarni ma’rifatli qilish orzusi bilan yashagan, u “Xatti Boburiy” nomli yozuvni ham ishlab chiqqan.
19
Bobur ijodida g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard, chiston kabi janrlarni ko‘rish mumkin. Bobur she’riyatining tili sodda, xalqchilligi bilan diqqatga sazovor. Shoh va sarkarda, buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi xalqimizni ezgulikka, ilm - ma’rifatga chorlaydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O‘rgangani ilm tolibi ilm kerak,
Men tolibi ilm-u, tolibi ilme yo‘q, Men bormen ilm tolibi, ilm kerak. (170ta so’z)
Sabr-qanoat insonlar uchun buyuk bir fazilat. Inson har bir ishni sabr va qanoat bilan olib borsa, maqsadiga erishadi. Tinch va rohatda yashashni istagan kishi har ishda oshiqmay ohista harakat qiladi, nafsini falokatdan, g’ururdan saqlaydi. Sabr boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli bo’lishimizni talab etadi, shuning uchun ham, birinchidan, har bir ishda sabr bilan harakat qilish lozim. Islom dinida sabr yuksak fazilatlardan biri bo’lib, mo’min-musulmon kishining ruhiy tayanchi va hidoyatga boshlovchi omildir. Sabr haqida “Qur’oni Karim” da yetmish marotaba zikr qilingani ham bejiz emas. Boshqa hech qaysi fazilat bu miqdorda zikr etilmagan. Shuning uchun ham “Qur’oni Karim” ning “Anfol” surasining 46-oyatida “Sabr-toqat qilingiz! Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadur”,-deyilgan. “Qur’on” sabrli kishilarda uch xislat borligini, bu xislatlar ulardan boshqalarda bo’lmasligini aytadi.
Birinchisi, ularga Allohning mag’firati bo’ladi. Bu ular uchun maqtov bo’lib, bu dunyoda ham, u dunyoda ham sharafdir.
Ikkinchisi, Allohning rahmati. Musibat uchun Alloh lutf va ehson qiladi. Uchinchisi, ular hidoyatda yurgan kishilar hisoblanadi. Haq va to’g’ri yo’lda ekanliklari uchun musibat chog’ida o’zini qanday tutish kerak bo’lsa, shunday tutganliklari bois, ularga xafagarchilik va dard-u hasrat o’z hukmini o’tkaza olmasligi ta’kidlanadi.
Sabr-toqatli kishi har bir ishda diyonatli, adolatli bo’ladi. U boshqalarning kamchiligidan kulmaydi, aksincha, unga yaqindan yordam beradi. Sabr-qanoatli odamda atrofdagilarga huzur bag’ishlaydigan odatlar paydo bo’ladi. Sabr-toqat qanchalik og’ir bo’lmasin, keyinroq shodlik keltiradi. Shu bois, sabr bilan zafar bir-biriga qadimdan do’st bo’lib kelmoqda. (165 so’z) ZULFIYAXONIM Dunyo qadim-qadimdan sharq ayoli, turkiy ayollarni yaxshi tanigan. Tarixning barcha bosqichlarida ular dunyoga o’zining borligini goh mardlik, jasorat bilan, goh tadbir-u oqilalik bilan, goh she’riyat bilan bildirib, tanitib, tan oldirib kelganlar. Ana shu zotlardan biri Zulfiyaxonim bo’lib, u el muhabbatiga, ayollar ishonchiga tasodifiy bir holatda muyassar bo’lgan emas. Opaning huzuriga 20
olis qishloqlardan yuzlari quyoshda qorayib ketgan, ajinlari bolalagan ayollar qo’llarida go’dagi bilan madad so’rab kelardi. Ustoz ularning boshini silar edi, yupatar edi. ”Sakson yil lovullab, so’nmagan o’tman” deydi Zulfiyaxonim she’rlarining birida. Men dengizning labida turdim, Dengiz to’lib chayqaldi yurak. Xalqning og’riqlariga, quvonchlariga joni bilan tutashmagan shoira bunday yoza olamaydi. Biz shoiraning ovozlarini, chiroyli qarashlarini, issiq qo’llarini sog’ingan edik. Ular xonaga kirganda bir qalqib tushib, o’zimizni o’nglab olar edik. Balki, Prezidentimiz Farmoni bilan adabiyotimizga kirib kelayotgan yangi Zulfiya qizlarining kuchli ovozlari bu sog’inchimizni bosar. Balki, ustozni ko’rgan ko’zlarimiz bilan bir-birlarimizga termulib, bu sog’inchga malham toparmiz. Nima bo’lganda ham biz: Bu bog’lar bir bog’lar bo’ladi hali” degan taskin bilan yashaymiz. YAXSHIDAN BOG’ QOLADI. Ko`klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg`iz o`tiraverib zerikib ketibdi-da, do`sti Mir Alisherdan xabar olgani yo`l olibdi. Mir Alisher yeng shimarib bog`da ishlayotgan ekan. Buni ko`rgan Sulton Husayn otidan tushib, do`sti bilan so`rashgach: - Hormang, do`stim! Nega shoirlar majlisida ko`rinmay qo`ldingiz desam, bog`bonlikni kasb qilibsiz-da! – debdi. Mir Alisher ham belbog`i bilan peshonasidagi terni artar ekan: -Ko`klam kelsa ko`chat ek, gul ek, degan ekan keksalar. Shu bog`dagi olmalarni, olchalarni qo`porib tashlab, o`rniga uch-to`rt tup yong`oq ekyapman, - deb javob beribdi. - Ey do`stm-ey, qarigan chog`ingizda bog` qilishni sizga nima keragi bor, axir? Bu yong`oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz? -Do`stim, yaxshidan bog` qoladi, degan naqlni eshitganmisiz ? Men bu ko`chatlarni o`zim uchun emas, ko`cha changitib yurgan bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekyapman. Bir kun kelib, shu ko`chatlarning har biri azim daraxt bo`ladi, hosil beradi, odamlar uning mevasidan totib ko`rishganda: “Bu bog` Mir Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o`zi menga har qanday ne’matlardan lazzatliroqdur, deb javob beribdi.
SHE’RIYATNING CHO’G’I 21
Mirtemirning she’riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog’larning manzaralari bilan to’liq bir she’riyat. Chunki uning tug’ilgan joyi Turkistondagi Qoratog’ etaklari-ko’klam toshqinlaridangina lablarini ho’llab olguvchi soylar, qizg’ish qirlar va cheksiz sayxonlar, onda-sonda bir uchraydigan muzbuloqlar toshqinlaridan paydo bo’lgan ko’llar yurti... Mirtemir tabiati mana shunchalar rangdor yurtda 1910-yilning yoz oylarida dunyoga keldi.
Mirtemirni olam va borliq – tabiat kitobini o’qishga onasi o’rgatdi. Uning go’dak hislarini oliyjanob bir izga soldi. Yuragiga go’zallikdan bahra olish tuyg’usini quydi. So’zning ta’mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir san’atga qalbida muhabbat va qiziqish uyg’otdi. Mirtemirning onasi so’zga g’oyat chechan, zukko, kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so’zlarga maqol bilan rang va ma’no berib so’zlar ekanlar. She’riyat cho’g’ini o’g’il yuragiga solgan mehribon ona siymosi shoirning butun ijodida ezgulikning porloq bir ramzidek gavdalanib turadi.
”...Hovlimizda bir tup jiyda bo’lardi- quchoq yetmas, nuqra yaproq, bobomning bobosini ko’rgan non jiyda ... Onamning hamisha shu jiyda tagida bir nima tikib yoki yamab, un qorib yoki xamir kesib o’tirgani hamon ko’z o’ngimda. Agar men biror sho’xlik qilsam, shu jiyda tagida turib, qo’lini yanar edi. Agar biror xush yumush qilsam, shu jiyda tagida olqish olar edim.
Ayniqsa, gullaganda, yopiray, buning hidi... hech gulda bunaqangi hid bo’lmas, pishganda-chi!? Hovli yuzi yaltiroq yoqut donlarga to’lib ketar edi. Ta’mi-chi? Nonday to’q. Shirin, shifoli. Onam xalta-xalta qoqilar olar edi yoz bo’yi.
tarvaqay, g’adir. Chiyroq qadimgidek. Men jiyda yoniga kelib tiz cho’kdim va g’odir po’stloqlariga peshonamni qo’yib pichirlardim: ”Onajon...” XATONI ANGLAMOQ - XALOS BO’LMOQ “Kimki o’zini yoqtirsa, qanday yomon”,-deydi Alisher Navoiy. Gap bu yerda xudparastlik haqida ketmoqda. Shoirning fikricha, o’zni sevish inson johilligidan dalolatdir. O’ziga bino qo’yganlar-qafasdagi qush, qo’radagi hayvonlarni eslatishadi. Ularning qalbi va aqli xudbinlik qafasi. Savol tug’iladi: “Xo’sh, inson o’zini-o’zi qadrlamasligi kerakmi?” Qadrlashi lozim. Bu - shart. G’urur sustligi yomon narsa. Mag’rurlik-tamagirlik va xushomadgo’ylikka qarshi bir qalqon ekanligini hamma ham anglay olmaydi. “Norning it oldida cho’kkanin ko’rdim”,- deydi shoir A.Oripov. Bu- g’ururini muhofaza qilolmagan “azamat” zotlarning ayanch qismati. Takabburlik, xudparastlik bilan g’urur chegaralari boshqa-boshqaligini fahmlay olmaslik ko’p tuban xislatlarga rivoj beradi. Istagan kishidan: “O’zingni o’zing bilasanmi?”-deb so’rang. Albatta: “Bilaman!”-deydi. “Nimalarni bilasan?”-deb yana qiziqing. Aksariyatidan to’tr-besh jumla yuzaki
22
gap eshitasiz, vassalom. Odamlarning: “O’zimi o’zim bilaman!”-deb o’ylashlari ko’pincha aldamchi tuyg’u bo’ladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning fikrlarini eshiting: Meni kishi demasa el malul nevchun o’lay, Kishi hisobida men ham o’zumni chun sanamon. Baytning mazmuni: el meni kishi hisoblamasa, nega g’amgin bo’lay? Chunki mening o’zim ham o’zimni odam sanamayman. Navoiy el hukmini oliy hukm deb bilgan. Kishining el nazarida bir chaqalik qadri bo’lmasa-yu, u o’zini- o’zi ko’klarga chiqarib yursa? Bir narsaga tan beraylik: odam bolasi ayb va xatolariga ko’ngilchan bo’ladi. U o’zining bu baxtsizligini ko’pincha sezmaydi. Navoiy: Shoirlar yomon she’rni o’z iste’dod farzandidek yaxshi ko’rgani kabi, odam farzandi o’z xatosini ham ma’qul ko’radi,”-deganida naqadar haq, qanchalik uzoqni ko’ra olgan. (188 so’z)
KAMOLIDDIN BEHZOD
Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri. U 1455- yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilib, yoshligida yetim qolgan. Behzodning musavvirlikdagi iste'dodini payqagan Mirak naqqosh uni o‘z tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni naqqosh Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono Hakim Muhammad kabi Behzod ham Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470 - yillarda boshlangan. Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 1512 - yilda esa Eron shohi Ismoil I bosib oldi. Ko‘p san'atkorlar Hirotdan chiqib ketdi. 1520- yillarning boshida shoh Ismoil I Behzodni Tabrizga chaqirtirib, katta imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi. Behzod Taxmosga musavvirlikni o‘rgatadi. Lekin shoh Behzodning san’atini qadrlamaydi. Rassom ona yurti Hirotga qaytadi. Shayx Sa’diyningg “Bo‘ston”iga ishlangan miniaturalari (1478) musavvirning ilk asarlaridir. 1488 - yilda Sulton Husayn buyurtmasi bilan u 4 ta miniatura ishlagan. Behzod asarida hayot manzaralarini jo‘shqin tasvirlaydi. Turli ranglar bir – biriga mos, asarlaridagi shaxslar harakatchan, tabiatan jonli. Ilk asarlaridayoq Behzod mohir manzarachi rassom sifatida ko‘zga tashlanadi. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Xisrav Dehlaviyning “Majnun va Layli” asariga ishlangan miniaturalari butun dunyoga mashhur. Behzod ijodi o‘z davridayoq rassomchilik maktabi bo‘lib qolgan. Darvesh Muhammad, Maqsud Muzahhib kabi rassomlar uning maktabida ta’lim olganlar. Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535 - yilda Hirotda vafot etgan. (207ta so’z)
Bir donishmanddan shogirdlari: -Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz?- deb so’radilar. 23
Donishmand: -Hech qayerda hech kimga birorta so`z so`zlamang, sukut eting ,-deb javob berdi. Shunda shogirdlari: -Axir,doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo`l ko`rsating!-dedilar. Donishmand maslahat berdi: -Sukut eta olmasangiz, so`zlang , lekin qisqa va ma`noli so`zlang , og`zingizdan sira nojo`ya so`z chiqmasin. Yomon so`z tinglovchining so`zini xira qiladi, bundan saqlaning. Bayt: Yaxshi so`zdan ko`rasan mehr-u vafo, Nomunosib so`zlasang, yetkay jafo. Ha, til bo`lsa ham, bo`lmasa ham - boshga balo. Shuning uchun donishmandlar so`zni doriga o`xshatadilar. ”Ortiqchasi zarar keltiradi,”- deydilar. Bu fikrni ulug` bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o`zining ”Qutadg`u bilig” nomli ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan: Tilingni avayla – omondir boshing, So`ziningni avayla – uzayar yoshining. Kishi so`z tufayli bo`ladi malik, Ortiq so`z qiladi va boshni egik. Bu fikrlar bundan o`n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana qanchadan- qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO`Zga bo`lgan munosabati hamon turligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri
Tolib Yo`ldosh shunday izohlaydi: Bir so`z bilan har kishi O`zligini ko`rsatar, So`z gavharin ko`pincha Dono olar, ko`r sotar. Afsuski, o`zlarining bo`lar- bo`lmas gaplari, mahmadonaliklar bilan kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhim, ularning sog`lig`ini, qimmatli vaqtlarini og`irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalrga ko`cha-ko`yda ham, oshxona va majlislarda ham, bazm –u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz. Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan itga o`xshatadi va davom etib yozadi: “O`z gapirmoq hikmatga sabab. Og`ziga kelganni demoq- nodonning ishi va oldiha kelganni yemoq- hayvonning ishi “ Bayt: Ko`p demak birla bo`lmagil nodon, Ko`p yemak birla bo’lmagil hayvon. Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so`zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. (181)
24
Biz hamma vaqt, hamma joyda:”Nonni uvol qilmang. Non aziz, nonning ushog’i ham non”,-deymiz. To’ylarda, yig’inlarda, hatto uyda dasturxon atrofida nonushtaga o’tirganimizda ham keragidan ortiqcha non sindirilsa:”Qo’ying, ushatmang, nonning ortiqchasini uvol qilmang”,-deymiz. Ammo suvni bemalol isrof qilish-oqizish mumkinmi? Suvo’tkazgich jo’mraklaridan suv to’xtamay oqib yotsa ham:” Hoy, suvni bekordan bekorga sarflama. Uvol qilma, to’xtatib qo’y!” –deb aytmaymiz. Vaholanki, ana shu suv bo’lmasa, bug’doy qayda, un qayda, non qayda?! Tejashni suvdan, suv qatrasidan boshlamoq kerak. “Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur” yoki “Toma-toma ko’l bo’lur”, deb ona xalqimiz bejiz aytmagan. Nonning uvog’i ham non bo’lganidek, suvning tomchisi ham suvdir. Gohida suv uvolini o’ylab hayron qolaman. Agar bizni uvol tutsa, faqat suvning uvoli tutadi. Ko’pincha ko’cha-ko’yni to’ldirib ibodat uchun masjidga o’tib ketayotgan mahalladoshlarimizni ko’rib xayolga cho’maman. Ha, ular savob uchun namoz o’qishi ibodat. Zakot berishi ibodat. Odamlarning joniga oro kirib og’ir yumushini yengil qilish ham ibodat, savob lekin ibodatning kattasi, savoblarning ulug’i ham bor. Suvni tejash, pokligini, sofligini, tozaligini, sifatini saqlash, uvol qilmaslik savoblarning eng kattasidir, ibodatlarning eng ulug’idir, amallarning eng chiroylisidir. Faxriddin Turgoniy o’z davridayoq suvlarni iflos qilmaslik haqida o’ta ta’sirli, foydali fikrlar bildirib, shunday she’rlarni yozib qoldirgan edi:
Bolalar! Ona-Vatanga, o’zimizga, avlodlarimizga zarar keltirayotganimizni, iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlarga og’u-zahar solayotganimizni, qolaversa, o’zimizni o’zimiz zaharlayotganimizni bilyapmizmi? Sezyapmizmi? O’z rizq- ro’zimizni qismaylik, o’z umrimizga, yaqinlarimiz umriga o’zimiz zomin bo’lmaylik. Oxir-oqibatga biz oqar suvlarga tashlab yuborgan oqovalar, axlat va kimyoviy chiqindilar. Orol dengiziga yetib borguncha achib-sasib, qurib, zahar- zaqqumga aylanib, havoga ko’tarilib, shamollar bilan qaytib yana boshimizga yiqilyapti. “Qaytar dunyo”, deb shuni aytsalar kerak. (208 so’z)
Tun yozib yubordi qora zulfini, majnuntol belanchakni tebrab ohista, qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alla. Parquv bulutlar boshini qo’yib, nihol uxlayotir shirin, beozor. Go’zal kanizaklar-hadsiz yulduzlar tegrasida qurishar davra. Sokinlik ko’rpasin yopinib olib, mizg’iyotir Zamin tinch va osuda...Faqat mening bezovta qalbim uyqu to’rlariga ilinmaydi hech. Ichki tug’yonlarim bo’g’zimdan toshib, Sizga xat bitmoqqa tutaman qalam. Siyohimning rangi etmasin hayron, siyohdonga dilim qonin ezg’ilab to’kdim. Dil so’zlaring ne deysizmi? Eshiting, bobo! 25
Siz tiklagan Turonzamin halihanuz turadur, og’a-ini turkiyingiz bir-birini suyadur. Biri o’zbek, biri tojik, biri qirg’iz, turkmandir, bir-biriga xuddi tog’a, og’a-ini, singildir. Bobojonim, axir ayting, orzungiz shu emasmi, tomirimda oqayotgan turkiy degan qonmasmi? Siz yaratgan ko’hna bino, qarang, qanday ko'rkamdir. Bir-biriga do’stlasharkan o’g’ kelajagi gullab, yashaydi obod. Qaytib keldi elga insof, vijdon hamda e’tiqod, go’yo qora zulmat ichra balqib chiqdi nur, oftob. Erlarida mardlik mo’l-ko’l, ayolida nazokat, farzandlari bari baxtli, yurtda ko’pdir halovat. Tinglang, bobo. O’g’lonlari yurtim deya uyg’onsin, qalbimda erk ataluvchi o’chmas olovlar yonsin, yog’iylarning ko’zi chiqib, soqolini silasin, fido bo’lay, jonim bobo, qo’llab turing o’zingiz. Ijobat bo’lur, bilaman, sizning har duoyingiz. ...Vaqt oxirlab qolibdi, qalamim ham tolibdi. Otayotgan tong misol yorug’ bo’lsin kelajak, pok ruhingiz qo’llasin farzandingiz kutajak. (184 so’z)
Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling