5-mavzu: Restoran biznesida kadrlarni boshqarish Reja


Download 29.73 Kb.
bet1/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.73 Kb.
#1800180
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu Restoran biznesida kadrlarni boshqarish Reja-www.hozir.org


5-mavzu: Restoran biznesida kadrlarni boshqarish Reja

5-mavzu: Restoran biznesida kadrlarni boshqarish
Reja:
1. Restoranlarda kadrlarni tanlash sinovdan oʻtkazish
2. Restoranlar faoliyatida menejerning tutgan òrni
3. Restoranlar faoliyatida ishlab chikarish boʻyicha menejerning vazifalari
1. Restoranlarda kadrlarni tanlash va sinovdan oʻtkazish
Uzoq muddatga moʻljallangan, kadrlar siyosatining kelajagiga qaratilgan va barcha jihatlarni hisobga oladigan konsepsiyani kadrlarni rejalashtirish yordami bilangina amalga oshirish mumkin. Kadrlarni boshqarishning bu usuli ish beruvchi bilan ishga kiruvchilarning manfaatlarini kelishtirish vа muvozanatlashtirishga qodirdir.
Kadrlarni rejalashtirish - insonlarga zarur vaqtda va kerakli mikdordagi ish oʻrinlarini ularning qobiliyatlari. mayllari va xizmat koʻrsatish talablariga muvofiq ta’minlab berishni vazifa qilib quyadi. Ish oʻrinlari unumdorlik va asoslash nuqtai nazaridan xizmat koʻrsatuvchilarga Oʻz qobiliyatlarini eng maqbul tarzda rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini berishi, insonga xos mehnat shart-sharoitlarini yaratish va bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi lozim.
Kadrlarni rejalashtirish korxona manfaatlari nuqtai nazaridan ham, uning xodimi manfaatini ko’zlab ham amalga oshiriladi. Korxona uchun kerakli vaqtda, kerakli oʻrinda, zarur miqdorda hamda tegishli malakaga ega boʻlgan shunday xodimga ega boʻlish muhimki, ular xizmat koʻrsatish vazifalarini hal qilishi, uning o’z maqsadlariga erishishi uchun zarur boʻladi. Kadrlarni rejalashtirish ancha yuqori mehnat unumdorligini qo’lga kiritish va ishdan qoniqish hosil qilish uchun shart - sharoitlar yaratib berishi lozim.
Insonlarni birinchi navbatda oʻz qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratib berilgan, yuqori hamda doimiy ish haqi olib turish kafolatlangan ish oʻrinlarnnijalb qiladi. Korxonadagi barcha xodimlarning manfaatlarimi xisobga olish kadrlarni rejalashtirish vazifalaridan biri xisoblanadi. Shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, kadrlarni rejalashtirish korxonadagi umumiy rejalashtirish jarayoniga qo’shilib ketgan taqdirdagina samarali boʻladi.


Download 29.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling