5-mavzu: Restoran biznesida kadrlarni boshqarish Reja
Xodimlar taxlili tartibini aniqli va ular boʻyicha qarorlar qabul qilish
Download 29.73 Kb.
|
5-mavzu Restoran biznesida kadrlarni boshqarish Reja-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Restoranlar faoliyatida menejerning tutgan oʻrni
4.Xodimlar taxlili tartibini aniqli va ular boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Barcha savollar ishlab chiqilgach attestatsiya tizimini joriy kilishga tayyorlanish mumkin. • attestatsiya xakidagi mezonga tayyorlanish. huquqshunos bilan hamkorlikda boʻlishi kerak, chunki attestatsiyadan keyin boʻladigan oʻzgarishlar yuridik jixatdan to’gri belgilangan boʻlishi lozim; • xodimlarni oldindan attestatsiya maqsadi, sanasi va usuli bilan tanishtirishi kerak. Keyinchalik salbiy munosabat paydo boʻlishini oldini olish uchun attestatsiyaning yaxshi tomonlarini gapirib berish lozim: attestatsiyani oʻtkazish grafigini tuzish (tayyorgarlik ko’rish, o’tkazish natijalari taxlili) va uni xodimlarga yetkazish Qayta aloqani koʻrib chikish, har bir xodim uz attestatsiyasi natijalarini bilish huquqiga ega va norozilik paydo boʻlganda boshliq bilan ba’zi tushunmovchiliklarga aniqlik kiritish mumkin. Agar ishda motivatsiya boʻlmasa, eng malakali xodimlar xam yaxshi natija koʻrsata olmaydilar. Ovqatlantirish korxonasi xodimlari kasbiga nisbatan bo’lgan manfiy talablar haqida aniq tushunchaga ega boʻlishi kerak. Odatda bu mezondan kadrlarni joylashtirishda foydalaniladi, ayniqsa bu ofitsiant, barmen va metrdotel ovqatlantirish zalidagi asosiy figuralarga tegishlidir. Aynan ular bilan birga necha yuz odam Bevosita ish olib boradilar, ularga iltimos bilan murojaat qiladilar. maslaxat soʻraydilar, kamchiliklarini aytadilar, norozilik yoki maqtov bildiradilar. 2. Restoranlar faoliyatida menejerning tutgan oʻrni Malakasi yuqori bulgan, nozik va xushmuomalali xodim restoranni xalq orasida obro’yini yukori tutishda muxim xisoblanadi. Agar xodim mijozlarga haqiqatdan ham yuqori darajadagi xizmatni koʻrsatsa, mijozlar restorandan yaxshi taassurot bilan ketadilar. Restoranni boshqarish insonlarga koʻrsatiladigan faoliyatdir. Bu ishdan maqsad mijozlarning talablariga mos keladigan xizmatni koʻrsatishdir. Mijozlar yeyib-ichish kabi extiyojlaridan ko’ra ko’prok ma’naviy, ya’ni oʻzlariga koʻrsatiladigan xizmat, muomala, xushfe’llik kabi sifatlardan mamnun boʻlishni oʻz oldilariga maqsad qilib qo’yadilar. Shuning uchun xam mijozlarga koʻrsatiladigan xizmatlar, ularga boʻlgan munosabat, taomning sifati va uning koʻrinishi xam muximdir. Restoran faoliyatini davomli tashkil qilish uchun birinchidan malakali xodimlarga ehtiyoj buladi Restoran xizmatini tashkil qilishda restoran xodimlaridan talab qilinadiganlarning asosiy belgilari kuyidagilardan iborat: har doim eng yuksak mavqega erishish: xodimni oʻz ishiga ko’prok yondoshishi; yangi fikrlarni oʻrtaga tashlash xodimni oʻz ustida doimo ishlashi va yangiliklardan xabardor boʻlishi: yangi ishga tajribalarini oʻrgatish: kirganlarga yordam berish va ularga oʻz ish jarayoni va tarkibiy tuzilishni toʻgri yulga qo’yish. Restoran boshqaruvi muvofaqqiyatli bo’lishida menejerning oʻrni muxim xisoblanadi. Chunki yaxshi xizmat oʻz-oʻzidan amalga oshmaydi. Restoran faoliyati oldindan rejalashtirilib, boshkarishni toʻgʻri yoʻlga qo’yish natijasida vujudga keladi. Bunda esa restoran menejeriga katta ma’suliyat yuklanadi. Menejer restoranni boshqarishdagi birinchi shaxs xisoblanadi va bevosita korxona rahbariga bo’ysunadi. U menejment mutaxassisligi buncha oliy malakali yoki nazariy va amaliy menejment boʻyicha qoʻshimcha tayyorgarlikdan o’tgan boʻlishi, ovqatlantirish soxasida Ish tajribasiga ega boʻlishi lozim. Download 29.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling