1- topshiriq. U s h b u kuzatuv cha nlik ni (senzitivlik) rivojlantiruvchi


Download 195.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.04.2023
Hajmi195.68 Kb.
#1318513
Bog'liq
1-topshiriq



1- topshiriq. 
U s h b u
kuzatuv cha nlik ni 
(senzitivlik) 
rivojlantiruvchi 
p s i x o g i m n a st i k m a s h q la r d a n bir nechtasini tanlab oling va o ’tkazing.
Senzitiv trening maqsadi shundän iboratki, unda ishtirok etuvchi shaxs avvalo 
o'zida ayjrim hissiyotlarni uyg'otishi orqali o 'z qilmishlarini xolisona baholash va 
shu orqali o'zgalar ichki olamida ro'y beradigan hissiy kechinmalarni anglash 
imkoniyatiga ega bo'ladi. 
Ushbu mashqlar orqali odamning shaxslararo 
munosabatlarda namoyon bo'ladigan hissiyotlarga sezgirligi oshadi, ularni oqilona 
baholash ortadi.
Shaxslararo kuzatishlarda “Sensor idrok” etilganlarni, “Boshdan kechirish 
hissi”dan yani u kishida nimani ko'rish va eshitishdan, nimani o'ylash va his 
qilishdan ajrata olish qobilyati muhimdir.
1 -mashq
Mashq juft-juft bo'lib o'tkaziladi. Bu mashq bir necha topshiriqdan iborat, 
bo’lib mashqlarni birin-ketin amalga oshiriladi.
• 1-topshiriq. 5 daqiqa davomida bir-birlarimizga so'zsiz qaraymiz.
2-topshiriq. Bir-biringizga orqangizni qilib o'girilib o'tiring. Daftar va ruchkani 
oling. Men sizga sherigingizni tashqi ko'rinishini ifodalovchi savollar beraman, 
bunga yozma javob yozasiz. Sizning sherigingizni ko'zini rangi qanaqa? Yuzida 
hollari bormi? Agar bo'lsa yuzining qayerida joylashganini eslang! Qoshlari 
qanaqa rangda? Yuzida chuqurchalar bormi? 
Endi, sherigingizga qarang va 
javobingizni tekshiring.
3-topshiriq. Endi,chap tomoningizda o'tirgan juftliklarning biri bilan sizning 
jufliklaringizni biri bilan o'rin almashing. Ya'ni juftliklar 1 daqiqa bir-biringizga 
qarang.
4-topshiriq. Bir-biringizga orqangizga qarab o'giriling va savollarimga javob 
yozing. Sherigingizning oyoq kiyimini rangi qanaqa? Uning kiyimining yengida 
qandaydir bezak yoki taqinchoq bormi? Soati bo'lsa qaysi qo'lida? Kiyimining 
tugmasi qanday shaklda? Endi bir-biringizga qarang va javoblaringizni tekshiring.
5-topshiriq. Endi juftliklardan birining chap tomoningizdan juftliklar tomonga 
o'giirlib, o'rningizni almashtiring. Tanishtirishni kim birinchi bo'lib, bajarishini 
kelishib oling. Topshiriqlarni birinchi bo'lib, bajaruvchi kishi diqqat bilan avvalgi 
m a’lumotlar bilan to'plagan m a’lumotlaringiz asosida sherigingiz haqida so'zlab 
bering. Masalan: sizning qizingiz bor, klassik musiqalarni yaxshi ko'rasiz, ingliz 
tilida so'zlasha olasiz... va h.k. ikkinchi sherik o'zi haqidagi m a’lumotlarni 
eshitib, zarur joylariga tuzatishlar kiritadi. Keyin rollar almashiladi.
2-mashq
Qatnashchilar doira bo'lib, o'tiradilar. Trener doira tashqarisida turib, ularga 
.ko'rsatma beradi:“ Sizlarga bir yarim daqiqa vaqt beriladi, bir-biringizni yaxshilab 
kuzatib oling ’’(trener vaqtni nazorat qiladi) Bir yarim daqiqadan so'ng trener 
ishtirokchilarni stullarini orqaga o'girib, bir-biriga orqaga qarab o'tirishlarni taklif 
etadi va ishtirokchilardan biriga murojat qiladi: “Sardor, men hozir doira boy'lab 
yuraman (trener o'ngdan chapga qarab yurishi mumkin). Kimni ro'parasiga kelib 
. to'xtasam va” Kim u?”- deb so'rasam, javob berishingiz kerak”. Ishtirokchi to'g'ri 
javob berguniga qadar trener doira bo'ylab ishtirokchilar atrofida to'xtalib o'tadi.


Sardor to 'g 'ri javob berganidan so'ng, trener keyingi savollarga javob berishni 
sö'raydi. Bunda ishtirokchilarning tashqi ko'rinishi, kiyinishi haqida so'rash 
mumkin. Masalan: Ko'zini shakli qanday? Qoshi qanday rangda? Galstugining 
rarigi qanaqa? Qo'lida nima bor? kabi.
Mashq yakunida ishtirokchilar yana bir-birlariga qaragan holda o'tirishlari va 
bir-birlarini ko'zdan kechirishlari so'raladi.
3-mashq

Mashqni kunning boshida o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ishtirokchilar doira bo'ylab o'tiradilar. Trener ularga murojat qiladi: “Hozir bir- 
biringiz .bilan salömlashasiz. Avval biz diqqatimizni jamlab, bir-birimizni diqqat 
bilan ko'rib chiqaylik. Birortamizni e ’tibordan chetda qoldirmaylik. Kelinglar 
o'rnimizdan turaylik va bir-birimiz bilan salömlashaylik” .Barcha ishtirokchilar 
bir-birlari bilan salomlashib bo'lgandan so'ng doira bo'lib o'tirish so'raladi.
Ko'rganlaringiz haqidagi tassavvurlaringizni yodda tuting. Bu savollarga 
javob berishingiz uchun kerak bo'ladi.
“Qaysi biringizning tashqi ko'rinishingizda kayfiyatingiz, munosabatlarimizda 
qanday yangi jihatni payqadingiz?” degan savolga javob bering. So'z kirn haqida 
borsa u o 'z fikrini aytib, davom ettiradi. Ikkinchi kishi davom ettirishidan oldin 
ishtirokchi o'zi haqidagi fikrga munosabatini bildirishi korreksiya qilish mumkin.
. . Mashq davomida ishtirokchilar fikrlarga qo'shimcha qilishlari ham mumkin.
4-mashq
Ushbu mashq kunning boshlanishida o'tkaziladi. Ishtirokchilar doira bo'lib 
o'tiradilar.
“Bir-biringizga diqqat bilan qarang. Har biringizga diqqat bilan qaraganizda 
uning qanday ko'rinishdaligiga, u qanday holatda ekanligiga, u o'zini qanday 
namoyon etayotganligiga, e ’tiborini qaratishga harakat qiling. Buning uchun sizda 
uch daqiqa vaqt bor ”.
Uch daqiqadan so'ng trener o 'z ko'rsatmasini davom etiradi. “Endi biz bir- 
birimizga- koptokni otamiz va o'sha ishtirokehining kechagi kundagiga nisbatan 
ya'ni o'zgarishni payqaganingizni aytasiz. Diqqat qiling, hech nimani e ’tibordan 
chetda qoldirmang” .
5-mashq
Guruh 
doira 
bo'lib . o'tiradilar. 
Mashqni 
o'tkazish 
ularni 
barcha 
ishtirokchilarning ismi bittadan kartochkalarga avvaldän yozib tayyorlab qo'yiladi. 
“hozir 
sizga 
ishtirokchi lardan 
birining 
ismi 
yozilgan 
kartochkalarni 
beraman.(trener kartochkalarni tarqatib beradi) Sekin asta hech kimga bildirmay 
kartochkangizda kimni ismi yozilganligini qarang. Men “Bir” deb sanaganimda 
kartochkangizda ismi yozilgan ishtirokehini qidira boshlaysiz ”.
Kuzatish davomida b a’zi-ba’zida, vaqti-vaqti bilan (juda ko'p emas) 
kuzatishga halaqit bermagan holda avvaldan 
o'ylangan ikkita harakatni 
takrorlaysiz. Masalan, boshni qimirlatish, ko'zni yumush, qo'lni berkitish;..va h.k. 
“Ikki” deb aytganimda (uch daqiqadan so'ng) quyidagi savollarga javob berasiz: 
“Sizni kim kuzatdi?”, “Sizni kuzatgan kishi qanaqa ikkita harakatni bajardi?”
Mashq so'ngida trenerishtirokchilardan biri: “Sizni kim kuzatdi?”degan 
savolga javob oladi. Agar javob to 'g 'ri bo'lsa keyingi savol beriladi.


6-mashq 
• 

Ishtirokchilar doira bo'lib o'tiradi “Hozir bir ishtirokchi tashqariga chiqib 
turadi. Qolgan ishtirokchilar qaysidir biror ko'rinib turgan belgiga asoslanib ikki 
guruhga bo'linamiz. Guruhlar alohida -alohida joyni egallaydilar. So'ng 
tashqaridagi ishtirokchi xonaga kirib, ishtirokchilar qaysi belgi asosida guruhga 
bo'linganliklarini aytadi”
7-mashq
M ash q n i. o'tkazish uchun ikki yoki uch xildagi telefon apparatlari 
qo'ng'ii'og'ini jiringlashi yozib olingan magnit tasmasi kerak bo'ladi.
Ishtirokchilar doira bo'lib o'tiradilar. Ulardan har biriga 30 (yoki 50) katakdan 
iborat jadval chizilgan qog'oz beriladi.
“Ruchka va qog'ozni oling , sizga hozir-30 (yoki 50) marta uch xildagi telefon 
qo'ng'irog'idan jiringlashni birinchi,ikkinchi, uchinchi deb belgi lab “ 1”,”2”,”3” 
ko'rinishida qaysi biri jiringlaganiga qarab jadvalga yozib borasiz” . Har bir 
qo'ng'iroqdan so'ng jadvalga yozish uchun biroz vaqt beriladi (taxminan 1-2 
soniya).
8-mashq
Ishtirokchilar doira bo'lib turadi.
“ Hozir biz ko'zimizni yumamiz (mashqni bajarish davomida ko'zlar 
b o g 'la g 'ich bilan bog'lanishi qulaydir) va xona bo'ylab bir-birimizga tegib 
ketmay, turtib yubormay yuramiz. Bu uch daqiqa davom etadi. Mashq tugashini 
men .aytaman” . Mashqni o'tkazishda ishtirokchilar o'zlarini xavfsiz his qiladigan 
xonani tanlash kerak. Trener ishtirokchilardan xatti-harakatni bir chetda kuzatib, 
nazorat qilib turishi maqsadga muvofiqdir.
Mashq so'ngida trener ishtirokchilardan: “Xona bo'ylab harakat qilganingizda 
o'zingizni qanday his qildingiz?”, “Sizning taassurotlaringiz qanday?” kabi 
savollar bilan murojaat qilishi mumkin.
9-mashq
Ishtirokchilar doira bo'lib o'tiradilar.
“Hozir men “bir” deb sanasam hamma ko'zini yumadi (bog'logich bilan 
bog'lash ’mumkin), “ikki” deganimdan so'ng hamma o'rnidan turib, joyini 
almashtirib yangi joy topishga harakat qilasiz, “uch” deganimda avvalgi joylariga 
qaytib kelishlaring kerak”
Mashq davomida ishtirokchilar havfsizligi trener tomonidan nazorat qilib 
turiladi
10-mashq
Ishtirokchilar doira bo'lib o'tiradilar. “Hozir bir-birimiz o'zimizga sherik 
tanlab olamiz, sherigimiz yonimizda ishtirokchi bo'lishi shart emas. Imlconi 
boricha qarama-qarshi tomondan ishtirokchi dan tanaganingiz m a ’qul ” .
Hamma sherik tanlab olgandan so'ng, trener yana davom ettiradi. “Endi 
ko'zingizni yumushlaringni so'rayman. “Boshlang” deganimdan so'ng ko'zingizni 
yumgan holda tanlagan sherigingiz bilan o'rningizni almashtirasiz “. Hamma 
joyini ■
almashtirib bo'lganidan so'ng trener: “Siz o'zingiz ko'zlagan joyga kelib 
o'tirdingizmi?” degan savolga javob oladi.

Download 195.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling