2- variant
1.Kamolaga buvisining boychechak haqidagi qo`shig`i yoqib qoldi. Gapda nechta egalik qo`shimchasi olgan so`z bor,ular birlik shaklidami yoki ko`plik shaklidami?
A) 2 ta so`z bor,ko`plik shaklida B)2 ta so`z bor,birlik shaklida D) 3 ta so`z bor,birlik shaklida
2.Turar boylikka kon tog`im, Quyosh erur chin o`rtog`im. She`riy parchasda nechta egalik qo`shimchasi olgan so`z bor? A) 2 ta B)1 ta D)3 ta
3.Faqat ko`plik ma`nosidgi egalik qo`shimchasi berilgan qatorni aniqlang
A)-miz,-imiz,-ingiz,-ngiz B) -im,-,-si,-imiz D)-imiz,-miz,-i,-si
4.Faqat birlik ma`nosidagi egalik qo`shimchalari berilgan qatorni aniqlang.
A)-ingiz,-i,-si,-im B)-ing,-im,-imiz D)-m,im,-ng,-i
5.Birlik ma`nosini bildirgan egalik qo`shimchalari qatnashgan gapni toping.
A)Bizning bobolarimiz kimlar bo`lgan? B)salimaning onasi mehribon ayol
D)Bolalarning vazifalari ko`p edi
6.Salimaning onasi oshxonadan pichoq olib chiqib,buvisiga qovunni qirib berdi. Gapda nechta egalik qo`shimchasi olgan so`z bor? A)2 ta B)1ta D)3 ta
7.Egalik qo`shimchalarining vazifasi nimadan iborat?
A)so`z yasash B)ega va kesimni bir-biriga bog`lash D)shaxs va narsalarni kimga tegishli ekanligini bildiradi
8.III shaxs ko`plik qo`shimchasi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A)-(lar)i B)-ingiz D)-imiz
9. I shaxs qo`shimchalari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A)-m,-im,-miz,-imiz B) –ng,-ing,-ngiz,-ingiz D)-i,-si
10.II shaxs kim ? A) so`zlovchi B) tinglovchi D) o`zga
11.So`zlovchi nechanchi shaxs? A) I shaxs B) II shaxs D) III shaxs
12.Tilda nechta shaxs bor ? A) 1 ta B)2ta D)3 ta
13.Joy nomi berilgan javobni belgilang A)Samarqand B)o`quvchi D)shifokor
14.Kim?kimlar? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni toping
A) inson, kitoblar B) odamlar, gulzor D) bola, bolalar
15.Shaxs va narsaning nomini bildirgan so`zlar nima deb ataladi? A)ot B)son D)fe`l
16.Otlar necha xil shaklda qo`llaniladi? A)1 xil B)2 xil D)3 xil
Do'stlaringiz bilan baham: |