Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida ayni Yilbosh bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko`z qishlog`ida tug`ildi.Qishloq Qo`g`iritov ertagiga o`rnashgan oqar suv taqchil bo`lsa-da serqishloq kelgan yillarda ko`kat-u maysalarga ko`milib qoladigan kengish joyda edi.Ana shunday go`zal maskanda tug`ilib o`sgan bo`lajak shoirning otasi Orifboy Ubaydullo o`g`li ishbilarmon dehqonlardan bo`lib jamoa xo`jaligi rasi edi.Onasi Turdixol momo ko`pchilik o`zbek ayollari singari sarishta mehnatkash mehribon g`oyat ta’sirchan va ezgulikka tashna ayol bo`lgan.Oilada to`rt o`g`il,to`rt qiz bo`lib,Abdulla o`g`llarining kenjasi edi.
Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlarinikiqatori o`tdi;qo`y boqdi,suv tashidi,pichan o`rdi,yantoq chopdi,simon to`plaidi.Ayni vaqtda u boshqacharoq ham edi;qandaydir xayolchan,ta’sirchan,o`ychil,kitobga haddan ko`ngil qo`ygan.Abdulla hali maktabga bormay turib,qandaydir so`zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko`rar,so`zning mazmunidan ko`ra ohangi uni qattiq bezovta qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |