Shavkat Rahmon hayoti va ijodi


Download 1.28 Mb.
Sana26.10.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1724214

Shavkat Rahmon hayoti va ijodi.


Shavkat Rahmon hayoti va ijodi.

XX-asr o’zbek she’riyatining o’ziga xos vakili, millatparvar shoir shoir Shavkat Rahmon 1950-yilning 12-sentabr O’sh shahrida tug’ilgan. Shoirning otasi Rahmonberdi asli Shahrixon tumanidagi Saroy qishlog’idan bo’lib ,taqdirning taqozosi bilan O’sh shahriga kelib qoladi. Shoirning onasi ham asli Shaxrixon tumanidan edi.Ularning oilasi savdo ishlari bilan shug’ullanib,erta ko’klamdan to kech kuzgacha Pomir tog’i etaklaridagi Sarmog’ul yaylovlaridagi chorvadorlarni kerakli oziq-ovqat va uy-ro’zg’or buyumlari bilan ta’minlashar edi. Uydagi barcha ishlar xayolchan, ammo tirishqoq, mehnatsevar to’ng’ich farzand Shavkat Rahmon zimmasida edi.

  • XX-asr o’zbek she’riyatining o’ziga xos vakili, millatparvar shoir shoir Shavkat Rahmon 1950-yilning 12-sentabr O’sh shahrida tug’ilgan. Shoirning otasi Rahmonberdi asli Shahrixon tumanidagi Saroy qishlog’idan bo’lib ,taqdirning taqozosi bilan O’sh shahriga kelib qoladi. Shoirning onasi ham asli Shaxrixon tumanidan edi.Ularning oilasi savdo ishlari bilan shug’ullanib,erta ko’klamdan to kech kuzgacha Pomir tog’i etaklaridagi Sarmog’ul yaylovlaridagi chorvadorlarni kerakli oziq-ovqat va uy-ro’zg’or buyumlari bilan ta’minlashar edi. Uydagi barcha ishlar xayolchan, ammo tirishqoq, mehnatsevar to’ng’ich farzand Shavkat Rahmon zimmasida edi.

Bolalikdan tinib-tinchimas,baquvvat Shavkat mustaqil ishlar qilishga intilardi. 13-yoshida ta’til chog’i g’isht zavodiga ishga kiradi. U yerda tajribali ishchilardan g’isht quyishni o’rganib olgach,o’zi uchun ikki xonali uy quradi va o’n yillar o’tgach Shavkat Manzura ismli qizga uylanadi.

  • Bolalikdan tinib-tinchimas,baquvvat Shavkat mustaqil ishlar qilishga intilardi. 13-yoshida ta’til chog’i g’isht zavodiga ishga kiradi. U yerda tajribali ishchilardan g’isht quyishni o’rganib olgach,o’zi uchun ikki xonali uy quradi va o’n yillar o’tgach Shavkat Manzura ismli qizga uylanadi.
  • 1966-yilda o’rta maktabni a’lo baholarga bitiradi.Toshkent Davlat Universitetining Filologiya fakultetiga ketma-ket ikki yil hujjat topshiradi.Imtihonlarda kerakli ballni to’play olmaganligi sababli tanlovdan o’ta olmaydi.Poytaxtda o’qish orzusiga erisha olmagan Shavkat O’sh viloyati gazetasida harf teruvchi, so’ng xatoni to’g’rilovchi-musahhih bo’lib ishlaydi va o’sha yerda O’zbekistonda ancha tanilib qolgan shoir Tursunboy Adashboyev bilan tanishadi.Yigitcha o’zi yozgan she’rlarni Tursunboy akaga ko’rsatadi va yozgan she’rlari birin-ketin viloyat gazetasida bosila boshlaydi.
  • Shunday kunlarning birida, matbuotda Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga ijodiy tanlov e’lon qilinadi.Toshkent universitetiga kirolmay tushkun bo’lib yurgan , she’riyatga doir ko’p kitoblar o’qigan Shavkat she’rlarni rus tiliga tarjima qilib , she’rlarini Moskvadagi tanlovga yuboradi.Oradan vaqt o’tgach, tanlovdan o’tganligi haqida telegramma oladi. Begona shaharga borib,imtihonlardan yaxshi o’tgan Shavkat Adabiyot instituti talabasi bo’ladi.
  • Moskvada tahlilni tamomlagan Shavkat Rahmon Toshkentga qaytib keladi.U bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi.

Deyarli hamisha qizg’in ijod bilan shug’ullangan.

  • ’’Rangin lahzalar’’ (1978),’’Yurak qirralari’’(1981),’’Ochiq kunlar’’(1983),’’Gullayotgan tosh’’(1984),’’Uyg’oq tog’lar’’(1986),’’Hulvo’’(1988) singari she’riy kitoblarini chop etgan.
  • Shavkat Rahmon 1979-yilda atoqli ispan shoir Federiko Garsia Lorka she’riyatidan iborat kitobni rus tilidan o’zbekchaga tarjima qilib,’’Saylanma’’ nomi bilan chop ettiradi.U Lorka she’rlarini bevosita ispanchadan o’zbekchaga o’g’iradi.1989-yilda Lorkaning ’’Eng qayg’uli shodlik’’ she’riy kitobi shu tariqa o’zbek tilida nashr etiladi.

Shavkat Rahmon hamisha millatning dard-u armonlarini ifodalashga intilardi.U o’z kayfiyatlarini tasvirlash bilan kifoyalanadigan shoirlar sirasiga kirmas, u o’z taqdirini millatnikidan ayri tasavvur etmasdi.U har bir millatdoshining ko’ngil mulkiga kirib borishni orzu etib,shu yo’lda tinimsiz dard chekib yashagan shoir edi.’’Bir qo’shiq bo’laman daryoday yurakning eng chuqur yerida’’deya orzu qilgan shoir edi.

  • Shavkat Rahmon hamisha millatning dard-u armonlarini ifodalashga intilardi.U o’z kayfiyatlarini tasvirlash bilan kifoyalanadigan shoirlar sirasiga kirmas, u o’z taqdirini millatnikidan ayri tasavvur etmasdi.U har bir millatdoshining ko’ngil mulkiga kirib borishni orzu etib,shu yo’lda tinimsiz dard chekib yashagan shoir edi.’’Bir qo’shiq bo’laman daryoday yurakning eng chuqur yerida’’deya orzu qilgan shoir edi.
  • Zulfiqor ruh kerak,
  • kerak chin yog’du,
  • chin ishq yolqinlari bag’rimga to’lsin
  • jismimni qoplasin faqat chin og’riq,
  • chechaklar qop-qora bo’lsa-da,bo’lsin.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling