Mavzu: 5 sonini o’qitish metodikasi


Download 22.42 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi22.42 Kb.
#1006559
  1   2   3   4
Bog'liq
5 SONI



MAVZU: 5 sonini o’qitish metodikasi
Reja:
1 Sonni o’qitish metodikasi nazariyasi
2 Bir soatlik dars ishlanma
Uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartida sonlar va hisoblashlar bo’yicha dasturiy materialni o’rganish 1-sinf o’quvchisiga birinchi o’nlikdagi sonlar haqidagi tasavvurga ega bo’lish, ma’lum bir sondan oldin va keyin keluvchi bir xonali sonlarning o’ziga xos xususiyatlarini tushunib yetish, o’n ichida og’zaki sanoq malakalarini to’liq egallash,ularni misol hamda masalalar yechiash jarayonida ongli ravishda qo’llay olish imkoniyatlarini beradi.
1-sinfdan ,,1dan 10gacha bo’lgan sonlar’’ bo’limi to’liq o’rganilishi bilan birinchi o’nlik ichida og’zaki va yozma raqamlash ishlari tamomlanadi.
Ma’lumki 1dan 5gacha bo;lgan sonlar va 6dan 10gacha bo’lgan sonlar yaxshi tanish emas. Birinchi beshlik sonlari osonroq o’rganiladi. O’quvchilar bu sonlarning nomlarini tartib bilan ayta olishsa ham ulardan birinchi beshlikdan keying sondan so’ng qanday son kelishi, yoki biror sondan oldin qaysi son turishi, ma’lum bir sonning o’zidan oldingi sondan nechta ortiq kamligi haqida so’ralganda, ko’p hollarda javob berishga qiynalishadi.
Yozma raqamlashda ham huddi shunday holat kuzatiladi. Bolalar maktabga kelganlarida hali raqamlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmaydilar.Shunga ko’ra ikkinchi beshlikning har bir soni ustida qilinadigan ishlarning quyidagi tartibda qadam-baqadam olib boorish tavsiya etiladi.
1 Sonning o’zidan oldingi son bilan tashkil topishi.
Bunda amallar har doimgidek hisob cho’ti soqqalar, kubiklar,doirachalar,kvadratlar bilan birgalikda sonlarning ko’rinishidan ham keng foydalanamiz.Bunda sonlarning tartib qiymati bilan bir qatorda miqdoriy qiymati qayt etilgan bo’ladi.
2 Biror son chegarasida sanash.
Bu ishni biz atrofdagi narsalar to’plami yoki plakatda tasvirlangan rasmlar vositasida bajaramiz. Bunda butun sinf bilan birga shuningdek yakka tartibda ishlash usuli keng qo’llaniladi. Bolalar partalari usyiga bir necha sanoq cho’pi, doiracha yoki kvadratchalar qo’yishadi. Daftarlariga esa qo’yilgan narsalar soni nechta bo’lsa, o’shancha olma, gul, archa va h. k. larning rasmini chizishadi.
3Bosma raqam bilan tanishtirish.
O’qituvchu biron-bir raqmni bolalar e’tiboriga havola qiladi.O’quvchilar o’sha raqamni o’zlarining sonlar kassasidan olib ko’rsatishadi.
4Biror sonni bildiruvchi raqamni yozish
Bolalar odatda 5, 6 raqamlarini bemalol yoza olishadi, ammo 8, 9 raqamlarini yozishga qiynalishadi. Ana shu holatga asosiy etiborni qaratish zarur.Bolalarga sakkizni avval chapdan o’ngga (keyin pastga va chapga qarab), so’ngra yana chapdan o’ngga va yuqoriga qarab yozishni o’rgatish kerak.Ular ko’pincha bu harakatning aksini bajarishadi.Yani sakkizni o’nnga qiyshaygan holda yozishadi. Ularning bu xatolarini o’z vaqtida tuzatib bormoq lozim. Ba’zan ular to’qqizningyuqori qismini ikkiga o’xshatib yozadilar.Aslida esa ustki halqa nol yoki 0 harfiga o’xshatilib keyin pastgi qismi yozilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
5Natural sonlar orasidagi bog’lanishni aniqlash
Yonma-yon turgan ikki son (5 va 6) orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash uchun o’qituvchi sinf cho’tining ustma-ust simlaridan shu ikki sonni alohida ajratadi.QAysi simda soqqa ko’p(kam) va nechta ko’p (1ta) degan savolga beriladigan javobni osonlashtirish uchun ; ,,Pastki simda nechta (1ta ) ortiq soqqa bor va u tepadagidan nechta (1ta) ko’p ekan ?’’ degan soda savolni ham berish kerak bo’ladi.
Sonlarning tartib qiymatini aniqlash uchun bolalarga yana quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
5 sonidan so’ng qaysi son aytiladi? 6 sonidan oldin qaysi son aytiladi? 6 sonidan keyinchi 7 sonidan oldin qanday son aytiladi? 7 sonidan keyin qanday son keladi?
Sonlarni teskari tartibda aytish ham o’quvchilar diqqatini xotirasini, teskor fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bu harakat bir qatoqga joylashtirilgan narsalarni avval chapdan o’nnga keyin esa o’ngdan chapga qarab sanash bilan amalga oshiriladi.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
6 Ikkinchi qo’shiluvchi yoki ayiriluvchi birga teng bo’lgan hollarda qo’shish va ayirish
Qo’shish va ayirishning bu holati har bir sonning o’zidan oldingi son bilan 1dan hosil bo’lish jarayoni bilan bog’liqdir. Qo’shishda ham ko’pincha to’liq ko’rsatmalilikka asoslanib ko’rishga to’g’ri keladi. Masalan sinf doskasiga 4 ta doiracha birinchi qatorga 1ta doiracha esa ikkinchi qatorga ilib qo’yiladi. O’quvchilardan ikkita qo’shiluvchining yig’indisi toppish so’ralganda , o’quvchi 4ta doiracha yoniga 1ta doirachani ilib qo’yadi va yig’indini hisoblaydi.
Ayirish vaqtida qayta sanab chiqish usulidan yanada ko’proq foydalanishga to’g’ri keladi. Agar o’quvchi 9-1 misolini yechishga qiynalsa unga 9ta doirachadan 1tasini ajratish keyin esa qoldiqni qayta sanash buyiriladi.
4+1 7+1 9+1 7-1 9-2
5+1 8+1 6-1 7-2 9-4
O’quvchilar yuqoridagi misollarni yechib olgan bilimlarni mustahkamlaydi
75dan 10gacha bo’lgan sonlardan har birining oldingi son bilan 1dan iborat tarkibini bilib olish
Bu 1dan 10 gacha har bir son ustida qilinadigan amalning oxirgi bosqichidir. Bundan tashqari bolalarga 6,8,10 sonlari teng qo’shiluvchilardan ( 3+3, 4+4, 5+5) iborat ekanini va ularni keltirib chiqarish usullarini ham o’rgatish zarur.10 soniga kelsak, bolalar har qo’limizda beshtadan, ikkala qo’limizda esa 10 ta barmoq borligini maktabga kelmasidanoq biladilar.
Demak, o’quvchilarning1dan 10gach bo’lgan sonlar bilan tanishuv natijasida birinchi o’nlik sonlari misolida natural qatorini oldi yoki keyin keladigan barcha sonlaro orasidagi bog’lanishini bilib oladilar. Sonlarni taqqoslash usullari o’rgatilganda ular oldin nars alarming mos to’plamlari ystida amallar bajarishini, keyin esa taqqoslanayotgan sonlarni egallagan o’rinlari bo’yicha tanishtirishni, narsalarni to’plamlarini birlashtirish va hoail bo’lgan to’plam elementlari sonini sanash asosida ikki son yig’indisini topishni va bittalab yoki guruhlab qo’shib sanashni o’rganib oladilar.
1-sinf o’quvchilari yil davomida matematikadan quyidagi bilim, ko’nikmaga ega bo’lishlari kerak.
Bilim
-atamalar, yig’indi,qo’shish ,ayirma, ayirish, kam,ko’p,teng, ,,ta kam’’ ,,ta ko’p’’
-bir xonali sonlarni qo’shish jadvali, 10 ichida va ayirishning shunga mos jadvali
-belgi va ishoralarni 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,+ , -, =, < >
-haftaning kunlari va uning sanog’ini bilish

Download 22.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling