1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi
Download 103.92 Kb.
|
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi Yaponiyada XIX asrning ikkinchi yarimidan asta-sekin burjua davlati shakllana boshladi. Mutlaq monarxiya burjua tipidagi dualistik monarxiyaga aylanib bordi. Bu jarayonlar Yaponiyada Angliya va Fransiyadagi singari g‘olibona burjua inqilobi natijasida yuz bermadi. Yaponiya XIX asrgacha feodal munosabatlar hukmron bo‘lgan mamlakat edi. Bu yerda Yangi munosabatlarning rivojlanishiga hukmron sulolalarning “g‘arb varvarlaridan o‘zini o‘zi ajratib qo‘yish” siyosati ma’lum darajada to‘sqinlik qildi. XV asrdan boshlab hunarmandchilik va savdoning o‘sishi, shaharlarning rivoji mahalliy bozorlarning tashkil topishiga, vorislik huquqiga ega bo‘lgan knyazlar – yirik feodal xonadon vakillari – daymyoning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligining batamom o‘rnatilishiga olib keldi. Daymyo egaliklari bir qancha provinsiyalarni yoki bir necha guruh provinsiyalarni qamrab olgandi. Ular yirik va qudratli xonadonlar vakillaridan biri syogun (“buyuk lashkarboshi”) boshliq markaziy harbiy-oligarxiya1 hukumatini faqat nomigagina tan olardilar. O‘rta asrlar tarixidan bilamizki, yapon imperatorini haqiqatda hokimiyatdan chetlashtirgan va unda faqat diniy marosimlarga oid funksiyalarnigina qoldirgan birinchi syogunat Yaponiyada XII asrdayoq o‘rnatilgan edi. Yaponiyada harbiy kuchlar yordamida davlat hokimiyatining bir qadar markazlashtirishga uchinchi syogunat davrida (XVII-XIX asrlar), faqat Tokugava sulolasidan bo‘lgan syogunlar muvaffaq bo‘ldi. Aynan o‘sha vaqtda yapon jamiyatining tabaqaviy bo‘linishi rasmiylashdi. Jamiyatning “si-no-ko-syo”: samuraylar, dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlarga bo‘linishi qonun va syogun hokimiyati tomonidan mustahkamlandi. Samuraylar, ya’ni dvoryanlar tabaqasi bir xil emas edi. Feodal knyazlarning yuqori tabaqasi quyidagicha ikki turkumga bo‘lingan: 1 Harbiy-oligarxiya – hokimiyat bir to'da qudratli kishilar, aristokratlar, asosan harbiylar qo'lida bo'lgan tuzum. 197
Imperator huzuridagi saroy amaldorlari (kuge) ham samuraylar tabaqasining yuqori qatlamiga mansub edi. Ular syogun ma’muriyatidan “guruch ulushlari”ni olib, unga to‘liq bog‘liq edilar. Syogun yoki biron bir daymyo armiyasi tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi samuraylarning asosiy qismi ham “guruch ulushlari” hisobiga yashardi. Samuraylar quyi darajadagi uchta tabaqalarga qarama-qarshi turardilar. Faqat ularga ma’muriy lavozimlarni, davlat va harbiy xizmatlarni egallash huquqi berilgan edi. Harbiy xizmat faqat samuraylarning mashg‘uloti bo‘lgan. XVIII asrda hunarmandchilik ishlab chiqarishining, xonaki manufaktura sanoatining rivojlanish darajasiga qarab feodallar tabaqasining eng quyida turuvchi savdogarlar tabora muhim rol o‘ynay boshladi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi o‘sib borayotgan savdo-sudxo‘rlik kapitaliga tobora ko‘proq qaram bo‘lib qolgan samuraylar tabaqasining yemirilishiga olib keldi. Juda katta Mitsui savdo uyi XVII asrdan syogunning moliyaviy agenti, keyin esa imperatorning bankiri bo‘lib qoldi. Daymyoning kambag‘allashuvi natijasida samuraylar o‘zlarining homiylarini, shu bilan birga “guruch ulushlari”ni yo‘qotdilar va asta-sekin hukmron rejimdan norozilar armiyasini to‘ldirib bordilar. Feodallarning erkinliklarini buzgan syogundan norozilik daymyoning ko‘pchiligida ham vujudga keldi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan yapon dehqonlarining tabaqalashuv jarayoni chuqurlashdi. Eng kambag‘al dehqonlarga nisbatan juda og‘ir ijara to‘lovlari, soliqlar, ochlik, ma’muriyatning o‘zboshimchaliklari, sudxo‘rlarning talonchiligi avjiga Fuday-daymyo Todzamo-daymyo Oliy darajadagi feodal knyazlar Syogun va uning hukumati “bakufu”
Boshqaruv ishlaridan chetlatilgan “tashqi” knyazlar 198
chiqqandi. Bo‘lar kambag‘al dehqonlarni “guruch isyonlari” deb nomlangan va tobora xavfli tus olayotgan xalq isyonlarining asosiy kuchiga aylantirdi. 2-§. Meydzi inqilobi va imperator hokimiyatining qayta tiklanishi 1868-yilda Yaponiya tarixida juda muhim tub burilish bosqichi boshlandi. Shu yilda bo‘lib o‘tgan voqea “Meydzining1 qayta tiklanishi”, yoki “Meydzi-isin” deb nomlandi. Ularning dastlabki siyosiy natijasi syogunning ag‘darilishi va mutlaq monarxiya shaklidagi yapon imperatori hokimiyatining qayta tiklanishi bo‘ldi. Bu voqealar to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’nodagi burjua inqilobiga o‘sib o‘tmadi. Yaponiyada bu vaqtda burjua inqilobi maqsadlarini himoya qilishga, jumladan, feodalizmni, mutlaq hokimiyatchilik rejimini va boshqalarni tugatishga qodir bo‘lgan burjuaziya ham, boshqa siyosiy kuchlar ham yo‘q edi. Eslab qoling! 1865-yilda Angliya va keyin AQSH “Yaponiyani ochishga” va uni o‘zlarining uzoq sharqdagi mustamlakachilik siyosatlarida oldingi punktga aylantirishga intilib, “kanonerka2 siyosati” yordamida syogunni tengsizlik shartlaridagi savdo shartnomalarini ratifikatsiya qildirishga yerishdilar. Bu shartnomalarga k‘ora “quyosh botuvchi mamlakat” savdo munosabatlarida yarim mustamlaka Xitoyga tenglashtirilgan edi. Yaponiyaning o‘z mustaqilligini yo‘qotish xavfi milliy harakatni tezlashtiruvchi turtki bo‘ldi. Bu harakat hukmron doiralar, samuraylar – “dvoryan inqilobchilar”ning “mamlakatni tiklash va birlashtirish”, uning mustaqil va erkin yashashini ta’minlay oladigan kuchli markazlashgan davlat tashkil qilish zarurligini tushunib yetishi darajasiga qarab rivojlanib bordi. Mamlakat birligiga va kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga erishishning yagona yo‘li – burjua xarakteridagi islohotlar o‘tkazish edi. Yaponiyada XIX asrning 60-yillari oxirida syogun va imperator tarafdorlari o‘rtasida boshlangan kurash islohotlar o‘tkazish kerakmi yoki 1 Harbiy-oligarxiya – hokimiyat bir to‘da qudratli kishilar, aristokratlar, asosan harbiylar qo‘lida bo‘lgan tuzum. 2 Kanonerka – bir necha o‘nta kalibrli to‘p bilan qurollangan kichik harbiy kema. “Meydzining qayta tiklanishi” o‘z mohiyatiga ko‘ra burjua inqilobining dastlabki bosqichi talablariga mos keladi. Bu talablar Yaponiyaga g‘arb kapitalining kirib kelishi ta’siri ostida kuchaygan feodal millatchilikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qolgandi. 199
yo‘qmi degan masala bilan emas, bu islohotlarni kim o‘tkazadi degan masala bilan bog‘liq edi. Syogun hokimiyatini yo‘q qilish va imperator hokimiyatini tiklash shiorlari islohotchi kuchlarni birlashtiruvchi umumiy g‘oyaviy platforma bo‘lib qoladi. Bu shiorlar an’anaviy diniy asoslarga tayandi. Bunda bakufuga qarshi diniy mafkura muhim o‘rin tutdi: buddizm – syogunning dini imperatorni ilohiylashtiruvchi yaponlarning qadimiy dini – sintoga qarama-qarshi qo‘yildi. Samuraylarning uzoqni ko‘ra bilgan doiralari yaponlarni tashqi xavfga qarshi birlashtira oladigan yagona tayanch – bu imperator taxti, imperator shaxsi ekanligini tushunib yetgandilar. Yaponiyada aynan shu vaqtda “tennoizm”1 vujudga kelganligi ham bejiz emas edi. Tennoizmning joriy qilinishi yaponlarning din erkinligi an’analarini to‘g‘ridan to‘g‘ri buzishni anglatardi, chunki yaponlar, ma’lumki, turli dinlarning xudolariga sig‘inardilar. Hukmron doiralar tennoizmdan xalq ommasini mafkuraviy bo‘ysundirish quroli sifatida foydalandilar. Tennoizm nafaqat Yaponiyaning milliy vazifalarini hal qilishga, balki Yaponiyaning keyingi agressiv tashqi siyosatiga ham xizmat qildi. Yaponiyada 1868-yilgi davlat to‘ntarishi tinch yo‘l bilan, qon to‘kilmasdan amalga oshirildi. “Guruch isyonlari” deb nom olgan dehqonlarning chiqishlari 1866-yildayoq tinchib qolgan edi. Xalqning 1867-1868-yillardagi norozilik chiqishlari Yaponiya uchun an’anaviy xarakterdagi diniy marosimlarga oid namoyishlar va turli raqs o‘yinlari edi. Bunday chiqishlar ko‘pincha hukmron doiralar tomonidan go‘yoki “ikkita xalq noroziligini chiqarish” uchun sahnalashtirildi. Oxirgi syogun Keyki yakka hokimlik “hozirgi yuzaga kelgan vaziyatda zaruriy shart” deb ixtiyoriy ravishda taxtdan voz kechdi. Tarixchilar ta’riflaganidek, “bir lahzali fuqarolar urushi” alanga olmay juda tez bostirildi. Bu urush faqat syogunning imperatorga bo‘ysunishdan bosh tortganligi munosabati bilan samuraylarning qisqa vaqt to‘qnashuvidan iborat bo‘lgan edi. Imperatorni mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham siyosiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydiganlarning soni kundan kunga ko‘payib bordi. Masalan, janubiy-g‘arbiy knyazliklarning deyarli barcha mustaqil daymyolari o‘zlarining o‘sha vaqtdagi zamonaviy qurol-yarog‘lari va qo‘shinlari bilan imperator tomonida turib kurashdilar. Angliya va AQSH bilan ham ochiqdan ochiq harbiy to‘qnashuv bo‘lmadi. Yapon hukmron doiralari tez orada g‘arbning to‘p-zambaraklari ostida “varvarlarni haydash” uchun kurashdan voz 1 Tennoizm – “tenno” – osmon o‘g‘li so‘zidan olingan bo‘lib, yapon imperatorining qadimiy nomi. 200
kechdilar. Yaponiyada siyosiy barqarorlikning kelib chiqishidan g‘arb mamlakatlari ham manfaatdor emas edilar. Chunki ular Xitoydagi singari xalq qo‘zg‘olonlari keltirib chiqargan ofatlar va vayronagarchiliklarning takrorlanishini hech istamasdilar. Shu sababli ular tez orada ilgari syogun tomonidan olgan tayanchni imperator tomonidan ham hosil qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Yaponiyadagi islohotlar britan missiyasining bevosita ishtirokida o‘tkazilganligi ham tasodifiy emas edi. Shunday qilib, Yaponiyaning hukmron doiralari ushbu o‘ziga xos “yuqoridan turib amalga oshirilgan inqilob”da, ya’ni islohotlar o‘tkazish davomida ikkita vazifani, birinchidan, mamlakat suverenitetini himoya qilishdan iborat umummilliy vazifani va, ikkinchidan, xalq harakatlarini inqilobiy kurashlardan islohotlar yo‘liga burishga qaratilgan ijtimoiy vazifani hal qildilar. 3-§. XIX asrning 70-80 yillaridagi burjua islohotlari Meydzi liderlari “boy mamlakat va kuchli armiya barpo qilish” shiori
Eslab qoling! Yaponiya yangi hukumati oldida zudlik bilan mamlakat iqtisodiy va
Yaponiyada 70-80 yillaridagi islohotlar 1871-yilgi ma’muriy islohot
Harbiy islohot Ta’lim tizimidagi islohot Islohotlarning asosiy maqsadi: Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish bo‘lib, hukumat
201
bo‘ldi. Islohot muhim ijtimoiy oqibatlar keltirib chiqardi. Islohot o‘sha vaqtda vujudga kelgan yangicha yer munosabatlarini tartibga soldi, yerga nisbatan feodal huquqlarni tugatdi. Yer begonalashtiriladigan kapitalistik mulkka aylandi. Undan foydalanganlik uchun davlat xazinasiga yagona yer solig‘i olinadigan bo‘ldi. Agar yerlarni merosiy tartibda ushlab turuvchi dehqonlar ularni mulk sifatida olgan bo‘lsalar, ammo ijarachi dehqonlar yerga nisbatan hech qanday mulk huquqini olmadilar. Garovga qo‘yilgan yerga nisbatan mulk huquqi yer kimga garovga berilgan bo‘lsa, o‘shanga o‘tdi. Dehqonlardan jamoa yerlari – yaylovlar, o‘tloqlar, o‘rmonlar, bo‘sh yotgan yerlar ham olib qo‘yildi. Islohot, shu tariqa, yer ijarasining tutqunlik shartlarini saqlanib qolishiga, dehqonlarning yanada yersizlanishiga, “yangi pomeshchik” yer egaliklarining kengayishiga ko‘maklashdi. “Yangi pomeshchiklar” islohot bo‘yicha davlat, imperator mulki deb e’lon qilingan jamoa yerlarining katta qismini sotib olgan yangi yer egalari edilar. Knyazlarga dastlab yerdan olinadigan yillik yalpi daromadning 10 foiziga teng yuqori nafaqa o‘rnatildi. So‘ngra bu nafaqa kapitalga aylantirildi va knyazlar yer uchun pul kompensatsiyasini (badal) oldilar. Bu kompensatsiya to‘lovlari hukumatning foizli obligatsiyalari shaklida berildi. Natijada yapon aslzodalari XIX asrning 80-yillarida bunday obligatsiyalar yordami bilan bank kapitalining katta ulushi egalari bo‘lib oldilar. Bu oqibatda ularning savdo-moliya va sanoat burjuaziyasining yuqori darajasiga o‘sib o‘tishiga ko‘maklashdi. Ilgarigi uyezd knyazliklari bevosita markaziy hokimiyatga bo‘ysunadigan prefekturalar qilib qayta tashkil etildi. Knyazlar mahalliy joylarda yerga nisbatan feodal huquqlari bilan birga siyosiy hokimiyatdan ham mahrum etildi. Bunga 1871-yilgi ma’muriy islohot ham ko‘maklashdi. Ushbu islohotga binoan Yaponiyada 50ta yirik prefekturalar tashkil qilindi. Prefekturalar tepasida markazdan tayinlanadigan va o‘z faoliyatlari bo‘yicha hukumat oldida qat’iy javob beradigan prefektlar turardi. Shunday qilib, feodallar separatizmi tugatildi, mamlakatning birlashtirilishi nihoyasiga etdi. Bu esa ichki kapitalistik bozorning rivojlanishidagi asosiy shartlardan biri edi. Agrar islohot “yangi pomeshchiklar”ning, yangi puldor aslzodalarning, ya’ni sudxo‘rlar, guruch olibsotarlar, qishloq tadbirkorlari, yerlarni amalda o‘z qo‘llarida to‘plab olgan qishloqning boyigan yuqori qismi va boshqa shu kabilarning mavqeyi mustahkamlanishiga olib keldi. Ayni vaqtla islohot mayda yer egalari – dehqonlarning manfaatlariga 202
jiddiy zarba berdi. Yuqori yer solig‘i (endilikda davlatning barcha daromadlarining 80 foizi ko‘pincha qiymati hosilning yarmigacha yetadigan yer solig‘idan tushardi) dehqonlarning ommaviy xonavayron bo‘lishiga, iqtisodiy majburlov vositalari yordami bilan ekspluatatsiya qilinadigan ijarachi dehqonlar sonining birdaniga o‘sib ketishiga olib keldi1 . Islohot muhim siyosiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu vaqtda hali saqlanib qolgan pomeshchik yer egaligi va yapon mutlaq yakkahokimiyatchiligi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq edi. Pomeshchik yer egaligi faqat mutlaq yakkahokimiyatchilik davlatining to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab quvvatlashi hisobiga, hatto qishloq xo‘jaligining surunkali inqirozlari sharoitlarida ham deyarli XX asrning o‘rtalariga qadar daxlsiz qolishi mumkin edi. Ayni vaqtda “yangi pomeshchiklar” mutlaq yakkahokimlik hukumatining o‘zgarmas tayanchi bo‘lib qoldi. Yaponiyani g‘arb mamlakatlari tomonidan ekspansiya qilish xavfi bu yerda “boy mamlakat, kuchli armiya” shiori ostidagi boshqa islohotlarning, jumladan, harbiy islohotlarning o‘tkazilishini ham taqozo qilardi. Bunda, avvalo, aholining quyi tabaqalarini harbiy xizmatdan chetlashtirishga qaratilgan eski prinsiplarni tugatish lozim edi. 1878-yilda umumiy harbiy majburiyat haqidagi qonun qabo‘l qilinib, amalga kiritildi. Bu qonunning qabo‘l qilinishiga, birinchidan, samuray qo‘shinlarining tarqatib yuborilganligi, ikkinchidan, 1871-yilda “hamma tabaqalar tengligi”ning e’lon qilinganligi sabab bo‘ldi. Yaponiyada armiya, garchand Yevropadagi armiyalar namunasida tashkil qilingan bo‘lsa ham, biroq uning mafkuraviy asosini imperator – “tirik xudo”ga sig‘inish, “ofitser – askar otasi” deb qarash va hokazolardan iborat samuraylarning o‘rta asrlarga xos axloq qoidalari tashkil qilgan. 1872-yilda eski unvonlarining tugatilganligi haqida qonun qabo‘l qilindi. Unda mamlakatning tabaqaviy bo‘linishi soddalashtirilib, aholi oliy aslzodalar (kidzoku) va quyi dvoryanlar (sidzoku)ga bo‘lindi; aholining boshqa hammasi “oddiy xalq” tarkibiga kiritildi. “Tabaqalarning tengligi” harbiy maqsadlardan, aralash nikohlarga ruxsat berishdan, shuningdek aholining qolgan tahqirlangan kastalari (“eta”) huquqlarining rasman tenglashtirilishidan nariga o‘tmadi. Yangi armiyada ham ofitserlik lavozimlarini samuraylar egallab olgandi. Harbiy majburiyat umumiy bo‘lib qolmadi, undan pul to‘lab quto‘lish mumkin edi. Shuningdek, amaldorlar, talabalar (asosan badavlat oilalarning bolalari), yirik soliq to‘lovchilar ham harbiy majburiyatdan ozod qilingandi. 1 Bir necha o‘n yillardan keyin Yaponiyada ijarachi dehqonlar mamlakatdagi butun qishloq aholisining 70 foiziga yetgan edi. 203
Mamlakatning kapitalistik rivojlanishi savdoning rivojlanishi yo‘lidagi barcha cheklovlarning, feodal sexlar va gildiyalarning va provinsiyalar o‘rtasidagi tarif to‘siqlarining tugatilishiga, pul tizimining tartibga keltirilishiga ko‘maklashdi. 1871-yilda mamlakat bo‘ylab erkin ko‘chib yurish, shuningdek kasb faoliyatini erkin tanlash joriy qilindi. Jumladan, samuraylarga savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga ruxsat etildi. Bundan tashqari, davlat tadbirkorlarga qarzlar, subsidiyalar, soliq sohasida imtiyozlar berib, temiryo‘llar, telegraf liniyalari, harbiy sanoat korxonalari va boshqa qurilishlar uchun xazinadan mablag‘lar ajratib, kapitalistik sanoatning rivojlanishini rag‘batlantirdi. Eslab qoling! Meydzi hukumati bu sohada murakkab vazifani hal qilishiga to‘g‘ri keldi. Uning uchun shu narsa ma’lum ediki, bir tomondan yapon maktabini modernizatsiya qilmasdan, ta’limni g‘arb namunasida tashkil etmasdan turib boy, kuchli davlat tashkil qilish mumkin emas edi, boshqa tomondan esa g‘arb fanlari va g‘oyalarini haddan ziyod ko‘paytirish mustaqil madaniyatning yo‘qotilishiga, yapon millatining tennoistik mafkuraga asoslangan bir butunligining barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi. Shu munosabat bilan begona madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish qat’iy manfaatparastlik – amaliy xarakterga ega bo‘ldi va yapon jamiyatining diniy asoslariga daxl qilmadi. O‘sha vaqtlarda Yaponiyada aytganlaridek, mamlakatning rivojlanishi uchun “yapon tafakkuri va Yevropa bilimlari” birga qo‘shib olib borilishi lozim edi. Yapon tafakkuri, avvalo, sintoizm ruhida tarbiyalashni, “tirik xudo” – imperatorni hurmat qilishni talab qilgan. Sintoizmning hukmronlik mavqeyini ta’minlash uchun 1873-yilda xristianlik taqiqlangan, buddizm esa to‘g‘ridan to‘g‘ri davlatning diniy mafkurasi nazorati ostiga qo‘yilgan. 1868-yilda “diniy marosimlarning birligi va davlat tomonidan boshqarilishi” haqida farmon qabo‘l qilinib, eskicha namunada “Yerdagi va osmondagi xudoliklar ishlari bo‘yicha boshqarma” (Dzingikan) tashkil etildi. Shu tariqa Yaponiyada shunday o‘ziga xos yapon tartibiga asos solingan ediki, bunga binoan davlatning juda katta siyosiy muammolari diniy urf-odatlar, marosimlar mazmuni bo‘lib qoldi. Inqilobiy qayta qurishlar davomida an’anaviy ta’lim tizimiga asoslangan yapon maktabi ham isloh qilindi. Natijada yapon maktabida g‘arb fani yutuqlaridan saboqlar berila boshladi. 204
Bunga imperatorning 1868-yildagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ibodat qilishi misol bo‘lishi mumkin. Imperator ushbu ibodati davomida sintoizm xudolari “Osmon va Yer” oldida kelajakda “keng majlis” tashkil qilishga va hamma ishlarni “jamoatchilik fikri asosida” hal qilishga, “o‘tmishning yomon urf-odatlari”ni tag-tomiri bilan yo‘q qilishga, “butun dunyodagi” bilimlarni o‘zlashtirishga va boshqalarga qasamyod qilgan edi. 1869-yilda Dzingikan din targ‘ibotchilari institutini ta’sis qiladi. Din targ‘ibotchilari xalq orasida “diniy marosimlarning birligi va davlat tomonidan boshqarilishi” haqidagi sulolalar diniy ibodati asosiga qo‘yilgan tennoistik prinsiplarni tarqatishlari lozim edi. 1870-yilda “umummilliy ibodatlar joriy qilish haqida” va “taykyo”1 ning buyuk ta’limotini targ‘ib qilish haqida imperatorning ikkita yangi farmonlari qabo‘l qilindi.
4-§. Siyosiy tuzumni demokratlashtirish uchun kurash va siyosiy partiyalarning shakllanishi Yaponiyada syogunni ag‘darishda muhim rol o‘ynagan janubiy- g‘arbiy knyazliklarning daymyosi va samuraylari 1868-yilda imperator hukumati tarkibiga kiritildi. Hukmron blok burjua emas edi, lekin u moliya-sudxo‘rlik burjuaziyasi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, ma’lum darajada tadbirkorlik faoliyatiga tortilgan edi. 1 Tayke ta’limoti – yapon davlatining ilohiy kelib chiqqanligi haqidagi ta’limot; u yapon jangovar millatchiligining mafkuraviy quroli bo‘lib qolgan. 205 XIX asrning 70–80-yillari turli ijtimoiy qatlamlar siyosiy faolligining yanada o‘sish davri bo‘ldi. Keng xalq harakati davomida savdo-sanoat burjuaziyasi, samuraylar doirasi orasida davlat apparatidagi imperatorga yaqin turgan aslzodalarning zo‘ravonliklariga qarshi chiquvchi muxolifatchilik kayfiyatlari kuchayib bordi. Pomeshchiklar va qishloqning boy yuqori tabaqalarining muayyan doiralari ham soliqlarning pasaytirilishi, tadbirkorlik faoliyatining kafolatlanishi, mahalliy boshqaruvda ishtirok etish kabi talablar bilan chiqib, siyosiy jihatdan faollashib bordi. Eslab qoling! “Erkinlik va xalq huquqlari uchun harakat” liderlari fransuz ma’rifatparvarlarining insonning tabiiy huquqlari haqidagi mafkurasini qabo‘l qilib olib, uning mohiyatini an’anaviy tushunchalar orqali tushunishga kalit izlaganlar. Shu tariqa insonning tabiiy huquqlarini yapon Siyosiy
demokrat-
borasidagi islohot va o‘zgarishlar “Erkinlik va xalq huquqlari uchun harakat” Davlat boshqaruvini o‘zgartirish va Konstitutsiya qabo‘l qilish talablarining kuchayishi “Osmon in’om qilgan inson huquqlari “uchun kurashning kuchayishi Burjua-liberal muxolifat tomonidan 1881-yilda “Liberal partiya” tuzilishi 1882-yilda Konstitutsiyaviy islohotlar Download 103.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling